Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Bugun yangi naushnigim keluvdi😎 Nihoyat quloqni qisib turadigan naushnikdan qutuldimπŸ˜’ Sizlarniyam bir kuydirgim keldi) Alam qisin))

Asus TUF Gaming H7 degan naushnik, oddiy holatida telefonga ulab ishlatsa ham bo'ladi, mikrofoni bitta liniyada. Kompyuterga ulash uchun 2talik razyomga aylantiradigan kabeli bor. Undan tashqari simni o'zida kelgan mikrofondan tashqari alohida ulanadigan mikrofoni ham bor, unisini yoki bunisini tanlab olsa bo'ladi, mazza xullas. Ovoz juda baland kelmasa ham, bassni kuchidan quloq garang bo'lay deydi)

@TheAliBlog
4-Sentyabr kuni sotuvga chiqariladigan "Marvel"s Avengers" video-o'yinining beta-talqinini o'ynab ko'rdim. Grafika yaxshi, jang harakatlariyam yaxshi. Lekin yosh-bolalar o'yiniga o'xshab qolgan. Haligi ko'pgina yovuzlar chiqadi, to'xtamay urishaveradigan o'yinlar bo'ladiku, bir xildagi zarbani qayta-qayta qaytaraveradigan, shunaqa.

https://youtu.be/tixnpbhyJQA

@TheAliBlog
Shunday qilib, bugun institutda ozgina asabbuzarliklar bo'ldi)) Ertaga hal qilib olsam, batafsil yozaman)

@TheAliBlog
Sizlar kalta paypoqqa osilganini gapiryapsizlar ekan, institutdagi 1-kuratorim soqol qo'yib, mo'ylovini qirib yurishni geylar chiqargan deb aqllilik qilgan))

Adashmasam, saqichniyam geylar chaynaydi deb ham gapirgandi (masalan, chaynalib yurmasdan, orbit ham chaynasa bo'ladiku to'g'rimi, atrofidagilarni o'ylab))

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi musiqa - mehnatga hamdam)) Orada kompyuterimni yana maqtanvolyapman bahonada)) Qo'shiq monitorni orqasida ko'rinmay turgan Microlab kolonkasi va subwooferidan chiqayapti, deb tushunilsin)

Qo'shiqlarni zo'r tanlayman, bilaman)

@TheAliBlog
Coisa Boa
Gloria Groove
Kechagi qo'shiqni so'raganlar uchun)

@TheAliBlog
Forwarded from Alimoff Live
😁
Alimoff Live
😁
😎😎😎

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qulu bo'lorsinmi endi?))

Mutaxasislik - Muhandis Mexanik (Mechanical Engineer).

@TheAliBlog
Shu kunlarda yana mobil telefonlarning imei kodini ro'yhatdan o'tkazish bilan bog'liq gaplar trendga chiqmoqda.

Avvalo, shu narsani deb telefon narxlari 50 foizgacha ko'tarilib ketgan. Unisi mayli, sotib olgan telefoningizni o'z nomingizga ro'yhatdan o'tkazish uchun siz yaqin orada chegaradan tashqariga chiqib kelgan bo'lishingiz kerak. Qaysi dolbayobni o'ylab topgan narsasi ekan, bu?πŸ€”

Keling, sizlarga buni sababini tushuntirib bersam. Chegaradan telefonlarni olib o'tishda ularning yuk xatiga asosan bojxona to'lovi to'lanishi, shu bilan ularning imei kodlari ro'yhatga olinishi kerak. Lekin qandaydir o'yinlar bilan ana shu telefonlar chegaradan yashirincha olib o'tiladi, bojxona to'lovi to'lanmaydi va imei kodlari ro'yhatga olinmaydi.

Endi 2-masala. Chegaradan agar o'zingiz o'tayotgan bo'lsangiz va qo'shni davlatdan o'zingiz yoki oila a'zolaringiz uchun telefon sotib olgan bo'lsangiz, bunga bojxona to'lovi to'lamaysiz (shunisiga telefon narxiga ko'ra limit bo'lsa kerak, menimcha) va o'sha telefonni o'z nomingizga ro'yhatdan o'tkazdirib olishingiz mumkin.

Endi 3-masala. Siz bozordan telefon sotib oldingiz. Imei kodi ro'yhatga olinmagan. Siz uni har bir SIM-sloti uchun 45 ming so'mdan to'lab, o'z nomingizga ro'yhatdan o'tkazishingiz kerak, aks holda 30 kundan so'ng telefon tarmoqdan uzib qo'yiladi. Hay mayli, shu xoramilar to'ysin, deb 90 ming sarflab ro'yhatdan o'tkazmoqchisiz. Lekin bo'lmaydi, eplolmaysiz. Chunki buni ro'yhatdan o'tkazish uchun siz yaqin orada chegaradan tashqariga chiqib kelgan bo'lishingiz kerak. Nega deysizmi? Bu telefon bojxonada ro'yhatga olinmagani sababli ham, qo'lda olib o'tilgan telefon deb hisoblangan va faqat chegaradan o'tgan odamni nomiga ro'yhatga olish mumkin holos.

Endi 4-masala. Siz o'z nomingizga bir nechta telefonni ro'yhatga ololmaysiz. Kichik o'g'ilchangizga telefon olib bermoqchimisiz? Yaxshisi, u pasport olgunicha sabr qiling. Pasportni qo'lga olishi bilan biror qo'shni davlatga "kirdi-chiqdi" qilib olib, bemalol telefon olib beraverasiz, hammasi juda oddiyπŸ™ƒ

Yana nechanchidir masala. Imei telefonlarni pullik ro'yhatga olish boshlanganiga qariyb 1 yil bo'lmoqda. Va'dalarga ko'ra, bu pullar chekka qishloqlarni antenna bilan ta'minlash va hokazo ishlarga yo'naltirilishi kerak edi. Qishloqlarda yashaydigan bir nechta tanishlarimning hech birini hududida antenna yaxshilanmabdi hozircha. Balki yuqoridagilarni hali uchastkasi qurib bitkazilmagandir, shunga pulni antennaga sarflay olishmayotgandir, to'g'ri tushunish kerak bu xoramilarni.

Aslida, nega endi telefonni nomimga rasmiylashtirishim uchun chegaradan tashqariga chiqib kelishim kerak? Umuman olganda, shu matoxni nomimga rasmiylashtirishdan nima naf menga? "Telefon yo'qolsa yoki o'g'irlansa" degan bahonani ishlatib ovvora bo'lmanglar. Telefonim yo'qolsa, demak bee'tiborligimdan yo'qolgan. Telefonimni kimdir o'g'irlab ketsa, o'zimni laqmaligimdan o'g'irlab ketgan. 1-2ta go'llarni deb 33 million aholiga majburiy qilib qo'yish dolbayoblikdan boshqa narsa emas.

Unless, agar yuqoridagilarga ko'proq pul kerak bo'lmayotgan bo'lsa. Raz dardlaring pul bo'lsa, ochiq o'yin qilib aytinglar. O'sha pulni beraveramiz shundoq ham, bunaqa hujjat/passport ishlari bilan odamni yugurtirmanglar faqatπŸ˜’

@TheAliBlog
​Kun mavzusiga aylangan yana bir mavzu bu grafik artistni uzr so'rattirishgani bo'ldi.

Kuni kecha Egamberdiyev degan akani axlatxonadan olayotgan konditsioneriga pulni sochayotgani va sochilgan pullarni Cartel degan bino so'rib olib, musor ishlab chiqarayotgan videosi tarqagan edi. Qaysidir tomondan bu haqiqiy mahorat, original g'oyaga asoslangan, rostdan zo'r ishlangan. Lekin bu kimgadir tegib ketibdi shekilli, akaxon bugun uzr so'rab chiqibdi. Albatta, bunga majbur qilishgani aniq.

Aytgancha, aynan mana shu soha VFX (Visual Effects) deyiladi. Kelajakda nasib qilsa, men ham shu sohani mutaxasisi bo'lmoqchiman. Ana undan keyin ko'raverasizlar, prikol qilish qanaqa bo'lishini))

@TheAliBlog
Forwarded from Alimoff Live
ΠΡƒΡˆΡ‚ΠΎΡˆπŸ˜
Alimoff Live
ΠΡƒΡˆΡ‚ΠΎΡˆπŸ˜
Endi qo'yoraslar, mashxurlikni eplab bo'mayapti))

@TheAliBlog
O'qishni tugatib olsam, Toshkentga borib, IT sohasidagi kurslarda o'qib, o'z qiziqishlarim bo'yicha mutaxasis bo'lmoqchi ekanimni avval ham aytuvdim. O'qishni bitirdim. Endi "diplomimni olvolsam, keyin ketaman" deb vaqtni cho'zgandek bo'ldim. Lekin diplomimni ham olib bo'ldim. Endi bahona qolmadi))

Bilasizmi, o'sha, yarim yilcha oldin bu rejani qilganimda hammasi oddiy tuyulgan edi: shundoq Toshkentga boraman, tars-tars 4-5ta o'quv markaziga borib tanlayman, tars-tars yoqqaniga yozilaman, ertasidan o'qishni boshlayman, kvartira topib kompyuterimni olib ketaman, tars-tars o'qishni yorvoraman))

Lekin mana, ketish kunim yaqinlashib, 2-3 kundan beri kuchli hayajon bosyapti, "tars-tars birnima qilvorish"ni eplay olarmikanman, deb o'ylanib qolyapman. Hadik bor))

Ko'proq nimadam qo'rqyapman, aytaymi? Shu desangiz 1-2 o'quv markazlarini kurs narxlarini ko'rib chiqqandim, narxlar qo'rqityapti)) Kamiga 2-3 oyda "yorvoradigan mutaxasis" bo'pketadiganga ham o'xshamayapman, ko'p markazlarda o'qish 9 oy ekan, o'rtacha))

Meni bisotimdagi yiqqan-terganlarim esa, nari borsa 2 oy yashab, o'qishimga yetarkan, menimcha) Mayli, buyog'i tavakkal endi. Baribir qachondir katta hayotga qadam qo'yish kerak) Nasib qilsa, inginga Toshkentda bo'laman)

Aytgancha, menga o'xshagan holga tushmaslik uchun ham, vaqtingizni OTMda behuda sarflamasdan (albatta, agar davlat ishida ishlash niyatingiz bo'lmasa), qiziqishingiz bo'yicha kurslarga qatnab, til o'rganib, yoshingiz o'tib ketmasidan mutaxasis bo'lvolinglar))

Aytgancha, anchadan beri jim bo'pketganimni sababi ham shu menimchaπŸ€” Inglizcha "feeling numb" bilan holatimni ifodalasa bo'ladi xullas)

@TheAliBlog
Yaxshi niyatlar bilan Toshkentga yo'lga chiqdim. Sharoitdan kelib chiqib, bugun kechasi qaytib kelishim, yoki biror joy ma'qul kelsa, birato'la qolib ketishim mumkin)) Omad tilayverasizlar endi)

@TheAliBlog
@HarryAIi akkauntini ochgan dolbayob meni profilimdagi ma'lumotlar bilan akkauntimni klonlashtiribdi. Dil izxorlaringizni lichkasiga yozib yuborishingiz mumkin)

Nima maqsadda ochganmi? UzNetflix kanalidagi seriallarni o'zicha aqllilik qilib, o'zi ochgan kanalga oldindan joylab borib, soqqani yormoqchi bo'lgan. Bekorlarni aytibdi endi shu qilganigayam) Oldindan o'g'irlolmaydi boshqa))

Userneym o'xshash deysizmi? Unda Ali emas, Aii deb yozilgan, birinchisi katta i harfi bilan:
@HarryAii == @HarryAIi
Original: @HarryAli

@TheAliBlog
Shunday qilib, bugun ro'yhatimda 3ta o'quv markazlari bor edi.

1-bo'lib "Avto Sarguzashtlar" multserialini yaratgan "Astir Animation" kompaniyasiga bordim (Rosa adashibmaneπŸ˜’). Afsuski, ular hozir o'qitish bilan shug'ullanishmayapti ekan.

2-bo'lib, "Do'ppi Pomidor" multserialini ishlab chiqaruvchi "Dip Animation" kompaniyasiga bordim. Hozircha o'rgatishmayapti ekan, yaqin orada onlayn mashg'ulot boshlashlari mumkin ekan, qatnab o'qiydigan ochilmasligi aniqroq ekan πŸ˜’ Shunisida o'qigim keluvdi ko'proq. Shogird tushish masalasida gaplashsam, unga ham qo'lidan u-bu ish keladigan odamni olisharkan, menga o'xshagan boshlovchilarni (jaa nol emasman men ham) shogirdlikka olishmas ekan.

3-bo'lib, "Let's Animate" o'quv markaziga bordim. Uyerda aynan 3D animatsiya yo'nalishi yo'q, lekin interyer/eksteryer loyihalash (arxitektura) va moshn grafika (Motion Graphics) degan kurslari bor ekan.

Endi o'ylanib turibman, arxitektura sohasini boshlab turaymikin, yoki DIPda onlayn kursni kutaymikin? πŸ€” miyam rosa charchadi xullasπŸ˜’

@TheAliBlog
Kecha yarim tunda uyga, Andijonga qaytib keldim. Hech nimani o'ylagim kelmadi, rosa charchagandim, rosa uxlabman))

Endi, uyg'onganimdan beri shu savol qiynayapti: endi nima qilsam ekan?πŸ€”

O'zim uchun ma'qul kelgan, Animatsiya sohasida ishlab kelayotgan joylar o'quvchi olmayapti. Arxitekturani esa juda chuqurlashtirib o'rganishni uncha xohlamayman.

Tushunarliroq bo'lishi uchun, sizlarga qiziqishimni aytib bersam: men multfilmlarga o'xshash animatsiyalar yaratish, videolarga vizual effekt berish (masalan, Transformerlar kinosida odamlarni yoniga robotlarni kompyuterda joylashtirish) va shunga o'xshash ishlar bilan shug'ullanishni, shu sohani o'rganishni istayman.

Endi, turib-turib hayolimga Udemy onlayn akademiyasi kelib qoldi. IT sohasidaning deyarli barcha tarmoqlari haqidagi batafsil darsliklar sotiladi. Narxlar qimmat, lekin piratski bo'pketganlari ham bor))

Bir aylanib kirib ko'rdim, o'ziyam omadim kepketganey, eng qimmat kurslarniyam $12,99gacha arzonlashtirib sotishyapti ekan. Eng qizig'i, chegirma 5 soatdan keyin tugarkan))

Tanlab-tanlab, o'zimga kerakli 2ta darslikni sotib oldim, 12,99dan. Bularni piratskiylari yo'q ekan. Dars o'tadigan akaxon Gollivudning bir qancha kinolarida, Pixar animstsiyalarida ishlagan ekan. Buyog'i peshona. Bir harakat qilib ko'ramanπŸ™ƒ

Shunda balki haligi o'quvchi olmaydigan kompaniyalarga ishchi bo'lib kirvolarman)) Chunki, Troll Uz yozganidek, bitta 10 daqiqalik multfilmga 600 millionlab so'm ajratiladi)) Eng muhimi soqqani qilish ahir)

Mayli, hozircha gaplarim shu) Balki zo'r o'rganvolsam, ishlarimdan joylab turarman. Pulga olganimdan keyin sidqidildan o'rganmasam bo'lmas)) Aytgancha, anovi dolbayobga aytar so'zim, mazzeni qilovir, omadingni bersin) Hozir bu narsalar ko'nglimga sig'mayapti shundoq ham))

@TheAliBlog
​Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Netflix tomonidan ishlangan "Cuties" filmi sabab ommaviy noroziliklar bo'lib, #CancelNetflix heshtegi trendga chiqdi. Nega deysizmi?

Kino Senegal millatiga mansub fransiyalik musulmon qizning maktabda raqs tushuvchi yarim-yalang'och qizlarga qo'shilib, raqs musobaqasida qatnashishi haqida. Buni nimasi norozilikka sabab bo'ldi deysizmi? Masalan, haligi musulmon qiz yashirincha telefon ishlatib, turli raqslarni o'rganib, sheriklariga orqasini qimirlatib raqsga tushishni o'rgatishi, ustiga-ustak o'sha qizlar 11 yoshli qizlar ekani!

Ha, film pedofiliyaga targ'ib qilishda ayblanib, tanqidlarga uchramoqda. Lekin men bu filmni oqlash yoki qoralash niyatida yozayotganim yo'q. Afsuski, o'zimizda ham yosh qizchalarni shunaqa, "slutty" kiyintirib qo'yadigan befarosatlar haqida gapirmoqchiman.

Hali o'smirlik yoshiga ham yetmagan yosh qizaloqlarga shunaqa yopishib turadigan yoki ochiq-sochiq kiyintirib qo'yadigan dolbayoblardan bo'lmang. Zamonaviy degani slutty degani emas.

@TheAliBlog
​IT sohasini o'rganmoqchiman, nimadan boshlashim kerak?

Shunga o'xshash savollar bilan ko'pchilik murojaat qilib turadi. Agar kelajakda kuchli ITchi bo'lishni istasangiz, birinchi o'rinda kompyuterdan foydalanish yoki dasturlash va hokazolarni emas, chet tilini o'rganing. IT sohasida sizga ko'proq ingliz tili kerak bo'ladi, dasturlash tilidagi kodlar ham inglizcha so'zlardan tuzilgani sabab, inglizchani bilsangiz, oson eslab qolasiz va o'zingiz ham o'rganishingiz mumkin.

Boshqacha misol bilan tushuntirsam, aytaylik dasturchi bo'lmoqchisiz. Yaxshi dasturlash kurslari oyiga $50dan $200gacha bo'lyapti. Til o'rganish kurslari qancha? Oyiga 150-200 ming so'm bo'lsa kerakπŸ€”. Ingliz tilini qunt bilan o'rgansangiz, ITning istalgan yo'nalishida bepul qo'llanmalar mavjud, o'zingiz mustaqil o'rgana olasiz. Bu bilan dasturlash kurslariga qatnab yo'qotilishi mumkin bo'lgan ancha pullarni tejab qolasiz, ham chet tilini o'rganib olgan bo'lasiz.

Shunday ekan, chet tilini o'rganishni hozirdan boshlang😎

@TheAliBlog
Anchadan beri youtube'ga o'yin videolari joylamay qo'ygandim, sababi munday bir o'yin o'ynaganim ham yo'q edi))

15-20 kuncha avval World of Tanks o'yinini boshlagandim, kuchliroq bo'lvolsam, o'yinlarni yozvolib, youtubega joylamoqchi edim.

1-2 kundan beri rosa zo'r janglar bo'pqolyaptida, yozib olmagan bo'lyapmanπŸ˜’ Bugun "bir zo'r o'yin yozvole" deb zapisni yoqib, rosa o'ynasam ham tuzukroq o'yin bo'lmadi)) Xullas, sal tuzukrog'i shu bo'ldi, undayam jangni oxirigacha tirik qolmadim))

Qiziqadiganlar bo'lsa ko'ringlar, endi yaxshi janglardan joylab turaman))

https://youtu.be/0JzwHhi0s1Y