Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Ali. Blog
O'yinni yuklab olayotganim haqida twitterda yozganimda Ubisoftdagilar javob qaytaribdi) @TheAliBlog
Aytgancha, Ubisoftdagi akaxonlar o'yindagi til bo'yicha muammoni to'g'rilab berishibdi, bugun qarasam, magazinda ingliz tilini yuklab olish funksiyasi ham qo'shilib qoluvdikan. Endi astoydil kirishsam bo'lovradi)

@TheAliBlog
Zerikib o'tirganda vaqt o'tkazish uchun tiktok yuklab oldim) Ayniqsa sal yomg'ir yog'ganiga "avariya bo'ldi" deb svetni o'chirib qo'yishsayu, kompyuteringni yoqa olmay zerikib o'tirganingda qo'l kelarkan)

Men jaa unaqa jilpanglagan videolar ishlamayman, lekin kompyuter haqida ma'lumotlsr va video-o'yinlardan lavhalar joylab borishga harakat qilaman) Bundayam obuna bo'ladimi ishqilib birnimalar qilvorilarda))

tiktok.com/@theharryali
Tiktokka qo'shilvoganimni aytgandim. Hali beri jilpanglagan video olish niyati paydo bo'lib ulgurmadiyu, lekin bir videodagi izohlarni o'qib ancha kayfiyatim tushib ketti.

U videoni sizlar ham ko'rgandirsizlar, boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham. Xullas prezidentni rasmini bitta qanaqadir qo'shiqqa o'yinga tushirishadi. Yuzi bir uyoqqa, bir buyoqqa qimirlab turadi.

Videoga munosabatim yaxshi. Shunchaki yumor. Prezident shaxsini tahqirlash haqida yoki boshqa ma'noda qilinmagani aniq. Shunchaki hazil rolik, ko'proq prosmotr olish uchun ishlangandir, balki.

Lekin kommentdagilar... 🤦‍♂ Nima balo, shaxsga sig'inish boshlanib ketganmikan, deb o'ylab qoladi odam. Video egasini o'ldirish bilan tahdid qilgan kamida 100dan ortiq izoh o'qidim. (O'zi videolardan ko'ra izoh o'qib o'tirib mazza qilyapman)). Huddiki shu prezident bo'lmasa, u hozir tug'ilmasmidi, tuzukroq yasholmasmidi, xullas shunga o'xshash gaplar bilan aqli pastlar "ponyatka" berishga urinishgan 😒.

Shunchaki ma'lumot o'rnida aytib qo'yay, dunyoning eng rivojlangan davlatlari bo'lgan Rossiya yoki AQShda ham prezidentga yuzma-yuz turib qo'pol hazil qilgan qiziqchilar juda ko'p. O'sha prezidentlar ham bu holatni normal qabul qilishadi. Masalan, Obama prezidentlik davrida ham Amerikaning sobiq stendap komigi bo'lgan Ellen Dejeneresning ko'rsatuvida 2 martalab qatnashgan, tomoshabinlar oldida Ellen bilan birga qilpanglab o'ynab ham bergandi.

Bu postdan maqsadim boyagi videoni oqlash emas, izohdagi shaxsga sig'inuvchuvlarni qoralash. Unaqa dolbayob bo'lmanglar.

@TheAliBlog
Scheduled Messagesga yozib qo'yuvdim shunchaki, shuni vaqti kelib qoganakan, kanalga chiqib ketibdi))
Pichoq borib suyakka qadalib bo'lgan.


Izohlarda, lichkamga kelgan xabarlarda ko'pchilik shunaqa savol beradi: "Oldin rosa qattiq gaplardan yozardiz, qattiq tanqid qilardiz, oxirgi vaqt tinchib qoldiz a?".

Vey, agar qattiq gaplardan gapiradigan bo'lsam, hukumat tepasidagilarni hammasini enasini, buvisini, amma-xolalariga qo'shib eslashimga to'g'ri keladi. Men O'zbekistonda shu davrda tug'ilganimdan afsusdaman!

Vatanimni sevmayman emas, vatanimni sevaman! Lekin manovi xoramidan bo'lgan hukumatni Vatan bilan adashtirmanglar. Vatan bu tug'ilib o'sgan joying, uni boshqaradigan dolbayoblar jamoasi emas!

Sizlarga qaysi sohani tanqid qilib beray? Qaysi sohani tanqid qilmaslik mumkin o'zi? Chirib yotgan ta'limnimi? Aloqa tizimlarinimi? Gaz-svet masalasinimi? Hammasi botib bo'lgan. Yilni boshidan beri enasinikiga sig'may qoladigan darajadagi oltinlarni sotishdi, o'sha oltin xoramidan bo'lgan dadasidan qolganmi? Ho'p, sotishdi, uni puli nimaga ishlatildi? Qaysi sohamiz rivojlanib qoldi? Chet eldan olinayotgan milliardlab dollardagi qarzlar qayoqqa ketyapti? Nega qarz olindi, nimaga sarflanyapti? Kimdir biladimi? Itemganlarni Tahoe yoki Trailblazerda yurishi uchun sarflanyaptimi?

Oltinni sotib, tashqaridan qarz olib, shuncha pulni jamg'arishdi, ho'p, biz to'layotgan soliqlar nimaga ishlatilyapti unda?

Viloyatlarda yo'llar dabdala. Toshkentni o'zidayam hamma joyi obod emas, ta'mirtalab yo'llar tiqilib yotibdi. Lekin poytaxtdagi tratuarlarni hozirgi bruschatkadan granit toshlarga o'zgartirib chiqish boshlanganmish. Nega ekaniga ajablanib o'tirmanglar, bitta itemganni texnikadan tashqari granit chiqaradigan zavodiyam bor. Cho'ntagidan qiberadi, deb o'ylaysizlarmi? Yo'q, biz to'layotgan soliqlar yig'iladigan byudjetdan pul ajratiladi shunga.

Internet 10 barobar tezlashadi deb bitta og'zi katta buyruq bergandi, 1-2 haftadan keyin roppa-rosa 2 bo'larkan tezlashganiga. Qani, o'sha tezlashgan internetdan bizam ishlataylik?

Uyimizda gaz yo'q. Kamida 5-6 yildan beri doimiy kelmaydi. Shaharda turamiz. Soat 4dan keyin yopilayotgan zapravkalardagi gaz qayoqqa ketyapti?

Ha ho'p, anchadan beri uyni elektr bilan isitishga o'rganib qolganmiz. 4-5 kun avval havo sovib qolganidan beri har kuni kunduzi elektrniyam uzishyapti. Bo'ralab so'kib beraman deb telefon qilsang, qayerdadir avariya bo'lgan bo'ladi, simlar eskirgan, texnika chidolmayapti deydi. Sen xoramilar yil bo'yi nima ish qildinglar o'zi, deb so'rasang tili tanglayiga yopishib qoladi.

Ba'zilar aytadi, "noshukr bo'lma, sekin-sekin bo'ladi hammasi, birdaniga qilib bo'lmaydi" deb. Yo'q, kechirasizlar, birdaniga qilsa bo'ladi rosayam. Qanday qilib 2-3 kun ichida qat'iy karantinga kirish tashkillashtirib yuborilgan bo'lsa, lyuboy sohani rivojlanishini shunaqa tezlashtirish mumkin.

Gaz eksporti bo'yicha butun dunyodagi old o'rinlarda turadigan davlatda yashab turib, o'sha eksport qilayotgan xoramxo'rlarni dastidan fuqarolar sovuqda muzlab o'tirsayam ularga baribir, granitli tratuarda yurishlari kerak ular!

O'sha gazni ber bizga, xalqqa! Biz ham beramiz pulini. Xalqqa o'sha eksport narxidan qimmatga o'tkizasanku baribir? Xalqqa sotib soqqani qilsang o'zingga yaxshimasmi iplos?

Xullas, gapirsam gap ko'p. Qaysi sohani o'ylasam, asabiylashaveraman. Agar hali yosh bo'lsangiz O'zbekistonda qolishni rejalashtirmang. Keting. Sizni qadringizga yetishadigan joylarga keting.

Ba'zida Qirg'izlarga o'xshab birlasholmasligimiz alam qilib ketadi😒

@TheAliBlog
Ha bo'pti, ko'pam siqilovirmanglar, baribir o'lib ketamiz)) Kayfiyatni ko'tarib yuringlar)

Twitterda savol berishda ehtiyot bo'lorish kerak))

@TheAliBlog
Vaqt deyarli yarim kecha. Elektr o'chib qoldi. O'zi kuni bilan 3-4 soat berildi xolos. Shaharda turaman. Gaz yo'q. Zaybal bo'ldim bu davlatdan, to'g'risi.

Borib-borib o'taketgan vaxshiy terrorchiga aylanib ketsam, xalq dushmani sifatida yomon ko'rmasdan, sabab qilib shu ishlarni gapirib chiqinglar, ho'pmi? 😒

@TheAliBlog
Orom Oling, Rahbarlar, Qo'shnimni Uyi Yonib Ketti.


1-2 ko'cha beridagi qo'shnimizni uyida yong'in chiqibdi. Qiy-chuvni eshitib, shoshilib ko'chaga otildim. O't o'chiruvchi mashina kelgunicha yon qo'shnilarnikidan paqirlab suv tashidik. Afsuski, uyni yarmiga qo'shilib, orqa qo'shnining hovlisini bir qismi ham yonib ketgan. Hayriyatki, hechkimga shikast yetmabdi.

Agar shu uyga gaz berilganida, elektr berilganida balki pechkada yonayotgan o'tin yoki ko'mirning cho'g'i gilamga tutashib yong'in chiqib ketmagan bo'larmidi? Har qalay o'sha uyda yashayotganlar qiynalib ishlab, soliq to'lab, sizlar qimmat mashinalarda yurishingiz, uyingizdagi yaxshi sharoitlar uchun pulini berishayotgandi. Endi uyni qanday ta'mirlaydi? Qishdan qanday omon chiqadi bu oila?

Sizlar issiq o'rningizda, shirin tushingizni davom ettiraveringlar, rahbarlar. Qo'shnimizni uyi yonib bo'ldi...

@TheAliBlog
Bir tomonlama kompensatsiya

Bloggerlarni kuzatib boruvchi qatlam vakillari Otabek Bakirovni eng pessimist blogger sifatida bilishadi. Uni o'qishni boshlagan odam bir oyga qolmasdan o'z joniga qasd qilishi haqida hazillar ham bor. Oxirgi vaqtlarda men ham ancha pessimistlashib ketganimni his qilyapman, balki Otabek akadan o'zib ham ketarman bu borada))

Endi mavzuga qaytsak. Davlatimizda g'alati paradoks bor. Davlat aholini gaz, elektr, suv bilan ta'minlashi kerak. Agar ma'lum muddat ta'minlolmay qolsa, unda ta'minlamagan bo'ladi, shu xolos, xalqqa bu uchun kompensatsiya to'lamaydi.

Masalan, kun davomida 10 soat chiroq bo'lmadi, deylik. Nima bo'ladi? Agar chiroq yonib qolsa, shunchaki, hayot avvalgidek davom etib ketaveradi. Nima demoqchiman o'zi?

Endi aytaylik, men davlatga pul to'lashim kerak. Masalan, soliq to'lashim kerak. Agar belgilangan sanada sharoitim bo'lmay, to'lay olmasam, shunchaki to'lay olmagan bo'lib qolmayman, gap shunda. Agar vaqtida to'lay olmasam, qachonki qurbim yetib, to'lagan vaqtimda orada cho'zilgan vaqt uchun kompensatsiya to'layman, ya'ni soliq miqdoriga penya qo'shiladi.

Agar men ham huddi hukumatni o'zidagidek yo'l tutsam, nima bo'lishi kerak edi aslida? Agar oyning 1-sanasigacha to'lashim kerak bo'lgan soliqni to'layolmay qolsam, shunchaki to'lamagan bo'lishim va bu unutilishi kerak edi. Keyingi oydan eski soliqni eslamay, keyingi oy solig'ini to'layverardim. Sizlarga g'alati tuyulyapti, a? Lekin rostdan ham hukumat bizga nisbatan qilayotgan muomalasi huddi shunday. Bergan kuni bergan bo'ladi, bermagan kuni bermagan bo'ladi. Siz haqdor bo'lsangiz ham.

Endi tenglik ta'minlanishi uchun yo men aytgandek, biz to'layolmagan to'lovlar unutilishi yoki davlat ham kompensatsiya to'lashi kerak. To'g'ri, aholiga bu uchun pul berishi aqlga sig'maydi, lekin boshqacha yo'li bor.

Masalan, 10 soat elektr bo'lmadimi, marhamat qilib, keyingi 10 soat mobaynida elektr bilan bepul ta'minlasin.

1 yil gaz bermadimi? Marhamat qilib, keyingi bir yil davomida gaz bilan bepul ta'minlasin. Ana shunda biz hozirgidek og'ir kunlarda ham "avariya hisobiga o'chib qolgan" elektrni iliq qabul qila boshlaymiz, ana shunda har chiroq o'chganida rahbarlarni onasi va turli hayvonlarni esga olavermaymiz.

Lekin afsuski, bu fikrlar xom hayol, xolos. Unaqa bo'lmaydi. Orzuga berilmanglar.

Lekin qachondir shunaqa kunlar kelishiga ishonaman, balki 50 yil, balki 100 yil. Hozirgi xoramilar qirilib bitganida o'sha kunlarga ham yetib qolarmiz.

Shunda ham, o'sha kuni kutib, indamay chidab bormoqchi emasman. O'z ustimda ishlab, kuchli kadrga aylanib, chet elga survormoqchiman yaqin 1-2 yil ichida. Sizlarga ham tavsiyam shu.

@TheAliBlog
Sizlarga o'zim haqimdagi oxirgi yangiliklarni aytib o'tsam:

Unchalik katta bo'lmagan o'lchamdagi o'yinlar yaratishda ishlatiladigan Unity dasturida ishlashni o'rganmoqdaman. Shuningdek, dasturda ishlash uchun kerak bo'ladigan C# dasturlash tilini ham.

O'yin yaratishda eng asosiysi yaxshi g'oya bo'lishi va fantaziya kuchli bo'lishi kerak, qolganini o'rganish mumkin. Menda esa, g'oya bor. Nasib qilsa, biror oylar ichida androidlar uchun o'z o'yinimni chiqararman, balki)

Xullas, shunaqa gaplar)

@TheAliBlog
"Programming Hub" degan dasturlashni o'rgatuvchi mobil dastur orqali C# kursini tamomlab, sertifikat oldim. 1 kunda. Dasturdan to'liq foydalanish pullik ekan, sotib oldim. Lekin olgan bilimlarim sertifikat olishga yetarli emas, baribir. Chunki uyerda dasturlashni faqat eng ildizi tushuntirib berildi xolos, tuzukroq narsa o'rgandim ham deyolmayman 😒

Dasturlashni o'rganishga o'zi SoloLearn degan dastur yaxshi edi. O'shani yana o'rnatib oldim. Agar ingliz yoki rus tilini bilsangiz va qaysidir dasturlash tilini o'rganmoqchi bo'lsangiz, sizlarga ham SoloLearn dasturini tavsiya qilaman. Agar yuklab olib, qaysi tilni o'rganishni bilmayotgan bo'lsangiz, C# yoki Javani o'rganinglar. Umuman, dasturchilarni hech qachon yuki yerda qolmaydi, o'rganib olsangiz, balki katta dasturchiga aylanib, hozirgi ishingizdan (yoki hozir ko'zlagan ishingizdan) ko'proq daromad qilarsizlar 😎

@TheAliBlog
Yangi yilni nishonlamang!

Dekabr oyi boshlanishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda yurtdoshlarimiz yangi yilni nishonlash yoki nishonlamaslik kerakligi haqidagi bahslari boshlanishi odatga aylanib qoldi.

Turli xil kaltafahm "bloggerlar" ham turli argumentlar keltirib, sizni bu bayramni nishonlashdan qaytarishga urinishadi. Shu borada gapirib o'tmoqchiman.

Yangi yil bayramini hech bir dinga aloqasi yo'q. Hech qaysi dindagilarning diniy bayrami emas. Xristianlarning Rojdestvo (Christmas / X-Mas) bayrami 25-dekabrda nishonlanadi. Odamlar yangi yilni rojdestvo bilan adashtirishadi ko'pincha. Bir tomondan shunaqa bo'ladiyamda, yangi yil arafasida televizorda faqat rojdestvoga oid kino-multfilmlar qo'yilganidan keyin.

Gap shundaki, yasatilgan archa, Santa-Klaus (yoki Qorbobo)ni yangi yil bayramiga aloqadorligi yo'q. Bu narsalar rojdestvoga tegishli. Bizda esa negadir rojdestvo unsurlari yangi yilga qo'shib yuboriladi.

Xristianlarni o'zi yangi yilni qanday nishonlaydi? Hech qanday archalarsiz, qorbobolarsiz, shunchaki yaqinlar bilan yig'ilib, biror joyda o'tirib va hokazo. Chunki Santa Klaus haqidagi narsalarni rojdestvoda o'tkazishadi.

Bizda esa, SSR davrida yangi yilga qorboboni bog'lab berishgan, biz ham shunha yopishib olganmiz. Aslida yangi yildan emas, o'sha archa va qorbobolardan voz kechish kerak xolos.

Dinimizda faqat 2ta hayit bayram qilib belgilangan, degan argumentni keltiradiganlarga gapim esa, sizlar birinchi bo'lib Yangi yil bayramiga emas, Navro'zga yopishinglar. Chunki aytganimdek, Yangi yil hech qaysi dinga oid emas, Navro'z esa, Zardo'shtiylik diniga oid. Odamlar niyatini qo'lini duoga ochib emas, sumalak kavlab aytishadi😒 Navro'zni nishonlamanglar!

@TheAliBlog
10 ming so'm evaziga gaz!

Bir necha kun oldin mahalla faollari kengashib, gaz so'ruvchi motor (nasos) qo'yishni taklif qilishdi. Motorni ancha kattasidan, yuzdan ortiq xonadonni bemalol ta'minlay oladiganidan olishmoqchi ekan. Faqag gaz 24 soat bo'lmaydi. Kechki payt, shomga yaqin motor ishga tushirilib, ertalabki 8larda o'chirilar ekan. Sababi, kunduzi bu masala bo'yicha reydlar bo'lishi mumkin ekan.

Undan tashqari motorga bitta odamni javobgar qilib, unga oylik tayinlash, buni evaziga u har kuni motorni ishga tushirish va uzish, reydlardan ogoh bo'lish kabi vazifalarni bajaradigan bo'ldi. Bularni evaziga har bir xonadondan haftalik 10 ming so'mdan yig'iladigan bo'ldi.

Hammamiz rozi bo'ldik, axir atiga 10 ming so'm evaziga kechasi issiq uyda uxlashga nima yetsin? To'g'ri, uyimizga kirgan gazni pulini davlatga ham alohida to'lab boramiz, lekin atiga 10 ming so'm evaziga aslida hukumatniki emas, xalqniki bo'lgan gazni o'zimizga qaytarib olayotganimizdan xursandmiz biz.

Farzandlarim bu la'nati davlatda tug'ilishini istamagan bo'lardim...

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Unity dasturini o'rganishni boshlaganimga bir hafta bo'ldi, chamasi. Hozir qo'llanma bo'yicha mana bu o'yinni tuzyapman. Eng oddiy, sodda o'yin va shu sababli ham yaratish oson. Bu o'yin 3-kunda shu holatga keldi. Endi yirik o'yinlarga qancha vaqt ketishi, qancha ishchi kuchi kerakligini tasavvur qilaveringlar))

Dasturda ishlashdan tashqari C# dasturlash tilini ham ancha bilib olyapman, bahonada))

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oradan 4 kun o'tib, nixoyat ushbu bo'limni tugatdim va o'yin tugallanib bo'ldi.

Lekin baribir hali to'liq emas. Masalan, hali o'yin menyusi yaratishni o'rganmadim. O'yin vaqtida ekranda chiqi turadigan ma'lumotlar ham yo'q va hokazo. Lekin, nima qilganda ham o'zim yaratdim, shunisiga xursandman 😎

@TheAliBlog
ProjectBoost.zip
23.4 MB
O'yinni sinab ko'rmoqchi bo'lganlar uchun. Hozircha faqat kompyuter uchun)

@TheAliBlog
Shunchaki Artiqxo'jayevdan yebqo'ygan joyi bor hammasini. Prezidentni ham, bosh vazirni ham. Yeb qo'ymagan bo'lganida enasinikida yurgandek ish qilishiga qo'yib berishmasdi shu vaqtgacha. 1 tiyinga qimmat gaz hisoblagichni majburan hammaga o'tkazayotganida ham pisib o'tirishmasdi.

G'aniyevni oldidayam, Artiqxo'jayevni oldidayam tili qisiq bularni. Ikkalasiniyam ishdan olisholmaydi. O'shanchun eng birinchi prezidentni o'zini alishtirish kerak.

Kelasi yilgi saylovda xushyor bo'linglar. Dolbayoblarga ovoz bermanglar. Musaffo osmon va muxtaram dolbayob teoriyalari o'tib ketti, ko'zingizni ochinglar endi.

@TheAliBlog
Yangi tarjima serialmi? Boshlayapman)

@TheAliBlog
Pullik kanal uchun)
1 yil oldin yozuvdim ekan)

@TheAliBlog