Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Nihoyat, edu-uz saytida nagruzka kamayibdi shekilli, diplomimni yuklab oldim. Qulluq bo'sinmi endi? 😉

@TheAliBlog
Diplomni elektronniy olgandan keyin yuvib berish ham elektronniy bo'ladida axir. Olinglar shashlikdan, davrimda to'yib qolinglar 😎

@TheAliBlog
Hozir Anjanda shunaqa vahimali havo bo'lyapti))

@TheAliBlog
Youtube "bloggerlari"dagi asosiy kamchilik.

Youtubeda o'zbek segmentida ham bir qancha kanallar bor. Judaa ko'p emasu, harqalay shuni orqasidan non topib yeyotganlar topiladi. Kimdir rasm va videolarni ustiga o'z ovozini yozsa, kimdir o'zi kamera qarshisida o'tirib gapiradi. Lekin menga yoqmaydigan va afsuski, ko'p kuzatadigan bitta odati borki, shuni yo'qotishsa ishlari besh bo'pketishini o'zlari ham bilishmaydi😕

Vaqt. Youtubeda bitta video o'rtacha 6-7 daqiqa ko'riladi, statistika bo'yicha. Ya'ni, shu 6-7 daqiqadan keyin tomoshabin videodagi mavzudan beziydi. Har qancha dolzarb bo'lmasin, har qancha qiziqarli bo'lmasin, uje buyog'iga videoni tomosha qilishga xohish bo'lmaydi. Faqat ayrim hollarda g'irt bekorchi bo'lsangiz yoki o'zingizni majburlab ko'rmayotgan bo'lsangiz.

Youtubeda asosan ingliz segmentidagi videolarni ko'raman, ingliz bloggerlari (blogger deganda faqat xalq muammolarini yoritadiganlarni tushunmanglar, texno bloggerlar, geym-bloggerlar va hokazolarni aytyapman), inglizcha videoroliklar va hokazo. Lekin ba'zida o'zbek kanallarida nimadir qiziq tuyulib kiramanu, hafsalam pir bo'ladi😕

O'zi aniq bir fikrlarini mundoq qog'ozga to'liq yozib, tasratib o'qib bersa 2 daqiqaga bormaydigan gaplarni "immmm, haaa, eeee" deb cho'zilib, bitta gapni 8 martalab qaytaraverib, xullas xitrlik yo'llari bilan 25 daqiqa qilib tashlashadi.😒

Qaysidir mavzuda gapirmoqchi bo'lsa (hammasi ham emas, lekin ko'pchiligi) shundoq kamerani yoqadida, gapirishni boshlayveradi. Oldindan reja tuzib olmaydi, gaplarini yozib, yodlab olmaydi. Xullas, professional yondoshmaydi.

Chet el bloggerlarini ko'rsangiz, anavilar gapirayotganidan kattaroq mavzu haqida gapirsa ham, video 5 daqiqadan ko'pga cho'zilmaydi, videoda tomoshabinni vaqtini oladigan kadrlar kesib tashlanadi, grafik ishlov beriladi, xullas professional yondoshadi. Chunki ular nonini shundan topib yeyapti, auditoriyasiga qancha sifatli narsa bersa, u yanada ko'payaveradi.

Aytmoqchimanki, "pryamoy efir" qilish boshqa narsa, unda bitta kadrda ketaveradi hammasi, cho'zilishlar, ikkilanishlar vaqtni olishi aniq. Lekin videoni montaj qilib yuklasang, ortiqcha joylarini kesib tashlasang bo'ladiku, nomard😕 Jillaqursa gapingni to'g'ri yodlab olgin😔

@TheAliBlog
O'zi siyosat masalasida ko'pam yozavermayman, unaqa tanqid qilishniyam eplolmayman, chunki qonunni yaxshi bilmayman. Lekin shuni bilamanki, hukumatga umuman ishonch yo'q. Hech nimani ishonib bo'lmaydi. Xalqni pulini o'zlashtirib, xalqqa hech narsa bermaslikdan boshqa narsani bilishmaydi. Hukumat tepasiga yoshlar kelmasa, qariyalar joyida qolaversa, tizimda o'zgarish bo'lmaydi baribir. Shu sabab qachonlardir buyerlardan survorish rejasi rejalarim orasida yuqori o'rinlarda turadi.

@TheAliBlog
Youtube kanalimga syupriz joylab qo'ydim 🤫

@TheAliBlog
Forwarded from Twitter
@theTechnoAli bilan @sharofsoliyev chiqinglar, biz sizni tanidik)

@twituz
Twitter
@theTechnoAli bilan @sharofsoliyev chiqinglar, biz sizni tanidik) @twituz
Aytgancha, manovi narsa hazil qilib yozilgan, yana jiddiy tushunvomanglar😁

@TheAliBlog
Duolingo dasturi bilan Ispan tilini o'rganishni boshlaganimga ham mana 3 oy bo'libdi. Oxirgi kunlarda dangasa tomirim tortishib, yangi darslarga kirishga erinib qolganman. Menimcha issiqdan quvvatsizlanib, hech bir ish qilgim kelmayotganidan bo'lsa kerak.😕

Seriallarni tarjimalarini ana boshlayman-mana boshlayman, deb yuribman bir haftadan beri😔.

Lekin serial ko'rishni kanda qilmayapman, kompyuter o'yinlari bilan😁😔.

@TheAliBlog
O'zimni o'zim maqtamasam, kanallarimni hech kim eslamabdiyam 😒

@TheAliBlog
Qariyb 6 yildan beri meni timsolimga aylanib ulgurgan rasmni o'g'irlab olishlari hecham yoqmaydi 😒

@TheAliBlog
Endi asosiyga meni rasmimni o'g'irlab qo'yavermasdan, video joylanglar 😒

https://t.me/TheTechnoAli/105
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hoy shirintoy bolalar,
Qo'shiling davramizga.
Ertaklarning sururli
Sirin ochamiz sizga.

O'zimizni chin do'st
Tutaylik hayvonlarga.
Chunki, cho'pchakda ular
Ishonar insonlarga.

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu multserialniyam ko'chiligingiz ko'rgan bo'lishingiz kerak😎 Bolalikni eslatadigan narsa ko'rsangiz, aynan shuni ko'rayotgan vaqtingizni emas, umuman bolalingiz qanday beg'ubor o'tganini eslarkansiz 🙃

@TheAliBlog
Forwarded from HabiKatura
Руслан Шариповнинг вафот этгани хақида хабарлар тарқалмоқда. Унинг узбек шоу-бизнеси шаклланишидаги урни бошқача эди. Охирати обод булсин.
Hali kunduzi muzdek kompotdan liqqillatib ichvoludim, negadir yana anginam ish ko'rsatmoqchiga o'xshayapti😒
Xullas, sal avval bir odam yozibdi, Techno Ali bilan reklama almashaylik, deb. Uni kanalini ko'rib chiqsam, yangi joylangan postlarda prosmotrlar soni 1Kdan ortiq, 3-4 kun oldingilari esa 600tadan oshmagan🤔 Shu sabab "yo'q, reklama almashmayman" deb javob qaytargandim, yozishmalarni to'liq tozalab tashlabdi😒

Unaqa debil bo'lmanglar, sizlarni smslaringizni tarqatib shantaj qiladi deb o'ylasangiz, yoki men bilan yozishmangiz umumiy chatlar ro'yhatini rasvosini chiqarib turgan bo'lsa, shunchaki avval boshidan yozmang umuman. Jinim suymaydi, shunaqq yozishib bo'lib, smslarini o'chirib tashlaydiganlarni😒

Hatto qizlar ham nimadir so'rab sms yozsa, javob olib bo'lganidan keyin o'chirib tashlamaydi. Lekin ba'zilar...😒 Hullas, asabim buzildi.

Aytgancha, bunaqa qilganlarni bloklab qo'yishimni aytgandim, a? Yozishmani tozalab tashlaganlarni bloklab qo'yaman, kelasi safar tozalab tashlaydigan smslarno yoza olmasligi uchun😎

@TheAliBlog
UzNetflix kanalim uchun yangi kinolar yuklash maqsadida Beeline nomerimga Do It cheksiz internet xizmatini yoqtirayotgan edim. Narxi arzonlashtirilganini ko'rib quvonib ketdim. 🥳 Avvallari 12 ming so'm edi, kuniga. Hozir 5 ming so'm bo'pqopti. O'zgarishlar hozircha yaxshi 😎

@TheAliBlog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Quantic Dreams kompaniyasi tomonidan ishlangan "Kara" video-o'yin prototipi. 2012-yil video holatida taqdim qilingan. Keyinchalik 2018-yilda katta o'yinga aylangan holatda sotuvga chiqarildi. Shu o'yinni yuklab olyapman, yaqin kunlarda narigi kanalimga yangi taqriz yozaman xullas)

Ushbu video fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan android robotning shu defekti sabab buzib tashlanishiga qarshilik qilib, yalinishlari, o'zidagi hislarni ko'rsatishi to'g'risida.

@TheAliBlog