Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Iltimos, qanaqadir botlarga taklifnoma yubormanglar menga. U chindan to'laydimi-to'lamaydimi, ishim yo'q. Baribir qo'shilmayman, bu degani men orqali baribir pul topmaysizlar. Shunday ekan, jo'natmanglat.


Jo'natayotganlatni bloklab qo'yyapman. Xafa bo'lishi meni qiziqtirmaydi

@TheAliBlog
Shunaqa gaplar))
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qog'oz Bino serialining eng birinchi qismidagi tanishuv sahnasi yodingizdami? Aynan shu sahnadan boshlab serialga katta qiziqish uyg'ongandi. Aynan shu qism serial tarjimonligidagi ilk ishim edi. Hozir qaytadan tomosha qilib, huddi bolalikni eslagandek entikib qo'ydim))

@TheAliBlog
Tarjima ortidan kelgan boshog'riq.

Al-Masih seriali tarjimasi joylana boshlanganidan so'ng, ko'pchilik yurtdoshlarimiz buni iliq qarshi olishgandi. Keyin, xabaringiz bor, xristianlar meni sudga berishmoqchi ekanligi haqida yozgandim ham.

Lekin keyingi muammo o'tib tushdi, ishonavering. Radikal dindorlar xujumiga uchradim desam ham bo'ladi. Radikal dindor deganimni noto'g'ri tushunmanglar, o'zim ham musulmonman (Alhamdulillah), lekin shunaqangi g'orda o'sganlar bo'ladiki, ular tashqi dunyoni umuman qabul qilish tugul, boshqalar derazadan tashqariga qarashini ham ta'qiqlamoqchi bo'lishadi.

Shunday qilib, bir dolbayob (uzr, lekin dolbayobni dolbayob deydi) bu serial odamlarni dindan chiqishiga sabab bo'lishi mumkinligi, xristianlik targ'ib qilinishi haqida rosa tortisha boshladi. Yotiqlik bilan tushuntirsam, tushunishni istamadi. Keyin so'rasam, o'zi hali serialni ko'rmagan ham ekan🤦‍♂ Avval serialni ko'ring, keyin gaplashamiz, degandim. U ham javob yozavermaganimdan keyin serialning 1 qismini ko'rganu, shuni o'zidan xulosa chiqara qolgan.

Serialda hamma "Iso Masih" deb o'ylayotgan odam xudoga nisbatan "otam" deb gapirishi bizni dinimizga zid ekanini gapirib, tortishuvlarni davom ettirdi. To'g'ri, bu holat rostdan ham dinimizga mos emas, lekin serial davomida hamma Iso Masih deb o'ylagan odam aslida bir qallob bo'lib chiqishi oydinlashishini tushuntira olmadim. Uni serialning qaysidir qismining kommentlaridan topishingiz mumkin, balki ko'rgandirsiz ham.

Shunday qilib, meni qoralab, qandaydir diniy materiallar joylanadigan kanalga post joylashtirgazibdi. Unda "Yaxudiylar fitna qilib, dinimizni masxara qilgan serialni o'zbek tiliga tarjima qilib millionlab yurtdoshlarimizga (rostdan, rostdan ham millionlab deyilgan) tarqatayotganim, bu fitnani daf qilishda birodarlarining yordami zarurligi, meni tartibga chaqirib qo'yish lozimligi" aytilib, profilimga link berilgan.

Ishonavering, 2 kun ichida 50dan ortiq haqoratomuz profillar bilan yozishish bilan band bo'ldim. Ular "yaxudiylar fitnasi" va "dinimiz masxaralangan serial" degan jumlani o'qishgan xolos, hech biri serialni ko'rmagan. Ularga bosiqlik bilan tushuntirishga urindim. Ko'pchiligi to'g'ri tushundi, qolganini bloklab qutula qoldim.

Endi o'sha, men haqimda e'lon joylangan kanalga kelsak, twitterda bu haqida yozganimda, kanalga ko'z yugurtirib chiqqanlar kanalda sal teparoqda jihodga chaqiruvchi materiallar borligi (Shom jihodi haqida gap ketgandi adashmasam), undan tashqari Vaxxobiylikka oid kitoblar joylanib borishini aniqlashibdi.

Do'stlar, ushbu serial diniy saboq beradigan emas, shunchaki fantaziya janrida ishlangan serial. Bu serialni tarjima qilishdan avval ingliz tilidagi turli musulmonlar forumlarida bu haqidagi muhokamalarni o'rgandim, youtubeda musulmonlarning serialga reaksiyasini o'rgandim va mana shundan keyingina, ularning aksariyati serialga ijobiy qarashganini bilganimdan keyin uni tarjima qilishni boshlagandim. (Yodingizda bo'lsa, shu narsaga uncha amin bo'lmaganim uchun bahor oylarida tarjima to'xtatib qo'yilgan edi).

Yana uzundan-uzoq gaplarim bor edi, bu mavzuda. Hozir esimga kelmayapti. Mayli, bo'lgan ishlardan obunachilarimni xabardor qilmoqchi edim. Hozircha hayotimdagi asosiy yangiliklardan biri shu.

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi o'zimni sohamga qaytsam:

Autodesk Maya darslarimda orada 10 kuncha tanaffus bo'lib qolgandi. Bugun hafsala qilib, haligi skelet modelini yakunlab qo'ydim. Endi rigging va animatsiya qilishni o'rganib olsam, raqs tushirib berarman balki))

@TheAliaBlog
Nurbek Alimovni kanalida chiqarilgan, Norin tumani hokimligi olgan kompyuter xarajatlarini ko'rib ancha hayron qoldim. O'zim ko'rsatilgan modeldagi jihozlarni narxlarini solishtirib ko'rdim. Shuni sizlar bilan bo'lishmoqchiman:

i7-9700K - 365
Z390 - 135
600W - 40
Radeon RX550 4GB - 85
RAM 16GB - 90
SSD 256 - 50
HDD 4TB - 110
Cooler - 35
Pixel 32 Curved Monitor - 270
Klaviatura, sichqoncha, naushnik, keys - 80
PUBG - 18
=====
1 278 x 10 390 = 13 278 420

Ko'rib turganingizdek, 19 yarim millionga tushgan kompyuterni aslida 13 million so'mga sotib olish mumkin edi, men ko'rsatgan narx ham QQS bilan birga hisoblangan. Agar hokimiyatdagilar aynan qaysi magazindan bu narxga topishni bila olishmayotgan bo'lishsa, men bilan bog'lanishsin. Pul o'tkazish yo'li bilan to'lov qilishsa ham bo'ladigan magazin topib beraman.

Undan tashqari, odamni eng g'ashini keltiradigan narsa, huddi malibuni dvigateliga neksiyani shassi qismini o'rnatgandek, modellar bir-biriga mutanosib emas. Chunki bu videokarta uchun intel core-i5-9600K protsessorini olishgan taqdirda ham, bemalol yetib ortgan bo'lardi va 150 dollar iqtisod qilinishi mumkin edi. Yana, 32 dyuym keladigan monitor nega kerak? Agar uzoqdan ko'pchilik nimadir ko'rishi uchun bo'lsa, nega aynan Curved (qayrilma) monitor olingan? Qayrilma monitorlar uzoqdan tomosha qilish uchun mo'ljallanmagan. Ha mayli, o'zi nafaqat monitor, balki butun kompyuterni o'zi o'yin o'ynash uchun mo'ljallanganligi PUBG o'yini ham narxlarga qo'shib hisoblanganidan bilsa bo'ladi))

@TheAliBlog
29-Oktyabr sanasida e'lon qilinadigan, Ubisoft muxlislari yillar davomida kutgan Watch Dogs: Legion video-o'yinini yuklab olishni boshladim.

Oldindan buyurtma berganlar qatorida o'yinni reliz kunidan 3 kun avval yuklab olish imkoniyatim bor. Lekin 29-kungacha o'yin ochilmaydi va o'ynab ko'ra olmayman)) Har qalay, yuklab olyapman hammadan oldin)

@TheAliBlog
O'yinni yuklab olayotganim haqida twitterda yozganimda Ubisoftdagilar javob qaytaribdi)

@TheAliBlog
Bugun shunaqa yangilik bo'ldi 😉

@TheAliBlog
Salom, azizlar. Oilali ekanimga sal-pal moslashib oldim) To'ydan avval kompyuterimni yig'ishtirib qo'ygandim, bugun yana yig'ib, yotoqxonamga joylab oldim.

Endi yana gemingni davom ettirishga harakat qilaman🙃

@TheAliBlog
Ali. Blog
O'yinni yuklab olayotganim haqida twitterda yozganimda Ubisoftdagilar javob qaytaribdi) @TheAliBlog
Aytgancha, Ubisoftdagi akaxonlar o'yindagi til bo'yicha muammoni to'g'rilab berishibdi, bugun qarasam, magazinda ingliz tilini yuklab olish funksiyasi ham qo'shilib qoluvdikan. Endi astoydil kirishsam bo'lovradi)

@TheAliBlog
Zerikib o'tirganda vaqt o'tkazish uchun tiktok yuklab oldim) Ayniqsa sal yomg'ir yog'ganiga "avariya bo'ldi" deb svetni o'chirib qo'yishsayu, kompyuteringni yoqa olmay zerikib o'tirganingda qo'l kelarkan)

Men jaa unaqa jilpanglagan videolar ishlamayman, lekin kompyuter haqida ma'lumotlsr va video-o'yinlardan lavhalar joylab borishga harakat qilaman) Bundayam obuna bo'ladimi ishqilib birnimalar qilvorilarda))

tiktok.com/@theharryali
Tiktokka qo'shilvoganimni aytgandim. Hali beri jilpanglagan video olish niyati paydo bo'lib ulgurmadiyu, lekin bir videodagi izohlarni o'qib ancha kayfiyatim tushib ketti.

U videoni sizlar ham ko'rgandirsizlar, boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham. Xullas prezidentni rasmini bitta qanaqadir qo'shiqqa o'yinga tushirishadi. Yuzi bir uyoqqa, bir buyoqqa qimirlab turadi.

Videoga munosabatim yaxshi. Shunchaki yumor. Prezident shaxsini tahqirlash haqida yoki boshqa ma'noda qilinmagani aniq. Shunchaki hazil rolik, ko'proq prosmotr olish uchun ishlangandir, balki.

Lekin kommentdagilar... 🤦‍♂ Nima balo, shaxsga sig'inish boshlanib ketganmikan, deb o'ylab qoladi odam. Video egasini o'ldirish bilan tahdid qilgan kamida 100dan ortiq izoh o'qidim. (O'zi videolardan ko'ra izoh o'qib o'tirib mazza qilyapman)). Huddiki shu prezident bo'lmasa, u hozir tug'ilmasmidi, tuzukroq yasholmasmidi, xullas shunga o'xshash gaplar bilan aqli pastlar "ponyatka" berishga urinishgan 😒.

Shunchaki ma'lumot o'rnida aytib qo'yay, dunyoning eng rivojlangan davlatlari bo'lgan Rossiya yoki AQShda ham prezidentga yuzma-yuz turib qo'pol hazil qilgan qiziqchilar juda ko'p. O'sha prezidentlar ham bu holatni normal qabul qilishadi. Masalan, Obama prezidentlik davrida ham Amerikaning sobiq stendap komigi bo'lgan Ellen Dejeneresning ko'rsatuvida 2 martalab qatnashgan, tomoshabinlar oldida Ellen bilan birga qilpanglab o'ynab ham bergandi.

Bu postdan maqsadim boyagi videoni oqlash emas, izohdagi shaxsga sig'inuvchuvlarni qoralash. Unaqa dolbayob bo'lmanglar.

@TheAliBlog
Scheduled Messagesga yozib qo'yuvdim shunchaki, shuni vaqti kelib qoganakan, kanalga chiqib ketibdi))
Pichoq borib suyakka qadalib bo'lgan.


Izohlarda, lichkamga kelgan xabarlarda ko'pchilik shunaqa savol beradi: "Oldin rosa qattiq gaplardan yozardiz, qattiq tanqid qilardiz, oxirgi vaqt tinchib qoldiz a?".

Vey, agar qattiq gaplardan gapiradigan bo'lsam, hukumat tepasidagilarni hammasini enasini, buvisini, amma-xolalariga qo'shib eslashimga to'g'ri keladi. Men O'zbekistonda shu davrda tug'ilganimdan afsusdaman!

Vatanimni sevmayman emas, vatanimni sevaman! Lekin manovi xoramidan bo'lgan hukumatni Vatan bilan adashtirmanglar. Vatan bu tug'ilib o'sgan joying, uni boshqaradigan dolbayoblar jamoasi emas!

Sizlarga qaysi sohani tanqid qilib beray? Qaysi sohani tanqid qilmaslik mumkin o'zi? Chirib yotgan ta'limnimi? Aloqa tizimlarinimi? Gaz-svet masalasinimi? Hammasi botib bo'lgan. Yilni boshidan beri enasinikiga sig'may qoladigan darajadagi oltinlarni sotishdi, o'sha oltin xoramidan bo'lgan dadasidan qolganmi? Ho'p, sotishdi, uni puli nimaga ishlatildi? Qaysi sohamiz rivojlanib qoldi? Chet eldan olinayotgan milliardlab dollardagi qarzlar qayoqqa ketyapti? Nega qarz olindi, nimaga sarflanyapti? Kimdir biladimi? Itemganlarni Tahoe yoki Trailblazerda yurishi uchun sarflanyaptimi?

Oltinni sotib, tashqaridan qarz olib, shuncha pulni jamg'arishdi, ho'p, biz to'layotgan soliqlar nimaga ishlatilyapti unda?

Viloyatlarda yo'llar dabdala. Toshkentni o'zidayam hamma joyi obod emas, ta'mirtalab yo'llar tiqilib yotibdi. Lekin poytaxtdagi tratuarlarni hozirgi bruschatkadan granit toshlarga o'zgartirib chiqish boshlanganmish. Nega ekaniga ajablanib o'tirmanglar, bitta itemganni texnikadan tashqari granit chiqaradigan zavodiyam bor. Cho'ntagidan qiberadi, deb o'ylaysizlarmi? Yo'q, biz to'layotgan soliqlar yig'iladigan byudjetdan pul ajratiladi shunga.

Internet 10 barobar tezlashadi deb bitta og'zi katta buyruq bergandi, 1-2 haftadan keyin roppa-rosa 2 bo'larkan tezlashganiga. Qani, o'sha tezlashgan internetdan bizam ishlataylik?

Uyimizda gaz yo'q. Kamida 5-6 yildan beri doimiy kelmaydi. Shaharda turamiz. Soat 4dan keyin yopilayotgan zapravkalardagi gaz qayoqqa ketyapti?

Ha ho'p, anchadan beri uyni elektr bilan isitishga o'rganib qolganmiz. 4-5 kun avval havo sovib qolganidan beri har kuni kunduzi elektrniyam uzishyapti. Bo'ralab so'kib beraman deb telefon qilsang, qayerdadir avariya bo'lgan bo'ladi, simlar eskirgan, texnika chidolmayapti deydi. Sen xoramilar yil bo'yi nima ish qildinglar o'zi, deb so'rasang tili tanglayiga yopishib qoladi.

Ba'zilar aytadi, "noshukr bo'lma, sekin-sekin bo'ladi hammasi, birdaniga qilib bo'lmaydi" deb. Yo'q, kechirasizlar, birdaniga qilsa bo'ladi rosayam. Qanday qilib 2-3 kun ichida qat'iy karantinga kirish tashkillashtirib yuborilgan bo'lsa, lyuboy sohani rivojlanishini shunaqa tezlashtirish mumkin.

Gaz eksporti bo'yicha butun dunyodagi old o'rinlarda turadigan davlatda yashab turib, o'sha eksport qilayotgan xoramxo'rlarni dastidan fuqarolar sovuqda muzlab o'tirsayam ularga baribir, granitli tratuarda yurishlari kerak ular!

O'sha gazni ber bizga, xalqqa! Biz ham beramiz pulini. Xalqqa o'sha eksport narxidan qimmatga o'tkizasanku baribir? Xalqqa sotib soqqani qilsang o'zingga yaxshimasmi iplos?

Xullas, gapirsam gap ko'p. Qaysi sohani o'ylasam, asabiylashaveraman. Agar hali yosh bo'lsangiz O'zbekistonda qolishni rejalashtirmang. Keting. Sizni qadringizga yetishadigan joylarga keting.

Ba'zida Qirg'izlarga o'xshab birlasholmasligimiz alam qilib ketadi😒

@TheAliBlog
Ha bo'pti, ko'pam siqilovirmanglar, baribir o'lib ketamiz)) Kayfiyatni ko'tarib yuringlar)

Twitterda savol berishda ehtiyot bo'lorish kerak))

@TheAliBlog
Vaqt deyarli yarim kecha. Elektr o'chib qoldi. O'zi kuni bilan 3-4 soat berildi xolos. Shaharda turaman. Gaz yo'q. Zaybal bo'ldim bu davlatdan, to'g'risi.

Borib-borib o'taketgan vaxshiy terrorchiga aylanib ketsam, xalq dushmani sifatida yomon ko'rmasdan, sabab qilib shu ishlarni gapirib chiqinglar, ho'pmi? 😒

@TheAliBlog
Orom Oling, Rahbarlar, Qo'shnimni Uyi Yonib Ketti.


1-2 ko'cha beridagi qo'shnimizni uyida yong'in chiqibdi. Qiy-chuvni eshitib, shoshilib ko'chaga otildim. O't o'chiruvchi mashina kelgunicha yon qo'shnilarnikidan paqirlab suv tashidik. Afsuski, uyni yarmiga qo'shilib, orqa qo'shnining hovlisini bir qismi ham yonib ketgan. Hayriyatki, hechkimga shikast yetmabdi.

Agar shu uyga gaz berilganida, elektr berilganida balki pechkada yonayotgan o'tin yoki ko'mirning cho'g'i gilamga tutashib yong'in chiqib ketmagan bo'larmidi? Har qalay o'sha uyda yashayotganlar qiynalib ishlab, soliq to'lab, sizlar qimmat mashinalarda yurishingiz, uyingizdagi yaxshi sharoitlar uchun pulini berishayotgandi. Endi uyni qanday ta'mirlaydi? Qishdan qanday omon chiqadi bu oila?

Sizlar issiq o'rningizda, shirin tushingizni davom ettiraveringlar, rahbarlar. Qo'shnimizni uyi yonib bo'ldi...

@TheAliBlog
Bir tomonlama kompensatsiya

Bloggerlarni kuzatib boruvchi qatlam vakillari Otabek Bakirovni eng pessimist blogger sifatida bilishadi. Uni o'qishni boshlagan odam bir oyga qolmasdan o'z joniga qasd qilishi haqida hazillar ham bor. Oxirgi vaqtlarda men ham ancha pessimistlashib ketganimni his qilyapman, balki Otabek akadan o'zib ham ketarman bu borada))

Endi mavzuga qaytsak. Davlatimizda g'alati paradoks bor. Davlat aholini gaz, elektr, suv bilan ta'minlashi kerak. Agar ma'lum muddat ta'minlolmay qolsa, unda ta'minlamagan bo'ladi, shu xolos, xalqqa bu uchun kompensatsiya to'lamaydi.

Masalan, kun davomida 10 soat chiroq bo'lmadi, deylik. Nima bo'ladi? Agar chiroq yonib qolsa, shunchaki, hayot avvalgidek davom etib ketaveradi. Nima demoqchiman o'zi?

Endi aytaylik, men davlatga pul to'lashim kerak. Masalan, soliq to'lashim kerak. Agar belgilangan sanada sharoitim bo'lmay, to'lay olmasam, shunchaki to'lay olmagan bo'lib qolmayman, gap shunda. Agar vaqtida to'lay olmasam, qachonki qurbim yetib, to'lagan vaqtimda orada cho'zilgan vaqt uchun kompensatsiya to'layman, ya'ni soliq miqdoriga penya qo'shiladi.

Agar men ham huddi hukumatni o'zidagidek yo'l tutsam, nima bo'lishi kerak edi aslida? Agar oyning 1-sanasigacha to'lashim kerak bo'lgan soliqni to'layolmay qolsam, shunchaki to'lamagan bo'lishim va bu unutilishi kerak edi. Keyingi oydan eski soliqni eslamay, keyingi oy solig'ini to'layverardim. Sizlarga g'alati tuyulyapti, a? Lekin rostdan ham hukumat bizga nisbatan qilayotgan muomalasi huddi shunday. Bergan kuni bergan bo'ladi, bermagan kuni bermagan bo'ladi. Siz haqdor bo'lsangiz ham.

Endi tenglik ta'minlanishi uchun yo men aytgandek, biz to'layolmagan to'lovlar unutilishi yoki davlat ham kompensatsiya to'lashi kerak. To'g'ri, aholiga bu uchun pul berishi aqlga sig'maydi, lekin boshqacha yo'li bor.

Masalan, 10 soat elektr bo'lmadimi, marhamat qilib, keyingi 10 soat mobaynida elektr bilan bepul ta'minlasin.

1 yil gaz bermadimi? Marhamat qilib, keyingi bir yil davomida gaz bilan bepul ta'minlasin. Ana shunda biz hozirgidek og'ir kunlarda ham "avariya hisobiga o'chib qolgan" elektrni iliq qabul qila boshlaymiz, ana shunda har chiroq o'chganida rahbarlarni onasi va turli hayvonlarni esga olavermaymiz.

Lekin afsuski, bu fikrlar xom hayol, xolos. Unaqa bo'lmaydi. Orzuga berilmanglar.

Lekin qachondir shunaqa kunlar kelishiga ishonaman, balki 50 yil, balki 100 yil. Hozirgi xoramilar qirilib bitganida o'sha kunlarga ham yetib qolarmiz.

Shunda ham, o'sha kuni kutib, indamay chidab bormoqchi emasman. O'z ustimda ishlab, kuchli kadrga aylanib, chet elga survormoqchiman yaqin 1-2 yil ichida. Sizlarga ham tavsiyam shu.

@TheAliBlog