Ali. Blog
304 subscribers
334 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Skrinshotlar orasidagi vaqt 1 daqiqa ham emas. Anovi Helga tipirchilab qopti, atigi 8 soatdan keyin keyingi ligaga saralash boshlanadi. 1-likni bergisi kelmayapti, chamasi. Taslim bo'lish yo'q💪🏾😎

@TheAliBlog
🎶Ataylab, ataylaaab,🎶
🎶Saharda kirib ochko topladim
🎶Anovi Helga bilmay qolsin deb
🎶G'aflat bosib uxlab yotganda
🎶Keyingi ligaga chiqib olay, deb

😎
@TheAliBlog
Bora-bora mantiq degan narsayam yo'qolib ketyaptimi? Agar haliyam ko'chada harakatlanish ta'qiqlangan bo'lsa, nega buyum bozorlari ish faoliyatini boshlashiga ruxsat berildi?🤔

@TheAliBlog
Ertalabdan uyda svet bo'lmagan edi, hokimga bitta sms bilan butun elektrosetni to's-to'polon qilvoribman) Tovbaa)

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pablo Eskobar otib o'ldirilganidan keyin onasining gaplari. Haqiqiy kadrlar.

@TheAliBlog
Well, nimayam derdim, otinoyi birinchi marta yeb qo'yishi emas))

@TheAliBlog
Narcos serialida Kolombiya davlati siyosatining bir jihati yoqdi. Mamlakatdagi bosh prokurorga hech kim dahl qila olmaydi, hatto prezidentda ham uni bo'shatish vakolati yo'q.

Shu hollardan kelib chiqib, saylov yo'li bilan tayinlangan prokuror hech bir mansabdordan qo'rqmasdan o'z faoliyatini olib boradi. Hech qanaqa tanish-bilishchilik, korrupsiya yo'q.

@TheAliBlog
Balki monovi o'zim tayyorlagan posterni tanish-bilishlarni gruppalariga tarqatib, kanalda o'zbekcha serial ketyotganidan boshqalarni ham xabardor qilishvorarsilar?

Yana kamiga juda qiziqarli, reytingi baland serial bu. Serialni @uzNetflix kanalidan topasizlar😉

@TheAliBlog
Otinoyi masalasida yana bir gap. Ichki ishlar xodimlarini yomonlamoqchi emasmanu, lekin nega qanaqadir haykalga gapirganlarni o'ylab o'tirmay 15 sutkaga qamashadiyu, o'sha, ichki ishlar vakillarini o'zini haqorat qilgan odamni tek qo'yishadi?

To'g'ri, ishi sudga oshirilibdi, lekin bormabdiku? Eslini yoqvolib uyida o'tirovribdiku? Unaqamasda axir😐 Butun dunyo e'tibori hozir hoji onamizni taqdiri nima bo'lishiga qaratilgan axir?

*ayrim jumlalar sarkazm sifatida ishlatildi, o'qigan odamga tepmasa ayb menda emas.

@TheAliBlog
Balki anovi ota-o'gillarni chuqur taftish qilib, bor-yo'g'ini musodara qilib, suv omboridan aziyat chekkan aholi uchun sarflash kerakdir?

@TheAliBlog
Jaa maydalashib ketting endi, deb yurmanglaru, lekin organ xodimlarini so'kmasdan Sirdaryoga yordam olib borgan boshqa yulduzlar ham bor. Faqat bunisi haqiqiy yulduz, ismi emas, o'zi.

@TheAliBlog
O'tirgan joyimda kompyuterim lapanglab ketdi, tinchlikmi?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davron Kabulovni birnimalikda ayblab gap tarqatishdan oldin manovi videoni ko'ringlar, balki fikrlaring o'zgarar? Haligi rasm olinishidan avval yozib olingan video.

@TheAliBlog
Bitta o'ta ma'noli, zo'r gap yozaman deb turuvdim, telegramni ochgunimcha esimdan chiqib qoldi😒

@TheAliBlog
I mean, o'zi telegramga kirish uchun norasmiy dasturlardan nega foydalanishadi?

Mobogram, Vidogram, Calibri, Graph, Bgram, Telegramer, Boltgram, balo-battargram, hullas rosa ko'p.

Rasmiy dasturdan foydalanaver axir? Bittasi nima emish, "Palondakasi tezroq ishlaydi telegramni o'zidan" emish 😫😭 Shunaqa gaplarni eshitsam xo'ngrab yig'lagim keladi. Hamma dasturlar bitta serverda ishlaydiku, axir? Undan keyin telegram barcha dasturchilar uchun tarmoqqa-ulanish va hokazolar jamlangan TDLib degan "kutubxona" (dasturchichasiga shunaqa deyiladi) yaratgan va hamma norasmiy dasturlar shu kutubxona asosida Telegram serveriga ulanadi. Demak, tez ishlolmaydi.

Aytgancha, bu mavzuni ko'tarib chiqishimdan maqsad, juda ko'pchilik telegram dasturida nosozlik bo'layotganini, to'g'rilay olmayotganini aytib, yordam so'raydi. U dasturlarni ishlashiga Telegram kafolat bermaydi axir😐

@TheAliBlog
Bankdan telefon qilishdi. "Kreditni to'lamaysizmi?" deb. "Karantin bo'lsa, enamnikidan to'laymanmi?" desam, "bu meni muammoyim ekasku, to'g'rimi?" deydi xorami.

Unda kimni muammosi bu, deb rosa so'kib bermoqchi edimu, o'zimni bosdim zo'rg'a. Shartta telefonni quloqqa tutdimda, "unaqa bo'lsa, kredit olgan odamni o'ziga telefon qiling!" deb qo'yib qo'ydim.😤

Hozir birovni orasiga tushadigan zamonmas, lekin...

@TheAliBlog
Tomdan tarasha tushgandek bugun oilaviy meni o'rtaga olishib, kuzdan kechiktirmasdan meni uylantirishmoqchi ekanini aytishdi. Eh, tovba! Hech tushunmaymanda, shularni, meni uylantirishga shoshilib nima qilisharkin? Huddi shu bilan boshqa muammo qolmasa ekan ularda😒

Men Toshkentga borib grafik dizayn va dasturlashni chuqurroq o'rganmoqchi edim biror yil😐 Endigina 24ga kirgan bo'lsam, axir😒 Hech tushuntirolmaymanda!

@TheAliBlog
Kriminal janrdagi seriallar durdonasi @uzNetflix kanalida o'zbekcha substitrlarda tarjima qilinmoqda! Tezroq kanalga qo'shilib, serialdan bahramand bo'linglar!

@uzNetflix
Bugun birinchi marta shu yili bolalar ramazon aytib kelganini eshitdim. Oxirgi yillarda buni sekin-sekin kamaytirib, yo'q qilyapmiz. Bir tomondan to'g'ri qaror.

Lekin 2 oydan beri mahallasini narigi tomonini ko'rmagan menga o'xshaganlarga bu narsa hozir boshqacha ta'sir qilar ekan)

Boshqa viloyatlarda qanaqa, bilmadimu, biz tarafda "Ro'za keldi, bildinglarmi, Qozonga yog' quydinglarmi" deb aytiladi bu))

@TheAliBlog
Telegramdagi so'rovnomalar funksiyasiga yana bir yangilik qo'shish kerak. Ya'ni, so'rovnomada faqat kanal a'zolarigina ovoz bera oladigan qilish kerak.

Shunda bloggerlar o'z kanallarida o'tkazayotgan so'rovnoma natijalarini sun'iy o'zgartirishga uringan ayrim hukumat vakillarining bunday harakatlari ortidan hech bo'lmaganda obunachi ko'paytirib olishadi.

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent minorasini chaqmoq urgani tushirilgan video.

Chaqmoq urgani hech narsa emas, meni hayron qoldirgani videoga olayotgan odam huddi oldindan bilgandek ayna shu vaqtda minora tomonga burilishi.

Umuman, bunga o'xshagan holatlar juda ko'p. Odamlar ko'chada palakat bo'lishini kutib kamera ko'tarib yurisharmikan, deb o'ylab qoladi odam...

@TheAliBlog