"Ispanchani o'rganishdan, seriallar bilan shug'ullanishdan boshqa yana nima ish qilyapsan?" degan savol bo'lsa agar, monovi o'zim boshidan boshlab yetishtiryotgan pomidor) Qolgan sabzavotlarniyam ko'rsataman, tayyor bo'lsa)
Aytgancha, avval ham aytgandim, pomidor sabzavot emas, meva hisoblanadi. Unutmanglar. Sababini bilmayman.
@TheAliBlog

Bugun "La'nati Dunyoning Yakuni" degan serial boshlanadi. Ko'ringlar. Demokratiya qayoqqa boshlab kelganini chuqurroq his qilinglar. Shu bilan demokratiyani tugatib, monarxiya o'rnatamiz.
Keyingi rejaga yaxshi serial tanlab qo'ydim, ashi vaqt kelsa bilib olasizlar.
Qog'oz Bino? Unga hali juda erta.

@uzNetflix kanalimizda yana bir yangi serial o'zbekcha subtitrlarda! Jeyms va Alissa ismli o'zgacha haraktetga ega ikki yosh uydan chiqib ketib, boshidan o'tkazgan sarguzashtlaridan hikoya qiluvchi serial.
Ali. Blog
Kompyuterimdan Google Chromeni o'chirib tashlashga to'g'ri keldi. Sababi unga qandaydir virus o'rnashib qolgan. Internetdan qidirdim, bunaqa asoratlar hali hech kimda bo'lmagan, chamasi. Hammasi shu xoramidan bo'g'an "Siemens NX" muhandislik dasturini yuklabβ¦
Haligi Chrome brauzeri bilan bog'liq muammo ezvordi odamni. O'shanda o'chirib tashlaganimdan keyin 2 kun o'tib qayta o'rnatgandim, boshida yaxshi ishlab, keyin yana shunaqa bo'pqolsa dengπ Bu holatni 2-3 marta takrorladim, baribir qutula olmadim.
Eng qizig'i, ochilib qolib, hech nima qilmayapti, degan brauzerim aslida nimalardir qilayotgan ekan. "Dispetcher zadach" orqali qarasam, Qattiq Diskga ma'lumot yozish tezligi baland turibdi negadir.
Oxiri bo'lmadi, hozir Kaspersky Total Security antivirusini o'rnatyapman. Sotib olishga ham tayyor edim, yaxshiki boshlang'ich 30 kuni bepul ekan, sinov uchun.
Aslida antivirus tanlashga juda uzoq qiynaldim. Turli reytinglarni old saflarida it ham eshitmagan antiviruslar turibdi. Shunga yoshlikdan ko'z o'rgangani boshqa baribir, o'rislar ishanchliroq deb, Kasperskyni tanlayqoldim)

Yig'lavoray dedime))
Darrovda simidan viruslarni aniqlab, o'chirib tashladi. O'zimam hayronman) Yana manovi fayl zararlangan ekan. Balki Chromeni ishga tushirayotgan narsa shudir:
C\:Windows\System32\winlogui.exe
Buni ham ko'pincha CPUni katta qismini band qilib turganini ko'rardim. Troyan aniqlanibdi bunda.
Hullas, sizlarga ham shuni maslahat beraman: pullik dasturlar va o'yinlarni bepul yuklab olaman deb menga o'xshab virusga chalinib yurmang (kompyuter virusi deyapman). Baribir litsenziyali holatda, original saytdan yuklab olishga yetmaydi. To'g'ri, kompyuter dasturlari va o'yinlarga pul to'lab o'rganmaganmiz, lekin endi shunga ham o'rganishimiz kerak, shunda bizda ham IT sohasi tezroq rivojlanadi. Ya'ni, odamlar pulga sotib oladi, deb odamlar dasturlashni o'rganadi, yaxshi dasturlar yaratadi. Xullas, shunaqa gaplar. Kompyuterim opoq bo'pqolsa xabar beraman))

La'nati Dunyoning Yakuni serialidagi Alissa rolini ijro etgan aktrisa Jessica Barden aslida mendan katta ekan!) Kinoda 17 yoshli qizni roliga mos tushgan aktrisa aslida 1992-yilda tug'ilgan ekan. Va serial ham unchalik yangi emas, 2017-yilda chiqqan. Bu degani u vaqtda aktrisa 25 yoshda bo'lgan.
@TheAliBlog
@TheAliBlog
βIspanchani o'rganishni boshlaganim yodingizdami?
Bu tilni o'rgana boshlaganimga 35 kun bo'pti. Hozir eng sodda gaplarni tuzishni bilaman, har kuni ko'plab yangi so'zlar o'rganyapman. Faqat, bilingual (2ta tilda gapiradigan odam degani) bo'lishni ham qiyinchiliklari bor ekan.
Avvalo, eslatib qo'yay, inglizcha va ruschani bilsangiz ham bilingual hisoblanmaysiz, chunki rus tili hududimizda muomaladagi til bo'lgani uchun, baribir yoshlikdan eshitib-ko'rib, o'rganib qolganmiz. Shunga, rus tili hisobga o'tmaydi.
Shunday qilib, kinolar, multfilmlar, kompyuter o'yinlari hammasini ingliz tilida ko'rishimni aytgandim. O'zbekcha tarjimadan ko'ra osonroq tushunaman. (O'zbekchadan yaxshi bilaman demoqchi emasman, biznikilar tarjimani eplolmaydi demoqchiman). Xullas, ispan tilida ham kontent juda kattaligi, hammasi ham inglizchaga tarjima qilinmagani (sababi, ispan tili ham inglizlarga huddi bizdagi rus tilidek ekanda) sababli, g'arbiy yarim sharda ko'p gaplashadigan aholi soni bo'yicha ingliz tilidan keyingi 2-o'rinda turgani sababli ham Ispan tiliga qiziqib, o'rganishni boshlagandim.
Lekin o'rganayotgan tilingdagi qoidalarni boshqa tildagi bilan adashtirib yuborishni boshlarkansan. Masalan, hecham o'zbekcha so'zlarni inglizcha qoidalar asosida o'qiganimni eslolmayman. Lekin ispan tilidagi qoidalarni nafaqat o'zbek tiliga, balki, ingliz tiliga ham qorishtirib yuboryapman.
Ingliz tilida so'zlar yozilganidek o'qilmasligini bilsangiz kerak? Ispanchada ham deyarli shunaqa. Misol uchun, H harfi umuman o'qilmaydi so'zlarda (hasta la vista - asta la vista o'qiladi), J harfi esa X tarzida talaffuz qilinadi doim, ayniqsa ismlarda: Juan = Xuan, Julia = Xulia. Ikkita L harfi y sifatida o'qiladi, ella = eya. Endi shu asosiy qoidalarni miyangizga singdirib olganingizdan keyin yuzaga keladigan tushunmovchiliklarni tasavvur qilavering. Biror matn o'qib qolsam, u inglizcha bo'ladimi, o'zbekchami, o'qishga qiynalib ketyapman. Huddi ispancha so'zlarni o'qiyotgandek talaffuz qilvoraman ko'pinchaπ
Haa, jinnicha qoidalari rosa ko'p u tilni. Masalan, ingliz tilida "u" degan 3-shaxsni bildiradigan so'z 2ta jins vakillariga turlicha ishlatiladi (he/she). Ispanchada esa, nafaqat olmosh so'zlarda, sifatlarda ham jins qo'shimchalari qo'shiladi. Hatto "biz" degan so'zni ham ikkala jins vakillari 2 xil aytishadi: nosotros va nosotras. Asosan bitta a harfi bilan farq qiladi. Masalan maestro so'zi erkak o'qituvchini bildirsa, maestra so'zi ayol o'qituvchini bildiradi.
Ishqilib, o'rganyapmanda har qalay. Sizlar ham bekor yurmay o'rganinglar. Qiziqqanlar bo'lsa, dasturni manovi adres orqali yuklab olsangizlar, 1 haftaga plus variantida, reklamasiz va boshqa kamchiliklarsiz mazza qilib ishlatasizlar. Bekor yurmanglar, deymanda.

Aytgancha, ko'pchilik anovi izohlarda bo'lmagan kino ekan, narigini tarjima qiling, deb yozgandi. Umuman olganda, 2-3 qismdan keyin serialga bog'lanib qolasizlar.
@TheAliBlog
@TheAliBlog
Elon Maskni o'g'lini ismi yodingizdami? "X Γ A-12" edi. Amerika qonunchiligiga muvofiq, ismlarda arab raqamlaridan foydalanish mumkinmasakan. Shu sabab Elon Mask o'g'lini ismini o'zgartirishga majbur bo'pti.
Endi ancha odambashara ism tanlabdi, harqalay))
X Γ A-XII ekanπ
@TheAliBlog
Endi ancha odambashara ism tanlabdi, harqalay))
X Γ A-XII ekanπ
@TheAliBlog
Yana bitta tushunmaydigan odamlardan biri) Kommentlarini bir boshidan o'qib chiqib, nimadir deb yuboringlar, balki u haq, men nohaqdirman buyerda rostdan ham:
https://comments.bot/thread/EYMyxxTJt/5031723

Audio
Akaxon bilan gaplashib oldik)
Suhbat kanalda e'lon qilinishi haqida o'zini ogohlantirganman.
@TheAliBlog
Suhbat kanalda e'lon qilinishi haqida o'zini ogohlantirganman.
@TheAliBlog
Suhbatdagi yoshim bilan bog'liq masalada ko'pchilik yozyapti, bizni aldabsizda, degan ma'noda.
Yo'q, aslida aldamaganman, yoshim 24da. Shunchaki akaxonga sal pastdan kelgim keldi. "Ha hali manqa ekanu" deb o'ylasin dedim))

Menga qanaqadir raketa uchish-uchmasligini qizig'i yo'q, menga "Playstation 5"ni taqdimoti 4-iyun kuni bo'lishi haqida xabar chiqqani ko'proq qiziq.
Ayniqsa, rasmiy kanalda nihoyat ilk bor Dualshock 5 joystigini dizaynini qisman ko'ra olayotganim qiziqroq.
https://youtu.be/15-7tBKVPBA

YouTube
PS5 - The Future of Gaming
https://www.playstation.com/ps5
Updated: This event has been postponed. We'll be in touch with a new date soon.

Bugun kanalga hechnima yoza olmadim. Sababi yaqin oshnamni to'yi bo'ldi. Karantincha 15-20 kishilik to'y bo'ldi, 4-5ta oshnalar, 5-10ta qarindoshlar keldi xolos. Zo'r bo'larkan lekin
Yeslichcho 10 daqiqada youtubega o'yin translatsiyasi bo'ladi
@TheAliBlog
Yeslichcho 10 daqiqada youtubega o'yin translatsiyasi bo'ladi
@TheAliBlog
Bugun oshnamni "kuyov qochdi"si bo'ladi. Kuyovbolani uyodan opqochib ketib, kechgacha eritishimiz kerak. Shu sababli La'nati Dunyo Yakuni serialini tayyorlashga vaqt ajratolmayman, buning uchun uzr. Kechadan beri bo'sh bo'lmadim umuman.
Tepadagi translatsiya esa, endi uyga qaytib, dam olish uchun qilingan edi.
@TheAliBlog
Tepadagi translatsiya esa, endi uyga qaytib, dam olish uchun qilingan edi.
@TheAliBlog
Shunday qilib desangiz, kecha to'yda o'tiribmiz. (O'ta ixcham to'y, dasturxonda 7 kishi o'tiribmiz faqat) Kuyov oshnamni bir qarindoshi o'zini aqlli ko'rsatishni yoqtirarkanmi, bilmadim, telegramni bemalol buzsa bo'lishi, whatsapp esa eng xavfsizi ekani haqida gapirib qoldi.
Ichayotgan choyim burnimdan chiqib, rosa yo'tal tutdi. Narigi tomonda o'tirgan yana bir dasturchi oshnamga qarab qo'ydim, u ham menga ma'noli qarab qo'ydi.
Anovi akaxon gapini isboti sifatida whatsapp eng xavfsizi bo'lgani uchun ham amerikada telegramdan foydalanmasliklari, faqat whatsapp ishlatishlari, telegram xavfsiz bo'lmagani uchun ham Rossiya uni bloklagani haqida aytib berdi.
Bunaqa vaqtda odatda ortiqcha asabimni buzib, uni nohaqligini bildirishga tirishib o'tirmayman. Davrada o'zini aqlli ko'rsatmoqchi bo'lyapti, shunday bo'laqolsin, deb "Voy tovba, yo'g'e?π€" deb o'tirovraman)
Lekin haligi oshnam shunaqa qilolmaydi. U albatta tortishishi kerak. Yo unisi past ketmaydi, yo bunisi past ketmaydi. Hullas, ikkovi hammani o'ziga qaratib tortishib turganida dasturxondagi qazi-qartalarni qoringa urib o'tirdim shoshilib))

Shunaqa "xakker"lar yoqmaydida menga. Nikni ko'rinmas qilish, birbalo birbalo detskiy narsalarni "xakkerlikni o'rgataman" deb oladimiyeπ«
Ensamni qotirgan joyi 3000ga yaqin xizmat? Nima?
Yana eng tagiga qasam deb yozib qo'yganiga o'lasanmi buniπ G'ashim keladi rosa.
Shu bola bilan bir yozishib ko'rishim kerak.