Kompyuterimdan Google Chromeni o'chirib tashlashga to'g'ri keldi.
Sababi unga qandaydir virus o'rnashib qolgan. Internetdan qidirdim, bunaqa asoratlar hali hech kimda bo'lmagan, chamasi.
Hammasi shu xoramidan bo'g'an "Siemens NX" muhandislik dasturini yuklab olmoqchiligim sabab bo'ldi. Institutda sessiyam uchun kurs ishida mashinaning bir detalini loyihasini tuzishim kerak edi, shu dasturda. Bu dastur deyarli topilmas narsa ekan, torrent saytlarda yo'q. "Qora bozor"lardan axlat titib zo'rg'a topdim, shunda ham reklamalarga to'lib ketdi.
Shunaqangi dasturlar borki, uni o'rnatayotgan vaqtingizda sizga dastur shartlariga rozilik olayotgandek ko'rinadiyu, aslida "Agree" degan tugmani boshqa bir dasturni yuklab o'rnatishga rozi ekaningizni aytish uchun bosgan bo'lib chiqasiz.
Menda ham shunaqa bo'ldi. Avvaliga hech nima noodatiy sezilmadi. Lekin Google Chrome brauzerida ishlab turganimdan o'z-o'zidan yangi oyna ochilib, qanaqadir reklama oynasiga o'tib ketaverdi. Ha deganda shunaqa bo'lavergach, sozlamalardan Chromeni tozalab, default holatiga keltirib qo'ydim. 2-3 kundan beri ishlatyapman, bugun sezibman, chromeni yopgan taqdirimda ham, dastur sezdirmasdan ishga tushib olyaptida, eng qizig'i ekranni o'ng chetiga berkinib olyapti, ya'ni umuman ko'rinmaydi. Lekin ishlayapti. Lekin ekranda chiqmaydi. O'zimga kerak bo'lib, pusk panelidan ochsam ham, topa olmayman.
Eng qizig'i sichqonchani puskdagi aktiv dastur ustiga qo'yib tursa, hozir dastur nimalar bilan bandligini ko'rsatadi. Shunaqa qilsam, hech qanaqa saytga kirmagan, oddiy holatda turibdi. Dispetcherdan tekshirsam, 1kb ham traffik sarflamayapti, juda shubxali. Dasturni yopib, boshqa ishlar bilan band bo'lsam, 2-3 daqiqada yana ishga tushib olyapti.
Oxiri, boraaa deb tag-pagi bilan o'chirib tashladim.
Qissadan hissa: piratski dasturlar o'rnatishga qiziqavermanglar. Pullik bo'lsa ham ishonchlisi yaxshi. (Faqat Siemens NXni litsenziyasi bir yil uchun 12 ming dollar ekanini hisobga olmaganda)
@TheAliBlog

O'zi Netflix bizdan shuncha darimad qildimikan? Jaa bitta meni deb soliq to'lamasa kerak, aa?))
Yana bir yaxshi gumonim borki, balki bizda kino va seriallar olishmoqchidir? Shunda bizda ham maqtanadigan zamonaviy kinolar bo'lardi.
Masalan, turklar bilan ishlangan serialini ko'ringlar, ertaga chiqadi. Nima kamimiz bor axir?π Kamimiz ko'p...

Shu kanalni admini menga 1 haftacha avval reklama almashishni taklif qilgandi. "Faqat ertaga" deb rozi bo'lgandim. Chunki avvaliga kanallarni kuzatishni yoqtiraman) O'sha kuni kanalidagi barcha postlar 1-2K ko'rishlar to'plab bo'lgandi.
Ertasiga kunduzi 1-2marta kanalga kirib, bir necha soat avvalgi postlari qancha prosmotr olganini tekshirib turdim. 100dan oshmadi, taxminan 4-5 soatda ham. Keyin birozdan keyin admini yana yozdi, "bugun qilamizmi?" deb. Kanalga kirib qarasam, darrov hamma postlatdagi prosmotrlar 1Kdan oshib ketibdi))
Adminga "kanalingiz nakrutka ekan, reklama almashmayman" desam, meni tuxmatda ayblab, isbotlab berishimni talab qilib qoldi) E borey degandim) "Chernovik"da o'sha kanal adresi qolib ketgan ekan, bir qaraychi, deb kirsam, 3 kun avval chiqarilgan post 68ta prosmotr to'plabdi. Tugadi.

Anchadan beri film, serial, multfilmlarni faqat ingliz tilida ko'rib kelaman. Aaanchadan beri. Lekin avvallari inglizcha kini ko'rsam, shunchaki mazza qilib ko'rardim. Endi esa...π
Endi qahramonlarni har bir gapini hayolan o'zbekchaga tarjima qilib, shu joyiga subtitr qo'shsam, nima deb yozish mumkinligi haqida o'ylayapman.
Ya'ni, inglizchani bilgan odam inglizcha kinoni tushunish uchun uni miyasida o'z tiliga tarjima qilishi shart emas, miya inglizcha ma'lumotni ham qabul qilib olaveradi. Lekin men bundan o'zimni to'xtata olmaydigan bo'lib qoldim...π«

Subtitrlarda "qanjiq" so'zini ishlatayotganimga norozi bo'layotganlar menimcha "qanjiq" so'zi urg'ochi itni anglatishini hali bilmasa kerak.
Huddi inglizchadagi bitch so'zidek. Qiziqarli tasodif, a?
@TheAliBlog
Huddi inglizchadagi bitch so'zidek. Qiziqarli tasodif, a?
@TheAliBlog
Ali. Blog
π Sticker
O'zimcha qiziqarli kadrlarni to'plab, stikerlar chiqarmoqchiman) Har ehtimolga qarshi qo'shvolovrilarchi, ertaga qo'lma-qo'l bo'lib tugab qolsa topolmay yurmaylar yana))
@TheAliBlog
@TheAliBlog
βO'zi ayrimlar yozishdan avval o'ylasharmikan a? To'g'risi, asabim shunchalik buzilganidan, gapirolmayapman ham.
Kanal bo'yicha har bir muammoni post qilib, kanalga pin qilib qo'ydim, ko'pchilik shunga qaramadida, kanal infosida yozilgan "Admin"ni o'qib, menga yozib, o'sha yozilgan narsalarni qaytadan so'rashdi.
O'sha muammolar bo'yicha skrinshotlar bilan maqola yozib, pin qilmasdan, kanal infosiga yozib qo'ydim, "har qanaqa savol bo'lsa, avval manavi o'qilsin" deb. Odamlar o'shaniyam o'qimadida, pastda turgan "admin"ni o'qib, yana mendan so'rashdi. Oxir oqibat, profilimga linkni kanal infosidan olib tashladim.
Odamlar shunchalik tushunmaydiganmi? Manavini o'qib ko'raychi, deb o'ylashmaydimi, tovba! π‘
Eng qizig'i, har bir postda serial qaysi tilda ekani yozilyaptida, yana ba'zilar kommentga qaysi tilda ekan, deb yozyaptiπππ©π«
Yo'q, burnim ko'tarilib ketmadi, yulduzlik kasaliga chalinganim ham yo'q. Lekin hamma narsani ham chegarasi bo'ladi

βBu harakter yaqinda paydo bo'lib qolmagan, yo'q, avval ham o'taketgan jizzakiligim haqida yozganman.
Bitta xabarni 48ga bo'lib yozadiganlarni xushlamasligim haqida yozganim yodingizdami? Bu narsa haliyam o'zgarmagan.
Tushuntirishga urinib ko'raman: men juda zarur ish bilan bandman (aytaylik, avval misol qilganimdek, tomorqada loyga botib ishlayapman), telefonimga ketma-ketiga xabarlar kela boshlaydi. Ting-ting-ting-ting-ting. Qilayotgan ishim ham ko'nglimga sig'may qoladi, nimadir bo'ldimikan o'zi? Tinchlikmikan ishqilib? Otinoyiga biror gap bo'ldimikan? Tomorqadan chiqib, qo'limni astoydil yuvib (peshana terimga olganman telefonni, loy qo'l bilan ushlash yo'q), telefonni qo'lga olib, telegramga qarasam.... Hammasi bitta odamdan kelgan bo'ladi.π
Hay mayli, qisqa javob yozib, yana ishimni davom ettiraman, keyin yana ting-ting-ting-ting bo'ladi. Shunda meni holatim: π€¨ bilan π€¬ni aralashmasidan iborat bo'ladi.
Avval ham aytganimdek, iltimos, faqat menga emas, boshqalar bilan yozishganda ham bor maqsadingizni bitta xabarga jamlanglar. Agar uzun matnda qo'rquvga chalingan bo'lsangiz (buni nomi hippopotomonstrosesquippedaliofobiya, kasallik bu) har bir gapingizdan keyin 2 qator tashlab yozing. Men abzaslarni shunaqa ajratamanku, osmon uzilib yerga tushmayapti lekin.
Quyidagi xabar egalari esa, xafa bo'lish yo'q.

Bugun 13-may. Andijon voqealariga 16 yil bo'libdi. Bu voqea eslanganini hali biror kanalda ko'rmadimu, hozir sanaga qarab esimga tushib ketdi.
Aytgancha, Ramazon oyini uje 20-kuni o'tyapti ekanmi? Vaqt faqat menda tez o'tyaptimi? Yoki sizlarda hammi?π§

16 yil emas, 15 yil bo'libdi. O'zimni qarigan his qilib turuvdim, unaqa emas ekanπ
Ochig'ini aytsam, avvaliga 17 yil deb yozmoqchi edim o'zi))
@TheAliBlog
Ochig'ini aytsam, avvaliga 17 yil deb yozmoqchi edim o'zi))
@TheAliBlog
Bella ciao
Fonola Band
Agar o'zingizni Qog'oz Bino serialining muxlisi deb hisoblayotgan bo'lsangiz, u bu qo'shiqni hozirdan yodlashni boshlayvering. Chunki bu jamoaning ramziga aylanib ulgurgan va serial davomida bu qo'shiq hali ko'p xursand qiladi sizni.
Qo'shiqni so'zlari: https://t.me/TheAliBlog/281
@TheAliBlog
Qo'shiqni so'zlari: https://t.me/TheAliBlog/281
@TheAliBlog
Una matina, mi sono alzato,
O bella chao, bella chao, bella chao chao chao,
Una matina, mi sono alzato,
Yo trovato linvasor.
O partijano, porta mi via,

Ke mi sento di morir
E se yo moyo, de partijano,

Tu mi devi sepelir.
E sepellire, lasuy montanya,

Sepellire, lasuy montanya,
Sotto lombra dyun bel fyor.
Tut e le jenti, ke paserano,

E le jenti, ke paserano,
Mi dirano ke bel fyor
Quest el fyore del partijano,

Quest el fyore, del partijano,
Morto per la liberta.

Kayf qanaqa bo'ladi, bilasizmi?
Bu o'zingiz juda qiziqqan serialga boshqalarni ham bog'lab qo'yish. Ular ham siz qachondir his qilgan zavqni his qilishlarini chetdan tomosha qilish. Eng yaqin do'stingiz yarim kechada telefon qilib, bugungi seriyani oxirida tushunmagan joyiga aniqlik kiritmasdan turib uxlay olmagani sababi sizni so'roqqa tutishi...
Bugun (ya'ni 14-may) uzNetflix kanalini ochganimga roppa-rosa bir oy bo'libdi. Netflixdan film yuklab beradigan dastur aktivatsiyasi yakuniga yetdi. 1 oyga to'lab sotib olgandim. Dastur arzon emas, lekin reklamaga sarflangan pullarimni 10 foizi ham turmaydi buπ Hozircha kompyuterimda anchagina seriallar yuklab olganman, yana 2-3 hafta zeriktirmay turishim mumkin (Muhimi, Qog'oz Binoni hamma qismini yuklab olganman, havotir olmanglar). Lekin menimcha dasturni keyingi aktivatsiyasiga hali beri shoshilmasam kerak.
Endi sizlar ham yordam beringlar axir) Serialga tanishlaringizni qiziqtiring (yaqin do'stlaringiz bilan muhokama qilish boshqacha maroqli bo'ladi), kanalga taklif qiling.
Kanalda odam ko'paysin, kanalda reklama sotib, pul to'ldirilgan basseynga kalla tashlab yurayda men hamπ
O'zimdan o'zim birnimalar deyapman, tovbaπ

Uzmobayl o'ziga o'xshadi endi) 12 kun ichida ta'rif rejamdagi 100GBlik limitni ishlatib bo'libman. O'tgan safar limitdan keyin ham tezlik umuman pasaymaganiga bosar-tusarimni bilmay qoldim shekilli))
Hozircha hammasi normaga qaytibdi)
P/s: 10 kun ichida 100GB???
@TheAliBlog
Hozircha hammasi normaga qaytibdi)
P/s: 10 kun ichida 100GB???
@TheAliBlog
Ko'pchilik Qog'oz Bino nechi seriya ekanini so'rab yozyapti. Ataylabdan aytmayman, bo'lmasa hali oxirgi qism kelmabdiku, deb voqealarga jiddiy qaramay qo'yadi))
Lekin bu serial menga qancha traffikka tushganini aytishim mumkin) Barcha mavsumlar, barcha qismlar, 1080P sifatda.
Tarjima uchun sarflanayotgan vaqtimniku aytmasa bo'ladiπ Shunday ekan, serialga tanishlaringizni qiziqtiringlar, unga katta mehnat sarflanyaptiπ

Shunday damlar bo'ladiki, har qancha zo'r ish qilmagin, qancha ko'p odamlar seni olqishlamasin, baribir hafsalangni pir qiladigan, shuncha qilgan mehnatingni o'zing uchun bir tiyinga aylantiradigan odamlar topiladi.
Ayniqsa mana bunaqa izohlar. Boshqa kanallarga berilayotgan reklama matnlarida serialni "quyidagi kanal o'zbekcha subtitrlarga tarjima qilayotgani" haqida yozilgan. To'liq o'qidingiz, a, O'zbekcha subtitr!
Lekin odamlar o'zi gapni oxirigacha o'qimaydida, videoni yuklab oladi, qarasa inglizcha, "vuy xoramidan bo'g'an admin bizni laqqillatibdi" deb bunaqa izohlar qoldiradi. (Shaxsiy xabarlarni aytmasayam bo'ladi, akkauntimni kanaldan olib tashlaganim bilan tinmayapti)
Ancha ta'sirchan odamman, bunaqa izohlar psixikamga jiddiy ta'sir qilishi mumkinπ₯Ί Sizlar ham mundoq izohlarga kirib shularga tushuntirishib yuborib turinglar axirπ

Shunaqa holatlarda odam mazza qilvoradida)) Ertalabki asabbuzarliklar yozilib ham ketadi) Shunaqalar ko'paysinβΊοΈπ€²
@TheAliBlog
@TheAliBlog