Ali. Blog
304 subscribers
334 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Ali. Blog
Jaa maqtanishni yaxshi ko'ramanda o'ziyam🤓 2-kundan keyin keyingi ligaga birinchilardan bo'lib o'tarkanman😎 @TheAliBlog
Shu Helga bilan kechadan beri raqobat qilyapmiz shu desanglar. Reytingda birinchilikka chiqish uchun.

O'tgan kuni joylagan rasmimda men 1-o'rindaligimda 1200 ball edi ekan. Hozir men 1700ga yaqinlashdim, u 1800ga.

U oflayn ekanida men yangi darslarni o'zlashtirib, ochkolarni yig'ib birinchi o'ringa chiqib qo'yaman, men ishlarimni bitirib kelgunimcha u birinchi o'ringa chiqib oladi.

Rosayam murosasiz jang bo'lyapti denglar) Zato til o'rganyapmiz ikkalamiz ham) Sizlar ham o'rganinglar, manovi ssilka boyicha programmani yuklab, bironta til o'rganishni boshlanglar axir:

https://invite.duolingo.com/BDHTZTB5CWWKSJW2YMPKSJ7RO4

Shu orqali kirsanglar menga 1 haftalik bonus beradi, sizlarga ham.

@TheAliBlog
https://t.me/bahodirahmedoff/1944

Buyerda Andijonning eng sharq tomonida joylashgan Kampirravot sum ombori haqida yozilibdi. Oshnalar bilan dam olgani Xonobod shaharchasiga borganimizda, suv ombori yaqiniga borganmiz.

Suv omboriga nari borsa o'rtada 2km masofa qolgunigacha yaqinlasha olasiz. Uyog'ini askarlar qo'riqlaydi, hech kim o'tkazilmaydi. Nimani kimdan qo'riqlashini bilmadimu, harqalay Sardobadagi suv omboridan ancha ishonchli e'tibor berilishi aniq.

O'sha orada 2km masofa bor holatda ham, suv omborining beton devorlari odamni vahimaha soladi. Bosh aylanib ketadi🥶

Bunaqa balodan Alloh saqlasin.

@TheAliBlog
Bunaqa gapni aytishi uchun mutaxasislarga murojaat qilishgani kulgili😒 Shu... So'kib-so'kib olsangda... Yoningda bo'lsayu...

@TheAliBlog
Men mutaxasis sifatida o'rinli javob berib ko'raman. Birovga mag'zava ag'darish orqali o'sha odamlar ham qo'sha-qo'sha uy-joylar qurgisi, inomarka mashinalar mingisi keladi.

Yoki bunaqa narsalar suv-omborini qurilishida ishtirok etgan rahbarlargagina yarashadi xolos deb o'ylaysizlarmi? Boshqalar ham mazza qilsin

@TheAliBlog
Achievment unlocked: Dehqon+😎

Bir hafta oldin tajriba tariqasida baklashkani yarmiga tuproq to'ldirib, urug' ekib, har kuni suv quyib turuvdim. Bugun qarasam ko'chat unib chiqishni boshlabdi😎

@TheAliBlog
Human.uz jurnalistlariga ichki ishlar xodimlarining tajovuz qilishlariga MassMediaUz fondi hech qanaqa reaksiya bildirmay yurgani hoov birda aytgan gapimni isbotlaydi.

Fond Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyevaning shaxsiy yutuqlarini yoritib borish uchungina ochilgan. Boshqa hechnima. Shu vaqtgacha birorta bloggerni yoki jurnalistni himoya qilib chiqishganini ko'rmadik.

Holbuki, shunaqa qilgan taqdirlarida, o'zini reklama qilishlaridan ko'ra ko'proq effekt beradigan piar bo'lardi bu.

Og'riqli bo'lsa ham aytaman: yurtimizda adolat yo'q!

@TheAliBlog
Tovba, Ramazon kirib kelganidan keyin kunlar tez o'tayotgandek tuyulmayaptimi? Darrov 10 kun o'tib ketdimi?

Yoki kun tartibimdagi ishlar juda ko'pligi uchun vaqt tez o'tib ketyaptimikan?🤔

Avvallari bir kunda birorta serialni bitta faslini ko'rib chiqardim, kun rosa sekin o'tardi. Hozir ishonsangiz bitta seriya ko'rishga yo vaqtim bo'ladi, yoki bo'lmaydi😐 Soatlar, kunlar juda tez harakatlanyapti meni nazarimda.

@TheAliBlog
Skrinshotlar orasidagi vaqt 1 daqiqa ham emas. Anovi Helga tipirchilab qopti, atigi 8 soatdan keyin keyingi ligaga saralash boshlanadi. 1-likni bergisi kelmayapti, chamasi. Taslim bo'lish yo'q💪🏾😎

@TheAliBlog
🎶Ataylab, ataylaaab,🎶
🎶Saharda kirib ochko topladim
🎶Anovi Helga bilmay qolsin deb
🎶G'aflat bosib uxlab yotganda
🎶Keyingi ligaga chiqib olay, deb

😎
@TheAliBlog
Bora-bora mantiq degan narsayam yo'qolib ketyaptimi? Agar haliyam ko'chada harakatlanish ta'qiqlangan bo'lsa, nega buyum bozorlari ish faoliyatini boshlashiga ruxsat berildi?🤔

@TheAliBlog
Ertalabdan uyda svet bo'lmagan edi, hokimga bitta sms bilan butun elektrosetni to's-to'polon qilvoribman) Tovbaa)

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pablo Eskobar otib o'ldirilganidan keyin onasining gaplari. Haqiqiy kadrlar.

@TheAliBlog
Well, nimayam derdim, otinoyi birinchi marta yeb qo'yishi emas))

@TheAliBlog
Narcos serialida Kolombiya davlati siyosatining bir jihati yoqdi. Mamlakatdagi bosh prokurorga hech kim dahl qila olmaydi, hatto prezidentda ham uni bo'shatish vakolati yo'q.

Shu hollardan kelib chiqib, saylov yo'li bilan tayinlangan prokuror hech bir mansabdordan qo'rqmasdan o'z faoliyatini olib boradi. Hech qanaqa tanish-bilishchilik, korrupsiya yo'q.

@TheAliBlog
Balki monovi o'zim tayyorlagan posterni tanish-bilishlarni gruppalariga tarqatib, kanalda o'zbekcha serial ketyotganidan boshqalarni ham xabardor qilishvorarsilar?

Yana kamiga juda qiziqarli, reytingi baland serial bu. Serialni @uzNetflix kanalidan topasizlar😉

@TheAliBlog
Otinoyi masalasida yana bir gap. Ichki ishlar xodimlarini yomonlamoqchi emasmanu, lekin nega qanaqadir haykalga gapirganlarni o'ylab o'tirmay 15 sutkaga qamashadiyu, o'sha, ichki ishlar vakillarini o'zini haqorat qilgan odamni tek qo'yishadi?

To'g'ri, ishi sudga oshirilibdi, lekin bormabdiku? Eslini yoqvolib uyida o'tirovribdiku? Unaqamasda axir😐 Butun dunyo e'tibori hozir hoji onamizni taqdiri nima bo'lishiga qaratilgan axir?

*ayrim jumlalar sarkazm sifatida ishlatildi, o'qigan odamga tepmasa ayb menda emas.

@TheAliBlog
Balki anovi ota-o'gillarni chuqur taftish qilib, bor-yo'g'ini musodara qilib, suv omboridan aziyat chekkan aholi uchun sarflash kerakdir?

@TheAliBlog
Jaa maydalashib ketting endi, deb yurmanglaru, lekin organ xodimlarini so'kmasdan Sirdaryoga yordam olib borgan boshqa yulduzlar ham bor. Faqat bunisi haqiqiy yulduz, ismi emas, o'zi.

@TheAliBlog
O'tirgan joyimda kompyuterim lapanglab ketdi, tinchlikmi?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davron Kabulovni birnimalikda ayblab gap tarqatishdan oldin manovi videoni ko'ringlar, balki fikrlaring o'zgarar? Haligi rasm olinishidan avval yozib olingan video.

@TheAliBlog
Bitta o'ta ma'noli, zo'r gap yozaman deb turuvdim, telegramni ochgunimcha esimdan chiqib qoldi😒

@TheAliBlog