Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Shunaqa qiziq gaplaram bo'pturadi ba'zida))

@TheAliBlog
Twitterda bir farosati yo'q, o'zini reklama qilishdan boshqasini bilmaydigan qiz "meni follow qilmaganlarni hammasi qishloqi, birnimalar" deb yozgan ekan. Boshqa yozganlarini qarasam, nuqul maza-matrasi bo'lmagan gaplar. "Unaqada umrbod qishloqi bo'lishga qaror qildim" deb yozdam meni bloklab qo'yibdi))

Keyin bu videoni yuborishga ulgurmay qoldim))

@TheAliBlog
Yoshlar kuni bilan tabriklamaganimni sababi avval o'zi boshqa bayram bilan ham tabriklamaganman.

@TheAliBlog
Kecha Kaspersky antivirusni sinov muddati tugagan ham ediki, haliginda aytgan viruslar yana qiliq chiqarishni boshlab qolishdi. Ha, bu iploslar baribir pul topmasa bo'lmas ekan, deb 1 yillik litsenziya sotib oldim oxiri)) Birinchi marta pullik antivirusdan foydalanishim))

@TheAliBlog
Bu narsa faqat o'zbekcha kino yoki seriallarda uchraydi.

Hech e'tibor berganmisiz, o'zbek film yoki seriallarida mexmondorchilik vaqtidagi stol ustidagi ko'p narsalar xiralashtirib qo'yiladi. Pul olmasdan reklama qilgan bo'pqomaylik, deyishsa kerak, menimcha.

Lekin mantiqan o'ylab qaralsa, o'sha dasturxondagi xiralashtirilgan Cola-Fantani o'sha kino yoki serialni ko'radigan odamdan bir necha ming barobar ko'p odam biladi, o'zbekistonda. Shundayam xiralashtirib qo'yishlariga ensam qotadi😒

Bir serialmi yoki kinodami ko'rib qolgandim, ancha avval. Yigit magazinda ishlaydi. Qiz uni qidirib magazinga kirganida ekranni 95 foizi xiralashtirilgan😂

Shunaqa biror yirikroq kompaniyani boshlig'i bo'pqoganimda, mahsulotimni qatnashtirib, kinosini piar qilvolyotgani uchun to'lov undirardim shunaqalardan))

@TheAliBlog
Ba'zida izohlarni o'qib o'tirib, aynan qanaqa hisni tuyish kerakligini bilolmay qolaman. Kulish kerakmi, achchiqlanish kerakmi, yig'lash kerakmi? 😫

https://comments.bot/thread/wAiKDixZd/5615620

@TheAliBlog
Yaqin do'stlarim bilishadi: yoshligimdan hikoya yaratishga qiziqishim bo'lgan. Maktab davrimizda allambalo komikslar chizib yurardim, hozir ham podvalimizda saqlansa kerak, agar ukam makalaturaga topshirvormagan bo'lsa)

Keyinchalik o'sha maktab davrimizda yaqin oshnalarim bilan (hozir ham yaqin oshnalarim safi o'zgarmagan, maktab davridagidan beri) biron sarguzashtli joyga borsak, buni qog'ozga tushirishni yoqtirardim. Do'stlarim sayohatdagi qaysi narsalarga e'tibor qaratishni, qanday so'zlar tanlasa yaxshi chiqishini o'rgatib turishardi (come on, eng yaqin oshnalarimni hammasi mendan 2 yosh katta, albatta o'rgatishadida 🤔 Maktabga 2 yil erta chiqqanman, 5 yoshdan).

Umuman, balki hikoya yozishga qiziqish bolaligimga ertak kitob o'qishga qiziqishimdan boshlangandir 🙄 kim bilsin. Har qalay, tengdoshlarim endi harf o'rganayotgan vaqtda men dadam olib kelib bergan ertak kitoblardan bosh ko'tarmasdim.

Keyin keyin ertak kitoblar miyamni to'yintira olmay qoldi, badiiy kitoblarga o'tdim. Mirzakalon Ismoiliyni juda eski bir kitobi bo'lardi, asar nomi ham esimda yo'g'u, lekin bosh qahramon To'la Rasulov degan bola ekani esimda. Menimcha eng birinchi o'qigan kitobim shu edi. Tahminan, bu kitobni dadam yoshligida sotib olgan🤔 har qalay juda eski edida. Keyin Kamola degan qizni "Abdikamol" deydigan Rais obrazi bor qaysidir kitob (nomiyam, muallifiyam esimda emas) undan keyin Nuriddin Ismoilovni kitoblari. Hehhee, u paytlarda Nuriddin Ismoilovni kitoblari moda edi. Faqat kriminal janr bo'lgani uchun hamma qiziqardi menimcha. Burgut tog'da ulg'ayadi, O'limga mahkum qilinganlar, Mafia sardori 1-2-3, yana ko'plab men nomini eslolmaydigan kitoblarini o'qiganman. Aslida, dadam qiziqib sotib olardi, kechasi uxlamasdan o'qib, uzog'i bilan 2 kunda 1ta kitobni tugatib qo'yardi. U kitobni biz akam bilan talashib o'qirdik))

Shunday qilib, bolalikda ko'p badiiy kitoblar o'qigandim. Keyin bora-bora shunday bo'ldiki, oxirgi marta qanaqadir kitobni ushlab ko'rganimga ham kamida 5 yildan oshdi😐

Xullas, o'zim uchun bir sahifaga ma'lumotlar kiritayotib, telegramdagi barcha kanallarim ro'yhatini kiritayotib, o'zim yozgan (umuman, boshlab qo'ygan desayam bo'ladi) asar (agar shunday atash mumkin bo'lsa) ko'zim tushib, eslab qoldim. "O'tmishga Sayohat" degan asar)) Yana bir o'qib, yoshligimni eslab oldim) Bir ko'z yugurtirib chiqinglar juda bo'lmasa))

Bu narsani 2010-yilda, maktabni bitirayotgan vaqtimiz yozgandim. Bitta umumiy darftarni to'ldirib yozgandim. U juda xom edi. 2014-yilda uni boshqa daftarga qayta ishlab, biroz o'zgartirishlar kiritib yozgandim. 2016-yilda uni raqamlashtirib, telegramga joylagan ekanman, saqlab qo'yish uchun. Professional emas, yosh bola yozgan deb tasavvur qilinglar, rostdan shunaqada axir))
https://t.me/OtmishgaSayohat/3


@TheAliBlog
Facebookdagi "The Language Nerds" sahifasida "Top Fan" nishonini olibman)

@TheAliBlog
Gender tenglik?

Avvalo kuni kecha tarqagan rasmlardan xabari yo'qlar uchun gapirib o'tsam: o'tgan kuni Toshkentning turli burchaklarida "gender tenglik" talablari yozilgan karton qog'ozlar ushlab tushgan rus millatidagi qizlarning suratlari tarqadi. Ularni qo'lidagi yozuvlar odamni kulgisini qistatadi: "ruslar fohisha degani emas", "ayollar hayvon emas", "kelinchak xizmatkor degani emas", "men tekin ishchi kuchi emasman", "meni tanam - o'zimni ishim" va hokazo.

Nega odamni kulgisi qistaydi?

O'z fikrimni bildirishdan avval aytib qo'yay, meni fikrim bu meni fikrim: sizlar bilan bir xil fikrda bo'lishim shart emas, meni fikrimni ma'qullashingiz ham shart emas.

Demak, bu qizlar aslida hech kim e'tiroz qilmaydigan narsalarni ko'tarib chiqishyapti. "Men tekin ishchi kuchi emasman!", agar buyerda uy ishlari haqida gap ketayotgan bo'lsa, unda shunchaki ishlama, nima muammo bor? "Ayollar hayvon emas"? Really? Kim hayvon dedi? "Kelinchak xizmatkor emas", agar qaynona-qaynotangni xizmatini qilishni istamasang, unda qilma. Bu haqida qonunda hech narsa deyilmagan. Agar eringga bu ma'qul kelmasa, unda ajrashadi. Chunki bu ham uni tanlovi: xohlasa ajrashadi, xohlasa yashaydi.

Endi bu rasmlarni fonida bo'layotgan ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar rostdan kulgili bo'lyapti. Huddiki, O'zbekistondagi ayollar agar qiyinchilikka duch kelayotgan bo'lsa, ular faqat ayol bo'lib tug'ilgani uchungina qiyinchilik ko'rishyapti, gender tengsizlikdan jabr ko'rishayotgan bo'ladi.

Nega endi, Ichki Ishlar Boshqarmasidan bir erkakni o'ligi chiqsa, biz erkaklar miting uyushtirib, gender tenglik talab qilib, ayollarni ham o'ligi chiqsin, demayapmiz? Chunki bu g'irt ahmoqona ish bo'lgan bo'lardi. Bu mavzu ham huddi shunaqa kulgili mavzu, sizlarga aytsam.

Agar senga uy ishlarini buyurmaydigan, ota-onasini xizmatini qildirmaydigan er kerak bo'lsa, unda shunaqasidan top, nima keragi bor butun xalqni boshini og'ritishni. Agar erkaklarga shunaqa, ota-onasini xizmatini qiladigan xotin kerak bo'lsa, bu ham ularni xohishi, xuddi sen gender tenglikni xohlayotganingdek.

Eringdan kaltak yeyapsanmi? Unda ur, gender tenglik qayerda qoladi o'zing urolmasang? Urolmasang, demak gender tenglik degan narsa yo'qmi? O'z ojizligingni o'zing tan olib turgan vaqtda butun dunyoga "bizga gender tengligi kerak" deb ovoza solishni nima keragi bor?

Endi "O'zbekiston" mehmonxonasi oldida rasmga tushga qiz yorib qo'yibdi: "Men ham jinsiy aloqani yoqtirishga haqliman". Ha yoqtirib o'lib ketmaysanmi, bunaqa dardingni eringga ayt, nomard. Yoki butun xalq qarashib yuborishi kerakmi shungayam?

Hujjatlarda demokratik jamiyatda yashayotgandirmiz, balki. Lekin inson huquqlari shundoq ham yerga urilayotgan jamiyatda ataladan suyak chiqqandek "ayollarga zug'um qilishni bas qiling!" deb chiqishni o'zi pastdan kelishni bildiradi.

Yo'q, ayollarni qul qilish kerak, degan fikrdan yiroqman. Oilada ham o'zaro hurmat bo'lishi kerak, ayolni fikri tinglanishi kerak, e'tiborga olinishi kerak. Lekin gender tenglik deb odamni ensasini qotirmanglar, huddi butun O'zbekistonda faqat ayollar ro'shnolik ko'rmayotgandek😒

@TheAliBlog
Shu 1 haftani ichida diplomimni olib, Toshkentga ketmoqchi edim. Endi karantin kuchaytirilib, yana qoldiriladigan bo'ldi😐

@TheAliBlog
Ayollarni hurmat qilish - feminizm emas, bu - ayollarni hurmat qilish. Feminizm esa...

@TheAliBlog
1-2 kun avval "Munosabat" degan ko'rsatuvda Barnogul ismli opa Akfa universiteti qurilishi uchun 30 gektar yerni tep-tekinga berilishini tanqid qilgan ekan. Ortiqxo'jayevdan yeb qo'yganlar endi opani ustidan mag'zava ag'darish ishlarini boshlab yuborishibdi. Shulardan Xalimaniki trendga chiqdi)

Xalimani avvallari cho'rtkesar, dangal, "mujik" deb hisoblardim, yo'q, u ham dumini likillatib turadigan itlardan ekan 🐶

U debdi, bu debdi, fan doktori bo'lgan opaga iqtisoddan, siyosatdan dars o'tmoqchi bo'libdi. Akfa kompaniyasi yurtimizga ko'p yaxshiliklar qilibdi ekan, unga butun borimizni qo'sh-qo'llab bersak ham kam ekan, chamasi.

Undagi argumentni qarang: "farzandlarimiz hozir xitoyda, rossiyada o'qib yurib, pandemiyada vatanga qaytolmay qopketishdi. Shu universitet qurilsa, shu farzandlarimiz o'z bag'rimizda o'qib, chetda qopketmaydi..." emish. Ha, ho'p, qopketmas balki, lekin rostdan nega tekinga berilishi kerak?🤔

https://www.instagram.com/tv/CCYwhf9pioD/?igshid=1mg81225nj15m

@TheAliBlog
Yig'lavoray deb turibman))

Ancha avval yozgandim, kompyuterimdagi yangilanishlarni cheklash uchun qanaqadir usullar qo'llaganim, natijada endi windowsni xohlasam ham yangilayolmayotganim, undan tashqari Microsoft Storedan hech nima yuklay olmayotganim haqida.

Xullas, shuni nihoyat muammo sababini va yechimini topdim. Asosiy sabab wuauserv xizmatini reyestrdagi ma'lumotlarini o'zgartirib tashlab, internetga ulanolmaydigan qilib qo'ygan ekanman.

Uni tiklashga harakat qildim, bo'lmadi. Nihoyat, bir oshnam o'z kompyuteridagi reyestr ma'lumotlarini eksport qilib, yubordi. O'zimdagi reyestrni o'chirib tashlab, oshnam jo'natganini saqlab qo'ydim. Vualya!

Nihoyat, endi Windows yangilana olyapti. Eng muhimi, Microsoft Storedan boshqa joyda topib bo'lmaydigan dastur - "Samsung Flow"ni o'rnatib oldim.

Samsung Flow kompyuter va telefonni bog'lovchi dastur bo'lib, telefon ekranini kompyuterga uzatishi, fayllar almashishi va boshqa ko'plab kerakli funksiyalari bor. Menga fayl yuborish funksiyasi kerak edi. Chunki telefonimni 64GB xotirasi allaqachon to'lib bo'lgan, undagi asosiy fayllar kamerada suratga olingan videolar, rasmlar.

Fayllar juda ko'pligidan USB orqali telefon ulanganida kompyuter telefondan fayllarni ko'chira olmayapti. ShareIt ham faylni yarmiga kelganida otkaz bo'laverib jonga tekkandi. Mana, 15 minutdan beri Samsung Flow orqali tiring etmay o'tyapti hammasi))

@TheAliBlog
Beelinedan Cheksiz 4G!

Xullas, bu xizmatni eshitishim bilan qiziqib qoldim. 4G chiqadigan hududlar uchun mutlaqo cheksiz, tezlikka ham limit qo'yilmagan internet ekan. Lekin faqat 4G chiqsa ishlaydi. Kamiga, wifi orqali ishlatib bo'lmaydi. Kunlik 10 ming so'm, oylik 50 ming so'm.

3-4 kun avval oylik xizmatini yoqtirdim, 50 ming so'mga. USB modem orqali kompyuterga uladim, ishlamadi umuman🤔 Axir ma'lumotlarda faqat wifi orqali ishlamaydi deyilgan, men wifi orqali emas, USB modem orqali ishlatyapmanku🤔

Hay mayli, deya, modemdan simkartani chiqarib, telefonga soldim. Telefonda ham tezlik juda tushib ketgandi. Avvallari uyimizda Bilaynning 4G interneti 5Mbitdan baland tezlikda ishlardi. Shu xizmatni yoqtirishim bilan 300kbit-1mbit oralig'idan nariga o'tmay qoldi😒 "Yepqo'ydim" deb o'yladim.

Operatorlarga rosa telefon qildim, hech qaysi operator ish joyida emas, aloqa uzilaverdi. Demak, aniq yepqo'yganman.

Nihoyat, kecha (aniqrog'i, o'tgan kuni) telefon qilib, operator bilan bog'lana oldim. Saytda USB modem haqida gapirilmaganidan va shu xizmatga ulanganimdan keyin tezlik tushib ketganidan norozi ekanimni aytdim. Nomimdan ariza olib qoldi. 24-48 soat ichida hal qilib beramiz dedi. Bir necha soat avval hisobimga 50 ming tushirib, bu haqida sms yuborishibdi.

Bilaynni avval ham ko'p maqtaganman. To'g'ri, internet arzon emas, qimmat. Lekin mijozlarga xizmat ko'rsatishi yaxshi. 2 yilcha avval 5GB trafigimni (u vaqtda u juda katta edi men uchun) muddati oxirgi sanasida yangi trafik olib, muddatini cho'zdirmoqchi bo'lganimda trafik ololmay qolib, 5GBdan ayrilgandim. O'shanda ham ertasiga operator nomimdan ariza olib qolib, kuyib ketgan trafigimni 3 kun muddatga tiklab bergan, men qaytadan kichik paket sotib olib, muddatini cho'zib olgandim.

Agar solishtiradigan bo'lsak, 150 ming so'mlik "VIP" tarifini ishlatadiganim uzmobaylda 1 oy davomida hech qanaqa internet ishlamagan, bundan norozi bo'lib borganimda esa, shartnomada orqamga tepishlariga ham rozi ekanligimga imzo qo'yganimni bo'ynimga qo'yishgandi😒 Kanalimni anchadan beri kuzatadiganlarni yaxshi xabari bor bundan.

Xullas, bugun bu narsa men uchun yana bir yaxshi yangilil bo'ldi, avvalgi post bilan birga))

@TheAliBlog
Axrorshoh meni oshnam bo'ladi))

Ana, alohida post yozdim, bo'loradimi?

@TheAliBlog
Watch Dogs 2 - Bepulga olishga ulguring!

Hozircha open-world o'yinlari orasidagi eng sevimli o'yinim bo'lib turgan "Watch Dogs 2" o'yini bugungi "Ubisoft Forward" taqdimot kechasi vaqtida g'irt tekinga tarqatiladi. Hakerlar haqidagi qiziqarli syujetli, kuchli grafikali o'yin egasiga aylanishga shoshiling!

Buning uchun kompyuteringizga uPlay dasturini yuklab oling va ro'yhatdan o'ting, keyin esa taqdimot boshlanish vaqtini kuting! Taqdimot vaqtida uni tekinga olish imkoniyati paydo bo'ladi.

Lekin ko'pchilikda 2ta muammo bo'lishi mumkin:
- Kompyuterim bu o'yinni ko'tarmaydi.
- Menda bu o'yinni yuklab olishga trafik yo'q.

Har ikkala holatda ham ikkilanib o'tirmang. O'yinni bugun yuklab olishingiz shart emas, shunchaki uni akkauntingizga o'zlashtirib qo'ysangiz kifoya. Qachon yaxshi kompyuter olganingizda, yoki qachon yetarli trafikka ega bo'lganingizda yuklab olaverasiz. Muhimi, litsenziyali o'yindan quruq qolib ketmang!))

@TheAliBlog
Taqdimot yarim kechada boshlanar ekan, bizning vaqt bilan. Meni ko'proq mart oyida chiqishi kerak bo'lgan, lekin takomillashtirish kerakligi sababli qoldirilgan Watch Dogs Legion o'yini hayajonga solyapti. Bugun uning sotuvga chiqish kuni e'lon qilinadi. Balki shu bugundanoq boshlanib ketar ham))

@TheAliBlog
Watch Dogs: Legion - 29-Oktyabr!
Demak, qanaqadir 50-100 dollirlar haqida sms kelsa, bilingki, o'sha odamning akkauntini "xakkirlar" tortib olishgan va kontaktidagi barchaga shunaqa sms jo'natib chiqishyapti.

Lox bolmang va telegramga kirish parolini hech kimga, hech qaysi dasturga ishonmang, telegramni o'zidan boshqa.

Aks holda, siz ham profildan ayrilasiz va sizning nomingizdan tanishlaringizga o'shanaqa sms boradi.

@TheAliBlog
2-3 kundan beri kunduzi og'ir ish bilan (qurilish) band bo'lib, rosa charchab, kech tushganda kompyuter o'yinlari va seriallar bilan xordiq chiqaryapman. Seriallar tarjima qilishga ishtiyoqim so'nib bo'ldi, desam ham bo'ladi. Bekorga soatlab vaqt o'tkazishdan ma'ni ko'rmayapman. Undan ko'ra sevimli video-o'yinlarim bilan o'zimning geymerlik reytingimni oshirib borganim durust, menimcha.

Undan tashqari, shu tarjimani deb youtube uchun boshlab qo'ygan loyiham ham oxiriga yetkazilmay qolgandi, shuni davom etkazishim kerak.

UzNetflixga kelsak, o'zbekcha subtitrni yig'ishtirib, inglizcha-ruschada davom ettirarman, balkim. Yoki yo'q. Chuqurroq o'ylab ko'rish kerak.

@TheAliBlog
Soat 14:00da futuristik "Battle Royale" janridagi Ubisoft kompaniyasining yangi chiqayotgan "Hyper Scape" o'yinini Beta versiyasini o'ynab ko'raman)

Youtube kanalimda kuzatinglar, qiziqqanlar bo'lsa)

https://youtube.com/c/HarryAli

@TheAliBlog