Ali. Blog
304 subscribers
334 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Serialning ramziga aylanib ulgurgan "Bella Chao" qo'shig'ini yuragingizga muhrlagan bo'lishi mumkin bo'lgan sahnalar.

@TheAliBlog
Ali. Blog
Serialning ramziga aylanib ulgurgan "Bella Chao" qo'shig'ini yuragingizga muhrlagan bo'lishi mumkin bo'lgan sahnalar. @TheAliBlog
Yuqoridagi videoni feysbukka ham joylagandim, 1-2 daqiqa ichida video bloklanibdi. Mualliflik huquqi asosida. Agar video o'zimniki bo'lmasa va muallifdan maxsus ruxsatnoma olmasam, birovni videosini joylay olmasligim haqida ogohlantirishibdi.

Zo'r, a? Ishlashni biladida, bular. Biz esa, butun boshli kino youtubega chiqib ketsa ham, "iltimos, o'chirib yuboringlar, kim joylagan bo'lsa ham" deb yurovramiz😒

@TheAliBlog
Halitdan beri 3-4 marta kirib, mayda-chuyda gaplar yozay deyman, kanal a'zolari ko'payib qolganini ko'rib, endi maydagaplik yarashmasa keragoov deb o'ylab, yozganimni o'chirib tashlayman. Tovba, o'zi shunaqa gaplar uchun ochgandin shaxsiy blogni😒

@TheAliBlog
Bu videoni 1 daqiqasini ham to'liq ko'ra olmadim, qo'limdan kelmadi. Qani endi iloji bo'lsayu, basharasiga yaxshilab tushirsang shuni🤦‍♂

Anovi "Abdullajon"da aytadiyu, "bo'layotgan ishlar rais buvani qo'l ostida bo'lyapti, deb gap tarqataman" deb. Yo'q, men hayron qoladiganim, maqsad nima ekan? 🙁 Biron sovg'a ilinjida aytarmikij? Harqalay rostdan yaxshi ko'rib, mehri jo'shib aytmagani aniq😒

Eng qizig'i, shu yil oxirida bo'ladigan saylovdan keyin nima qilarkin bu bola?🤔

@TheAliBlog
Yaqin orada o'g'il egizak ko'radiganlar bo'lsa, Otabek va Umarjon qo'yaveringlar ekan. Qanaqadir sovg'a qo'yilgan bo'lsa kerak)

Gulnora opani esga olamizda, ishimizni davom ettiraveramiz)

Jaa qiziqqanlar bo'lsa, mana o'sha qo'shiq:
https://youtu.be/6bptBEy1CuI

@TheAliBlog
Keyingi prezidentni arzandasi IT sohasiga chuqur qiziqadigan odam bo'lsin, ishqilib. Bizniyam ko'ksimizga shamol tegsin axir, biz ham qo'shiqlar aytib chiqaylik))

@TheAliBlog
Kecha tomorqada bir necha kundan beri bir oila bo'lib ishlab kelayotgan arilardan biri chaqib olsa deng. Yana qayerimdan? Oyog'imni tagidan. Kecha uncha sezilmagandi, hozir qarasam, ishib, qattiq bo'lib qolibdi.

Bunisi hech nima emas, eng qiziq muammo boshqa joyda: ari chaqib olgan joyi rosa qichishyapti. Qashiyman desam qitig'im kelib, xiringlab yuboryapman) Xullas g'alatida))

Yaxshiyamki yon tarafidan chaqqan, yurganda sezilmaydi) Yassi-oyoq bo'ldam ham)

@TheAliBlog
Qaysidir qo'shnimiz har kuni shunaqa vaqtda g'ozini kechki sayrga olib chiqadimi, bilmadim, har kuni kamida 10 minut derazamni tagida manovi xoramidan bo'g'andi ovozi eshitilib turadi.

Bunda ancha past yozilibdi, aslida quloqni teshvoray deb eshitiladi.

@TheAliBlog
Kanal obunachisi ekanligingiz va serial muxlisiga aylanganingizni qadrlayman, albatta, lekin hech bir obunachi boshqasidan ustun emas men uchun.

19 yillik eng yaqin oshnam har seriyasi chiqqanida ko'rib bo'lib, "keyingisini ham tarjima qilib bo'lgansan, jo'nataqol" deb qistaydi. Unga ham yubormayman. Litseyda birga o'qigan kursdoshim, 9 yillik oshnam 2 haftadan beri 2-sezonni qistaydi, unga ham yubormayman.

Ba'zi masalalarda juda qat'iyman. Hafa bo'lish yo'q. Shuning bilan, keyingi qismni pulga sotib olishga ham tayyor bo'lgan 3-xabar bo'ldi bu. Qiziq, kanalga plastik kartani kiritib qo'ysammikan? 🤔

@TheAliBlog
Buenos noches, mi amigos! (Hayrli kech deyapman sizga).

Duolingi dasturi orqali Ispanchani o'rganayotganim yodinglardami? Hali 1 foiz ham o'rganib bo'lmagandirman, lekin sodda gaplar tuzishni, sanashni, hafta kunlarini va yana ko'plab so'zlarni yodlab oldim va o'rganishda davom etyapman.

Kanaldagi va feysbukdagi do'stlarimiz men bergan link orqali ro'yhatdan o'tganlari sharofati bilan 6 oylik Plus versiyasiga ega bo'ldim. (Sizlarga 1 haftaga bergan xolos, alam qisin).

Tan olish kerak, serial tarjimasi bilan bo'lib avvalgidek vaqt ajrata olmayapman. Lekin baribir o'rganish istagimdan qaytganimcha yo'q! Siz ham til o'rganing, bekor yurgandan shu foyda axir!

Aytgancha, Qog'oz Bino seriali asli Ispanlar tomonidan Ispan tilida ishlangan😉

@TheAliBlog
Biznikilar "36 yoshingiz qutlug' bo'lsin" deb qo'shiq aytib yurishganida, Gruzinlar...

To'g'risi bunga gap ham topa olmayman aytishga, etim jimirlab ketdi ko'rib. Siz ham ko'ring.

@TheAliBlog
Oxirgi kunlarda bizning hokimbuvamiz tomoniga yog'dirilayotgan tanqidlarga fikrimni bildirib o'tsam. (Anjan hokimini aytyapman)

To'g'ri, balki bizni hokim pulni orqa-oldiga qaramay sovurayotgandir, pullarni o'zlashtirayotgandir (baribir aniq bilmaymiz), lekin bu narsa faqat bizni hokimda kuzatilayotgani yo'q, prezidentni kuyovlari katta kompaniyalarni sotib olayotgan vaqtda hokimbuvamiz ishlatgan pullar hech nima bo'lmasa kerak))

Jaa tarafini olyapti demanglaru, shunchaki solishtirish uchun aytaman sizlarga. Bizni hokim shu vaqtgacha qaysidir hududdagi uylarni buzib, aholini pulini bermay aldab ketmadi, bizni hokim tadbirkorlar bir necha milliard pul tikkan joyini snosga tushirib, benzin bilan yonmadi, bizni hokim gapiga kirmaganlarni ariqqa tushirib qo'ymadi, bizni hokim muammo chiqqan hududdagilarni "xorami" deb haqoratlamadi, bizni hokim kimnidir janozasini o'qishni tayinlamadi, bizni hokim jurnalistlarni orqasidan quvlab, kamerasini sindirib, ustidan tuxmat qilmadi, bizni hokim "shest sekund"da taksida odamni geyga chiqarib yuborish bilan tahdid qilmadi, to'g'rimi?

Agar bu mish-mishlar rost bo'lgan taqdirda ham, u shunchaki barcha hukumat vakillari qilayotgan ishni qilyapti, xolos. Shunday ekan, meni hokimbuvamizga e'tirozim yo'q.

@TheAliBlog
Yarim soatdan beri mahallamizdagi sartaroshxona oldida navbat kutib turibman. Eng qizig'i, halitdan beri hali 1 odamni sochini olib tugatmadi. Qadrini o'tkazyaptida bular. Chidashdan boshqa ilojimiz yo'q😐

@TheAliBlog
Har safar kanalga qarasam, obunachilar soni yo kamaygan yoki ko'paygan bo'ladi. Agar ko'paygan bo'lsa, "demak zo'r narsalar yozvorippanda" deyman, agar kamayib qolsa "o'zi ashi gapdi bekar yozdimdachi" deb qo'yaman))

Borilarga shukr, ichimdagi hasratlarimni eshitadigan shuncha odam bor)


Aytgancha, biz tomonda rosa qattiq shamol bo'lib, yomg'ir yog'ayapti. Bir nechta joylarda katta daraxtlar sinib tushibdi ham. Ehtiyot bo'lovringlar.

@TheAliBlog
Birlashishni Hindlardan o'rganinglar.

Ijtimoiy tarmoqlarda oxirgi kunlarda "TikTok" dasturiga nisbatan noroziliklar avj olib ketgandi. Aniq sababini bilmayman bu noroziliklarni. Lekin xoramidan bo'g'an Hindlarni birlashib ish qilishganini qarangki, 2 kun ichida dastur reytingi 4,5dan 2,6ga tushirib qo'yishdi! Tasavvur qilyapsizmi?

To'g'ri, Hindiston aholisi juda ko'p, negativ ovoz berganlar soni mamlakat aholisining 0,1 foiziga ham to'g'ri kelmas balki. Lekin bu ish bilan ular birlasha olishlarini ko'rsatishdi.

TikTok servisi ijtimoiy tarmoqlardagi turli guruhlarda (O'zbeklarga aloqasi bo'lmagan guruhlarda) masxara qilinar, TikTok foydalanuvchilari ham beo'xshov va bachkana videolar ishlagani sabab kamsitilar edi.

Aslida, biz ham birlasha olsak, juda katta kuchmiz. Qayoqdagi Zaxarovani ham, yoki monopoliya kompaniyalarning ham tishi o'tmaydi. Lekin shu birlasha olmasligimiz chatoq.

@TheAliBlog
Aytaylik, ko'pchilikni videosidan kolleksiya yig'ib, youtubeda e'lon qilmoqchiman. Agar "Qog'oz Bino" muxlisi bo'lsangiz, "Bella Chao" qo'shig'ini videoda hirgoyi qilib, yuborgan bo'larmidingiz?
Anonymous Poll
27%
Albatta!
28%
O'ylab ko'rish kerak 🧐
45%
Yo'q 😒
Ashnaqami? 🥺

@TheAliBlog