Ali. Blog
304 subscribers
336 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Jaxon sog'liqni saqlash tashkilotlari ham "uyda qolib, video-o'yinlar o'ynang" deb turganida, ularni gapini ikki qilsak uyat bo'lar, a?))

Bizda karantin e'lon qilinishidan 3-4 kuncha avval Ubisoft ham o'z foydalanuvchilariga shu ma'nodagi xabarlarni jo'natgan edi.

Buyerda bir haftacha avval boshlagan o'yinim, "Assassin's Creed: Odyssey" o'yinining statistikalari. O'yindagi barcha yutuqlar onlayn tarzda "uPlay" serverlariga saqlab boriladi. Skrinshot "Ubisoft Club" mobil dasturidan olingan.

@TheAliBlog
Paynetda turganingizda sizdan oldingi navbatdagi odam raqamini aytayotyanida nomeridagi ikkita bir xil raqamga alohida urg'u berishiga duch kelganmisiz?

Masalan, raqamini o'rtasida 00 qatnashgan deylik, raqamini aytishda "to'qqiz yuz sakson bir, ikkita nol, qirq sakkiz" deydimiyey. Aslida "ikkita nol" demasdan "nol-nol" desayam tezroq aytgan bo'lardi, yo'q, u aynan o'sha ikkita nolga urg'u berishi kerak.

Yuqoridagi raqam shunchaki o'ylab topilgan, lekin rostdan asabga tegadida negadir, oxirida kelsa ham shu: "to'qqiz yuz sakson bir, qirq sakkiz, ikkita nol".

Anjanchasiga aytganda "dutar nomer" o'zi. Iltimos, agar sizni nomeringizda shunaqa 2ta-3ta-4ta bir xil raqam kelgan bo'lsayam unaqa urg'u bermasdan oddiy aytaveringlar.

@TheAliBlog
​The Spy (Josus)

Bugun yana bir yangi serialni ko'rishni boshladim. Nomi "Josus". Serialdagi voqealar 60-yillarda bo'lib o'tadi.

Bosh qahramon Eli Cohen, Isroillik josus. Savdo markazida ishlaydigan Eli josus bo'lish istagida bir necha marta maxfiy xizmatlarga hujjat topshiradi. Nihoyat, uni qabul qilishadi va tayyorlashadi.

Eli Cohen butunlay boshqa obraz sifatida arab olamiga kirib boradi, u boy tadbirkor Kamil obrazida arablar bilan yaqin bo'lib, davlat sirlarini aniqlash bilan shug'ullanishi kerak edi.

Lekin unga ikki xil obrazda yashash vaqti kelib qiyinchiliklar tug'dira boshlaydi, eski hayotini sog'inadi, lekin endi ortga yo'l yo'q edi.

Titrlarda keltirilishicha, serial bo'lib o'tgan real voqea-hodisalarga asoslangan.

Bosh rolda Sacha Baron Cohen (Madagaskardagi King Julian yoki Admiral-General Aladdin obrazi bilan mashxur bo'lgan aktyor) o'ynagan. Komik aktyorni bunaqa jiddiy rolda ko'rishga ko'nikish qiyin bo'larkan lekin)

Youtubeda treylerini tomosha qiling: youtu.be/5UijUOy0MmE
Rostdanam, 12 oyga 12 million to'lab tonirovka qildirgan akaxonlar 1 oydan ortiq vaqt davomida mashina minolmaganiga yarasha, tonirovkaning amal qilish muddatiga biror oy qo'shib berilarmikin? πŸ€”

@TheAliBlog
Koronavirus kanalini yodlab bo'lganman

UzMobile nomerimga har kuni Minzdravdan 4tadan (2ta o'zbekcha, 2ta ruscha) koronavirusning telegramdagi kanali haqida sms keladi. Ishonasizmi, shu vaqtgacha Prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari haqida ham buncha kelmagan.

Xullas, bezor bo'ldim bu smslardan, birnima qilib shu minzdravni nomerimdan bloklab qo'ysam bo'larmikin?

Adashmasam o'tgan yili edi shekilli, Bilayn operatorlariga telefon qilib, allaqanday smslar bezor qilganidan shikoyat qilgandim, akaxonlar o'sha vaqtdayoq bunaqa smslarni o'chirib berib, uzr so'rashgan. Shu-shu bilayn nomerimga Prezidentning sahifalari tugul, koronavirus kanali haqida eslatmalar ham kelmaydi, hatto MChS ham! Faqat balans haqidagi eslatmalar, boshqalar yuborgan smslar va shu kabi o'zimga kerakli xabarlar keladi xolos!

2 haftacha oldin UzMobile operatoriga telefon qilib, shikoyat qildim, shu kanal jonga tegdi, o'chirib qo'yinglar, degan ma'noda. Ularni qo'lida emasmish bu! Bu xabarni ular yubormasmish! (O'zbekiston bo'yicha har qanaqa xabar, jumladan MChS ham aynan Uztelecom orqali yuboriladi!). Bo'ralab so'kib berdim, bosh direktoringni ulab ber, deb to'polon qildim telefonda. Keyin opaxon kim 1-2 minut muzdek suv ichib, kim bilandir maslahat qilib keldida, ularda smsni o'chirish imkoni borligini hozir aniqlaganini aytdi. Qarang-a?!

Lekin nima emish, buni o'chirish uchun bosh ofisga pasportim bilan borishim kerak emish! "Nega???" deb so'rasam, shaxsimni tasdiqlash uchun kerak ekan! Telefondagi operatorlar xizmat ko'rsatishi uchun telefondan turib tasdiqlab berishim yetardiku, desam, meni o'rnimga boshqa birov shikoyat qilib smsni o'chirtirib qo'yishi mumkin ekan, bu meni xavfsizligim uchun ekan! Farosatinga senlarni!

Xullas, kelasi safar ko'chaga chiqsam (u vaqtdayam karantin edi, lekin hamma ko'chada edi) ofisingni yana boshga ko'taraman, deb niyat qilib (avval ham borgandim) aloqani uzdim. O'shandan beri chiqqanim yo'q. Lekin kuniga 4talab smslar haliyam to'xtamadi.

Kecha bekorchilikdan "kimni yuragini siqsam ekan" deb o'ylab, Minzdrav (Sog'liqni saqlash vazirligi)ga telefon qildim (71 239 47 95) hech kim olmadi. Bir necha marta qildim, hech kim olmadi. Keyin koronavirus uchun o'rnatilgan qisqa raqamga (1003) telefon qildim. Bitta akaxon olib, bu smsni o'chirish ularni qo'lida emasligini, bu uchu Davlat Xizmatlari Agentligiga murojaat qilishim kerakligini aytdi. (Unda nega smsni Minzdrav nomidan emas, Davlat Xizmatlari Agentligi nomidan yubormaysan, nomard?)

Keyin DXAga telefon qildim (1148). Chaqiryapti-chaqiryapti, hech kim javob bermayapti. Bir necha marta qildim. Eng qizig'i, bu nomerga telefon qilganingizda gudok ketishi ham daqiqa hisobida hisoblanib borilarkan. Undan ham qiziqrog'i, bu qisqa raqamga telefon qilish ham tarifikatsiya qilinar ekan, ya'ni o'sha javob berilmagan gudoklarimning har bir daqiqasi uchun 3 sentdan pul to'labman!

Gapim cho'zilib ketdi, men hali buni tagiga yetaman. Shu postimni ulashvoringlar, akaxonlar, boshqalarga ham yetib borsin, o'sha vazirlikda ishlaydigan, yoki o'sha kanalni yuritadigan adminlarga yetib borsin: men sizni kanalingizni yoddan bilaman! Rostdan yaxshi ish qilgansizlar, shunaqa kanal ochib, lekin bu yaxshi ishingizni kuniga 4 martalab eslataverishingiz shart emas! Agar sms yuborish tekinga tushayotgan bo'lsa sizlarga (agar pullik bo'lsa, demak men to'layotgan soliqlardan jo'natilyapti bu smslar, pulimni qaytaringlar!) bunaqa eslatmalar o'rniga o'sha kanaldagi postlarni jo'natib tursangizlar ham roziman, lekin aynan bitta smsni hadeb yuboraversangizlar, oilangizdagilarni har kuni eslashda davom etaman men ham!

@TheAliBlog
Institutmiz rektorini telegramda kanali bor. Bot orqali berilgan savollarga javob berib boradi. Ba'zida berilgan savollarni o'qib rektorimizni sabriga qoyil qolaman.

Hozirgi kunda berilyotgan savollarni 90 foizi "stipendiyam qachon tushadi? Nega stipendiyam tushmadi? Stipendiyaaa 😩" degan mazmunda.

Rektorimiz erinmasdan har bittasiga yozib chiqadiyu, lekin bularni o'qib meni asabim buziladi. Ha nomard, kanalga kirib hech bo'lmasa oxirgi 10ga savol-javoblarni o'qib chiqqin! Yozilganku hammasi!

Yana ayrimlari bor, "biz falon fakultet, falon guruh o'quvchilari o'qituvchimiz falonchiga bizga berayotgan bilimlari uchun minnatdorchilik bildiramiz"... Parosat, agar aynan bitta odamga minnatdorchilik bildirmoqchi bo'lsang, telefon qilib o'ziga ayt! Kanalni kuzatib boradigan 2 mingta odamda nima ayb?

Ayrimlarniku yozgan savolini o'qib "shular qanday qilib o'qishga kirib yuribdiyu, men 3 yil o'qishga kirolmaganman" deb qolaman. Umuman savod degan narsa yo'q.

Tan olaman, jizzakiman, ko'p narsa yoqmaydi.

@TheAliBlog
Hozirgina "The Spy"ni ko'rib bo'ldim. Ko'rishga arziydigan serial. Bo'lgan voqealar asosida ekan.

Isroillik Mossadlar josusi bo'lga Eli Cohen boshqa qiyofada Suriyaga kirib borib, uyerdagi zodagonlar, biznesmenlar, xarbiy amaldorlar, vazirlar va hatto prezidentning ham ishonchiga kirib, bir necha yillar davomida josuslik qiladi. U faoliyati davomida Suriyaning bir qancha xujumlarini oldini olgan, ularning nozik nuqtalarini aniqlagan.

1965-yilda Eli Cohen dorga osilgan. Suratda haqiqiy Eli Cohen tasvirlangan.

@TheAliBlog
Odamlar nega artistlarni ehson qilishiga yopishib olgan, hech tushunmadim? Bittasi feysbukda shunaqa vaqtda o'zini ko'rsatmaydimi, ehson qilishsin endi, degan mazmunda post qoldirgan ekan.

"O'zingiz shu vaqtgacha nochorlarga ehson qilganmisiz?" deb so'radim kommentariyda.

"Ehson qilganimni sizga aytishim shart emas" dedi, o'zicha cho'rtkesarlik qilib

"Ular (artistlar) sizga aytishi shartmi unda?" degandim, bloklab qo'yibdi))

Bitta qaysidir jurnalistmi, bloggermi, maqola yozibdi xullas. Taxminan bunaqa gap bor: "Shu vaqtgacha uyini g'ishtini qayerdan nechpulga opkeltirganigacha og'iz ko'pirtirib gapirgan san'atkorlar endi ehson qilishga kelganda pinxona ish qilishni eslab qolishdimi?".

Kechirasizlaru, qaysi san'atkor shunaqa g'ishtlarini maqtanib gapirgan o'zi? Undan keyin nega san'atkorga yopishyapsizlar? U ehson qilsa sizni hayotizda nima o'zgaradiyu, ehson qilmasa nima o'zgaradi? Agar ehson nimanidir o'zgartirsa, nega o'sha ehsonni o'zingiz qilmayapsiz?

Bu gap yuqoridagiga o'xshab birovni pulini sarhisob qilishni yoqtiradiganlarga. Tuzukroq serial topilmayotganimdan asabiylashib birnimalar deyapmanda men ham)

@TheAliBlog
Xushnud akani kanali reklama uchun aksiya e'lon qilibdi: narxlar keskin arzonlashtirilgan va barcha pullar hayriyaga yo'naltirilarkan. Shoshilib yozdim, bunaqa imkoniyat doim ham bo'lavermaydiku. Narigi kanalimni ko'tarib olarmidim, deymanda.

Javob keldi: kanal reklama qilishmas ekan😐 Lekin vodiybozorni reklamasi chiqdiku? Yoki ular kanal hisonlanmaydimi uje? πŸ₯Ί

@TheAliBlog
Xafa bo'lish yo'qni mono seriyasini ko'rib mazza qilgan jayim rejissor akaxon anjanli shekilli, shevada gapirishi zo'rakan😁 Toshkentga borganimda ko'rganman, toshkentliklar ruscha gapiradi, viloyatdan kelganlarni ko'pchiligi toshkent shevasida. Rejissor akaxonga qoyil lekin!πŸ‘

https://youtu.be/mrdw7e_XAHE
Bizdagi seriallar bilan chet el seriallarini solishtirsak, bizdagi serialchilarda syujetni yetkazish emas, aynan serial ishlash asosiy maqsadga aylangan.

Kengroq tushuntiraman: netflixda ko'rayotgan seriallarimning 1 mavsumi 8-10 qismdan iborat, har bir qism 40-55 daqiqa oralig'ida. Har bir qismda voqealar rivoji juda yaxshi tezlikda borib, tomoshabinni zeriktirmaydi ham, shoshirib ham qo'ymaydi. Ya'ni, ularda voqelik juda ko'p, lekin bularni tomoshabinga tezroq yetkazishni istashadi, voqealar rivoji sekinlashmaydi.

Biznikilarchi? O'zi 1ta 90 minutlik kinoda yetkazish mumkin bo'lgan qisqa voqelik bor xolosda, shuniyam 50-60, ba'zida hatto 100 qism qilib suratga olishadi. Voqealar rivoji shu qadar sekinki, tomoshabin zerikib bo'ladi. O'zi qisqa hikoyani iloji boricha cho'zib, ko'proq qism ishlashga harakat qilishadi.

O'zim asli televizor ko'rmay qo'yganman. Shu ovqatlanayotgan vaqtimda yoqib qo'yaman faqat. O'tgan kuni qaysidir o'zbek seriali bo'layotgan ekan, nomini bilmayman, lekin Alisher Uzoqov ham o'ynagan. Xullas bitta sahnasini ko'rib qoldim. Bir barzangi bitta opani kvartirasiga keladida, "buyerlar endi menga qarashli, qizlaringni to'plab fohishaxona ochasan yana" deydi. Qiziq tomoni shuki, bu sahnaning asosiy joyi shu holos, lekin bu sahna boshlanib, tugagunicha men ovqatimni isitib, yeb ham bo'ldim. Aktyorlar umuman shoshilmasdan, sekin gapiradi, har bir gapini orasida 5-10 sekunddan tanaffus qilib oladi, haligi opa ham gapirishida sekinlashtirilgan kadrga o'xshaydi. Aktyorlarni mahoratiku, bir tiyinga qimmat, lekin gap bunda emas, tomoshabin vaqti o'g'irlanishida.

Shunchalik zo'r senariying bo'lsa, tezda-tezda "tasratib" olmaysanmi serialingni, nima qilasan cho'zib?

Deymanda endi o'zimcha)

@TheAliBlog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assassins Creed Odyssey'ni yakunladim nihoyat. Voqealar juda ko'pligi vaqti kelib odamni bezdirib yuborarkan)


O'yin grafikasiga gap yo'q, lekin kamchiliklari juda ko'p, masalan asosiy qahramondan boshqa qahramonlarning harakatlari uncha kelishmagan, yugurishida ham ko'proq sirpanib yurganga o'xshaydi. Shunaqa gaplarda xullas. Bu o'yin uchun yangi dvijok (engine) yararishmagan, shunchaki "AC Origins"ni dvijogida tayyorlab qo'yishgan xolos. Balki shu sababli ham 1 yildayoq tayyor bo'lgandir o'yin.

Endi "Assassins Creed III Remastered"ni o'ynab ko'rmoqchiman, haqiqiy assassinlar o'sha Altair va undan keyingilari bo'ladi men uchun. AC3 ilk bor yangi dvijokda ishga tushirilgan o'yin bo'lib, unda hayvonlarni ovlash, ob-havo o'zgarishi kabi detallar birinchi marta uchragan edi. "Remastered" versiyasida esa grafikasini qayta yaxshilashgan. Demak, qadrdon o'yinni kuchliroq grafikada o'ynab ko'ramiz. Bundan tashqari, Desmond Mayls va "Radunhageydu Konnor"ning sarguzashtlari ancha qiziqroq ham

@TheAliBlog
"Assassin's Creed III"ni seriyadagi eng ideal o'yin desa bo'ladi. Negaki aynan unda yashirin pichoq, tomohoklar boltasi, kamon va to'pponcha kabi qurollar uyg'unligi uchraydi. Jang qilish uslublari ham menga yoqqan edi.

ACIIIni originali 4GBlik diskda edi. Remastered versiyasi 35GB ekan. Hali to'liq yuklab bo'lmadim, yuklab olsam videolar joylayman

@TheAliBlog
Narigi kanalimga telegram va Durov haqida maqola yozgandim, birnarsa esimga tushib ketdi.

Twitterda WhatsAppning foydalanuvchilar ma'lumotlarini tanqid qilib yozayotganida Durovga birnima yozgandim. Keyin u ham menga javob qaytargandi. Hullas, Durov menga javob yozgandi!

O'shanda xursand bo'lib ketgandim, huddi qo'l berib ko'rishgan odamdek) "O'zimizi akaxon bo'ladi, haftada bir choyxonamiz bor" deb post qoldirgandim o'sha vaqtda)

@TheAliBlog
Kecha tuni bilan Bilayn 28GB faylni yuklab olibdi, tushunaman, tezlik pastdir hozir. Lekin kuni bilan 2GB ham yuklay olmagan UzMobaylni nima deyish mumkin?

O'yinni yuklash cho'zilaveradi bu xoramilarni deb
O, Simkarta olayotganimda UzMobayl operatori "bizdagi tezlik 2mbit! Hech qaysi operatorda bunaqa emas!" deb maqtangandi.

Ikki oycha oldin jiddiy shikoyat bilan UzMobayl bosh ofisiga borib, sotayotganda shunaqa deb maqtagansizlar, deb urishsam, gapimni to'g'rilagan bo'lib, "Hozir 7mbit" degandi. Battar asabim buzilgan. Qani o'sha?

Ertasiga mahallamga UzMobayldan antenna mutaxasislari chiqishgan, asbob-uskunalari bilan, antenna tekshirgani. Ko'z oldida tekshirganmiz, Bilayn sim kartam 12mbit, Uzmobayl simkartam 70kbit ko'rsatgan.

Farqi necha yuz barobar ekan? O'shanda birnimani qoyillatadigandek bo'lib chiqqan mutaxasislar "sabr qiling endi, antennani almashtirish bizni qo'limizda emas" deb to'g'ri tushuntirib ketishgan.

O'zi bironta chet el aloqa kompaniyasi kirib kelsa, bu xoramilarga it ham qaramasa kerak, pulini olayotganidan keyin faqat poytaxt markaziga urg'u beravermasdan, chekka joylarga ham e'tibor qilishsa o'larmikan? Yoki chekkadagilar pul to'lamayaptimi?

@TheAliBlog
Yarim kechasi. Tezlik kunduzgiga qaraganda ancha baland, ko'z tegmasin. Shu ketishda bo'lsa, 4GB narsani 7 soatda yuklab olarkanman, xudo xohlasa.

Fuck you, UzTelecom!
Karantin boshlangan kunning ertasiga yangi uchastkamizning hovlisiga mustaqilligimizning 29 yilligiga bag'ishlab 35 tup ko'chat ekkan edim. Uchastkamiz 6 sotix, tomorqasi 4 sotix.

Har kuni uyg'onishim bilan tushlikkacha shu uchastkamizda o'ralashib yuraman, daraxtlarni tagini yumshataman, suv quyaman, yerni uyoq-buyog'ini tekislayman, va hokazo.

Hozir ko'chatlarga bittalab qarab chiqdim, hammasi ko'karib barg chiqargan yoki kurtak yozishni boshlabdi. Mazza))

@TheAliBlog
Anovi 3ta jipiriq "eplab ko'chaga chiqishi"ni nimaga hammaga maqtanib tarqatgan o'zi, hech tushunmadim, yoki ko'chada yurish avtoritetmikin bularga?

Xudo ko'rsatmasinu, agar urush boshlanib ketsa ko'rpasini tagiga birinchi bo'lib berkinvolishsa kerak o'ziπŸ™„ Parosatinga senlarniπŸ˜’

@TheAliBlog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Assassins Creed III Remasteredni boshladim. Ochig'ini aytaman, grafika meni xursand qilmadi. Eski versiyasidan farqini ko'rmadim, faqat atrof-muhitga biroz tuman qo'shib qo'yilgan xolos. Qahramonlarni ko'rinishi yaxshilanmagan, grafik tomondan. Harakatlari mukammallashtirilmagan. O'sha 2012-yilda chiqqan o'yin o'sha bo'yicha qolgan, faqat ozgina tuman bor shaharlarda. Shu xolos.

Ushbu videodagi qo'shiqni bir vaqtlar sevimli komediya jamoam bo'lgan "Smosh" jamoasi kuylagan, Assassins Creed o'yiniga bag'ishlab. Parodiya. Qo'shiqqa gap yo'q, klipi esa juda qiziqarli, ko'rishni tavsiya qilaman.

@TheAliBlog
Nega o'zbek rejissorlari 80-yil avvalgi urush haqida kino ishlashsa, o'sha kino oq-qora rangli bo'ladiyu, ming yil oldin yashagan Termiziy haqida kino ishlashsa rangli bo'ladi?

@TheAliBlog