Ali. Blog
305 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Yodingizda bo'lsa, ancha avval qaysidir videolarni aslida effektlar orqali ishlanganini fosh qiluvchi "Captain Disillusion" youtube kanali haqida yozgandim. Bugun u anovi oyni sirtida o'zga sayyorarliklarni kemasi uchib yurgani haqida video tayyorlabdi. Ko'rib chiqinglar, hammasini fosh qilgan:

https://youtu.be/voC0CcwDNUM

@TheAliBlog
Urree, 300ta bo'pmiiiz!, deb xursandchilik qilmayotganimni sababi shunaqa gapimdan keyin darrov 1-2tasi chiqib ketib qolsa, o'sha postni o'chirishga to'g'ri kelib qolmasin, deyapman))

@TheAliBlog
Kechagi tortishuvga sabab bo'lgan post yuzasidan manovi postni o'qib chiqinglar:

https://t.me/Alimofflive/2590

O'z pozitsiyam haqida haliroq, bitta uxlab turib keyin yozaman. Kecha aynan nima demoqchi ekanimni 1-2 beparosatlar tushunmasdan, "sig'inoring" deb kalaka qilgandi. Asabni zo'rg'a jilovlab turdim, kompyuterda o'yin o'ynayotgan bo'lganim uchun. (PUBG emas)

@TheAliBlog
Telefonimga (Galaxy A40) yana tizim yangilanishi kelibdi. Lekin aytarli o'zgarish yo'q.

Rosa ichimni kuydiradigan narsa Galaxy A50 modelida AR Emoji funksiyasi ishlaydi. Ya'ni, odamni kallasini o'rniga o'zingiz yaratgan emoji modelini qo'yib, tasvirga ola oladi. Lekin meni telefonimda AR Emoji funksiyasi stiker yaratishdan boshqa ish qilolmaydi. Aslida ixchamligi uchun A40ni tanlaganman. (Ixcham telefonlar yoqadi deb aytgandimu avval ham)

Bo'lmasa har ikkala model ham "Cortex A73" va "Cortex A53" mikroprotsessorlarida ishlaydi. To'g'ri, quvvat o'tkazuvchanligi harxil lekinπŸ˜’

Yana Grafik chipseti ham A40da "Mali-G71" bo'lsa, A50da "Mali-G72" ekan. Aslida bularni orasidagi farqni bilmayman, o'zimni aqlli ko'rsatish uchun detallari bilan yozyapman.

Zato meni selfi kameram 25MP ho'ppi? 😞

@TheAliBlog
Telefonimda nimadir bo'lib, dasturlar joylashish tartibi o'zgarib ketibdi. Endi adashib boshqa dasturlarni ochvoryapman. Qidirib topa olmayapman keraklisini πŸ˜’

@TheAliBlog
Kecha ertalab oshnalar bilan gaplashib o'tirib xafa bo'luvdik, Anjanda bitta Anjan shahridan boshqa hamma tumanlar yashil hudud, faqat Anjan shahri qizil ekan deb. Buni qarangki, obeddan o'tib (inglizcha qilay, a? Lanchtaymdan o'tib) Anjan shahri ham sariq deb e'lon qilinibdi.

Endi mana choyxonalarni enasini ko'rsatamizda biz) Immunitetni oshirish kerak)

Aslida yoz oylarida choyxonada o'tirmaymiz, o'zimiz biror manzarali joyda ovqat pishirib dam olishni yoqtiramiz. Asosan shashlik. Yomon bopleman lekin shashlik pishirishni. Biror kun bo'pposa rasmlarini tashlab maqtanib qo'yarman))

@TheAliBlog
Manovi eski kompyuterimni xotirasi. 250GB. Chamasi 3 yildan beri buzuq edi. Qattiq Diskdagi ma'lumotlarga zarar yetmagan deb umid qilaman.

Kompyuterimga ulab, ichidagilarni o'tkazvolaman deymanu, ana-mana deb bir oydan ortiq vaqt o'tib ketibdi.

Ichida ko'p kerakli va qiziqarli narsalarim bor. Masalan 3Ds Maxni yangi o'rganishni boshlaganimda qilgan tajribalarim, dasturlash bo'yicha nimaiki yozgan bo'lsam, barchasini arxivlari va hokazolar. Qani, men ulab ko'raychi. O'xshab qolsa, nimadir tashlab maqtanib qo'yaman)

@TheAliBlog
Yana bir dehqonchilik mahsuli😍

Yodingizda bo'lsa, anchagina narsalar yetishtirayotganimni yozib, pomidor rasmini joylagandim. Bugun qalampirlar ham tayyor bo'lib qolganini sezdim. Aslida tomorqadagi meva-sabzavotlar orasida eng muhimi shu men uchun, rosa qalampirxo'rman.

Demak, men karantinda dehqonchilik qilyapman, ispan tilini o'rganyapman, ingliz tilidan tarjimonlik qilyapman, sizchi? Siz ham o'zingizga foyda beradigan biron ish qilyapsizmi? Yo'q bo'lsa, hali ham kech emas!

@TheAliBlog
Hech e'tibor berganmisiz, uyg'onganingizda yomon tushni oson eslay olasiz, yaxshi tushni esa deyarli eslolmaysiz. Bu deyarli fakt desa ham bo'ladi.

Endi yana bir narsani aniqlagandekman. Yaxshi tushdagi voqealar juda uzoq davom etadi, lekin aslida ko'p vaqt uxlagan bo'lmaysiz. Masalan, 1-2 soat uyqudagi tushda 10-15 soatlik voqealarni ko'rishingiz mumkin.

Yomon tushda esa, voqealar ko'p bo'lmaydi, lekin uzoq uxlagan bo'lasiz. Masalan, tushdagi voqealar 1-2 soatlik bo'lishi, siz esa, aslida 10 soat uxlagan bo'lishingiz mumkin.

Ana shu g'oyamni ilmiy jihatdan asoslash uchun bugun ertalabdan uxlashga jiddiy kirishdim. Natijalar yomon emas, menimcha. Lekin tajribadan to'xtamasligim kerak. Mayli, boraqolay, yana gaplasharmiz.

@TheAliBlog
Twitter haqida gapiraverib, qiziqtirishganidan yana ochib oldim. Follow-mollow qilib turinglar, yaxshi narsa yozsam retweet qilsanglaram mayli)

Aytgancha, men twitterga qo'shilgan vaqtda o'zbeklar deyarli yo'q edi uyerda) Nimosa menam eskilardanman))

twitter.com/TheHarryAli
Akamni ayyorligini qaranglarki, dezodarantimni olib, o'rniga o'zini bo'shagan dezodarantini qo'yib qo'ygan ekan. Kamiga, shunaqa holatlardan saqlanish uchun yashirib qo'ygandim uniπŸ˜’ Qayerdan bilding, desangiz, men hecham chorni-beli effekt deganini ishlatmayman)

@TheAliBlog
​Yana bo'sa ommaviy ko'rsatilmayotgan Elite seriali yoshlarni buzadi a? Mononga o'xshaganlarga bo'loradimi?

@TheAliBlog
​Men ham "Captain Disillusion"ni ijodiga qiziqqan holda, videolarni "debunk" (dibank) qilishni yoqtiraman. Masalan monovi hamma ham topa oladigan videoni olaylik.

Buyerda 2ta video birlashtirilgan. 0-soniyadan 9,5-soniyagacha 1-video. Qolgani 2-video.

Yomon sezgirmanda o'ziyam, yosh bolayam sezadigan narsalarni sezib yuraman))

@TheAliBlog
​Tarmoqlarda "Sho'rdanak" guruhining GAI xodimlari haqidagi hazilidan keyin ularni ushlab, kechirim so'rattirishgani, kamiga bu hazil qilishni huddi davlatga dushmanlik qilishdek ko'rsatuvda yoritib chiqishgani ortidan qizg'in muhokamalar boshlandi.

Masalan, feysbukda juda ko'plab chet el hazil guruhlariga, sahifalariga qo'shilganman. Ularda dasturchilar haqida juda ko'plab hazillar bor. Lekin shu vaqtgacha bironta pixini yorgan dasturchi-hakerlar o'sha hazilni tayyorlagan xoramilarni ushlavolib, kechirim so'rattirishni o'ylamagan ekan lekin.

Ochig'ini aytaman, o'zbek qiziqchilarini juda ko'plab hazillarini ko'rganda ensam qotadi aslida, lekin shunisiga yotvolib kuldim! G'oya uchun ham, ijro uchun ham molodes!

@TheAliBlog
Ali. Blog pinned Β«Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim: Telegram: @TheTechnoAli @TheAliBlog @uzNetflix @HarryAli @DadaBotBlog [Juda Eski] Facebook: Fb.com/TheHarryAli Fb.com/TheTechnoAli Fb.com/QogozBino Instagram: Instagram.com/TheHarryAli Twitter: Twitter.com/TheHarryAli…»
Menga sabr endi😐 G'irt jinnimanda men ham, tep-tekinga berishayotganida olmasdan, aksiya tugagan vaqtda olamanπŸ˜’

@TheAliBlog
GTA V o'yinini 1,5 soat ichida 8GB qismini yuklab olibman.

Tungi cheksiz internet (Beeline) soat 9da yakunlanishini inobatga olsak, bunaqa tezlikda yarmini ham yuklab ololmasam kerak.

Mart oyida eng yirik video o'yinlardan hisoblangan Red Dead Redemption 2 o'yinini (120GB) 4 kun davomida tungi cheksiz internetni yoqib yuklab olgandim.

Simli intermetni harakatini qilmasam bo'lmaydiπŸ˜’

@TheAliBlog
Tikoga emas, uni orqasidagi akaxonlarga e'tibor qilinglar. Yo'q, muxbirni suratga olishi yetarli emas, hammasi alohida-alohida o'z telefoniga rasmga olvolishi kerakπŸ˜’

@TheAliBlog
Oradan 7 soat o'tdi. 35GBni yuklabdi hozirgacha. Tezlik 0-250kb/s oralig'ida o'ynab turibdi. Bugun bu o'yinni o'ynamasligim aniq ekanπŸ˜’ Yashasin O'zbekiston!

@TheAliBlog
Forwarded from HabiKatura
πŸ‘‰ @habikatura