Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Bugun ko'chaga chiqib bir yayram keldim. Shahar baribir boshqachada) Ertaga ertalabdan pomidorlarimni tagini yumshatishim kerak endi)

@TheAliBlog
Bilaman, hammalaringni instagramlaring bor, yo'q deb aldamanglar. Yana hammalaring Qog'oz Binoni ko'rishlaringniyam bilaman. Shunday ekan, instagramda ochilgan shu sahifaga obuna bo'linglar endi.

Serialdan qiziqarli parchalar, suratlar joylab turaman. Tez orada qandaydir tanlov o'tkazish niyatim ham bor. Qanaqadir jinnicha sovg'alardan bexabar qolib ketmay desangiz obuna bo'linglar:

instagram.com/QogozBino
Endii, hafa bo'meslar, mayda-chuyda gaplarimni twitterga o'tkazyapman, bo'lmasa kanalda odamlar kamayib-ko'payib-kamayib qolyapti😐 Lekin nimo'sa yaxshilarini yozib turaman.

Chamamda men ham katta blogger bo'pketyapmanov hozirdan, mayda-chuyda gaplar yozgim kelmasdan, seryoznilashib qolyapman 🤔

Rasmdagi holatda @DadabotBlog nazarda tutilgan. Eeeski ishlar u.

@TheAliBlog
Forwarded from Twitter
Believer
Imagine Dragons
Bu qo'shiqni mendan avval eshitgandirsizlar balki, balkim yo'q. Bir rolikda eshitib qolib, qidirib topgandim. Ruhiyatni ko'taradigan qo'shiq.

Ba'zi saytlar bu qo'shiqni "Eng zo'r motivatsional qo'shiq" deb e'lon qilgan ekan. Baho beringlarchi

@TheAliBlog
Shevalarga qiziqamanda rosa)

Litseyda o'qib yurgan vaqtlarimdan guruhdoshlarim viloyatning turli joylaridan bo'lgani sabab, hammani shevasi turlicha edi. Kimdadir boshqacha so'zlar ishlatilsa, kimdadir ohang boshqacha.

Shu shevalarni orasidan eng qiziq joylarini terib olib, birga xiring-xiring qilib o'tirardik.

Keyin institutga kirdim, endi buyerdagi guruhdoshlar orasida qo'shni viloyatdan kelganlar ham bor edi. Tadqiqot manbasi yanada kengayib, ularning ham shevasidagi o'ziga xosliklarni o'zlashtira boshlagandim))

Masalan, bizda qilmagan ishini kimdir "qilmaganman" yoki "qilganim yo'q" desa, ayrim joylarda "qilgan yo'qman" derdi.

Yoki, kimdir vafot etsa, biz tomonda "palonchi o'tib qolibdi" deb gapirilsa, qo'shni viloyatlarda "palonchi bo'me qopti" deyilardi. Bunaqa holatlar o'z-o'zidan kulgili tuyulardi. Chunki, bizda "bo'me qopti" deganda... Ha, mayli))

Masalan, bizda osh solinadigan idish - tovoq bo'lsa, qo'shni ba'zi viloyatlarda lagan deyiladi. Lagan deganda bizda tog'orani kichikrog'i tushuniladi))

Mevalarga kelsak, gilos degan meva bizda 2 xil turlanadi: Anjan gilos va Qo'qon gilos. Qo'qon gilos deganimizni boshqa viloyatlar shunchaki gilos deydi, Anjan gilos deganimizni esa, "Olcha" deyishadi. Eng qizig'i, bizda "alicha" degan meva ham bo'lib, shu boshqa viloyatlarda nima deyilishini topolmaganman hecham)

Shunaqa qiziq so'zlar chiqib qoladida ba'zida)

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Katta jiyanim hech kimni gapiga kirmay injiqlik qilayotgan vaqtda faqat men yupata olaman uni) Aniqrog'i, Masha-Medved multseriali))

Yaxshiyam youtubeda to'xtovsiz onlayn translatsiya bo'lib turadi bu))

@TheAliBlog
Uyqu soatim boshqa shahar bilan sinxronizatsiya bo'lib qolibdi🙄

Telefon vaqtini sozlashda shaharlar vaqtiga qarab sozlanadi, buni bilsangiz kerak. Shunday qilib, 10 kunlardan beri uyqu vaqtim boshqa shaharni vaqtiga ulanib qolgan ko'rinadi. Soat 3da uyquga ketaman, soat 10-11gacha uxlayman🤔

O'zi rosa uxlasam zo'rg'a 7-8 soat uxlayapman, lekin uydagilar nazarida 15 soat uxlayotgandekman. Meni kechki 8dayoq uxlashga yotadi deb o'ylashsa kerak😒

Google amakiga ko'ra, bu "Insomnia" kasalligi ekan😫

@TheAliBlog
Buni bugun bildim. Kino-serial-o'yinlarda Amerika haqida gap ketganida "Uncle Sam" (Sem Amaki) iborasi ko'p qollanilardi. Bu ibora 19 asrdan beri Amerika hukumatini (millatini emas, hukumatni) bildiruvchi ramziy tahallus ekan.

Agar AQSh hukumati haqida gap ketsa, Amerikaliklar cho'zib o'tirmay, "Sem Amaki shunga qaror qilibdi"ga o'xshash gaplar ishlatishar ekan))

@TheAliBlog
Kompyuter o'yinlari syujetidan hikoya qiluvchi proyekt tayyorlayapman. Ya'ni, o'yin voqealarini o'zin hikoya qilib beraman. Bunga qiziqish bildirgan bo'larmidingiz?
Anonymous Poll
78%
Albatta
22%
Yo'q👎
Qariyb 20-25 kunlik tanaffusdan keyin nihoyat bugun serial ko'rdim, o'zim uchun) 1 qism xolos, zato ko'rdim) Ungacha tarjima qilinayotgan serialdan bo'shamas edim)

Qanaqa katta qurbonlik berganimni tushunyapsizlarmi? 😔 Karantinni ilk kunlarida hamma ishlarimni qilib bo'lib ham kuniga 8-10 qismli serialni ko'rib tugatardim😒

@TheAliBlog
Turli ijtimoiy tarmoqlarda mening proyektlarim haqida suhbat bo'layotgani yoki qachonlardir bo'lganiga ko'zim tushib qolsa, entikib o'qiyman. Odamlar bir-biriga maqtab tavsiya qilishlari, o'z fikrlarini bildirishlari, ee eng mazzasi shuda o'zi🙃

Lekin shunaqa katta ishlar (katta ish devorordim endi, birovdan so'ramasdan) qilib qo'ygan bo'lsangam, xonangdan tashqariga chiqsang birov tanimaydi😒

@TheAliBlog
Bugun prokuraturaning xabaridan rosa asab buzildi. Toshkentda Bitcoin savdosi bilan noqonuniy shug'ullanayotganlar qo'lga olinganmish. O'zi rasman mavjud bo'lmagan narsa bilan qanday qonuniy shug'ullanish mumkin bularni aqli joyidami?

@TheAliBlog
O'zimning shaxsiy dexqonchiligimning navbatdagi mahsuloti) Oshqovoq. Urug' ekib yetishtirilgan. Chamasi yana biror hafta bor.

@TheAliBlog
Alimovni kanalida chiqqan Afrikalik qarindoshdan qolgan millionlar yoki Google tanlab olgan foydalanuvchiga 1$ evaziga iPhone XS Max berilishini qo'yaturaylik.

Telegramda 1ta xabarni 5-10ta odamga forward qilib chiqsa, kompaniyalar srazi 5-10GB tushirib berishiga ishonib yurgan laqmalarni nima deyish mumkin? 🤦‍♂

Odam qurib qolganday mengayam jo'natasanmi shuni😒

@TheAliBlog
Bugungi seriya vaqti biroz kechikishi mumkin. Oldindan uzr, to'g'ri tushunib turaslar))

@TheAliBlog
Shunaqa gaplar) O'shanchun bir xil savol beravermanglar endi))

@TheAliBlog
Sms yozib, kerakli gapni aytib bo'lib, yozishmalarni o'chirib tashlaydiganlarni yoqtirmasligimni avval ham aytgandim. Yana shunaqalar paydo bo'libdi😒

Agar qizbola bo'lsaku, tushunsa arziydi, lekin hatto qizlar bunday qilmaydida, ayrim yigitlar savoliga javob olib bo'lib, yozishmani o'chirib tashlaydi.

Ha, yozgan smslaringizni shantaj kanallarga tarqatib, hammangizni sharmanda qilish niyatim bor edi o'zi😒 Ertaga ko'tarilib ketsanglar "menga ishi tushgan, manaa" deb ko'rsatib pul undirardim😒

Bunaqalarni men ham boplayman, shartta qora ro'yhatga kiritib qo'yaman. Kelasi safar nimadir bilmoqchi bo'lsa ham yozmaydi shunda, yozishmalar tarixi toza turadi, hech kim shantaj qilolmaydi uni😒

@TheAliBlog
Shunaqa gaplar xullas.

@TheAliBlog
Qalampir haqida

Bu maqolani yangilik sayti haqida deb o'ylasangiz adashasizlar. Bu sabzavot turi haqida.

Qalampir deganda ko'z o'ngimizda achchiq ta'm beruvchi sabzavot gavdalanadi. Mendan boshqa qalampirxo'rlar ham bormi? 😁

Lekin, "golubsi" qilishda foydalanadigan "bolgarski" ham qalampir sanaladi. Shunchaki, qalampirni turlari juda ko'p.

Bugun tomorqamdan hosilni yig'ishtirib olib, izlanib ko'rdim. Biz golubsiga ishlatadiganimiz Bulg'or qalampiri. Achchiq ta'm beruvchi esa, Chili qalampiri deyiladi.

Lekin quyidagi rasmda, qo'limda turgani bulg'or qalampiri emas ekan, turli navlarni rasmlarini solishtirib bildim, bu Poblano qalampiri ekan.

Kichkinasi ham Chili qalampiri emas, Serrano qalampiri ekan))

Ana, bahonada ko'p narsa bilib oldinglar, bugungi dars tamom)

@TheAliBlog