Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Messiah" serialidan parcha.
Vashington Monumenti yonidagi suv havzasidan yurib o'tib odamlarni lol qoldirgan "Mr. Messiah" (Messaya deb o'qilsin) mexmonxonaga joylashganida uni asl yuzini ochish uchun yuqori tashkilotlar fohishani yollashadi. Uning xonasi butunlay CIA (Markaziy Razvedka Boshqarmasi, MRB) kuzatuvida.
Kadr ingliz tilida. Agar inglizchani bilmasangiz, unda o'rganing.
@TheAliBlog

"Messiah" serialidan parcha. (RUS)

Bloggerlar.
Telegramda 10dan ortiq bloggerlarning kanallariga obuna bo'lganman. Xushnud aka, Safari, fayzbog, Davletovuz, Troll UZ, Alimoff va hokazo.
Lekin mana 10 kundan ortiq vaqt o'tibdiki, hech birini kanalini ochib, yozilganlarni o'qib ko'rganim yo'q. Chunki barchasi aksariyat hollarda koronavirus haqidagi qaysidir tashkilot bayonoti, kasallikka chalinganlar nechtaga yetgani, kasallik bo'yicha qanaqa yangiliklar bo'layotgani haqida yozishyapti.
Qisqasi, qaysi kanalga qarasang shu pandemiya haqida yozilyapti. To'g'ri, pandemiyaga jiddiy qarash kerak, qo'shilaman. Lekin 1 milliondan ortiq obunachi yig'ib olgan, Minzdravdan kuniga 4talab sms jo'natib eslatib turiladigan kanal nima uchun ochilgan, agar hamma o'z kanalida shuni yozaversa?
Balki obunachilar shunaqa xabarlarni o'qiyverib bezib ketgandir, deb o'ylashmaydimi? Ja yangilik o'qigisi kelsa, anovi katta kanalga kirib olib o'qib olaveradiku?
Aynan shunaqa yangiliklarni men ham yozib obunachilarni bezdirib qo'ymay deb, @TheTechnoAli kanalimga anchadan beri hech nima yozmadim ham. Lekin mana shu shaxsiy blogimda esa, shaxsiy hayotimdagi voqealarni (well, asosan o'yin va seriallar) yozib yuribman faqat. Harqalay, koronavirus haqidagi xabarlardan beziganlar uchun chalg'itadigan gaplarda)
Xullas, blogger akalar, sizlarni hurmat qilamiz, lekin bitta post yozilsa darrov kanalingizga kirib, qunt bilan o'qib boradigan davrlar negadir o'tib ketyapti. Iltimos, ortga qaytinglar!

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko'zlar biroz go'zallik ko'rsin, deyisharmidi))
Qadimgi Yunoniston, Afina (Athena) shahri, Afina haykali. Shaharning yuqoridan ko'rinishi.
Assassin's Creed Odyssey o'yinidan lavha
@TheAliBlog
Qadimgi Yunoniston, Afina (Athena) shahri, Afina haykali. Shaharning yuqoridan ko'rinishi.
Assassin's Creed Odyssey o'yinidan lavha
@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadimgi Yunoniston afsonlari: Tarix otasi Gerodot (Herodotos) va Afinani demokratiyaga boshlagan, 15 yil davomida shaharni boshqargan Perikl (Perikles). Yonidagi esa Kassandra. O'ylab topilgan qahramon.
@TheAliBlog
@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aliexpressdan buyurtma qilgan eng birinchi buyumim. Xonamni yig'ishtirayotib topib oldim)
@TheAliBlog
@TheAliBlog
Ali. Blog
Ko'zlar biroz go'zallik ko'rsin, deyisharmidi)) Qadimgi Yunoniston, Afina (Athena) shahri, Afina haykali. Shaharning yuqoridan ko'rinishi. Assassin's Creed Odyssey o'yinidan lavha @TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuqoridagi videoni xira ekan, go'zalligi sezilmayapti, deganlar uchun. 1280x720 o'lchamda.
Originalini yuklayman desam bo'lmaydi, 40 sekundli video 100MBni tepasida)
@TheAliBlog
Originalini yuklayman desam bo'lmaydi, 40 sekundli video 100MBni tepasida)
@TheAliBlog
Iltimos, hadeb yuzingizga maska taqib, qo'lingizga birbalolar deb yozilgan qog'ozni ushlab rasmga tushavermanglar! Yosh bolalarni ham shunaqa qilib olmanglar rasmga! 🤬
Fobiya.
Ko'pchilik odamlarda aynan nimadandir qo'rquv hissi bo'lib, bu fobiya deyiladi. Masalan, kimdir suvdan qo'rqadi, kimdir qorong'ilikdan. Buning noodatiy turlari ham bor: masalan uzun so'zlarni o'qishga duch kelishdan qo'rquv.
Shu vaqtgacha mendagi eng katta qo'rquv faqat bir narsaga bo'lgan: o'rgimchaklar.
Mantiqan o'ylab qaralsa, tirnog'imchalik ham kelmaydigan hasharotdan qo'rqishimga hojat yo'q, lekin uning ko'zlari, nishiga qarab turib daxshatva tushaman negadir. Ba'zida tushimga ham kirib qo'rqitadi)
Garri Potterda Ron Uizli o'rgimchaklardan qo'rqishi yodingizdami? Shunga o'xshashda, xullas))

Clickdagilar o'zlaricha o'tkazmalar tarixida inqilob qilgandek bo'lib, televizorda "2 barobar arzon o'tkazmalar" deb reklama qilishyapti. Ya'ni, click orqali boshqa plastikka pul o'tkazganda olinadigan komissiya 1 foiz emas, yarim (0,5) foiz. Ya'ni, 100 000 so'm o'tkazayotganda umumiy 101 000 so'm emas, 100 500 so'm harajat qilinadi.
Ammo.
Men 4 yildan beri Hamkorbankning mijoziman. Adashmasam 1 yildan oshgan, yarim foizli komissiya belgilanganiga. Ularda avvaldan komissiya past edi, demoqchiman.
Adashmasam kech kuz edi. Cho'ntagimda naqd pul qolmagandi. Aksiga olib UzCard plastigim ham qaqshab qolgan ekan. Yaxshiki, Visa kartamda 20$ pulim bo'lib, shuni yechib olsam ancha vaqt baxtli hayot kechirishim mumkin edi)
Andijon shahar markaziy ko'chalaridan birida o'rnatilgan Visa bankomati orqali (Ipak yo'li bankiga qarashli) kartadagi pulni naqd qilib olmoqchi bo'ldim. Adashmasam, u vaqtda naqd dollar berish to'xtatilgan edi, bankomatlar ham valyuta kartalarini yechib, so'm chiqarib berardi.
Xullas, Visa kartamni bankomatga joyladim, 20$ yechishga berdim. Lekin xatolik chiqaverdi. Komissiya bormikan, deb balansni tekshirdim, 50 sentcha ortig'i bilan bor. Keyin tekshirish uchun 10$ yechib ko'rmoqchi bo'ldim. Telefonimga 12$ yechilgani haqida sms keldi. 10$ga 2$ komissiya! Bu 20% degani! Lekin baxtimga, bankomatni ichida naqd pul qolmagan ekan va darrov plastigimga pulni qaytarib berdi. O'shanda Ipak Yo'lidagilarga telefon qilib, bo'ralab so'kib bergandim.
Keyin erinmasdan sal naridagi Hamkorbankga bordim, akalar 1 so'm olmasdan naqd pul qilib berishgan edi. Hullas, bank tanlashda adashmang.
P/s: HamkorBank o'zimizi anjanlik akaxonlarga qarashli ekanini bilarmidinglar? Bankning bosh ofisi ham boshqalarga o'xshab Toshkentda emas, Andijonda!

Buyerda biroz g'alizlik bor. Chunki pan-demic => hamma xalq degan ma'noni bildiryapti.
AC Odyssey o'yini sharofati bilan bilib olgan ma'lumotim: "panic" so'zi Yunon ma'budi Pan nomidan kelib chiqqan bo'lib, u yovvoyi tabiat ilohi bo'lgan va negadir odamlarga qo'rquv bag'ishlagan.
Agar shu ma'budning ismini demos bilan qo'shsak: pan-demos => "xalq qo'rquvda" ma'nosi kelib chiqadi. Menimcha shunisi haqiqatga yaqinroq.
Tag'in bilmadim))

Ko'pchilik "Platforma" kinosini maqtagan ekan, bir ko'raychi deb boshlab, qiziqib ketib qolibman. Endi uyqu kelmayapti. Chunki kino qo'rqinchli, uxlashga qo'rqyapman😁
Kinoni barchaga tavsiya qilaman, lekin 21 yoshdan kattalar ko'rishi maqsadga muvofiq. Bu film bizga 15-mart kuni barcha qoplab un-kartoshka g'amlagani boshqalarga jabr bo'lishi mumkinligini ko'rsatib beradi, desa ham bo'ladi.
Kino kanallar yoki saytlardan qidirib ko'ringlar albatta.

Kara Sevda.
Bu butun o'zbekistonni og'ziga tushgan serial. Kimdir yoqtiradi, kimdir yo'q. Xullas, Zo'rTV yana shu serialni qo'yilishini e'lon qilgan ekan, feysbukda miting boshlanib ketibdi) Bu ma'naviyatimizga va mentalitetimizga tahdid soladigan serial ekan.
Ho'p, shunaqa ham deylik, to'g'ri, undagi voqealar balki o'zbekchilikka to'g'ri kelmas, lekin o'zi hozir qaysi serial o'zbekchilikka to'g'ri keladi?
Sizlarga aytsam, hatto O'zbek seriallari ham o'zbekchilikka to'g'ri kelmaydi. Undayam mavzu shu: er-xotin xiyonati, qaynona-kelin mojarolari, umuman shu muammolardan chiqa olgan serial ko'rmaganman, o'zbek seriallarida (kamdan-kam hollarda TV ko'raman o'zi).
Chet el seriallarini olsak, deyarli barchasida shu, romantika, intim holatlar, qayg'u, balo-battarlar.
Buni yechimi juda oddiy. Siz bu serial farzandlaringiz ongini zaharlashidan cho'chiyapsizmi? Unda bu serialni ularga ko'rsatmang, tamom! Farzandlaringiz bo'lmagan xonada ko'ring, ko'rgingiz kelsa.
Undan keyin hozir telekanallarda moda bo'lgan yosh chegarasi belgisiga ham qat'iy qarash kerak. Kattalar uchun kino bo'lyaptimi, yoki boshqa xonaga chiqib ko'ring, yoki yoshlarni chiqarib yuboring.
Undan tashqari, shundoq ham hozirgi yoshlarni jaa unchalik madaniyatli deb bo'lmaydi. Hammasini ham emas, ayrimlarini aytyapman. Yoki qaysidir yigit kimnidir pichoqlab qo'ygani, qaysidir qiz kim bilandir yotib qo'ygani haqida umuman eshitmaganmisiz? Demak, seriallar bundan ortig'ini qilib berolmaydi.
Netflixda ko'p serillar ko'ryapman. Hech biri mentalitetga to'g'ri kelmaydi. Hech biri. Sevgi-muhabbat haqidagisi ham, detektiv mavzudagisi, fantastik, jangari, xullas hech biri.
Shunday ekan, bitta serialni deb to'polon qilishni bas qiling. Lekin serialni 21:00dan keyin qo'yilishi tarafdoriman.

Seriallar mavzusini davom ettirsak, 2-3 kundan beri tuzukroq serial topolmayotgandim, hozir topdim. Nomi "Caliphate" (Xalifalik). Adashib Suriyaga borib qolgan va ortga qaytishni istayotgan ayol haqida hikoya qiladi. Hozircha faqat 1ta qismini ko'rdim, qolgani ertaga (well, bugun). To'liq ko'rib bo'lsam balki sizlarni qiziqtira oladigan taqriz yozarman) Hozircha esa, Youtubega kirib, serial treylerini tomosha qilinglar:
https://youtu.be/77A1RlMckVY
@TheAliBlog
https://youtu.be/77A1RlMckVY
@TheAliBlog
Caliphate (Xalifalik)
Ushbu serial dinni yaxshi anglamaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan hikoya qiladi.
Hikoyaning asosiy qahramonlari yolg'onlarga uchib Suriyaga borib qolgan va Vataniga qaytishni istayotgan yosh kelinchak Pervin va musulmon oilasi vakillari bo'la turib, otasining islomofob ekanligi sabab diniy tarbiyani begonalardan, noto'g'ri talqinda o'zlashtirgan va Suriyaga borishni xohlayotgan Suleyka ismli qizlar.
Serialdan juda ko'p xulosalar chiqarish mumkin. Barchangizga ko'rishni tavsiya qilaman. Serialning original versiyasi Shved tilida bo'lib, Netflixda Inglizcha va Turkcha dublyajlari ham bor ekan. Ruschasi bormi bilmadim. Shunday ekan, Inglizcha yoki Turkchasini qidirib ko'rishingiz mumkin.

Avvallari AOKA (Axborot va Ommaviy Kommunikatsiyalar Agentligi)ning aynan nima ish qilishini tushunmasdim. Hozir @Massmediauz nima maqsadda tashkil topganiga hayronman.
Nega desangiz, shu vaqtgacha birorta bloggerni himoya qilib chiqilgani post qilinmagan, aksincha, Saida opa yoki Komil Allamjanov o'zini kanalida nimadir yozib chiqsa, shuni ulashish bilan shug'ullanyapti xolos.
Menga yoqmaydigan tomoni, aynan shular nimadir yozsa aksariyat bloggerlar huddi bu narsa ularni burchidek o'sha postlarni o'z kanaliga ulashishadi. Nega yoqmaydi desangiz, "bir mazza qilib post o'qiylik" deb u kanalga kirsangiz ham opani yoki akani posti, bu kanalga kirsangiz ham shu ahvol.
Balki yetar, blogger akalar?

Jaxon sog'liqni saqlash tashkilotlari ham "uyda qolib, video-o'yinlar o'ynang" deb turganida, ularni gapini ikki qilsak uyat bo'lar, a?))
Bizda karantin e'lon qilinishidan 3-4 kuncha avval Ubisoft ham o'z foydalanuvchilariga shu ma'nodagi xabarlarni jo'natgan edi.
Buyerda bir haftacha avval boshlagan o'yinim, "Assassin's Creed: Odyssey" o'yinining statistikalari. O'yindagi barcha yutuqlar onlayn tarzda "uPlay" serverlariga saqlab boriladi. Skrinshot "Ubisoft Club" mobil dasturidan olingan.