Ali. Blog
305 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Hech e'tibor berganmisiz, uyg'onganingizda yomon tushni oson eslay olasiz, yaxshi tushni esa deyarli eslolmaysiz. Bu deyarli fakt desa ham bo'ladi.

Endi yana bir narsani aniqlagandekman. Yaxshi tushdagi voqealar juda uzoq davom etadi, lekin aslida ko'p vaqt uxlagan bo'lmaysiz. Masalan, 1-2 soat uyqudagi tushda 10-15 soatlik voqealarni ko'rishingiz mumkin.

Yomon tushda esa, voqealar ko'p bo'lmaydi, lekin uzoq uxlagan bo'lasiz. Masalan, tushdagi voqealar 1-2 soatlik bo'lishi, siz esa, aslida 10 soat uxlagan bo'lishingiz mumkin.

Ana shu g'oyamni ilmiy jihatdan asoslash uchun bugun ertalabdan uxlashga jiddiy kirishdim. Natijalar yomon emas, menimcha. Lekin tajribadan to'xtamasligim kerak. Mayli, boraqolay, yana gaplasharmiz.

@TheAliBlog
Twitter haqida gapiraverib, qiziqtirishganidan yana ochib oldim. Follow-mollow qilib turinglar, yaxshi narsa yozsam retweet qilsanglaram mayli)

Aytgancha, men twitterga qo'shilgan vaqtda o'zbeklar deyarli yo'q edi uyerda) Nimosa menam eskilardanman))

twitter.com/TheHarryAli
Akamni ayyorligini qaranglarki, dezodarantimni olib, o'rniga o'zini bo'shagan dezodarantini qo'yib qo'ygan ekan. Kamiga, shunaqa holatlardan saqlanish uchun yashirib qo'ygandim uniπŸ˜’ Qayerdan bilding, desangiz, men hecham chorni-beli effekt deganini ishlatmayman)

@TheAliBlog
​Yana bo'sa ommaviy ko'rsatilmayotgan Elite seriali yoshlarni buzadi a? Mononga o'xshaganlarga bo'loradimi?

@TheAliBlog
​Men ham "Captain Disillusion"ni ijodiga qiziqqan holda, videolarni "debunk" (dibank) qilishni yoqtiraman. Masalan monovi hamma ham topa oladigan videoni olaylik.

Buyerda 2ta video birlashtirilgan. 0-soniyadan 9,5-soniyagacha 1-video. Qolgani 2-video.

Yomon sezgirmanda o'ziyam, yosh bolayam sezadigan narsalarni sezib yuraman))

@TheAliBlog
​Tarmoqlarda "Sho'rdanak" guruhining GAI xodimlari haqidagi hazilidan keyin ularni ushlab, kechirim so'rattirishgani, kamiga bu hazil qilishni huddi davlatga dushmanlik qilishdek ko'rsatuvda yoritib chiqishgani ortidan qizg'in muhokamalar boshlandi.

Masalan, feysbukda juda ko'plab chet el hazil guruhlariga, sahifalariga qo'shilganman. Ularda dasturchilar haqida juda ko'plab hazillar bor. Lekin shu vaqtgacha bironta pixini yorgan dasturchi-hakerlar o'sha hazilni tayyorlagan xoramilarni ushlavolib, kechirim so'rattirishni o'ylamagan ekan lekin.

Ochig'ini aytaman, o'zbek qiziqchilarini juda ko'plab hazillarini ko'rganda ensam qotadi aslida, lekin shunisiga yotvolib kuldim! G'oya uchun ham, ijro uchun ham molodes!

@TheAliBlog
Ali. Blog pinned Β«Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim: Telegram: @TheTechnoAli @TheAliBlog @uzNetflix @HarryAli @DadaBotBlog [Juda Eski] Facebook: Fb.com/TheHarryAli Fb.com/TheTechnoAli Fb.com/QogozBino Instagram: Instagram.com/TheHarryAli Twitter: Twitter.com/TheHarryAli…»
Menga sabr endi😐 G'irt jinnimanda men ham, tep-tekinga berishayotganida olmasdan, aksiya tugagan vaqtda olamanπŸ˜’

@TheAliBlog
GTA V o'yinini 1,5 soat ichida 8GB qismini yuklab olibman.

Tungi cheksiz internet (Beeline) soat 9da yakunlanishini inobatga olsak, bunaqa tezlikda yarmini ham yuklab ololmasam kerak.

Mart oyida eng yirik video o'yinlardan hisoblangan Red Dead Redemption 2 o'yinini (120GB) 4 kun davomida tungi cheksiz internetni yoqib yuklab olgandim.

Simli intermetni harakatini qilmasam bo'lmaydiπŸ˜’

@TheAliBlog
Tikoga emas, uni orqasidagi akaxonlarga e'tibor qilinglar. Yo'q, muxbirni suratga olishi yetarli emas, hammasi alohida-alohida o'z telefoniga rasmga olvolishi kerakπŸ˜’

@TheAliBlog
Oradan 7 soat o'tdi. 35GBni yuklabdi hozirgacha. Tezlik 0-250kb/s oralig'ida o'ynab turibdi. Bugun bu o'yinni o'ynamasligim aniq ekanπŸ˜’ Yashasin O'zbekiston!

@TheAliBlog
Forwarded from HabiKatura
πŸ‘‰ @habikatura
Twitterda Qog'oz Bino haqida gaplar bo'lganakan) Fenomenni yoyilishiga hissa qo'sha olganimdan xursandman))

@TheAliBlog
O'zi bunaqa mavzularda yozish menga yoqmaydi. O'z qiziqishlarim haqida yozishni ma'qul ko'raman odatda.

@TheAliBlog
Minde opqarasam, kechasidan ko'ra kunduzi ko'p uxlaydigan bo'pqopman. Chunki kechasi hammayoq tinch, mazza qilib ishlayman kompyuterda.

Bugun GTA Vni yuklashni 2-qismini o'tkazyapman. 58GB qolgan ekan. Hozircha 8GB yuklandi. Bugun ulgurishiga ko'zim yetmaydi baribirπŸ˜’

Watch Dogs: Legion o'yini yodingizdami? Shu yili chiqadigan o'yinni premyera kunidan 3 kun avval yuklab olib, o'ynashni boshlash huquqi bor menda. Avvaliga, butun dunyoda eng birinchilardan bo'lib o'ynab ko'rish uchun, deb o'ylagandim. Yo'q, endi tushunib yetyapmanki, bu imtiyoz butun dunyo bilan teng boshlashim uchun berilgan ekan.

Rostda, birinchi bo'lolmaganimga yarasha, hammadan oxirida qolib ketishim ham kerak emasuπŸ˜’

@TheAliBlog
Suyunchi beroraslar, mahallamizni boshiga kelgan simlar optik tola ekan. Bugun onlayn ariza topshirib qo'ydim, nasib qilsa uylanib, o'g'il katta qilib, unga kompyuterni o'rgatgunimgacha ulab berishsa kerak.

@TheAliBlog
​Kontekstdan yulib olish odamni fikrini butunlay boshqacha tomonga aylantira olishini guvohi bo'libmiz, anovi kuni. Aslida esa, gap boshqacha ekan.

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Anovi kuni eski vintimni ulab, ichidagi narsalarni ko'chirib olganimda topib oldim. 3Ds Maxni endi o'rgamayotgan vaqtlarim edi. Taxminan 7-8 yil avval. Hozir shunaqa qilolmayman, ochig'i, uje esimdan qichib ketgan))

Videoni sifati pastligiga e'tibor bermang, u vaqtlari 3gp degan format moda edi. Nokia telefonlarida joy tejash uchun hamma videolar shu formatda bo'lardi. 176x144 o'lcham. Tasavvur qilyapsizmi?

@TheAliBlog
Shu qo'shiqni so'zlarini eendi yodlab bo'ldim)


@TheAliBlog