Ali. Blog
305 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
You bastards! Tanlagan serialinglarni qaranglar!🤦‍♂

Ha buni tarjima qilishga odamni beti chidamaydiyu😒 I mean, Qog'oz Binodagi kattalar uchun sahnalarni ham tarjima qilsa bo'lardi, jaa unchalik yomon emasdi. Lekin bu serial qahramonlari hali voyaga yetmagan bo'la turib, gapirgan gaplarinu tarjima qilishga o'ylanib qolyapman🤦‍♂ Hozir 1ta seriyasini ko'rib tugatdim.

Balki gapni boshqacha ma'noda tarjima qilishni ham taklif qilarsiz ba'zilaringiz. Lekin unda tarjimadan nima foyda, to'g'rimi? Sherlock serialini Yoshlar kanali tarjima qilganida ham shunaqa kamchiliklarga yo'l qo'ygan. Ayrim dialoglarni birato'la kesib tashlash o'rniga boshqacha ma'noda tarjima qilgan. Masalan, Missis Hadson bilan Vatsonni bir suhbati bor. Vatson unga bir ayol bilan uchrashuvi borligini aytganida, Missis Hadson Vatsonga uni gey deb o'ylab kelganini aytib, hayron qoladi. (Adashmasam Sherlock "o'lgani"dan keyingi voqealar edi bu) Yoshlarni tarjimasida esa, "Sizni Syuzan bilansiz deb o'ylagandim" (menimcha boshqacha ism edi) deydi Missis Hadson, Vatson esa, qizishib "Hech qanaqa Syuzan yo'q!" deb o'shqiradi, haqiqiy variantida esa "Men gey emasman!" deb baqirar edi. Aytmoqchi bo'lganim, agar bu dialog namoyish uchun mos bo'lmasa, unda birato'la kesib tashlash kerak edi, noto'g'ri tarjima o'rniga.

Aytmoqchi bo'lganim, serialni o'zinglar tanladinglar. Endi mendan o'pkalamanglar)

@TheAliBlog
Opodadam rahmatli bekorga "Ish qurolini ishlatib bo'lib, joyiga qo'yishni o'rgan" demas ekan. Jin urgur teshani 3-4 kundan beri qidiryapman. Shu tomorqani o'zida ishlatgandim, hozir hammayog'i o't bosib, chakalakzor bo'lib, hech nimani topib bo'lmayapti. 😫

@TheAliBlog
Odamlarga tushunib bo'lmaydida. "Tanlangan serialni tarjima qilgunimcha vaqt o'tib ketadi, ungacha biror kino tanlasanglar qo'yib boraman" desam, kinolarni o'zbekcha subtitrda bo'lishini taklif qilishadimiye, serial taklif qilishadimiye😒

@TheAliBlog
Tokyoni gaplari va yana boshqa ortiqcha gaplarni olib tashlab, qo'shiqni asosiy o'ringa qo'yib qo'ydim. Haqiqiy o'ynashga arziydigan qo'shiq:

https://youtu.be/vojJtUZJ9BE
Men oshnalar bilan choyxonada o'tirishni orzu qilib yuribman, buyoqda ko'chada odamlar sog'lom hayot uchun qadam bosib yurishibdi.

Ha sog'lom hayot uchun osh-posh qilib yeyaylik undan ko'ra?

@TheAliBlog
Bella Ciao (Música Original de la Serie la Casa de Papel/ Money…
Manu Pilas
Xirgoyi qilganga yarasha sho'xrog'ini aytish kerak, to'g'rimi? Shunisini o'rganib turinglar.

Matni

@TheAliBlog
Haha! Nihoyat youtubega yana bir marta bloklanmaydigan video joyladim!

Bella Ciao qo'shig'ini aytayotgan odamlardan bir nechtasini to'plami:
https://youtu.be/UHbU5vVjIcQ
Bir o'quvchi video boshidagi qo'shiq kimniki ekanini so'rabdi. Qo'shiqni Shiraz degan qo'shoqchi qiz aytgan. "Shiraz - Bella Ciao" deb izalasangiz topasiz.

Klipida u ham Qog'oz Binoga o'xshash syujetni amalga oshirgan. Hatto qahramonlar ham shunga mos. Menimcha, Berlin ham to'g'ri tanlangan, qo'shilasizmi?

@TheAliBlog
Bu xoramilarga xingir-xingir qilgani meni derazamdan boshqa joy qurib qoptimi?

@TheAliBlog
Masofaviy ta'lim yaxshimi?

Yarim kechadan oshgan vaqtda Bilayn nomerimdan tungi cheksiz internetni yoqib olib, kanal uchun seriallar yuklash bilan band bo'lib, uxlamayotgamim uchun miyamga kelgan gaplarni kanalga yozmoqchiman.

Agar oralaringizda talabalar bo'lsa, oxirgi 2 oyda masofaviy ta'lim talabalarga ancha erkinlik berganini ham sezgandirsizlar? To'g'ri, hali juda mukammal emas, o'qituvchilar testni eplab tuza olishmagani, yoki qo'lyozma konspektlarni rasmga olib jo'natishlar... Lekin tan oling, bu safar sessiyani ortiqcha qiyinchiliklarsiz yopyapsiz (yoki yopib bo'ldingiz). Onlayn testga istagancha tayyorgarlik ko'rasiz, xohlasangiz g'irromlik qilasiz, xullas avvalgidan yuz marta oson, to'g'rimi?

Menimcha, shu tizimni saqlab qolish kerak. Ya'ni, talabalar o'zi xohlasa o'quv mashg'ulotlarini masofadan o'tkazishni tanlay olishlari kerak. Shunda, agar Qoraqalpog'istonlik talaba istada TATUda o'z uyida turib o'qiy oladi. Bundan tashqari, o'qishga qabul kvotalarini ham keskin oshirish mumkin bu orqali. Kontrakt pulini to'ladimi? O'qiyversin. Aytishingiz mumkin, masofaviy ta'limda hamma g'irromlik bilan imtixonlardan o'tib, oliy ma'lumotlilarni qadri tushib ketadi-i-i deb. Bu gapga 2 xil javobim bor:

1. Talaba xohlasa o'qisin. Ya'ni, agar u rostdan bilim olish uchun o'qishga kirgan bo'lsa, u baribir izlanadi, baribir o'qiydi. Agar faqat diplom uchun kirgan bo'lsa... Hmm, osongina diplomli bo'lib oladi.

2. "Oliy Ma'lumotli" unvonining darajasi tushib ketish ehtimoli. Ochig'ini aytaman, shu darajaga tupurganman. Noto'g'ri tushunmanglar, men odamlarga emas, shu "oliy ma'lumot" degan nomga tupurganman. Biz kadrlarni diplomlariga, qaysi gazetada maqolalar chiqarganlariga qarab emas, qobiliyatlariga qarab, iqtidoriga qarab tanlashni boshlashimiz kerak.

Agar talaba bo'lsangiz, tan oling, hatto sizda ham ismini to'g'ri yoza olmaydigan kursdoshlaringiz bor. Erta bir kun shular ham "Oliy ma'lumotli" degan nomga ega bo'lib o'zini boshqalardan baland hisoblashi kerakmi, sizningcha?

Diplomni ham, bu darajani ham shunchaki suvenirga aylantiradigan vaqt keldi.

Agar talaba bo'lmasangizu, talaba bo'lishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, bu shashtingizdan qayting. Aynan qanday mutaxasis bo'lish uchun talaba bo'lmoqchisiz o'zi? Balki 4 yil sudralib yurgandan, 1 yil mohir repetitorlarga qatnab, bilim olsangiz, undan ko'proq bilimga ega bo'la olarsiz? Nima, bilim bo'lsayu, diplom bo'lmasa, ish topa olmayman deb qo'rqasizmi? Odam ishsiz qolaman deb qo'rqishi kerak emas, siz shunday kuchli bilim egasi bo'lishingiz kerakki, sizni ishga ololmaslikdan qo'rqishsin.

Tugadi. O'zimcha birnimalar deb qo'ydim men ham. O'zi men ham diplom uchun o'qishga kirgan dumbillardan bittasiman. Endi yotib uxlayman.

@TheAliBlog
Aytgancha, ko'chada ishlayotgan odamlarni "zavod ishchisi bo'lsa kerak" deb yozgan odam ham uzr so'rab, ham 15 sutkaga qamalsayu, matbuot xizmati xodimi bitta odamni terrorchilikda ayblab, hatto uzr so'ramasdan qutulib ketayotgan vaqtda tezroq surishni harakatini qilinglar. Buning uchun til o'rganish kifoya. Buyerda qiladigan ishni ashag'dayam qilsa bo'ladi. Bitta farqi chet tilida gaplashib, chet valyutasini ishlatasiz xolos.

Anjandan tashqariga chiqib ko'rmagan odamning gaplari.

@TheAliBlog
Hozirgina bir joyda ko'rib qoldim. Elon Mask 25 kun avval tug'ilgan chaqalog'iga jinnicha ism qo'yibdi. Biz buyoqda Ishani-pishanilarni g'alva qilib yuribmiz ekan. Elonni o'g'lini ismi bunaqa ekan:

X Æ A - 12

Bu formula emas, ism! Hatto qanaqa o'qilishini ham bilmeymiz, ey!

@TheAliBlog
"Ispanchani o'rganishdan, seriallar bilan shug'ullanishdan boshqa yana nima ish qilyapsan?" degan savol bo'lsa agar, monovi o'zim boshidan boshlab yetishtiryotgan pomidor) Qolgan sabzavotlarniyam ko'rsataman, tayyor bo'lsa)

Aytgancha, avval ham aytgandim, pomidor sabzavot emas, meva hisoblanadi. Unutmanglar. Sababini bilmayman.

@TheAliBlog
Bugun "La'nati Dunyoning Yakuni" degan serial boshlanadi. Ko'ringlar. Demokratiya qayoqqa boshlab kelganini chuqurroq his qilinglar. Shu bilan demokratiyani tugatib, monarxiya o'rnatamiz.

Keyingi rejaga yaxshi serial tanlab qo'ydim, ashi vaqt kelsa bilib olasizlar.

Qog'oz Bino? Unga hali juda erta.

@TheAliBlog
@uzNetflix kanalimizda yana bir yangi serial o'zbekcha subtitrlarda! Jeyms va Alissa ismli o'zgacha haraktetga ega ikki yosh uydan chiqib ketib, boshidan o'tkazgan sarguzashtlaridan hikoya qiluvchi serial.
Ali. Blog
Kompyuterimdan Google Chromeni o'chirib tashlashga to'g'ri keldi. Sababi unga qandaydir virus o'rnashib qolgan. Internetdan qidirdim, bunaqa asoratlar hali hech kimda bo'lmagan, chamasi. Hammasi shu xoramidan bo'g'an "Siemens NX" muhandislik dasturini yuklab…
Haligi Chrome brauzeri bilan bog'liq muammo ezvordi odamni. O'shanda o'chirib tashlaganimdan keyin 2 kun o'tib qayta o'rnatgandim, boshida yaxshi ishlab, keyin yana shunaqa bo'pqolsa deng😒 Bu holatni 2-3 marta takrorladim, baribir qutula olmadim.

Eng qizig'i, ochilib qolib, hech nima qilmayapti, degan brauzerim aslida nimalardir qilayotgan ekan. "Dispetcher zadach" orqali qarasam, Qattiq Diskga ma'lumot yozish tezligi baland turibdi negadir.

Oxiri bo'lmadi, hozir Kaspersky Total Security antivirusini o'rnatyapman. Sotib olishga ham tayyor edim, yaxshiki boshlang'ich 30 kuni bepul ekan, sinov uchun.

Aslida antivirus tanlashga juda uzoq qiynaldim. Turli reytinglarni old saflarida it ham eshitmagan antiviruslar turibdi. Shunga yoshlikdan ko'z o'rgangani boshqa baribir, o'rislar ishanchliroq deb, Kasperskyni tanlayqoldim)

@TheAliBlog
Yig'lavoray dedime))

Darrovda simidan viruslarni aniqlab, o'chirib tashladi. O'zimam hayronman) Yana manovi fayl zararlangan ekan. Balki Chromeni ishga tushirayotgan narsa shudir:
C\:Windows\System32\winlogui.exe

Buni ham ko'pincha CPUni katta qismini band qilib turganini ko'rardim. Troyan aniqlanibdi bunda.

Hullas, sizlarga ham shuni maslahat beraman: pullik dasturlar va o'yinlarni bepul yuklab olaman deb menga o'xshab virusga chalinib yurmang (kompyuter virusi deyapman). Baribir litsenziyali holatda, original saytdan yuklab olishga yetmaydi. To'g'ri, kompyuter dasturlari va o'yinlarga pul to'lab o'rganmaganmiz, lekin endi shunga ham o'rganishimiz kerak, shunda bizda ham IT sohasi tezroq rivojlanadi. Ya'ni, odamlar pulga sotib oladi, deb odamlar dasturlashni o'rganadi, yaxshi dasturlar yaratadi. Xullas, shunaqa gaplar. Kompyuterim opoq bo'pqolsa xabar beraman))

@TheAliBlog
La'nati Dunyoning Yakuni serialidagi Alissa rolini ijro etgan aktrisa Jessica Barden aslida mendan katta ekan!) Kinoda 17 yoshli qizni roliga mos tushgan aktrisa aslida 1992-yilda tug'ilgan ekan. Va serial ham unchalik yangi emas, 2017-yilda chiqqan. Bu degani u vaqtda aktrisa 25 yoshda bo'lgan.

@TheAliBlog