Ali. Blog
304 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Audio
Akaxon bilan gaplashib oldik)

Suhbat kanalda e'lon qilinishi haqida o'zini ogohlantirganman.

@TheAliBlog
Suhbatdagi yoshim bilan bog'liq masalada ko'pchilik yozyapti, bizni aldabsizda, degan ma'noda.

Yo'q, aslida aldamaganman, yoshim 24da. Shunchaki akaxonga sal pastdan kelgim keldi. "Ha hali manqa ekanu" deb o'ylasin dedim))

@TheAliBlog
Menga qanaqadir raketa uchish-uchmasligini qizig'i yo'q, menga "Playstation 5"ni taqdimoti 4-iyun kuni bo'lishi haqida xabar chiqqani ko'proq qiziq.

Ayniqsa, rasmiy kanalda nihoyat ilk bor Dualshock 5 joystigini dizaynini qisman ko'ra olayotganim qiziqroq.

https://youtu.be/15-7tBKVPBA

@TheAliBlog
Bugun kanalga hechnima yoza olmadim. Sababi yaqin oshnamni to'yi bo'ldi. Karantincha 15-20 kishilik to'y bo'ldi, 4-5ta oshnalar, 5-10ta qarindoshlar keldi xolos. Zo'r bo'larkan lekin

Yeslichcho 10 daqiqada youtubega o'yin translatsiyasi bo'ladi

@TheAliBlog
Bugun oshnamni "kuyov qochdi"si bo'ladi. Kuyovbolani uyodan opqochib ketib, kechgacha eritishimiz kerak. Shu sababli La'nati Dunyo Yakuni serialini tayyorlashga vaqt ajratolmayman, buning uchun uzr. Kechadan beri bo'sh bo'lmadim umuman.

Tepadagi translatsiya esa, endi uyga qaytib, dam olish uchun qilingan edi.

@TheAliBlog
Shunday qilib desangiz, kecha to'yda o'tiribmiz. (O'ta ixcham to'y, dasturxonda 7 kishi o'tiribmiz faqat) Kuyov oshnamni bir qarindoshi o'zini aqlli ko'rsatishni yoqtirarkanmi, bilmadim, telegramni bemalol buzsa bo'lishi, whatsapp esa eng xavfsizi ekani haqida gapirib qoldi.

Ichayotgan choyim burnimdan chiqib, rosa yo'tal tutdi. Narigi tomonda o'tirgan yana bir dasturchi oshnamga qarab qo'ydim, u ham menga ma'noli qarab qo'ydi.

Anovi akaxon gapini isboti sifatida whatsapp eng xavfsizi bo'lgani uchun ham amerikada telegramdan foydalanmasliklari, faqat whatsapp ishlatishlari, telegram xavfsiz bo'lmagani uchun ham Rossiya uni bloklagani haqida aytib berdi.

Bunaqa vaqtda odatda ortiqcha asabimni buzib, uni nohaqligini bildirishga tirishib o'tirmayman. Davrada o'zini aqlli ko'rsatmoqchi bo'lyapti, shunday bo'laqolsin, deb "Voy tovba, yo'g'e?🤭" deb o'tirovraman)

Lekin haligi oshnam shunaqa qilolmaydi. U albatta tortishishi kerak. Yo unisi past ketmaydi, yo bunisi past ketmaydi. Hullas, ikkovi hammani o'ziga qaratib tortishib turganida dasturxondagi qazi-qartalarni qoringa urib o'tirdim shoshilib))

@TheAliBlog
Shunaqa "xakker"lar yoqmaydida menga. Nikni ko'rinmas qilish, birbalo birbalo detskiy narsalarni "xakkerlikni o'rgataman" deb oladimiye😫

Ensamni qotirgan joyi 3000ga yaqin xizmat? Nima?

Yana eng tagiga qasam deb yozib qo'yganiga o'lasanmi buni😒 G'ashim keladi rosa.

Shu bola bilan bir yozishib ko'rishim kerak.

@TheAliBlog
Shunday qilib desangiz, kechagi "xakker" bilan yozishgandim. Menga "xakkerlik xizmatlari ro'yhati"ni jo'natdi. Menimcha rostdan 3000ta chiqsa kerak, chunki bitta xizmatni bitta harfini o'zgartirib yana yozavergan. U ko'rsatadigan "xakkerlik xizmatlari" quyidagicha ekan: qadamlar evaziga giglarni vzlom qilish, telegramda atrofingdagi odamlarni topish, nakrutka qilish, arzon megabayt olish, amerika nomerga telegram ochish, nikni ko'rinmas qilish, ukraina nomerga telegram ochish, bioga soat qo'yish, rossiya nomerga telegram ochish va hokazo. Ular orasida php so'zi ham bir ikki marta ishlatildi.

Undan rasmdagi narsalarni so'radim. Negadir IP bilan IDni farqiga bormagandek tuyuldi. Oxirida o'zimni IDim bilan buzishni o'rgating unda, deganimda yozishmalarni o'chirib tashlay qolibdi, gap topa olmaganidan.

Aslida men so'ragan dasturcha juda oddiy edi. Chamasi 6 yillar avval chatoq saytlarga xujum qilganimda, nihoyat bitta serverdan kelayotgan so'rovlarni bloklash orqali himoya qila olishga erishishgan, lekin men mingdan ortiq proksi serverlar orqali har-xil qurilmadan kirayotgandek ko'rinadigan qilib xujum qilishda davom etgandim. Lekin bunaqasiga o'zimdagi server kuchsizlik qilib qolib, uzoqqa bormaganman, kamiga, server administratorlari meni shubxali ish qilayotganimni sezib qolib, serverni tag-pagi bilan uzib qo'yishgandi (xoramilar😒).

Kanalim o'quvchilariga eslatma, bunaqa sodda, internet va dasturlarni ishlatishni biladigan odamlarni haker darajasida ko'ravermanglar. Bekordan pulingizni olishadi.

@TheAliBlog
https://t.me/davletovuz/9394?single

Juda uzoq gapirib, hech nima deyilmagan. Matnni quruq gap bilan to'ldirishdan boshqa narsa emas.

@TheAliBlog
Nihoyat, g'aniyevni toshbo'ron qilishibdi.

Ataylab kichkina harfda yozdim.

Odamlarni hayotini o'zicha hal qilib tashlaydigan, qaysidir qishloqni xaritadan o'chirib tashlaydigan, ro'mol o'raganlarni ro'molini og'ziga tiqib qo'yadigan, soqoli bor odamlarni kasalxonadan haydab soladigan, butun boshli qishloqni xaromilikda ayblaydigan va hokazo va hokazo odam o'sha olomonni ichida suvga tushgan mushukdek turgani, aslida uni buyruqlarini bajaradiganlari atrofida bo'lmasa, qo'lidan baloyam kelmasligini anglab, shumshayib yuribdi. Qochyapti.

Bu lavhani hamma har xil talqin qilyapti. Kimdir "vaziyatni o'rganish uchun borgan hokimga bunaqa munosabat qilish yarashmaydi" deb g'aniyevni tarafini olgan. Lekin bunga o'xshash voqealar anchadan beri bo'lib kelayapti ekanku? Nega endi aynan katta mojaroga aylanib ketganidan keyin vaziyatni o'rganish uchun keladi? Ungacha qayerda edi?

Bu lavha bizga agar birlasha olsak hech qaysi vallomatning tishi o'tmasligini ko'rsatib beradi. Lekin birlasha olmaymiz. Katta urush bo'lmagunicha birlasholmaymiz.

@TheAliBlog
E ishlashdi mindee bizi hokimdan o'rganmedimi bu? Pudbolchilarga, artistlarga puldi sochib tashlayotgandir, lekin hali birorta aholini xoromiga chiqarmadiyu, imenna kimidir qamashga buyruq bermadiyu, soqoli bor, ro'moli borlarga yopishmadiyu, to'rimi? Bu video eski.

https://youtu.be/pThque0g0zc

@TheAliBlog
Odam dol****b bo'lsayam qiyinda🤦‍♂

Feysbukda ko'rib qoldim. O'yindagi holatni katta vahimaga aylantirishyapti. Aytishingiz mumkin, bu o'yinni yosh bolalar o'ynab, shunga ergashishlari mumkin, deb.

Agar bu o'yinni yosh bolalar o'ynayotgan bo'lsa, bu o'sha bolalarga o'sha o'yinni o'ynatib qo'ygan ota-onalarni muammosi. Play Marketda ham katta-katta qilib "Rated for 16+" (16 yoshdan kattalarga) deb qo'yilgan.

Parosati yo'q kanal adminlari esa odamlarni shu yo'l bilan ongini zaharlash bilan ovvora. Xo'sh, o'yinda butga sig'inarkan ham, deylik, nima bo'libdi? Agar o'qiyotgan kitobingdagi bosh qahramin boshqa din vakili bo'lsayu, o'z dini haqida nimadirlar desa, kitobni o'qiyotgan odam dindan chiqib ketadimi? Agar Garri Potter kinosini ko'rib, kitobini o'qib, kompyuter o'yinlarini o'ynagan bo'lsachi? (Masalan men). Sehr-joduga ishonish ham aslida yaxshi narsa emas, lekin o'sha kitob, o'yinlar bilan meni iymonim zaiflashib qolmaganku?

Ochig'i, shunaqa bo'lmag'ur gao tarqatadiganlarni mazza qilib enasidan so'kib olsam, deb qolamanda.😒

@TheAliBlog
Bitta "surpriz" tayyorlab qo'ydim. Lekin nima ekanini aytmayman. Uni ko'rganingizda avvaliga rosa xursand bo'lib, keyin "eh attang" deb achinib qo'yasizlar. Haya, topishmoq emas bu)

Uni e'lon qilib, manovnaqa qilib bilib olsanglar bo'lardi, deb qo'yaman. Shunda "nega shuni ertaroq o'ylamadim o'zim?" deb afsuslanib qo'yasizlar)

@TheAliBlog
Yodingizda bo'lsa, ancha avval qaysidir videolarni aslida effektlar orqali ishlanganini fosh qiluvchi "Captain Disillusion" youtube kanali haqida yozgandim. Bugun u anovi oyni sirtida o'zga sayyorarliklarni kemasi uchib yurgani haqida video tayyorlabdi. Ko'rib chiqinglar, hammasini fosh qilgan:

https://youtu.be/voC0CcwDNUM

@TheAliBlog
Urree, 300ta bo'pmiiiz!, deb xursandchilik qilmayotganimni sababi shunaqa gapimdan keyin darrov 1-2tasi chiqib ketib qolsa, o'sha postni o'chirishga to'g'ri kelib qolmasin, deyapman))

@TheAliBlog
Kechagi tortishuvga sabab bo'lgan post yuzasidan manovi postni o'qib chiqinglar:

https://t.me/Alimofflive/2590

O'z pozitsiyam haqida haliroq, bitta uxlab turib keyin yozaman. Kecha aynan nima demoqchi ekanimni 1-2 beparosatlar tushunmasdan, "sig'inoring" deb kalaka qilgandi. Asabni zo'rg'a jilovlab turdim, kompyuterda o'yin o'ynayotgan bo'lganim uchun. (PUBG emas)

@TheAliBlog
Telefonimga (Galaxy A40) yana tizim yangilanishi kelibdi. Lekin aytarli o'zgarish yo'q.

Rosa ichimni kuydiradigan narsa Galaxy A50 modelida AR Emoji funksiyasi ishlaydi. Ya'ni, odamni kallasini o'rniga o'zingiz yaratgan emoji modelini qo'yib, tasvirga ola oladi. Lekin meni telefonimda AR Emoji funksiyasi stiker yaratishdan boshqa ish qilolmaydi. Aslida ixchamligi uchun A40ni tanlaganman. (Ixcham telefonlar yoqadi deb aytgandimu avval ham)

Bo'lmasa har ikkala model ham "Cortex A73" va "Cortex A53" mikroprotsessorlarida ishlaydi. To'g'ri, quvvat o'tkazuvchanligi harxil lekin😒

Yana Grafik chipseti ham A40da "Mali-G71" bo'lsa, A50da "Mali-G72" ekan. Aslida bularni orasidagi farqni bilmayman, o'zimni aqlli ko'rsatish uchun detallari bilan yozyapman.

Zato meni selfi kameram 25MP ho'ppi? 😞

@TheAliBlog
Telefonimda nimadir bo'lib, dasturlar joylashish tartibi o'zgarib ketibdi. Endi adashib boshqa dasturlarni ochvoryapman. Qidirib topa olmayapman keraklisini 😒

@TheAliBlog
Kecha ertalab oshnalar bilan gaplashib o'tirib xafa bo'luvdik, Anjanda bitta Anjan shahridan boshqa hamma tumanlar yashil hudud, faqat Anjan shahri qizil ekan deb. Buni qarangki, obeddan o'tib (inglizcha qilay, a? Lanchtaymdan o'tib) Anjan shahri ham sariq deb e'lon qilinibdi.

Endi mana choyxonalarni enasini ko'rsatamizda biz) Immunitetni oshirish kerak)

Aslida yoz oylarida choyxonada o'tirmaymiz, o'zimiz biror manzarali joyda ovqat pishirib dam olishni yoqtiramiz. Asosan shashlik. Yomon bopleman lekin shashlik pishirishni. Biror kun bo'pposa rasmlarini tashlab maqtanib qo'yarman))

@TheAliBlog
Manovi eski kompyuterimni xotirasi. 250GB. Chamasi 3 yildan beri buzuq edi. Qattiq Diskdagi ma'lumotlarga zarar yetmagan deb umid qilaman.

Kompyuterimga ulab, ichidagilarni o'tkazvolaman deymanu, ana-mana deb bir oydan ortiq vaqt o'tib ketibdi.

Ichida ko'p kerakli va qiziqarli narsalarim bor. Masalan 3Ds Maxni yangi o'rganishni boshlaganimda qilgan tajribalarim, dasturlash bo'yicha nimaiki yozgan bo'lsam, barchasini arxivlari va hokazolar. Qani, men ulab ko'raychi. O'xshab qolsa, nimadir tashlab maqtanib qo'yaman)

@TheAliBlog