Ali. Blog
304 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Qayerdadir O'zbekkinoni "Ilhaq" kinosi bo'yicha bayonotini o'qidim.

Noma'lum shaxslar tomonidan kino telegram kanallari va youtubega qo'yilyapti ekan, shu sabab bu kino xalqaro kinofestivallarga chiqolmay qolishi mumkin ekan.

Eng qizig'i o'sha kanallar adminlaridan kinoni o'chirishlarini iltimos qilishgan🤦‍♂ Come on, dog!

Qilinadigan ish shunchaki Googlega filmning hujjatlarini taqdim etib, kino ularning mahsuloti ekanini va buni ruxsatsiz qo'yib bo'lmasligini isbotlash, xolos! Undan keyin kino Youtubega yuklanib ulgurmasidan bloklanadi! Buyog'iga algoritmlar ishni bajaradi.

Iltimos qilisharmish bular😒

P/s: hali kinoni ko'rmadim. O'zbekcha kino ko'rishni, ayniqsa o'zbekkino ko'rishni unchalik ham xushlamayman. Avval ommani fikrini o'rganib, keyin ko'rishni ma'qul ko'raman.

@TheAliBlog
Aytgancha, telegramda tarqalishiga to'sqinlik qilib bo'lmaydi.

Aslida buni televizorda premyera qilishdan avval o'ylash kerak edi.

@TheAliBlog
Forwarded from Cyber Ali
Жаа унчаликмасда энди 😐 Биламан, гапга устаман, лекин сўзма-сўз кўчириш керак дегани эмаску бу😒

@TheTechnoAli
Endi ko'chirmakashlarni tanqid qilib ham bo'may qolibdi. Yuqoridagi kanal admini xabar yozibdi, o'chirish kerak bo'lsa o'chiraman, degan ma'noda. Men bu tanqid bilan o'zimni PR qilibman. Meni avval hurmat qilardi ekan.

Kechirasizlaru, birovni mehnatini o'g'irlash unu hurmat qilishni anglatmaydi. To'g'ri, jaaa jiddiy narsa haqida emas, bir og'iz jumla haqida ketyapti gap. Lekin baribir bu meni gaplarimku? 😒

O'z haqqimni talab qilsam ham men yomonman o'zi. O'rganib ketganman lekin. Birinchi martasi emas😐

@TheAliBlog
Orqavarotdan eshitishimga qaraganda, menga qarshi uyushtirilayotgan fitnaga ammam boshchilik qilyapti ekan.

Fitna desa nimani tushunyapsizlar o'zi🤔 Men to'yni aytyapman.

Ammam mendan bir yosh kichik o'g'lini uylantirmoqchimishu, lekin men uylanmasimdan avval uylantira olmasmish. Shunga biznikilarni ongini zaharlab ketgan. Har kuni kechki ovqat vaqti shu mavzu😒

Tug'ishgan ukam mendan 8 yosh kichik birov shoshiltirmaydi, deb o'zimni xursand qilsam, bu ketishda qo'shni qishloqdagi Abdirayimni uylanishi uchun ham oldin men uylanishim kerak bo'lib qoladi shekilli😐 Asabiylashib, zahrini qanday sochishni bilmayotgan smayl.

@TheAliBlog
Telegramdagi yaqin oshnalardan iborat (eng yaqinlari, 4 kishilik uzkiy krug) gruppamizni nomi 2 yildan beri "Avengers" bo'lib, Qasoskorlarni belgisini rasmi turardi)

Eng yaqin oshnalarimni ham ongini zaharlay olganim evaziga, bugun shu guruh nomini o'zgartirdik))

@TheAliBlog
Bir o'zbekfilmga ko'zim tushib qoldi hozir. Nomini bilmayman, o'rtarog'idan ozgina ko'rdim xolos.

Xullas, yelkasidan o'q yegan Adiz Rajabovni qiz yashirincha qishloqdagi tabib bo'lgan Saida Rametovani yoniga olib keldi. Shunday qilib, uy sharoitida operatsiya qilib, o'qni chiqarib tashlaydigan bo'ldi. Eng qizig'i shuyerda: qanaqadir asbob bilan yelkasini kovlashtirishni boshlaganda o'sha atrofni xiralashtirib qo'yishibdi😂

I mean, jarohatni xiralashtirishdan maqsad nima? Ma'naviyatga zarar qilarmikan? Yoki o'sha o'qni kovlab olish sahnasini uncha o'xshatolmasdan, birato'la xiralashtirib qo'ya qolishganmikin?😂

@TheAliBlog
Bilmadim, ba'zilar yozadigan gaplarni o'qib... Mlyaaa, meni bekorchilikdan kofe zarralarini sanab o'tiribdi, deb o'ylashadimi bular, hayronman. Shu bir nima deb tortishay desang, darrov burni ko'tarilib ketganga chiqasan, indamay desang, asabiylashib, nimadir qilib chiqarib yuborishing kerak....Men ham sizlarga o'xshagan odamman, axir, mendayam shaxsiy hayot bor😒

@TheAliBlog
Eng alam qiladigani, kompyuter o'yinlariga butun boring bilan qiziqasan, bu uchun mo'ljallangan kompyutering ham bor, eng oxirgi chiqqan o'yinlarni sotib olib o'ynay olasan ham. Lekin "Kiber sport" musobaqalari faqat Counter-Strike, Dota, PUBG, Watface balo battarlarda bo'ladi😒 Ya'ni senga umuman yoqmaydigan o'yinlarda.

@TheAliBlog
🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳
Bella chao, bella chao, bella chao chao chao!

@TheAliBlog
Kompyuterimdan Google Chromeni o'chirib tashlashga to'g'ri keldi.

Sababi unga qandaydir virus o'rnashib qolgan. Internetdan qidirdim, bunaqa asoratlar hali hech kimda bo'lmagan, chamasi.

Hammasi shu xoramidan bo'g'an "Siemens NX" muhandislik dasturini yuklab olmoqchiligim sabab bo'ldi. Institutda sessiyam uchun kurs ishida mashinaning bir detalini loyihasini tuzishim kerak edi, shu dasturda. Bu dastur deyarli topilmas narsa ekan, torrent saytlarda yo'q. "Qora bozor"lardan axlat titib zo'rg'a topdim, shunda ham reklamalarga to'lib ketdi.

Shunaqangi dasturlar borki, uni o'rnatayotgan vaqtingizda sizga dastur shartlariga rozilik olayotgandek ko'rinadiyu, aslida "Agree" degan tugmani boshqa bir dasturni yuklab o'rnatishga rozi ekaningizni aytish uchun bosgan bo'lib chiqasiz.

Menda ham shunaqa bo'ldi. Avvaliga hech nima noodatiy sezilmadi. Lekin Google Chrome brauzerida ishlab turganimdan o'z-o'zidan yangi oyna ochilib, qanaqadir reklama oynasiga o'tib ketaverdi. Ha deganda shunaqa bo'lavergach, sozlamalardan Chromeni tozalab, default holatiga keltirib qo'ydim. 2-3 kundan beri ishlatyapman, bugun sezibman, chromeni yopgan taqdirimda ham, dastur sezdirmasdan ishga tushib olyaptida, eng qizig'i ekranni o'ng chetiga berkinib olyapti, ya'ni umuman ko'rinmaydi. Lekin ishlayapti. Lekin ekranda chiqmaydi. O'zimga kerak bo'lib, pusk panelidan ochsam ham, topa olmayman.

Eng qizig'i sichqonchani puskdagi aktiv dastur ustiga qo'yib tursa, hozir dastur nimalar bilan bandligini ko'rsatadi. Shunaqa qilsam, hech qanaqa saytga kirmagan, oddiy holatda turibdi. Dispetcherdan tekshirsam, 1kb ham traffik sarflamayapti, juda shubxali. Dasturni yopib, boshqa ishlar bilan band bo'lsam, 2-3 daqiqada yana ishga tushib olyapti.

Oxiri, boraaa deb tag-pagi bilan o'chirib tashladim.

Qissadan hissa: piratski dasturlar o'rnatishga qiziqavermanglar. Pullik bo'lsa ham ishonchlisi yaxshi. (Faqat Siemens NXni litsenziyasi bir yil uchun 12 ming dollar ekanini hisobga olmaganda)

@TheAliBlog
O'zi Netflix bizdan shuncha darimad qildimikan? Jaa bitta meni deb soliq to'lamasa kerak, aa?))

Yana bir yaxshi gumonim borki, balki bizda kino va seriallar olishmoqchidir? Shunda bizda ham maqtanadigan zamonaviy kinolar bo'lardi.

Masalan, turklar bilan ishlangan serialini ko'ringlar, ertaga chiqadi. Nima kamimiz bor axir?😒 Kamimiz ko'p...

@TheAliBlog
Shu kanalni admini menga 1 haftacha avval reklama almashishni taklif qilgandi. "Faqat ertaga" deb rozi bo'lgandim. Chunki avvaliga kanallarni kuzatishni yoqtiraman) O'sha kuni kanalidagi barcha postlar 1-2K ko'rishlar to'plab bo'lgandi.

Ertasiga kunduzi 1-2marta kanalga kirib, bir necha soat avvalgi postlari qancha prosmotr olganini tekshirib turdim. 100dan oshmadi, taxminan 4-5 soatda ham. Keyin birozdan keyin admini yana yozdi, "bugun qilamizmi?" deb. Kanalga kirib qarasam, darrov hamma postlatdagi prosmotrlar 1Kdan oshib ketibdi))

Adminga "kanalingiz nakrutka ekan, reklama almashmayman" desam, meni tuxmatda ayblab, isbotlab berishimni talab qilib qoldi) E borey degandim) "Chernovik"da o'sha kanal adresi qolib ketgan ekan, bir qaraychi, deb kirsam, 3 kun avval chiqarilgan post 68ta prosmotr to'plabdi. Tugadi.

@TheAliBlog
Anchadan beri film, serial, multfilmlarni faqat ingliz tilida ko'rib kelaman. Aaanchadan beri. Lekin avvallari inglizcha kini ko'rsam, shunchaki mazza qilib ko'rardim. Endi esa...😞

Endi qahramonlarni har bir gapini hayolan o'zbekchaga tarjima qilib, shu joyiga subtitr qo'shsam, nima deb yozish mumkinligi haqida o'ylayapman.

Ya'ni, inglizchani bilgan odam inglizcha kinoni tushunish uchun uni miyasida o'z tiliga tarjima qilishi shart emas, miya inglizcha ma'lumotni ham qabul qilib olaveradi. Lekin men bundan o'zimni to'xtata olmaydigan bo'lib qoldim...😫

@TheAliBlog
Subtitrlarda "qanjiq" so'zini ishlatayotganimga norozi bo'layotganlar menimcha "qanjiq" so'zi urg'ochi itni anglatishini hali bilmasa kerak.

Huddi inglizchadagi bitch so'zidek. Qiziqarli tasodif, a?

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ali. Blog
😉 Sticker
O'zimcha qiziqarli kadrlarni to'plab, stikerlar chiqarmoqchiman) Har ehtimolga qarshi qo'shvolovrilarchi, ertaga qo'lma-qo'l bo'lib tugab qolsa topolmay yurmaylar yana))

@TheAliBlog
O'zi ayrimlar yozishdan avval o'ylasharmikan a? To'g'risi, asabim shunchalik buzilganidan, gapirolmayapman ham.

Kanal bo'yicha har bir muammoni post qilib, kanalga pin qilib qo'ydim, ko'pchilik shunga qaramadida, kanal infosida yozilgan "Admin"ni o'qib, menga yozib, o'sha yozilgan narsalarni qaytadan so'rashdi.

O'sha muammolar bo'yicha skrinshotlar bilan maqola yozib, pin qilmasdan, kanal infosiga yozib qo'ydim, "har qanaqa savol bo'lsa, avval manavi o'qilsin" deb. Odamlar o'shaniyam o'qimadida, pastda turgan "admin"ni o'qib, yana mendan so'rashdi. Oxir oqibat, profilimga linkni kanal infosidan olib tashladim.

Odamlar shunchalik tushunmaydiganmi? Manavini o'qib ko'raychi, deb o'ylashmaydimi, tovba! 😡

Eng qizig'i, har bir postda serial qaysi tilda ekani yozilyaptida, yana ba'zilar kommentga qaysi tilda ekan, deb yozyapti😒😞😩😫

Yo'q, burnim ko'tarilib ketmadi, yulduzlik kasaliga chalinganim ham yo'q. Lekin hamma narsani ham chegarasi bo'ladi

@TheAliBlog
Bu harakter yaqinda paydo bo'lib qolmagan, yo'q, avval ham o'taketgan jizzakiligim haqida yozganman.

Bitta xabarni 48ga bo'lib yozadiganlarni xushlamasligim haqida yozganim yodingizdami? Bu narsa haliyam o'zgarmagan.

Tushuntirishga urinib ko'raman: men juda zarur ish bilan bandman (aytaylik, avval misol qilganimdek, tomorqada loyga botib ishlayapman), telefonimga ketma-ketiga xabarlar kela boshlaydi. Ting-ting-ting-ting-ting. Qilayotgan ishim ham ko'nglimga sig'may qoladi, nimadir bo'ldimikan o'zi? Tinchlikmikan ishqilib? Otinoyiga biror gap bo'ldimikan? Tomorqadan chiqib, qo'limni astoydil yuvib (peshana terimga olganman telefonni, loy qo'l bilan ushlash yo'q), telefonni qo'lga olib, telegramga qarasam.... Hammasi bitta odamdan kelgan bo'ladi.😐


Hay mayli, qisqa javob yozib, yana ishimni davom ettiraman, keyin yana ting-ting-ting-ting bo'ladi. Shunda meni holatim: 🤨 bilan 🤬ni aralashmasidan iborat bo'ladi.

Avval ham aytganimdek, iltimos, faqat menga emas, boshqalar bilan yozishganda ham bor maqsadingizni bitta xabarga jamlanglar. Agar uzun matnda qo'rquvga chalingan bo'lsangiz (buni nomi hippopotomonstrosesquippedaliofobiya, kasallik bu) har bir gapingizdan keyin 2 qator tashlab yozing. Men abzaslarni shunaqa ajratamanku, osmon uzilib yerga tushmayapti lekin.

Quyidagi xabar egalari esa, xafa bo'lish yo'q.

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ali. Blog
🔫 Sticker
Stikerni qo'shib olmaganni otib tashlayman))