Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Chamasi 15-20 kunlardan beri Amerika vaqti bilan yashayapman. Amerika vaqti deganim bir o'xshatish xolos, shunchaki tungi rejimda yashayapman. Tunda hamma uyquga ketgan vaqtda kompyuterimni yoqvolib, ish bilan mashg'ul bo'laman. Hammayoq tinch. Mazza. Havo ham kunduzgiga nisbatan salqin bo'ladi (lekin baribir juda dim).

Uydagilar ham yangi qilig'imga ko'nikib qolishgan. Uyda ish paydo bo'lib qolsa, kechki payt yoki tong yorishgan vaqtida qilaman. Kunduzi hammayoq shovqin-suron bo'layotganida men xonamda shirin tushlar ko'rib uxlab yotgan bo'laman))

Shu hafta ichi premium kanalni e'lon qilib, a'zolar qabul qilishni boshlayman) Shunday ekan, sergak turinglar. Mayli endi, quyosh ham terak bo'yi ko'tarilib qolibdi, meni uxlaydigan vaqtim bo'ldiπŸ₯±

@TheAliBlog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nihoyat, eng zo'rlaridan bo'lmasa ham, cho'ntak ko'targancha geyming uchun klaviatura va sichqoncha sotib oldim. Tarjima subtitrlar yozishda toliqqan barmoqlar mexanik klaviaturada juda yayrayapti))

Ko'rib ko'zinglar quvonib, alam qilsin))

@TheAliBlog
Geyming klaviatura va sichqonchang bo'lsayam mazzada 😎

Bilaman, oxirgi kunlarda deyarli yozmay qo'ydim. Yana 2-3 kunlik ish qoldi, tarjimada. Shuni tugallab olsam, yana biror oylik tanaffusga chiqaman😎

@TheAliBlog
Otash akani ko'rdinglarmi? Oldingidek iploscha qarash qilolmay qolgan, huddi sinayotgan odamga o'xshab qoptiπŸ€”

@TheAliBlog
Ali. Blog
Achievment unlocked: Dehqon+😎 Bir hafta oldin tajriba tariqasida baklashkani yarmiga tuproq to'ldirib, urug' ekib, har kuni suv quyib turuvdim. Bugun qarasam ko'chat unib chiqishni boshlabdi😎 @TheAliBlog
Anovi baklashkaga urug' ekkanim yodingizdami? O'shani yerga ko'chirib o'tkazib, yoniga yana qatorlatib urug' ekib chiqqandim. Bugun shuning hosilidan bitta uzib oldim😎

Faqat...πŸ˜• Buvimni aytishicha, dumbil (biz makkani dumbil deymiz) pishib o'tib ketib, tovuqqa beradigan bo'pqoptiπŸ˜’ Ha bo'pti, hali mevasi ko'p, qolganini yeyish nasib qipqolar))

@TheAliBlog
Insomnia (uyqusizlik)ning yangi darajasiπŸ€” Keche kechki payt soat 19:30larda uyg'ongandim. O'shandan beri uxlamadim. Uxlolmayapman. O'zi charchaganman, ko'zim ham og'irlashib ketyapti. Lekin bir necha soatdan beri joyimga yotib, o'zimni uxlaganga solib ham uxlolmayapmanπŸ€” Birato'la kechgacha uxlamay chidab, normal rejimga tushib olsammikan, kechasida uxlab?))

@TheAliBlog
Youtubedagi "Ular" loyihasining yangi sonida bitta g'irt o'zbek ayol chiqib, g'irt ruscha gapirib, jamiyatimizdagi gender tenglik, shilqimlik, balo-battarlar haqida gapirganidan keyin kun mavzusi yana gender tengligiga qaytdi. Mavzuga doir izoh bildirmaslikka harakat qildim, chunki ko'rsatuvni deyarli ko'rmadim ham (rus tili bilan muammoyim bor, aytgamdimku))). Lekin mavzuga aloqador fikrlar orasida eng yaxshisini Qahramon aka Aslanov bildiribdiπŸ‘

@TheAliBlog
O'tiribsizlarmi, GM narxlarni tushirarkan, deb xursang bo'lib? "Bekorlarni beshtasini aytibsan" debdiyu GM😎 Ashnaqa, bular odam bo'medi. Narxlarni tushirish emas, bojxonani ochish kerak. Zavod o'lib ketmaydimi, bir tiyinga qimmat mashinalari bilan))

@TheAliBlog
Bugun yangi naushnigim keluvdi😎 Nihoyat quloqni qisib turadigan naushnikdan qutuldimπŸ˜’ Sizlarniyam bir kuydirgim keldi) Alam qisin))

Asus TUF Gaming H7 degan naushnik, oddiy holatida telefonga ulab ishlatsa ham bo'ladi, mikrofoni bitta liniyada. Kompyuterga ulash uchun 2talik razyomga aylantiradigan kabeli bor. Undan tashqari simni o'zida kelgan mikrofondan tashqari alohida ulanadigan mikrofoni ham bor, unisini yoki bunisini tanlab olsa bo'ladi, mazza xullas. Ovoz juda baland kelmasa ham, bassni kuchidan quloq garang bo'lay deydi)

@TheAliBlog
4-Sentyabr kuni sotuvga chiqariladigan "Marvel"s Avengers" video-o'yinining beta-talqinini o'ynab ko'rdim. Grafika yaxshi, jang harakatlariyam yaxshi. Lekin yosh-bolalar o'yiniga o'xshab qolgan. Haligi ko'pgina yovuzlar chiqadi, to'xtamay urishaveradigan o'yinlar bo'ladiku, bir xildagi zarbani qayta-qayta qaytaraveradigan, shunaqa.

https://youtu.be/tixnpbhyJQA

@TheAliBlog
Shunday qilib, bugun institutda ozgina asabbuzarliklar bo'ldi)) Ertaga hal qilib olsam, batafsil yozaman)

@TheAliBlog
Sizlar kalta paypoqqa osilganini gapiryapsizlar ekan, institutdagi 1-kuratorim soqol qo'yib, mo'ylovini qirib yurishni geylar chiqargan deb aqllilik qilgan))

Adashmasam, saqichniyam geylar chaynaydi deb ham gapirgandi (masalan, chaynalib yurmasdan, orbit ham chaynasa bo'ladiku to'g'rimi, atrofidagilarni o'ylab))

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi musiqa - mehnatga hamdam)) Orada kompyuterimni yana maqtanvolyapman bahonada)) Qo'shiq monitorni orqasida ko'rinmay turgan Microlab kolonkasi va subwooferidan chiqayapti, deb tushunilsin)

Qo'shiqlarni zo'r tanlayman, bilaman)

@TheAliBlog
Coisa Boa
Gloria Groove
Kechagi qo'shiqni so'raganlar uchun)

@TheAliBlog
Forwarded from Alimoff Live
😁
Alimoff Live
😁
😎😎😎

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qulu bo'lorsinmi endi?))

Mutaxasislik - Muhandis Mexanik (Mechanical Engineer).

@TheAliBlog
Shu kunlarda yana mobil telefonlarning imei kodini ro'yhatdan o'tkazish bilan bog'liq gaplar trendga chiqmoqda.

Avvalo, shu narsani deb telefon narxlari 50 foizgacha ko'tarilib ketgan. Unisi mayli, sotib olgan telefoningizni o'z nomingizga ro'yhatdan o'tkazish uchun siz yaqin orada chegaradan tashqariga chiqib kelgan bo'lishingiz kerak. Qaysi dolbayobni o'ylab topgan narsasi ekan, bu?πŸ€”

Keling, sizlarga buni sababini tushuntirib bersam. Chegaradan telefonlarni olib o'tishda ularning yuk xatiga asosan bojxona to'lovi to'lanishi, shu bilan ularning imei kodlari ro'yhatga olinishi kerak. Lekin qandaydir o'yinlar bilan ana shu telefonlar chegaradan yashirincha olib o'tiladi, bojxona to'lovi to'lanmaydi va imei kodlari ro'yhatga olinmaydi.

Endi 2-masala. Chegaradan agar o'zingiz o'tayotgan bo'lsangiz va qo'shni davlatdan o'zingiz yoki oila a'zolaringiz uchun telefon sotib olgan bo'lsangiz, bunga bojxona to'lovi to'lamaysiz (shunisiga telefon narxiga ko'ra limit bo'lsa kerak, menimcha) va o'sha telefonni o'z nomingizga ro'yhatdan o'tkazdirib olishingiz mumkin.

Endi 3-masala. Siz bozordan telefon sotib oldingiz. Imei kodi ro'yhatga olinmagan. Siz uni har bir SIM-sloti uchun 45 ming so'mdan to'lab, o'z nomingizga ro'yhatdan o'tkazishingiz kerak, aks holda 30 kundan so'ng telefon tarmoqdan uzib qo'yiladi. Hay mayli, shu xoramilar to'ysin, deb 90 ming sarflab ro'yhatdan o'tkazmoqchisiz. Lekin bo'lmaydi, eplolmaysiz. Chunki buni ro'yhatdan o'tkazish uchun siz yaqin orada chegaradan tashqariga chiqib kelgan bo'lishingiz kerak. Nega deysizmi? Bu telefon bojxonada ro'yhatga olinmagani sababli ham, qo'lda olib o'tilgan telefon deb hisoblangan va faqat chegaradan o'tgan odamni nomiga ro'yhatga olish mumkin holos.

Endi 4-masala. Siz o'z nomingizga bir nechta telefonni ro'yhatga ololmaysiz. Kichik o'g'ilchangizga telefon olib bermoqchimisiz? Yaxshisi, u pasport olgunicha sabr qiling. Pasportni qo'lga olishi bilan biror qo'shni davlatga "kirdi-chiqdi" qilib olib, bemalol telefon olib beraverasiz, hammasi juda oddiyπŸ™ƒ

Yana nechanchidir masala. Imei telefonlarni pullik ro'yhatga olish boshlanganiga qariyb 1 yil bo'lmoqda. Va'dalarga ko'ra, bu pullar chekka qishloqlarni antenna bilan ta'minlash va hokazo ishlarga yo'naltirilishi kerak edi. Qishloqlarda yashaydigan bir nechta tanishlarimning hech birini hududida antenna yaxshilanmabdi hozircha. Balki yuqoridagilarni hali uchastkasi qurib bitkazilmagandir, shunga pulni antennaga sarflay olishmayotgandir, to'g'ri tushunish kerak bu xoramilarni.

Aslida, nega endi telefonni nomimga rasmiylashtirishim uchun chegaradan tashqariga chiqib kelishim kerak? Umuman olganda, shu matoxni nomimga rasmiylashtirishdan nima naf menga? "Telefon yo'qolsa yoki o'g'irlansa" degan bahonani ishlatib ovvora bo'lmanglar. Telefonim yo'qolsa, demak bee'tiborligimdan yo'qolgan. Telefonimni kimdir o'g'irlab ketsa, o'zimni laqmaligimdan o'g'irlab ketgan. 1-2ta go'llarni deb 33 million aholiga majburiy qilib qo'yish dolbayoblikdan boshqa narsa emas.

Unless, agar yuqoridagilarga ko'proq pul kerak bo'lmayotgan bo'lsa. Raz dardlaring pul bo'lsa, ochiq o'yin qilib aytinglar. O'sha pulni beraveramiz shundoq ham, bunaqa hujjat/passport ishlari bilan odamni yugurtirmanglar faqatπŸ˜’

@TheAliBlog
​Kun mavzusiga aylangan yana bir mavzu bu grafik artistni uzr so'rattirishgani bo'ldi.

Kuni kecha Egamberdiyev degan akani axlatxonadan olayotgan konditsioneriga pulni sochayotgani va sochilgan pullarni Cartel degan bino so'rib olib, musor ishlab chiqarayotgan videosi tarqagan edi. Qaysidir tomondan bu haqiqiy mahorat, original g'oyaga asoslangan, rostdan zo'r ishlangan. Lekin bu kimgadir tegib ketibdi shekilli, akaxon bugun uzr so'rab chiqibdi. Albatta, bunga majbur qilishgani aniq.

Aytgancha, aynan mana shu soha VFX (Visual Effects) deyiladi. Kelajakda nasib qilsa, men ham shu sohani mutaxasisi bo'lmoqchiman. Ana undan keyin ko'raverasizlar, prikol qilish qanaqa bo'lishini))

@TheAliBlog
Forwarded from Alimoff Live
ΠΡƒΡˆΡ‚ΠΎΡˆπŸ˜