Ali. Blog
304 subscribers
335 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pablo Eskobar sovuq qotgan qizini isinishi uchun pullarini yoqqani haqidagi afsonani eshitganmisiz?

Narcos serialida shu voqeani ham tiklashgan ekan. Voqealar rivojini @uzNetflix kanalida kuzatib boring))

@TheAliBlog
Ali. Blog
Rus bosqinchilariga atab butxonani ta'mirlab berishlari, davlat tilini bilmagan hukumat vakillariga jarima qo'llanilishiga o'rislarni (yoki o'zini o'ris sanaydiganlarni) jiddiy qarshiliklariga nisbatan biror jo'yali fikr bildira olmaymanu, manovi qo'shiqni… – Гимн Узбекской ССР - "Ассалом, рус халқи, буюк оғамиз" [Русский…
Avvaliga o'rislar bizni bosib olgani uchun butxona qurib beramiz, keyin o'rislarni o'rniga jang qilganimiz uchun bog' qurib beramiz. Davomida nima?

Assalom, rus xalqi, buyuk og'amiz!
Barhayot dohiyimiz Lelin jonajon, jonajon!
Ozodlik yo'lini siz ko'rsatdingiz!
Sovetlar yurtida o'zbek topdi shon!

@TheAliBlog
https://t.me/UzNetflix/90

Demak, demokratiya tamoyillariga asosan, Messiah serialini o'zbekcha subitrlashtirib chiqaman.

Aslida Money Heist ko'proq ovoz oladi deb kutgandim, mayli u serialni ikkinchi boshlay qolamiz. Aslida esa, ikkinchi o'rinni Caliphate olgan ekan. Jaa 100 foiz demokratiya bo'lsayam o'zimizdan ketib qolmaylik))

@TheAliBlog
Anovi hamma reklama qilayotgan iQuiz degan kanaldagilar va'da qilgan 5 million so'mni yutib olmoqchiman🤓

@TheAliBlog
Ba'zida shunaqangi hodisalarni ko'rasanki, baqirib so'kib berging, biron nimani ag'dar-to'ntar qilging keladi. Hozir shunaqa video ko'rdim.

Prezident "Sahovat va ko'mak" degan aksiyani e'lon qilibdi. Endi imkoni borlar hayriya qilib, ehtiyojmandlarga nimadir olib beriladimi, yoki byudjet to'ldiriladimi, shunaqa narsa xullas. Asabni buzadigani bunda emas.

Asabni buzadigan joyi bunisi bo'ldi: har xil odamlar, har xil joyda turib "Men prezidentimiz chaqiruviga labbay deyman, sahovat va ko'makka 1 million so'm hayriya qilaman, sizchi?" deb, anovi mahallaga ko'tarib kelinadigan saylov sandiqchasiga pul tashlab kamerani oldida... Hullas hozir o'zimdagi emotsiyalarni ta'riflab berolmayman. Shunchalik odamlar ham bo'ladimi🤬😩

Riyokorlikdan boshqa narsa emas bu. Undan ko'ra Aqida opa o'tkazayotgan aksiya (@pokizainson) ming marta yaxshi.

A, aytgancha, men prezident chaqiruviga labbay deyolmayman, sababi 1 yarim oydan beri uydan chiqmay o'tiribman🖕😡

@TheAliBlog
Kanaldagi post orqali bittagina kimdir Duolingo dasturini yuklab olibdi, natijada menga ham 1 haftalik Plus varianti berildi, u odamga ham.

Siz ham vaqtingizni bekor o'tkazmasdan til o'rganing:
https://invite.duolingo.com/BDHTZTB5CWWKSJW2YMPKSJ7RO4

🤓

@TheAliBlog
Negaligini bilmaymanu, ertalab uyg'onsam svet yo'q ekan. Kechagi yomg'irni ta'sirimi, desam, saharlik vaqtida svet bor edi. Karantin qoidalari yumshatilibdi, deb endi svetni ham o'chirib qo'yishlari qoluvdi.

Elektrosetdagilar bizni ko'chaga haydayapti, menimcha🤔

@TheAliBlog
Bronza ligasida (eng quyi liga) 3-o'ringa chiqib oldim. Ancha so'zlar o'rgandim, hatto ba'zi so'zlarni ulab gap ham tuza olyapman.

Dastur sizga so'zlarni eslab qolishdan tashqari talaffuz qilishni o'rgatib, talaffuzingizni tekshiradi, so'zlarni yozdirib, to'g'ri yoza olishingizni tekshiradi. Xullas, ajoyib.

Dasturda 100ga yaqin tillarni o'rganish mumkin (rus, ispan, turk, nemis, italyan, arab va hokazo). Vaqtingizni bekorga sarflamay siz ham o'rganing.

Dasturni yuklash ekranida shunday so'zlar chiqadi "Duolingoda 15 daqiqa ishlash bir tilni o'rganishga yordam beradi. Ijtimoiy tarmoqda sarflangan 15 daqiqa qanday foyda keltiradi?"

Manovi link bilan yuklavolinglar, ikalamizgayam foyda bo'lsin😁
https://invite.duolingo.com/BDHTZTB5CWWKSJW2YMPKSJ7RO4


@TheAliBlog
Agar birovni masxaralab yozgan gapim senga tegib ketayotgan bo'lsa, demak gap aynan sen haqingda.

@TheAliBlog
Yangi assassin treyleri e'lon qilinishiga 1 daqiqa qoldi.
To'g'risi karantinda odamlarga nimadir bo'lyapti. Ho'p, anovi 2 ta qiz 9 qavatli domni tomiga chiqib olib, syomka qilibdiyam deylik. Nimasiga uzr so'rattirishyapti buni? Ularni ayb ishi nima?

Karantin bo'lsa, ular jamoat joyda bo'lmasa, ko'chada bemaqsad yurgan bo'lmasa, balki o'zi yashaydigan domni tepasiga chiqib gaplashib o'tirishgandir, buni nimasiga kechirim so'rattirishyapti?

Bu jurnalistlar ham, uchaskavoylar ham ancha o'zidan ketib qoldi, ishanovringlar. Odam burnini kovlab turganini ko'rsa ham jiddiy muammo yasab, kechirim so'ratib, 15 sutkaga tiqishga harakat qilishyapti negadir.

Ming o'ylasam ham mantiqliroq fikr kelmayapti miyamga. NEGA AXIR? Ertaga karantin tugaydi, lekin bu kechirim so'ratish illati tugamaydi, meni aytti deysizlar. Odam o'zi yashaydigan domni tomiga chiqolmaydi, odam o'zini cho'ntagidagi pulni o'zi xohlagandek socha olmaydi (bungayam kechirim so'rattirgan axir?), yana qanaqa cheklovlar bor ekan endi? Ixo de puta! (Ispanchalab so'kindim hozir, bu meni kanalim, xohlaganimni so'kaman)


@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Manovi kecha aytgan video. "Prezidentimiz chaqirig'iga labbay deyman, sahovat va ko'makka 1 million beraman, sizchi?" 😡 Yana asab buziladida shu

Qo'pol bo'lsayam aytaman, shunaqa "dindorlar"ni deb yoshlar dindan chiqib ketyapti o'zi.

@TheAliBlog
Kursdoshlarimni aytishicha domlalardan bittasi jaa o'zini qattiq olayotganmish.

Oraliq nazorat, yakuniy nazorat ishlarini daftarga yozib, rasmga olib jo'natishsa (sharmandali holat bo'lsa ham, ha bizni institut mashnaqa😒) "bitta savolga kamida 3 bettan javob yozinglar" deb, bollarni ishini qabul qilmabdi.

Ertaga shuni bir boplashni dilimga tugib qo'ydim. O'zi o'qish vaqtida dars o'tmay yurganiga zo'rg'a chidagandik, bunisi oshib tushdi. Ertaga "naprinsp" 2 qatordan javob yozib jo'nataman shunga. Nimadir desa, oxirigacha tortishaman.

Garri Potterni 5-qismida Fred va Jorj Uizlilarni shunaqa gapi bor:
- Bilasanmi, Jorj, men har doim bizning kelajagimiz akademik yutuqlardan tashqarida yotgani haqida o'ylardim.

BAM!

@TheAliBlog
Ali. Blog
Bu serialni butun boshli mavsumida menga eng yoqadigan joyi shu. Yigit yaqin do'sti bo'lgan qizni yoqtiradi, lekin qiz boshqa yigit bilan. Qiz oxirgi vaqtlarda o'zi yigitini aslida yoqtirmasligini tushunganday bo'lib yuruvdi, bolani nutqidan keyin uni yoqtirishini…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Anovi serialni aytgandimku, butun boshli mavsumida bitta joyi yoqadi xolos deb.

Shu serialni 2-mavsumida menga yoqadigan 2ta joyi bor xolos. Shularni 1-si shu videoda. Really touching. Anovi qiz manovi bolani yoqtirishini tushunib yetib, yigiti bilan ajrashib ketadiyu, qarasa bu bola bitta qizni topvogan bo'ladi) Oxiri, uni yoqtirishini aytishga qaror qiladi. Ammo lekin biroq buyog'i)

@TheTechnoAli
Uzmobayldagi tarif rejamda 100GBlik limit tugadi. Qoidasi bo'yicha limit tugaganidan keyin tezlik keskin kamayib ketishi kerak edi. Avval birato'la ishlamay ham qolardi. Lekin bu safar o'zgarmadi, negadir🤔

Vaziyatdan foydalanib qolish uchun kechasi bilan anchagina narsa yuklab oldim. Axir bunaqa narsadan bexabar bo'lib biror nima yuklab olish uchun Bilayn nomerimda 13 ming so'mga tungi cheksiz internetni yoqtirib yuruvdim ekan😁

@TheAliBlog
Ba'zida yirik yoki kichik blog egalari o'z kanaliga boshqa kanaldagi so'rovnomani tashlab, obunachilaridan palonchiga ovoz berishlarini iltimos qiladi.

Bu narsa menga avvaldan yoqmay kelgan. Chunki noto'g'ri yo'l. Ovoz berish haqqoniy o'tmaydi bunda. O'sha u yordam berayotgan tanishi qing'ir yo'l bilan ovoz to'plagan bo'lib qoladi.

Aslida, o'sha kanalga havola yo'llab, "manovnaqa yo'nalishda so'rovnoma bo'lyapti, tanishib chiqib ovoz beringlar" deb o'z obunachilaridan ham xolis baho berishlarini so'rasa ekan, boshqa gap edi. Bunaqa holatda esa, qatnashchilardan kimning tanishida ko'proq obunachisi bo'lgan kanali bo'lsa, o'sha g'olib chiqaveradi, haqiqiy iste'dod egasi emas.

@TheAliBlog
Birovga shaxsiy xabar yuborayotganda (ayniqsa menga) judayam katta iltimos, gapingizni 32-33ta smsga bo'lib yozmanglar. Birinchidan juda xunuk ko'rinadi, ikkinchidan etikaga mos kelmaydi.

Masalan tomorqada ish qilyapman deylik, qatorasiga tiring-tiring qilib telefonim jiringlayverganidan zarur gapmikan deb tomorqadan chiqib, qo'limni yuvib, telefonni qo'lga olib, telegramga kiraman. Shu kelgan 15ta smsni bitta odam yozgan bo'ladi😒

Balki uzun matnlardan qo'rquvingiz bordir, agar shunaqa bo'lsa, menga o'xshab ikki qator tashlab gapingizda davom etavering, men 100 list xabar yozilgan bo'lsa ham, erinmay o'qiyveraman. Faqat bo'shaganimdan keyin.

Buyerda o'zimdan misol qilyapmanu, lekin faqat menga emas, boshqalarga ham yozayotganda e'tiborli bo'linglar.

@TheAliBlog
Ali. Blog
Jaa maqtanishni yaxshi ko'ramanda o'ziyam🤓 2-kundan keyin keyingi ligaga birinchilardan bo'lib o'tarkanman😎 @TheAliBlog
Shu Helga bilan kechadan beri raqobat qilyapmiz shu desanglar. Reytingda birinchilikka chiqish uchun.

O'tgan kuni joylagan rasmimda men 1-o'rindaligimda 1200 ball edi ekan. Hozir men 1700ga yaqinlashdim, u 1800ga.

U oflayn ekanida men yangi darslarni o'zlashtirib, ochkolarni yig'ib birinchi o'ringa chiqib qo'yaman, men ishlarimni bitirib kelgunimcha u birinchi o'ringa chiqib oladi.

Rosayam murosasiz jang bo'lyapti denglar) Zato til o'rganyapmiz ikkalamiz ham) Sizlar ham o'rganinglar, manovi ssilka boyicha programmani yuklab, bironta til o'rganishni boshlanglar axir:

https://invite.duolingo.com/BDHTZTB5CWWKSJW2YMPKSJ7RO4

Shu orqali kirsanglar menga 1 haftalik bonus beradi, sizlarga ham.

@TheAliBlog