Ali. Blog
304 subscribers
336 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Qorong'i tushib ketibdiyu uje, a?)) Bugun (well, kecha va bugun) yangi serialni 11ta qismini ko'rib chiqibman, yana shunchasi bor adashmasam.

Onlayn serial ko'rishni shunisi zo'r ekanki, agar qiziqib ketgan bo'lsang, keyingi seriyani darxol boshlashing mumkin. Ajoyib.

@TheAliBlog
Aytgancha, serial ko'ryapman desam, xotinlar televizorda ko'rib o'tiradigan o'zbeklarni oilaviy muammolaridan boshqa narsani opchiqmaydigan seriallar yoki odamni g'ashi keladigan turk seriallari ko'ryotgan bo'lib gavdalanib qolmay yana) Masalan, hozirgi serial detektiv janrda.

Shunchaki "Rated R" bo'lgani uchun aniq ma'lumotlar yozmayapman. Hali aqli-hushi shakllanib ulgurmaganlar bo'lsa, fikrlashi buzilib ketishi mumkin) Yo'q, honestly.
Assassin's Creed Odyssey: Legend of the Eagle Bearer (Main Theme)
The Flight
Assassin's Creed: Odyssey sauntreki. (Main Theme)

Odamni tinchlantiradigan musiqa. Nahorgi oshda qo'ysayam bo'lorsa kerak)
Hozirgina kecha (aniqrog'i o'tgan kuni) boshlagan serialimni 3-mavsumini ko'rib tugatdim. Shu bilan bu ham tamomlandi.

Serialda azaliy dushmanlaring kun kelib tug'ishgandek qadrdon bo'lib ketishi, yaqinlaring dushmanga aylanishi, og'ir kunlarda birlasha olish kabi ajoyib voqealar ro'y beradi.

Ertaga serial emas, kompyuterim bilan vaqt o'tkazmoqchiman, mendan arazlab qolyapti))

@TheAliBlog
Ko'pchilik shuncha narsaga qanday ulguryapsiz, deb so'rabdi. Ya'ni, ham kompyuter o'ynashga, 3d maxni organishga, serial ko'rib yotishga va hokazo.

Aslida unchalik ham bekorchi emasman. Menda ham uy ishlari (dexqonchilikka yaqin) tiqilib yotibdi. Lekin har bir ishga alohida vaqt ajratishni ma'qul ko'raman.

Uydagi ishlarni nari borsa 2 soatda tamomlash mumkin. Kompyuter o'ynash doim ham shart emas. Shu sababli bir tomonga kompyuter o'yini va kinolarni qo'ysam, ikkinchi tomonga 3D Maxni o'rganishni qo'yyapman.

Masalan, 1-2ta seriya ko'rib bo'lib, qo'llanmadagi yana bir topshiriqni bajarib olaman. Keyin yana kinotaym davom etadi.

Shunaqa gaplar

@TheAliBlog
Shunaqayam beparosat fikrledigan odam bo'ladimi? Asab buzilib ketadi shunaqalarni ko'rsam. O'zin nimadir ehson qilganmisan ulardan talab qilishdan oldin?
Messiah (Al-Masih)

Ancha avval telegram kanallarda bir video tarqalgandi, amerikalik rejissorlar qiyomat haqida kino olishyapti ekan, degan mazmunda. Yodingizdami? Well, shu serialni ko'rishni boshladim bugun.

Boshlaganimga endi 1 soat bo'ldi, bittagina seriyani ko'rib bo'ldim xolos, lekin serial menga yoqdi hozirdan. Pastda treylerini keltirib o'taman.

Agar siz ham Netflixga kirishga qiziqayotgan bo'lsangiz, hoziroq Play Market yoki App Store'dan Netflix dasturini yuklab oling va ro'yhatdan o'ting. Birinchi oy uchun tekinga premium ta'rifini yoqib berishadi. Premium ta'fif bu - Ultra HD sifatida ko'rish va bir akkauntdan 5ta odam foydalana olish imkoniyatidir.

Agar ro'yhatdan o'tish davomida sizdan visa karta so'rasayu, sizda bunday karta bo'lmasa, Hamkorbankning "Hamkor Mobil" dasturidan 10 ming so'mga virtual visa karta ochish mumkin. Netflix akkaunti ja tekinga bo'lmasayam, 10 ming so'mga tusharkan shunda.

Netflixda minglab filmlar, seriallar, multfilmlar va hokazolar bo'lib, ularni bir necha tillarda ko'rish mumkin. Karantinda vaqtingizni chog' o'tkazing.

Netflix and Chill😉

@TheAliBlog
5-seriyasini ko'rib bo'ldim hozirgina. Endi ozroq uxlab, qolganini ertaga davom ettiraman
Sizda hech shunaqa bo'lganmi, sevimli kitobingiz, kino-serialingiz, video-o'yiningiz ichidagi olamga shunchalik kirib ketasizki, bir tomondan voqealar rivoji oxiri qanday tugashini bilgingiz keladi, boshqa tomondan esa, bu narsa tugashini xohlamaysiz. O'sha olamdan chiqqingiz kelmay qoladi.

Lekin o'sha sizga yoqib qolgan kitob, serial, o'yin baribir tugaydi. Shunda siz huddi zulmat qa'riga cho'kkandek bo'lasiz. Yashashdan maqsad qolmagandek tuyuladi...

Menda kunora shu ahvol bo'lyapti hozir)

@TheAliBlog
"Messiah" (al-Masih) serialining 2-mavsumi bekor qilinibdi. Kechagina. Hech qanaqa 2-mavsum bo'lmas ekan. Kecha, shu serialni ko'rishni boshlashim bilan naryoqdagi akaxonlar bu proyektni bekor qilishibdi!

Serial haqiqattan ham ajoyib, bir nafasda o'tirib barcha qismini ko'rib chiqadigan darajada qiziqarli ishlangan. U hozir begonalashib ketayotgan odamiylik tuyg'usini esga solgandek bo'ladi.

Bu serialda hech bir din kamsitilmagan, yoki biri ikkinchisidan ustun qo'yilmagan. Barchangizga tavsiya qilgan bo'lardimu, eng avjiga chiqqanida 1-mavsum tugashiyu, 2-mavsum bo'lmasligi dilingizni xira qilishi mumkin)

Balki ertaga serialni qiziq joylaridan parchalar joylarman, ko'ramiz)

@TheAliBlog
P/s: serialni o'zbekchaga dublyaj qilishni taklif qilaman, ham odamlarga ma'naviy ozuqa bo'ladi, ham televideniyadagi akaxonlar soqqa qilishvoladi)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Messiah" serialidan parcha.

Vashington Monumenti yonidagi suv havzasidan yurib o'tib odamlarni lol qoldirgan "Mr. Messiah" (Messaya deb o'qilsin) mexmonxonaga joylashganida uni asl yuzini ochish uchun yuqori tashkilotlar fohishani yollashadi. Uning xonasi butunlay CIA (Markaziy Razvedka Boshqarmasi, MRB) kuzatuvida.

Kadr ingliz tilida. Agar inglizchani bilmasangiz, unda o'rganing.

@TheAliBlog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Messiah" serialidan parcha. (RUS)

Vashington Monumenti yonidagi suv havzasidan yurib o'tib odamlarni lol qoldirgan "Mr. Messiah" (Messaya deb o'qilsin) mexmonxonaga joylashganida uni asl yuzini ochish uchun yuqori tashkilotlar fohishani yollashadi. Uning xonasi butunlay CIA (Markaziy Razvedka Boshqarmasi, MRB) kuzatuvida.

@TheAliBlog
Bloggerlar.

Telegramda 10dan ortiq bloggerlarning kanallariga obuna bo'lganman. Xushnud aka, Safari, fayzbog, Davletovuz, Troll UZ, Alimoff va hokazo.

Lekin mana 10 kundan ortiq vaqt o'tibdiki, hech birini kanalini ochib, yozilganlarni o'qib ko'rganim yo'q. Chunki barchasi aksariyat hollarda koronavirus haqidagi qaysidir tashkilot bayonoti, kasallikka chalinganlar nechtaga yetgani, kasallik bo'yicha qanaqa yangiliklar bo'layotgani haqida yozishyapti.

Qisqasi, qaysi kanalga qarasang shu pandemiya haqida yozilyapti. To'g'ri, pandemiyaga jiddiy qarash kerak, qo'shilaman. Lekin 1 milliondan ortiq obunachi yig'ib olgan, Minzdravdan kuniga 4talab sms jo'natib eslatib turiladigan kanal nima uchun ochilgan, agar hamma o'z kanalida shuni yozaversa?

Balki obunachilar shunaqa xabarlarni o'qiyverib bezib ketgandir, deb o'ylashmaydimi? Ja yangilik o'qigisi kelsa, anovi katta kanalga kirib olib o'qib olaveradiku?

Aynan shunaqa yangiliklarni men ham yozib obunachilarni bezdirib qo'ymay deb, @TheTechnoAli kanalimga anchadan beri hech nima yozmadim ham. Lekin mana shu shaxsiy blogimda esa, shaxsiy hayotimdagi voqealarni (well, asosan o'yin va seriallar) yozib yuribman faqat. Harqalay, koronavirus haqidagi xabarlardan beziganlar uchun chalg'itadigan gaplarda)

Xullas, blogger akalar, sizlarni hurmat qilamiz, lekin bitta post yozilsa darrov kanalingizga kirib, qunt bilan o'qib boradigan davrlar negadir o'tib ketyapti. Iltimos, ortga qaytinglar!

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko'zlar biroz go'zallik ko'rsin, deyisharmidi))

Qadimgi Yunoniston, Afina (Athena) shahri, Afina haykali. Shaharning yuqoridan ko'rinishi.

Assassin's Creed Odyssey o'yinidan lavha

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadimgi Yunoniston afsonlari: Tarix otasi Gerodot (Herodotos) va Afinani demokratiyaga boshlagan, 15 yil davomida shaharni boshqargan Perikl (Perikles). Yonidagi esa Kassandra. O'ylab topilgan qahramon.

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aliexpressdan buyurtma qilgan eng birinchi buyumim. Xonamni yig'ishtirayotib topib oldim)

@TheAliBlog
Iltimos, hadeb yuzingizga maska taqib, qo'lingizga birbalolar deb yozilgan qog'ozni ushlab rasmga tushavermanglar! Yosh bolalarni ham shunaqa qilib olmanglar rasmga! 🤬
Har tugul OAV virusdan boshqa mavzularga o'tib turadi.

@TheAliBlog