Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Shu kunlarda yana mobil telefonlarning imei kodini ro'yhatdan o'tkazish bilan bog'liq gaplar trendga chiqmoqda.

Avvalo, shu narsani deb telefon narxlari 50 foizgacha ko'tarilib ketgan. Unisi mayli, sotib olgan telefoningizni o'z nomingizga ro'yhatdan o'tkazish uchun siz yaqin orada chegaradan tashqariga chiqib kelgan bo'lishingiz kerak. Qaysi dolbayobni o'ylab topgan narsasi ekan, bu?πŸ€”

Keling, sizlarga buni sababini tushuntirib bersam. Chegaradan telefonlarni olib o'tishda ularning yuk xatiga asosan bojxona to'lovi to'lanishi, shu bilan ularning imei kodlari ro'yhatga olinishi kerak. Lekin qandaydir o'yinlar bilan ana shu telefonlar chegaradan yashirincha olib o'tiladi, bojxona to'lovi to'lanmaydi va imei kodlari ro'yhatga olinmaydi.

Endi 2-masala. Chegaradan agar o'zingiz o'tayotgan bo'lsangiz va qo'shni davlatdan o'zingiz yoki oila a'zolaringiz uchun telefon sotib olgan bo'lsangiz, bunga bojxona to'lovi to'lamaysiz (shunisiga telefon narxiga ko'ra limit bo'lsa kerak, menimcha) va o'sha telefonni o'z nomingizga ro'yhatdan o'tkazdirib olishingiz mumkin.

Endi 3-masala. Siz bozordan telefon sotib oldingiz. Imei kodi ro'yhatga olinmagan. Siz uni har bir SIM-sloti uchun 45 ming so'mdan to'lab, o'z nomingizga ro'yhatdan o'tkazishingiz kerak, aks holda 30 kundan so'ng telefon tarmoqdan uzib qo'yiladi. Hay mayli, shu xoramilar to'ysin, deb 90 ming sarflab ro'yhatdan o'tkazmoqchisiz. Lekin bo'lmaydi, eplolmaysiz. Chunki buni ro'yhatdan o'tkazish uchun siz yaqin orada chegaradan tashqariga chiqib kelgan bo'lishingiz kerak. Nega deysizmi? Bu telefon bojxonada ro'yhatga olinmagani sababli ham, qo'lda olib o'tilgan telefon deb hisoblangan va faqat chegaradan o'tgan odamni nomiga ro'yhatga olish mumkin holos.

Endi 4-masala. Siz o'z nomingizga bir nechta telefonni ro'yhatga ololmaysiz. Kichik o'g'ilchangizga telefon olib bermoqchimisiz? Yaxshisi, u pasport olgunicha sabr qiling. Pasportni qo'lga olishi bilan biror qo'shni davlatga "kirdi-chiqdi" qilib olib, bemalol telefon olib beraverasiz, hammasi juda oddiyπŸ™ƒ

Yana nechanchidir masala. Imei telefonlarni pullik ro'yhatga olish boshlanganiga qariyb 1 yil bo'lmoqda. Va'dalarga ko'ra, bu pullar chekka qishloqlarni antenna bilan ta'minlash va hokazo ishlarga yo'naltirilishi kerak edi. Qishloqlarda yashaydigan bir nechta tanishlarimning hech birini hududida antenna yaxshilanmabdi hozircha. Balki yuqoridagilarni hali uchastkasi qurib bitkazilmagandir, shunga pulni antennaga sarflay olishmayotgandir, to'g'ri tushunish kerak bu xoramilarni.

Aslida, nega endi telefonni nomimga rasmiylashtirishim uchun chegaradan tashqariga chiqib kelishim kerak? Umuman olganda, shu matoxni nomimga rasmiylashtirishdan nima naf menga? "Telefon yo'qolsa yoki o'g'irlansa" degan bahonani ishlatib ovvora bo'lmanglar. Telefonim yo'qolsa, demak bee'tiborligimdan yo'qolgan. Telefonimni kimdir o'g'irlab ketsa, o'zimni laqmaligimdan o'g'irlab ketgan. 1-2ta go'llarni deb 33 million aholiga majburiy qilib qo'yish dolbayoblikdan boshqa narsa emas.

Unless, agar yuqoridagilarga ko'proq pul kerak bo'lmayotgan bo'lsa. Raz dardlaring pul bo'lsa, ochiq o'yin qilib aytinglar. O'sha pulni beraveramiz shundoq ham, bunaqa hujjat/passport ishlari bilan odamni yugurtirmanglar faqatπŸ˜’

@TheAliBlog
​Kun mavzusiga aylangan yana bir mavzu bu grafik artistni uzr so'rattirishgani bo'ldi.

Kuni kecha Egamberdiyev degan akani axlatxonadan olayotgan konditsioneriga pulni sochayotgani va sochilgan pullarni Cartel degan bino so'rib olib, musor ishlab chiqarayotgan videosi tarqagan edi. Qaysidir tomondan bu haqiqiy mahorat, original g'oyaga asoslangan, rostdan zo'r ishlangan. Lekin bu kimgadir tegib ketibdi shekilli, akaxon bugun uzr so'rab chiqibdi. Albatta, bunga majbur qilishgani aniq.

Aytgancha, aynan mana shu soha VFX (Visual Effects) deyiladi. Kelajakda nasib qilsa, men ham shu sohani mutaxasisi bo'lmoqchiman. Ana undan keyin ko'raverasizlar, prikol qilish qanaqa bo'lishini))

@TheAliBlog
Forwarded from Alimoff Live
ΠΡƒΡˆΡ‚ΠΎΡˆπŸ˜
Alimoff Live
ΠΡƒΡˆΡ‚ΠΎΡˆπŸ˜
Endi qo'yoraslar, mashxurlikni eplab bo'mayapti))

@TheAliBlog
O'qishni tugatib olsam, Toshkentga borib, IT sohasidagi kurslarda o'qib, o'z qiziqishlarim bo'yicha mutaxasis bo'lmoqchi ekanimni avval ham aytuvdim. O'qishni bitirdim. Endi "diplomimni olvolsam, keyin ketaman" deb vaqtni cho'zgandek bo'ldim. Lekin diplomimni ham olib bo'ldim. Endi bahona qolmadi))

Bilasizmi, o'sha, yarim yilcha oldin bu rejani qilganimda hammasi oddiy tuyulgan edi: shundoq Toshkentga boraman, tars-tars 4-5ta o'quv markaziga borib tanlayman, tars-tars yoqqaniga yozilaman, ertasidan o'qishni boshlayman, kvartira topib kompyuterimni olib ketaman, tars-tars o'qishni yorvoraman))

Lekin mana, ketish kunim yaqinlashib, 2-3 kundan beri kuchli hayajon bosyapti, "tars-tars birnima qilvorish"ni eplay olarmikanman, deb o'ylanib qolyapman. Hadik bor))

Ko'proq nimadam qo'rqyapman, aytaymi? Shu desangiz 1-2 o'quv markazlarini kurs narxlarini ko'rib chiqqandim, narxlar qo'rqityapti)) Kamiga 2-3 oyda "yorvoradigan mutaxasis" bo'pketadiganga ham o'xshamayapman, ko'p markazlarda o'qish 9 oy ekan, o'rtacha))

Meni bisotimdagi yiqqan-terganlarim esa, nari borsa 2 oy yashab, o'qishimga yetarkan, menimcha) Mayli, buyog'i tavakkal endi. Baribir qachondir katta hayotga qadam qo'yish kerak) Nasib qilsa, inginga Toshkentda bo'laman)

Aytgancha, menga o'xshagan holga tushmaslik uchun ham, vaqtingizni OTMda behuda sarflamasdan (albatta, agar davlat ishida ishlash niyatingiz bo'lmasa), qiziqishingiz bo'yicha kurslarga qatnab, til o'rganib, yoshingiz o'tib ketmasidan mutaxasis bo'lvolinglar))

Aytgancha, anchadan beri jim bo'pketganimni sababi ham shu menimchaπŸ€” Inglizcha "feeling numb" bilan holatimni ifodalasa bo'ladi xullas)

@TheAliBlog
Yaxshi niyatlar bilan Toshkentga yo'lga chiqdim. Sharoitdan kelib chiqib, bugun kechasi qaytib kelishim, yoki biror joy ma'qul kelsa, birato'la qolib ketishim mumkin)) Omad tilayverasizlar endi)

@TheAliBlog
@HarryAIi akkauntini ochgan dolbayob meni profilimdagi ma'lumotlar bilan akkauntimni klonlashtiribdi. Dil izxorlaringizni lichkasiga yozib yuborishingiz mumkin)

Nima maqsadda ochganmi? UzNetflix kanalidagi seriallarni o'zicha aqllilik qilib, o'zi ochgan kanalga oldindan joylab borib, soqqani yormoqchi bo'lgan. Bekorlarni aytibdi endi shu qilganigayam) Oldindan o'g'irlolmaydi boshqa))

Userneym o'xshash deysizmi? Unda Ali emas, Aii deb yozilgan, birinchisi katta i harfi bilan:
@HarryAii == @HarryAIi
Original: @HarryAli

@TheAliBlog
Shunday qilib, bugun ro'yhatimda 3ta o'quv markazlari bor edi.

1-bo'lib "Avto Sarguzashtlar" multserialini yaratgan "Astir Animation" kompaniyasiga bordim (Rosa adashibmaneπŸ˜’). Afsuski, ular hozir o'qitish bilan shug'ullanishmayapti ekan.

2-bo'lib, "Do'ppi Pomidor" multserialini ishlab chiqaruvchi "Dip Animation" kompaniyasiga bordim. Hozircha o'rgatishmayapti ekan, yaqin orada onlayn mashg'ulot boshlashlari mumkin ekan, qatnab o'qiydigan ochilmasligi aniqroq ekan πŸ˜’ Shunisida o'qigim keluvdi ko'proq. Shogird tushish masalasida gaplashsam, unga ham qo'lidan u-bu ish keladigan odamni olisharkan, menga o'xshagan boshlovchilarni (jaa nol emasman men ham) shogirdlikka olishmas ekan.

3-bo'lib, "Let's Animate" o'quv markaziga bordim. Uyerda aynan 3D animatsiya yo'nalishi yo'q, lekin interyer/eksteryer loyihalash (arxitektura) va moshn grafika (Motion Graphics) degan kurslari bor ekan.

Endi o'ylanib turibman, arxitektura sohasini boshlab turaymikin, yoki DIPda onlayn kursni kutaymikin? πŸ€” miyam rosa charchadi xullasπŸ˜’

@TheAliBlog
Kecha yarim tunda uyga, Andijonga qaytib keldim. Hech nimani o'ylagim kelmadi, rosa charchagandim, rosa uxlabman))

Endi, uyg'onganimdan beri shu savol qiynayapti: endi nima qilsam ekan?πŸ€”

O'zim uchun ma'qul kelgan, Animatsiya sohasida ishlab kelayotgan joylar o'quvchi olmayapti. Arxitekturani esa juda chuqurlashtirib o'rganishni uncha xohlamayman.

Tushunarliroq bo'lishi uchun, sizlarga qiziqishimni aytib bersam: men multfilmlarga o'xshash animatsiyalar yaratish, videolarga vizual effekt berish (masalan, Transformerlar kinosida odamlarni yoniga robotlarni kompyuterda joylashtirish) va shunga o'xshash ishlar bilan shug'ullanishni, shu sohani o'rganishni istayman.

Endi, turib-turib hayolimga Udemy onlayn akademiyasi kelib qoldi. IT sohasidaning deyarli barcha tarmoqlari haqidagi batafsil darsliklar sotiladi. Narxlar qimmat, lekin piratski bo'pketganlari ham bor))

Bir aylanib kirib ko'rdim, o'ziyam omadim kepketganey, eng qimmat kurslarniyam $12,99gacha arzonlashtirib sotishyapti ekan. Eng qizig'i, chegirma 5 soatdan keyin tugarkan))

Tanlab-tanlab, o'zimga kerakli 2ta darslikni sotib oldim, 12,99dan. Bularni piratskiylari yo'q ekan. Dars o'tadigan akaxon Gollivudning bir qancha kinolarida, Pixar animstsiyalarida ishlagan ekan. Buyog'i peshona. Bir harakat qilib ko'ramanπŸ™ƒ

Shunda balki haligi o'quvchi olmaydigan kompaniyalarga ishchi bo'lib kirvolarman)) Chunki, Troll Uz yozganidek, bitta 10 daqiqalik multfilmga 600 millionlab so'm ajratiladi)) Eng muhimi soqqani qilish ahir)

Mayli, hozircha gaplarim shu) Balki zo'r o'rganvolsam, ishlarimdan joylab turarman. Pulga olganimdan keyin sidqidildan o'rganmasam bo'lmas)) Aytgancha, anovi dolbayobga aytar so'zim, mazzeni qilovir, omadingni bersin) Hozir bu narsalar ko'nglimga sig'mayapti shundoq ham))

@TheAliBlog
​Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Netflix tomonidan ishlangan "Cuties" filmi sabab ommaviy noroziliklar bo'lib, #CancelNetflix heshtegi trendga chiqdi. Nega deysizmi?

Kino Senegal millatiga mansub fransiyalik musulmon qizning maktabda raqs tushuvchi yarim-yalang'och qizlarga qo'shilib, raqs musobaqasida qatnashishi haqida. Buni nimasi norozilikka sabab bo'ldi deysizmi? Masalan, haligi musulmon qiz yashirincha telefon ishlatib, turli raqslarni o'rganib, sheriklariga orqasini qimirlatib raqsga tushishni o'rgatishi, ustiga-ustak o'sha qizlar 11 yoshli qizlar ekani!

Ha, film pedofiliyaga targ'ib qilishda ayblanib, tanqidlarga uchramoqda. Lekin men bu filmni oqlash yoki qoralash niyatida yozayotganim yo'q. Afsuski, o'zimizda ham yosh qizchalarni shunaqa, "slutty" kiyintirib qo'yadigan befarosatlar haqida gapirmoqchiman.

Hali o'smirlik yoshiga ham yetmagan yosh qizaloqlarga shunaqa yopishib turadigan yoki ochiq-sochiq kiyintirib qo'yadigan dolbayoblardan bo'lmang. Zamonaviy degani slutty degani emas.

@TheAliBlog
​IT sohasini o'rganmoqchiman, nimadan boshlashim kerak?

Shunga o'xshash savollar bilan ko'pchilik murojaat qilib turadi. Agar kelajakda kuchli ITchi bo'lishni istasangiz, birinchi o'rinda kompyuterdan foydalanish yoki dasturlash va hokazolarni emas, chet tilini o'rganing. IT sohasida sizga ko'proq ingliz tili kerak bo'ladi, dasturlash tilidagi kodlar ham inglizcha so'zlardan tuzilgani sabab, inglizchani bilsangiz, oson eslab qolasiz va o'zingiz ham o'rganishingiz mumkin.

Boshqacha misol bilan tushuntirsam, aytaylik dasturchi bo'lmoqchisiz. Yaxshi dasturlash kurslari oyiga $50dan $200gacha bo'lyapti. Til o'rganish kurslari qancha? Oyiga 150-200 ming so'm bo'lsa kerakπŸ€”. Ingliz tilini qunt bilan o'rgansangiz, ITning istalgan yo'nalishida bepul qo'llanmalar mavjud, o'zingiz mustaqil o'rgana olasiz. Bu bilan dasturlash kurslariga qatnab yo'qotilishi mumkin bo'lgan ancha pullarni tejab qolasiz, ham chet tilini o'rganib olgan bo'lasiz.

Shunday ekan, chet tilini o'rganishni hozirdan boshlang😎

@TheAliBlog
Anchadan beri youtube'ga o'yin videolari joylamay qo'ygandim, sababi munday bir o'yin o'ynaganim ham yo'q edi))

15-20 kuncha avval World of Tanks o'yinini boshlagandim, kuchliroq bo'lvolsam, o'yinlarni yozvolib, youtubega joylamoqchi edim.

1-2 kundan beri rosa zo'r janglar bo'pqolyaptida, yozib olmagan bo'lyapmanπŸ˜’ Bugun "bir zo'r o'yin yozvole" deb zapisni yoqib, rosa o'ynasam ham tuzukroq o'yin bo'lmadi)) Xullas, sal tuzukrog'i shu bo'ldi, undayam jangni oxirigacha tirik qolmadim))

Qiziqadiganlar bo'lsa ko'ringlar, endi yaxshi janglardan joylab turaman))

https://youtu.be/0JzwHhi0s1Y
​Bir necha kundan beri anovi sotib olgan darsligim bo'yicha Autodesk Maya dasturida ishlashni o'rganyapman. Nihoyat, boshlang'ich tushunchalarni tugatib oldim, endi modellashtirish va animatsiyaga kelamiz)

Menimcha bular uncha qiyin bo'lmasa kerak, chunki avval ham boshqa dasturlarda modellashtirish bilan shug'ullanib ko'rganman.

Endi quyidagi suratdagi personajni modellashtirib, shuni harakatlantiramiz ekan. Bajarib bo'lsam, bir maqtanaman))

@TheAliBlog
Hozir bir-ikki narsalarni qidirayotib, ko'zim tushib qoldi. Xullas, sizlarga bir voqea aytib beraman. Yaxshilab joylashib olinglar.

Bir yilcha avval, haliyam talaba bo'lib yurgan vaqtimda institutimiz rektori sahifasiga e'tiroz yozgandim. (O'zi boshqa e'tiroz haqidayu, lekin o'rni kelganida aytib qo'yay, bir necha yillik an'anaga aylanib qolgan, fakultetimiz binosiga ro'paradan eshik turib, uyerdan kira olmasdan, aylanib o'tib yon tomondan kirib yurar edik, bu balki bizgacha ham davom etgandir. Ro'para eshik faqat katta o'qituvchilar uchun, dekanat xodimlari uchun ochilardi, ularni qo'lida kaliti bor, eshikni ochib, kirib olgach, ichkaridan qulflab qo'yishardi yana. Xullas, shuniyam o'tkir gaplar bilan tanqid qilib, hamma uchun ochtirib qo'yuvdim)))

Xullas, e'tirozim falultetimizdagi talabalar hojatxonasi haqida edi. Uyerga deyarli kirmasdim, chunki rostdan hijolatlik joy edi. Kabinalar o'rtasidagi devori belimdan ham kelmasdi. Fakultet binosi ichida esa, har bir qavatda 2tadan hojatxoja bor bo'lib, u ham faqat domlalar, dekanat xodimlari uchun edi. Lyuks sharoitlar bilan. Shunga e'tiroz bildirib chiqqanman.

Rostdanda, nega endi men qiynalib yiliga 6 milliondan ortiq kontrakt to'laymanda, bu ma'muriyatdagi xoramilar talabalarga sharoit qilib berishni o'rniga, o'zlariga sharoit qilvolishlari kerak? (Ishanoringlar, institutda dekanatdagilarniyam ezvorganman, men ban tortishishga duxi yetmasdi))

Xullas, rektorni kanalida murojaatim chiqqanidan keyin, uni qandaydir talabalar kanaliga ham shov-shuv qilib chiqarishibdi, hojatxonani rasmga olib)) Keyin esa, bilasizlarku, bizdagi dolbayoblar muammoga qarshi emas, uni ko'tarib chiqqan odamga qarshi kurashishadi. Xullas, fakultetimiz dekanatidagi bitta debil (aynan kimligini bilaman) bitta yugurdagiga zakaz qilgan, o'sha yugurdak rektorni kanalida raddiya yozib, meni tanqid qilgan πŸ˜‚.

Tushunyapsizlarmi, men talabalar muammosini olib chiqqanmanda, boshqa bir talaba meni o'zimni tanqid qilyaptiπŸ€¦β€β™‚

Undan keyin meni yonimni olib, "rostdan to'g'ri aytgan" deb yana bir nechta talabalar yozishgan, keyin rektor bu mavzuni to'xtattirib qo'ygan. Meni haligi dolbayobga yozgan rosa shirin javobimni esa qabul qilishmaganπŸ˜’

O'sha voqealardan keyin bino ichidagi hojatxonalar ham talabalar uchun ochiq deb e'lon qilingan, naqd 3 kunga! Dushanbadan yana eski holatga qaytgan hammasi))

Oxirgi marta borganimda, hojatxona haliyam o'sha holatda edi. Shunaqa gaplar.

@TheAliBlog
Mana o'sha murojaat va haligi debilni javobi)

@TheAliBlog
​Bugun Andijondagi "O'zbegim Cinema" kinoteatrida "BTS: Π Π°Π·Π±Π΅ΠΈΜ† Ρ‚ΠΈΡˆΠΈΠ½Ρƒ" degan K-pop (karischa estrada) haqida hujjatli film bo'libdi.

Aslida, kinoteatring chet filmlari qo'yiladigan zalida narxlar ertalab 20 mingdan boshlanib, kun davomida keyingi seanslar qimmatlashib, oxirgi seans 30 ming so'm edi. Lekin yuqorida aytgan kino kuppa-kunduz kuni qo'yilsa ham, 50 ming so'mdan sotilibdi biletlar. Zal to'la (Kinoteatrni telegram kanalida ko'rdim). Hamma huddi rostakam artistni oldida turgamday qiy-chuv qilishyapti.

Tovba, shunaqa mashxur narsami, bu deb o'ylab qoldim. Biz oshnalarim bilan Qasoskorlarning oxirgi qismini 1 yil kuttik. (Undan avvalgilariniyam sabrsizlik bilan kutardik). Premyera kuni zal to'la bo'lgandi, bir-necha kun odamlar Qasoskorlarni oxirgi qismini ko'rish uchun zalni to'ldirib o'tirishgandi, lekin o'shanda ham chipta narxi qimmatlamagan edi.

O'zi umuman, narxlar oshgandir, deydigan bo'lsak, anchadan beri shov-shuv bo'layotgan "Tenet" kinosi ertangi kunduzgi seansda 22 ming so'mdan boshlanyapti.

Tovbaa, karislarni shunchalik muxlislari ko'pmi? πŸ€” Ko'rib "hezalakmasmi bular?" deydigan ekanku ahvoli))

@TheAliBlog
​​Sizlarga bitta yaxshi, bitta yomon yangiligim bor. Qaysi biridan boshlay? Qo'ymadinglar-qo'ymadinglar, yaxshisidan boshlayman))

@uzNetflix kanalida berib borilayotgan Al-Masih seriali UzMovi sayti bilan hamkorlikda o'zbek tiliga ovozli dublyaj qilinmoqda. 1ta ovozli dublyaj. Harqalay tarjima qilinyapti) Hozircha 2ta qism tugallanibdi xolos, mana buyerga kirib, onlayn ko'rishingiz yoki yuklab olishingiz mumkin.

Endi yomon yangiliklarga o'tamiz, O'zbekistondagi xristianlar meni sudga berishmoqchi ekan πŸ˜‚ (shuyerlariga forumlardagi lol smayligini qumsadim))) Nega deysizmi? Al-Masih seriali ularni diniga zid ekanmiyey, birbalo gaplarda xullasπŸ˜‚ Tasavvur qiling, serialni tomosha qilgan musulmon dindoshlarimizda qarshilik yo'q, e'tiroz yo'q, lekin xristian dinidagilar sudga berisharmishπŸ˜‚

@TheAliBlog
​Maya dasturida modellashtirayotgan skeletim hali tugallanmadi (ochig'i, boshqa ishlar bilan bandman), lekin bu borada talant borligini manovi videoga qarab sezib qo'yovrasizlar)

Lekin bu model Mayada emas, 3Ds Maxda tuzilgan, chunki hali Mayaga to'liq moslashib ulgurmadim.

Bilasizlar, bir muncha vaqtdan beri World of Tanks o'ynayapman. Shu o'yindagi sevimli tanklarimdan birini modelini yaratdim. Uncha mukammal emas, lekin o'yinni o'ynaganlar ko'riboq taniydi)

Baho bering. Va qaysi tank ekanini toping. Tankchi tanishlaringizga yuboravering)

@TheAliBlog
Iltimos, qanaqadir botlarga taklifnoma yubormanglar menga. U chindan to'laydimi-to'lamaydimi, ishim yo'q. Baribir qo'shilmayman, bu degani men orqali baribir pul topmaysizlar. Shunday ekan, jo'natmanglat.


Jo'natayotganlatni bloklab qo'yyapman. Xafa bo'lishi meni qiziqtirmaydi

@TheAliBlog