Ali. Blog
304 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Yig'lavoray dedime))

Darrovda simidan viruslarni aniqlab, o'chirib tashladi. O'zimam hayronman) Yana manovi fayl zararlangan ekan. Balki Chromeni ishga tushirayotgan narsa shudir:
C\:Windows\System32\winlogui.exe

Buni ham ko'pincha CPUni katta qismini band qilib turganini ko'rardim. Troyan aniqlanibdi bunda.

Hullas, sizlarga ham shuni maslahat beraman: pullik dasturlar va o'yinlarni bepul yuklab olaman deb menga o'xshab virusga chalinib yurmang (kompyuter virusi deyapman). Baribir litsenziyali holatda, original saytdan yuklab olishga yetmaydi. To'g'ri, kompyuter dasturlari va o'yinlarga pul to'lab o'rganmaganmiz, lekin endi shunga ham o'rganishimiz kerak, shunda bizda ham IT sohasi tezroq rivojlanadi. Ya'ni, odamlar pulga sotib oladi, deb odamlar dasturlashni o'rganadi, yaxshi dasturlar yaratadi. Xullas, shunaqa gaplar. Kompyuterim opoq bo'pqolsa xabar beraman))

@TheAliBlog
La'nati Dunyoning Yakuni serialidagi Alissa rolini ijro etgan aktrisa Jessica Barden aslida mendan katta ekan!) Kinoda 17 yoshli qizni roliga mos tushgan aktrisa aslida 1992-yilda tug'ilgan ekan. Va serial ham unchalik yangi emas, 2017-yilda chiqqan. Bu degani u vaqtda aktrisa 25 yoshda bo'lgan.

@TheAliBlog
Ispanchani o'rganishni boshlaganim yodingizdami?

Bu tilni o'rgana boshlaganimga 35 kun bo'pti. Hozir eng sodda gaplarni tuzishni bilaman, har kuni ko'plab yangi so'zlar o'rganyapman. Faqat, bilingual (2ta tilda gapiradigan odam degani) bo'lishni ham qiyinchiliklari bor ekan.

Avvalo, eslatib qo'yay, inglizcha va ruschani bilsangiz ham bilingual hisoblanmaysiz, chunki rus tili hududimizda muomaladagi til bo'lgani uchun, baribir yoshlikdan eshitib-ko'rib, o'rganib qolganmiz. Shunga, rus tili hisobga o'tmaydi.

Shunday qilib, kinolar, multfilmlar, kompyuter o'yinlari hammasini ingliz tilida ko'rishimni aytgandim. O'zbekcha tarjimadan ko'ra osonroq tushunaman. (O'zbekchadan yaxshi bilaman demoqchi emasman, biznikilar tarjimani eplolmaydi demoqchiman). Xullas, ispan tilida ham kontent juda kattaligi, hammasi ham inglizchaga tarjima qilinmagani (sababi, ispan tili ham inglizlarga huddi bizdagi rus tilidek ekanda) sababli, g'arbiy yarim sharda ko'p gaplashadigan aholi soni bo'yicha ingliz tilidan keyingi 2-o'rinda turgani sababli ham Ispan tiliga qiziqib, o'rganishni boshlagandim.

Lekin o'rganayotgan tilingdagi qoidalarni boshqa tildagi bilan adashtirib yuborishni boshlarkansan. Masalan, hecham o'zbekcha so'zlarni inglizcha qoidalar asosida o'qiganimni eslolmayman. Lekin ispan tilidagi qoidalarni nafaqat o'zbek tiliga, balki, ingliz tiliga ham qorishtirib yuboryapman.

Ingliz tilida so'zlar yozilganidek o'qilmasligini bilsangiz kerak? Ispanchada ham deyarli shunaqa. Misol uchun, H harfi umuman o'qilmaydi so'zlarda (hasta la vista - asta la vista o'qiladi), J harfi esa X tarzida talaffuz qilinadi doim, ayniqsa ismlarda: Juan = Xuan, Julia = Xulia. Ikkita L harfi y sifatida o'qiladi, ella = eya. Endi shu asosiy qoidalarni miyangizga singdirib olganingizdan keyin yuzaga keladigan tushunmovchiliklarni tasavvur qilavering. Biror matn o'qib qolsam, u inglizcha bo'ladimi, o'zbekchami, o'qishga qiynalib ketyapman. Huddi ispancha so'zlarni o'qiyotgandek talaffuz qilvoraman ko'pincha😒

Haa, jinnicha qoidalari rosa ko'p u tilni. Masalan, ingliz tilida "u" degan 3-shaxsni bildiradigan so'z 2ta jins vakillariga turlicha ishlatiladi (he/she). Ispanchada esa, nafaqat olmosh so'zlarda, sifatlarda ham jins qo'shimchalari qo'shiladi. Hatto "biz" degan so'zni ham ikkala jins vakillari 2 xil aytishadi: nosotros va nosotras. Asosan bitta a harfi bilan farq qiladi. Masalan maestro so'zi erkak o'qituvchini bildirsa, maestra so'zi ayol o'qituvchini bildiradi.

Ishqilib, o'rganyapmanda har qalay. Sizlar ham bekor yurmay o'rganinglar. Qiziqqanlar bo'lsa, dasturni manovi adres orqali yuklab olsangizlar, 1 haftaga plus variantida, reklamasiz va boshqa kamchiliklarsiz mazza qilib ishlatasizlar. Bekor yurmanglar, deymanda.

@TheAliBlog
Laughing On The Outside-Bernadette Carroll
@youjstdontknow
"La'nati Dunyo Yakuni" serialida yaxshi qo'shiqlar borakan omale

@TheAliBlog
Aytgancha, ko'pchilik anovi izohlarda bo'lmagan kino ekan, narigini tarjima qiling, deb yozgandi. Umuman olganda, 2-3 qismdan keyin serialga bog'lanib qolasizlar.

@TheAliBlog
Elon Maskni o'g'lini ismi yodingizdami? "X Æ A-12" edi. Amerika qonunchiligiga muvofiq, ismlarda arab raqamlaridan foydalanish mumkinmasakan. Shu sabab Elon Mask o'g'lini ismini o'zgartirishga majbur bo'pti.


Endi ancha odambashara ism tanlabdi, harqalay))
X Æ A-XII ekan😂

@TheAliBlog
Yana bitta tushunmaydigan odamlardan biri) Kommentlarini bir boshidan o'qib chiqib, nimadir deb yuboringlar, balki u haq, men nohaqdirman buyerda rostdan ham:

https://comments.bot/thread/EYMyxxTJt/5031723
Aka yomon qattiq shekilli😂 Hozirdan ishtonim quruqmikan deb o'ylab qolyapman))
Audio
Akaxon bilan gaplashib oldik)

Suhbat kanalda e'lon qilinishi haqida o'zini ogohlantirganman.

@TheAliBlog
Suhbatdagi yoshim bilan bog'liq masalada ko'pchilik yozyapti, bizni aldabsizda, degan ma'noda.

Yo'q, aslida aldamaganman, yoshim 24da. Shunchaki akaxonga sal pastdan kelgim keldi. "Ha hali manqa ekanu" deb o'ylasin dedim))

@TheAliBlog
Menga qanaqadir raketa uchish-uchmasligini qizig'i yo'q, menga "Playstation 5"ni taqdimoti 4-iyun kuni bo'lishi haqida xabar chiqqani ko'proq qiziq.

Ayniqsa, rasmiy kanalda nihoyat ilk bor Dualshock 5 joystigini dizaynini qisman ko'ra olayotganim qiziqroq.

https://youtu.be/15-7tBKVPBA

@TheAliBlog
Bugun kanalga hechnima yoza olmadim. Sababi yaqin oshnamni to'yi bo'ldi. Karantincha 15-20 kishilik to'y bo'ldi, 4-5ta oshnalar, 5-10ta qarindoshlar keldi xolos. Zo'r bo'larkan lekin

Yeslichcho 10 daqiqada youtubega o'yin translatsiyasi bo'ladi

@TheAliBlog
Bugun oshnamni "kuyov qochdi"si bo'ladi. Kuyovbolani uyodan opqochib ketib, kechgacha eritishimiz kerak. Shu sababli La'nati Dunyo Yakuni serialini tayyorlashga vaqt ajratolmayman, buning uchun uzr. Kechadan beri bo'sh bo'lmadim umuman.

Tepadagi translatsiya esa, endi uyga qaytib, dam olish uchun qilingan edi.

@TheAliBlog
Shunday qilib desangiz, kecha to'yda o'tiribmiz. (O'ta ixcham to'y, dasturxonda 7 kishi o'tiribmiz faqat) Kuyov oshnamni bir qarindoshi o'zini aqlli ko'rsatishni yoqtirarkanmi, bilmadim, telegramni bemalol buzsa bo'lishi, whatsapp esa eng xavfsizi ekani haqida gapirib qoldi.

Ichayotgan choyim burnimdan chiqib, rosa yo'tal tutdi. Narigi tomonda o'tirgan yana bir dasturchi oshnamga qarab qo'ydim, u ham menga ma'noli qarab qo'ydi.

Anovi akaxon gapini isboti sifatida whatsapp eng xavfsizi bo'lgani uchun ham amerikada telegramdan foydalanmasliklari, faqat whatsapp ishlatishlari, telegram xavfsiz bo'lmagani uchun ham Rossiya uni bloklagani haqida aytib berdi.

Bunaqa vaqtda odatda ortiqcha asabimni buzib, uni nohaqligini bildirishga tirishib o'tirmayman. Davrada o'zini aqlli ko'rsatmoqchi bo'lyapti, shunday bo'laqolsin, deb "Voy tovba, yo'g'e?🤭" deb o'tirovraman)

Lekin haligi oshnam shunaqa qilolmaydi. U albatta tortishishi kerak. Yo unisi past ketmaydi, yo bunisi past ketmaydi. Hullas, ikkovi hammani o'ziga qaratib tortishib turganida dasturxondagi qazi-qartalarni qoringa urib o'tirdim shoshilib))

@TheAliBlog
Shunaqa "xakker"lar yoqmaydida menga. Nikni ko'rinmas qilish, birbalo birbalo detskiy narsalarni "xakkerlikni o'rgataman" deb oladimiye😫

Ensamni qotirgan joyi 3000ga yaqin xizmat? Nima?

Yana eng tagiga qasam deb yozib qo'yganiga o'lasanmi buni😒 G'ashim keladi rosa.

Shu bola bilan bir yozishib ko'rishim kerak.

@TheAliBlog
Shunday qilib desangiz, kechagi "xakker" bilan yozishgandim. Menga "xakkerlik xizmatlari ro'yhati"ni jo'natdi. Menimcha rostdan 3000ta chiqsa kerak, chunki bitta xizmatni bitta harfini o'zgartirib yana yozavergan. U ko'rsatadigan "xakkerlik xizmatlari" quyidagicha ekan: qadamlar evaziga giglarni vzlom qilish, telegramda atrofingdagi odamlarni topish, nakrutka qilish, arzon megabayt olish, amerika nomerga telegram ochish, nikni ko'rinmas qilish, ukraina nomerga telegram ochish, bioga soat qo'yish, rossiya nomerga telegram ochish va hokazo. Ular orasida php so'zi ham bir ikki marta ishlatildi.

Undan rasmdagi narsalarni so'radim. Negadir IP bilan IDni farqiga bormagandek tuyuldi. Oxirida o'zimni IDim bilan buzishni o'rgating unda, deganimda yozishmalarni o'chirib tashlay qolibdi, gap topa olmaganidan.

Aslida men so'ragan dasturcha juda oddiy edi. Chamasi 6 yillar avval chatoq saytlarga xujum qilganimda, nihoyat bitta serverdan kelayotgan so'rovlarni bloklash orqali himoya qila olishga erishishgan, lekin men mingdan ortiq proksi serverlar orqali har-xil qurilmadan kirayotgandek ko'rinadigan qilib xujum qilishda davom etgandim. Lekin bunaqasiga o'zimdagi server kuchsizlik qilib qolib, uzoqqa bormaganman, kamiga, server administratorlari meni shubxali ish qilayotganimni sezib qolib, serverni tag-pagi bilan uzib qo'yishgandi (xoramilar😒).

Kanalim o'quvchilariga eslatma, bunaqa sodda, internet va dasturlarni ishlatishni biladigan odamlarni haker darajasida ko'ravermanglar. Bekordan pulingizni olishadi.

@TheAliBlog
https://t.me/davletovuz/9394?single

Juda uzoq gapirib, hech nima deyilmagan. Matnni quruq gap bilan to'ldirishdan boshqa narsa emas.

@TheAliBlog
Nihoyat, g'aniyevni toshbo'ron qilishibdi.

Ataylab kichkina harfda yozdim.

Odamlarni hayotini o'zicha hal qilib tashlaydigan, qaysidir qishloqni xaritadan o'chirib tashlaydigan, ro'mol o'raganlarni ro'molini og'ziga tiqib qo'yadigan, soqoli bor odamlarni kasalxonadan haydab soladigan, butun boshli qishloqni xaromilikda ayblaydigan va hokazo va hokazo odam o'sha olomonni ichida suvga tushgan mushukdek turgani, aslida uni buyruqlarini bajaradiganlari atrofida bo'lmasa, qo'lidan baloyam kelmasligini anglab, shumshayib yuribdi. Qochyapti.

Bu lavhani hamma har xil talqin qilyapti. Kimdir "vaziyatni o'rganish uchun borgan hokimga bunaqa munosabat qilish yarashmaydi" deb g'aniyevni tarafini olgan. Lekin bunga o'xshash voqealar anchadan beri bo'lib kelayapti ekanku? Nega endi aynan katta mojaroga aylanib ketganidan keyin vaziyatni o'rganish uchun keladi? Ungacha qayerda edi?

Bu lavha bizga agar birlasha olsak hech qaysi vallomatning tishi o'tmasligini ko'rsatib beradi. Lekin birlasha olmaymiz. Katta urush bo'lmagunicha birlasholmaymiz.

@TheAliBlog
E ishlashdi mindee bizi hokimdan o'rganmedimi bu? Pudbolchilarga, artistlarga puldi sochib tashlayotgandir, lekin hali birorta aholini xoromiga chiqarmadiyu, imenna kimidir qamashga buyruq bermadiyu, soqoli bor, ro'moli borlarga yopishmadiyu, to'rimi? Bu video eski.

https://youtu.be/pThque0g0zc

@TheAliBlog
Odam dol****b bo'lsayam qiyinda🤦‍♂

Feysbukda ko'rib qoldim. O'yindagi holatni katta vahimaga aylantirishyapti. Aytishingiz mumkin, bu o'yinni yosh bolalar o'ynab, shunga ergashishlari mumkin, deb.

Agar bu o'yinni yosh bolalar o'ynayotgan bo'lsa, bu o'sha bolalarga o'sha o'yinni o'ynatib qo'ygan ota-onalarni muammosi. Play Marketda ham katta-katta qilib "Rated for 16+" (16 yoshdan kattalarga) deb qo'yilgan.

Parosati yo'q kanal adminlari esa odamlarni shu yo'l bilan ongini zaharlash bilan ovvora. Xo'sh, o'yinda butga sig'inarkan ham, deylik, nima bo'libdi? Agar o'qiyotgan kitobingdagi bosh qahramin boshqa din vakili bo'lsayu, o'z dini haqida nimadirlar desa, kitobni o'qiyotgan odam dindan chiqib ketadimi? Agar Garri Potter kinosini ko'rib, kitobini o'qib, kompyuter o'yinlarini o'ynagan bo'lsachi? (Masalan men). Sehr-joduga ishonish ham aslida yaxshi narsa emas, lekin o'sha kitob, o'yinlar bilan meni iymonim zaiflashib qolmaganku?

Ochig'i, shunaqa bo'lmag'ur gao tarqatadiganlarni mazza qilib enasidan so'kib olsam, deb qolamanda.😒

@TheAliBlog