Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Bu haligi, jinniroq duxtir bolani o'ynagan aktyor ekan. Bunaqa rol o'ynasa rosa g'alati ko'rinarkan πŸ˜‚

@TheAliBlog
Bugun 1-avgust. 1-avgust sanasi ko'pchilikni yodida imtixon kuni bo'lib muhrlanib qolgan.

1-Avgust. Yo'llar berkiladigan kun. Sababini tushunmasdim, hozir ham tushunmayman. Shaharni barcha asosiy yo'llarini yopib tashlashadi. Boshqa kunlari 4 ming so'mga borish mumkin bo'lgan joyga shu kuni damaslar ham, taksilar ham 100 mingdan olib ketadi. Xohlasang shu.

1-avgust. Imtixonga kechikishni istamasang soat 6dan kechikmay uydan chiqib ketishing kerak. Chunki imtixon binosiga kirishda har bir abituriyenti sinchiklab, ezmalanib tekshirishadi, vaqt ko'p ketadi.

1-avgust. Bugun o'z bilimim bilan testlarni qiyqiratib tashlayman deysan, lekin shuncha tayyorlangan fanlaringda ham tushingga kirmagan savollar tushadi.

1-Avgust. Militsiya, MXX xodimlari hammayoqni nazorat qilishidan "bu safar adolatli shekilli" deb o'ylaysan. Lekin hammasini tili bir bo'ladi. Dadasini puliga kirayotganlarni yonida 4-5tadan telefon chiqadi.

1-avgust. 3 soat vaqt. 108ta savol. Ulgursang ulgurding, bo'lmasa kelasi yil kelasan...πŸ˜’

1-avgust sanasi meni xotiramda shunaqa saqlanib qolgan. 1-avgust imtixoniga 4 marta kirganman, qanaqa ekanini juda yaxshi bilamanπŸ˜’

1-marta 2013-yili Toshkent Davlat Jahon Tillari Universitetiga topshirgandim. Tan olaman, fanlardan faqat ingliz tiliga tayyorman. Tarix va ona tilini jinim suymaydi. Bu fanlardan baholarim yomon bo'lmagan, lekin bu fanlardagi imtixon savollarini o'qib ko'nglim qopketganπŸ˜’

Sezganingizdek, 1-yili topshirib kirolmaganman. Qattiq tayyorlanishni boshlaganman. Keyingi yili ham o'xshamagan. Yana tayyorlanganman (bu miyam bunaqa testni ma'lumotlarini qabul qilishni istamasdi, qiziqmasdim chunkiπŸ˜’) yana o'xshamagan. Keyin o'qishni yig'ishtirib, savdo bilan shug'ullana boshlaganman.

Lekin shu yili o'qishga kirib ketdim. Ja nufuzli OTM bo'lmasa ham, diplomi ko'p joylarga o'tadigan, yo'nalishi ham menga qiziqroq edi. Mashinasozlik instituti.

Bu gaplarni yozib, sizlarga aytadigan nasihatim yo'q. Shunchaki esimga tushib ketti xolos)

@TheAliBlog
Kecha ish bilan ko'chaga chiqqan edim. Andijondagi yangi bozod hududidagi Xolis bozori karantin sabab yopib qo'yilgan. Lekin sotuvchilarni juda ko'pchiligi katta ko'chaga ko'chib chiqib olib, shunaqangi tiqilinch yuzaga kelganki, odam buyerda harakatlanishi uchun albatta boshqa bitta odamga yopishib, qapishib o'tishi shart. Bo'lmasa yurib bo'lmaydigan darajada.

Shuni yuqorida o'tirgan xoramilar o'ylamasmikan, agar shunchalik bu bozorchilarni ko'chada bo'lsayam savdo qilishiga qo'yib berilar ekan, unda odamga o'xshab bozorni ochib berishmaydimi? Markaziy Komissiyadagilar nimani o'ylayapti o'zi? Dolbayobcha qarorlari bilan kasallik yanayam ko'proq tarqalishiga sharoit qilishyapti xolosku?

Mashinalar borasida. Farosati yo'q rahbarlar Andijondagi aksariyat ko'chalarni beton to'siq yoki yuk mashinalari bilan yopib tashlashgan. Bundan maqsad nima o'zi? Avtomobillar ko'chaga chiqmaydi shunaqa qilsak, deb o'ylashganmi? Bekorlarni aytishibdi, avtomobillar oqimi o'sha-o'sha. Lekin bu ahmoqlarni ishini deb ko'chalarda tiqilinch yuzaga kelgan. To'g'ringdagi ko'chaga to'g'ri yurib kirolmaysan, 2 kilometr naryoqdan, orqa ko'chalar orqali aylanib kelishing kerak!

Xullas, bu xorami rahbarlardan o'zi allaqachon ko'nglim sovib bo'lgan, lekin bunaqa ishlar bilan battar asabim buzilyaptiπŸ˜’

@TheAliBlog
Ko'plab kanallar Telegram asoschisi Pavel Durov maxfiy ravishda Piter shahriga borgani va katta ehtimol bilan Telegramni oldi-sottisi bo'yicha Alisher Usmonov bilan bitim tuzmoqchi ekani haqida yozishmoqda. Bekorlarni aytishibdi. Durovning asosiy prinsplaridan biri bu - Telegramning ma'lum qismini bo'lsa ham, boshqa birovlarga sotmaslik. Bu masalada vkontakte proyekti bo'yicha aqli kirib qolgan.

Undan tashqari, Telegram messenjeri daromad olmasligi sababli ham uni kimgadir butunlay yoki qisman sotishdan foyda yo'q.

FichaUz texnoblogida yozilishicha, shunaqa ma'lumot tarqatgan kanallar "Scam" (Firibgar) statusini olayotgan ekan. Qaysidir ma'noda, telegramning sotilishi haqidagi gap ularning nafsoniyatiga tegyapti, desa ham bo'ladi.

Xullas, oldi-qochdi gaplarga ishonavermanglar😎

@TheAliBlog
Odamga erish tuyuladigan "Talabalar Harakati" guruhi haqida.

Aynan qachon boshlangan bilmadim, yaqin orada "Talabalar Harakati" nomli guruhga to'plangan talabalar kontrakt narxidan norozi ekanligini namoyish qila boshlashibdi. O'zgacha tomoni shundaki, bu guruhga qariyb 100 ming nafar odam yig'ilgani sabab, yuqoridagilar xavfsirab qolganmi, adminlardan biri bir necha kun avval izsiz g'oyib bo'libdi. Endi shu masala yuzadidan o'z fikrimni bildirib o'tsam.

Avvalo, hukumat sizlarning bunaqa talablaringizni bir tiyinga olmaydi. Aks holda O'zbekiston Temir Yo'llari, Havo Yo'llari degan monopoliyalar qo'ygan narxlar tushirilgan bo'lardi. Bu hukumat sizlarga quloq soladigan bo'lganida, avvaliga 40 ming dollardan qimmat avtomobillar uchun bekor qilingan bojxona to'lovi Tahoe avtomobilini olib-sotishni boshlash oldidan yana joyiga qaytarib qo'yilmasdi.

Sizlar kontrakt narxi tushirilishini talab qilishingiz befoyda, sizlar o'qish tashlash e'lon qiling. Barcha kontraktdagilar o'qishdan ketsin, shunda daromad manbaidan ayrilgan xaromxo'rlar nimadir qilishga urinishi mumkin.

Undan keyin, siz o'qiyotgan OTM aslida o'qishga arziydimi? Amalda hech nima qilinmay, lekin qog'oz to'ldirish uchun yoziladigan laboratoriya, amaliy mashg'ulotlar, bilimni davomat, konspekt va forma belgilashiga chidab o'qirmidingiz, agar kontrakt tushirilgan taqdirda ham? Umringizni 4 yili bekor o'tib ketmayaptimi?

Balki kerakli bilimlarni 1 yildan kam muddatda o'quv kurslariga qatnab o'rganganingiz ma'quldir? Yoki sizlarga diplom degan narsa kerakmi? Yoki bir necha o'nlab keraksiz fanlarning zerikarli ma'ruzalarini tinglab o'tirish, keraksiz konspekt yozishlaru, sessiya vaqtidagi yugur-yugurlar sizga havasmi?

Xullasi kalom, bo'ladigan ishni qilinglar.

@TheAliBlog
Lekin negadir talabalar guruhining 2 admini g'oyib bo'lgani, bu so'z erkinligiga ta'sir qiladimi-yo'qmi, hechnima deyilmagan...πŸ˜’ Bular ham duxi yetgan narsani gapiradidaπŸ˜’

@TheAliBlog
Balki yaxshi yangilikdir, balki ensa qotiradigan gapdir, lekin bugundan serial tarjimonligidagi ta'tilimni yakunladim. Yana tarjima qilisb bilan bandman.

Bu safar tarjima qilingan seriallar eng avval pullik kanalga joylanadi ("uzNetflix Premium" g'oyasi esingizdami?). Pullik kanalga 10 kunlik uchun obuna bo'lish mumkin bo'ladi. Narxi ja unaqa qimmat emas, jaa arzon ham emas, yaxshi narx))

Pullik kanalning afzal tomonlari quyidagicha: 10 kun davomida faqatgina 1 serialning 1ta mavsumi (10ta qism) emas, kamida 2ta serialning 1tadan mavsumi va kamida 1ta kinodan o'rin oladi.

Asosiy bepul kanalda esa, bu seriallar 2 haftalardan keyin joylashni boshlanadi. Kuniga 1ta o'zbekcha serial (yoki film)dan joylanadi unga.

Bundan tashqari, Premium kanalimizda serial va filmlar 2 xil o'lchamda: hozirgidek kichraytirilgan va HD sifatda yuklanadi. Kattaroq ekran, televizorda ko'rishni istaganlarni xursand qila oladigan darajada tiniqlikda bo'ladi😎

Undan tashqari, mustaqil tarjimonlarni ham sheriklikka yollab, tarjima quvvatini oshirish niyatim ham bor. Tasavvur qiling, 3-4ta tarjimon bir vaqtda ishlasa, o'zbekcha subtitrli seriallar qanchalik ko'payishi mumkin) Agar pullik kanal o'zini oqlasa, shu pullik kanaldan olinadigan daromadni o'rtada teng taqsimlab beraman.😎

Pullik kanal qachon ochilishi va boshqa ma'lumotlarni vaqti kelganida aytaman, hozir ish ko'p, tarjima qilishim kerak))

Aytgancha, fikrlaringizni o'rtoqlashing.

@TheAliBlog
Agar "Qog'oz Bino" serialida "Marsey" rolini ijro etgan aktyor Luka Perosning suratiga tayanadigan bo'lsak, 5-mavsumni suratga olish ishlari 2020-yil, 3-avgustdan boshlanibdi. Demak, 5-Mavsumni hozircha kutmasak bo'larkan πŸ˜’

@TheAliBlog
Chamasi 15-20 kunlardan beri Amerika vaqti bilan yashayapman. Amerika vaqti deganim bir o'xshatish xolos, shunchaki tungi rejimda yashayapman. Tunda hamma uyquga ketgan vaqtda kompyuterimni yoqvolib, ish bilan mashg'ul bo'laman. Hammayoq tinch. Mazza. Havo ham kunduzgiga nisbatan salqin bo'ladi (lekin baribir juda dim).

Uydagilar ham yangi qilig'imga ko'nikib qolishgan. Uyda ish paydo bo'lib qolsa, kechki payt yoki tong yorishgan vaqtida qilaman. Kunduzi hammayoq shovqin-suron bo'layotganida men xonamda shirin tushlar ko'rib uxlab yotgan bo'laman))

Shu hafta ichi premium kanalni e'lon qilib, a'zolar qabul qilishni boshlayman) Shunday ekan, sergak turinglar. Mayli endi, quyosh ham terak bo'yi ko'tarilib qolibdi, meni uxlaydigan vaqtim bo'ldiπŸ₯±

@TheAliBlog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nihoyat, eng zo'rlaridan bo'lmasa ham, cho'ntak ko'targancha geyming uchun klaviatura va sichqoncha sotib oldim. Tarjima subtitrlar yozishda toliqqan barmoqlar mexanik klaviaturada juda yayrayapti))

Ko'rib ko'zinglar quvonib, alam qilsin))

@TheAliBlog
Geyming klaviatura va sichqonchang bo'lsayam mazzada 😎

Bilaman, oxirgi kunlarda deyarli yozmay qo'ydim. Yana 2-3 kunlik ish qoldi, tarjimada. Shuni tugallab olsam, yana biror oylik tanaffusga chiqaman😎

@TheAliBlog
Otash akani ko'rdinglarmi? Oldingidek iploscha qarash qilolmay qolgan, huddi sinayotgan odamga o'xshab qoptiπŸ€”

@TheAliBlog
Ali. Blog
Achievment unlocked: Dehqon+😎 Bir hafta oldin tajriba tariqasida baklashkani yarmiga tuproq to'ldirib, urug' ekib, har kuni suv quyib turuvdim. Bugun qarasam ko'chat unib chiqishni boshlabdi😎 @TheAliBlog
Anovi baklashkaga urug' ekkanim yodingizdami? O'shani yerga ko'chirib o'tkazib, yoniga yana qatorlatib urug' ekib chiqqandim. Bugun shuning hosilidan bitta uzib oldim😎

Faqat...πŸ˜• Buvimni aytishicha, dumbil (biz makkani dumbil deymiz) pishib o'tib ketib, tovuqqa beradigan bo'pqoptiπŸ˜’ Ha bo'pti, hali mevasi ko'p, qolganini yeyish nasib qipqolar))

@TheAliBlog
Insomnia (uyqusizlik)ning yangi darajasiπŸ€” Keche kechki payt soat 19:30larda uyg'ongandim. O'shandan beri uxlamadim. Uxlolmayapman. O'zi charchaganman, ko'zim ham og'irlashib ketyapti. Lekin bir necha soatdan beri joyimga yotib, o'zimni uxlaganga solib ham uxlolmayapmanπŸ€” Birato'la kechgacha uxlamay chidab, normal rejimga tushib olsammikan, kechasida uxlab?))

@TheAliBlog
Youtubedagi "Ular" loyihasining yangi sonida bitta g'irt o'zbek ayol chiqib, g'irt ruscha gapirib, jamiyatimizdagi gender tenglik, shilqimlik, balo-battarlar haqida gapirganidan keyin kun mavzusi yana gender tengligiga qaytdi. Mavzuga doir izoh bildirmaslikka harakat qildim, chunki ko'rsatuvni deyarli ko'rmadim ham (rus tili bilan muammoyim bor, aytgamdimku))). Lekin mavzuga aloqador fikrlar orasida eng yaxshisini Qahramon aka Aslanov bildiribdiπŸ‘

@TheAliBlog
O'tiribsizlarmi, GM narxlarni tushirarkan, deb xursang bo'lib? "Bekorlarni beshtasini aytibsan" debdiyu GM😎 Ashnaqa, bular odam bo'medi. Narxlarni tushirish emas, bojxonani ochish kerak. Zavod o'lib ketmaydimi, bir tiyinga qimmat mashinalari bilan))

@TheAliBlog
Bugun yangi naushnigim keluvdi😎 Nihoyat quloqni qisib turadigan naushnikdan qutuldimπŸ˜’ Sizlarniyam bir kuydirgim keldi) Alam qisin))

Asus TUF Gaming H7 degan naushnik, oddiy holatida telefonga ulab ishlatsa ham bo'ladi, mikrofoni bitta liniyada. Kompyuterga ulash uchun 2talik razyomga aylantiradigan kabeli bor. Undan tashqari simni o'zida kelgan mikrofondan tashqari alohida ulanadigan mikrofoni ham bor, unisini yoki bunisini tanlab olsa bo'ladi, mazza xullas. Ovoz juda baland kelmasa ham, bassni kuchidan quloq garang bo'lay deydi)

@TheAliBlog
4-Sentyabr kuni sotuvga chiqariladigan "Marvel"s Avengers" video-o'yinining beta-talqinini o'ynab ko'rdim. Grafika yaxshi, jang harakatlariyam yaxshi. Lekin yosh-bolalar o'yiniga o'xshab qolgan. Haligi ko'pgina yovuzlar chiqadi, to'xtamay urishaveradigan o'yinlar bo'ladiku, bir xildagi zarbani qayta-qayta qaytaraveradigan, shunaqa.

https://youtu.be/tixnpbhyJQA

@TheAliBlog
Shunday qilib, bugun institutda ozgina asabbuzarliklar bo'ldi)) Ertaga hal qilib olsam, batafsil yozaman)

@TheAliBlog