Ali. Blog
304 subscribers
335 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Bir qiz sms yozib, oxirida yozishmalarni tozalab qo'ygan ekan, odam ajratyapti, gender tengligi buzilyapti, deb o'ylamanglar deb, uni ham bloklab qo'ydim😇

@TheAliBlog
Karantin bo'lmaganida ham bunchalik qorayib ketmagan bo'lardim 💪🏾👨🏾‍💻🤦🏾‍♂🥺

@TheAliBlog
Гимн Узбекской ССР - "Ассалом, рус халқи, буюк оғамиз" [Русский…
Rus bosqinchilariga atab butxonani ta'mirlab berishlari, davlat tilini bilmagan hukumat vakillariga jarima qo'llanilishiga o'rislarni (yoki o'zini o'ris sanaydiganlarni) jiddiy qarshiliklariga nisbatan biror jo'yali fikr bildira olmaymanu, manovi qo'shiqni, aniqrog'i sobiq madhiyamizni eshitishni tavsiya qilaman.

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu serialni butun boshli mavsumida menga eng yoqadigan joyi shu. Yigit yaqin do'sti bo'lgan qizni yoqtiradi, lekin qiz boshqa yigit bilan. Qiz oxirgi vaqtlarda o'zi yigitini aslida yoqtirmasligini tushunganday bo'lib yuruvdi, bolani nutqidan keyin uni yoqtirishini anglaganday bo'ladi. Sevgi faqat Nihon bilan Kamolnikiday bo'lovirmaydi, kinolarda ham. Manovnaqasi ko'rishga ham qiziqroq)

@TheAliBlog
Kimdir derazamni tagida telefonda gaplashib, xingir-xingir qilib o'tirib asabimga tegyapti. Qiz bola ekan, deb indamay o'tiribman, bo'lmasam derazamni ochib "treee ittan tarqagan" deb so'kib berardim.

Qizlar, yigitingiz bilan o'zinglarni uylaringda gaplashinglar, birovni uyini oldida emas.

Menimcha, derazamni tashqarisida daraxtlar pana qilib turganiga shuyerga turvolib gaplashsa kerak🤔 Agar yana ozgina turib bersa, Microlab kolonkani kuchini ko'rsataman, xoramiga.

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ali. Blog
Video message
Boya ketib qolib, yana qaytib kelibdi hozir. Ovozini sekin-sekin ko'tarib boraveraman yeslichcho🤬

G'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan, onovi iplosga qarshi microlab bilan👊

Voy, uzr, 👊🏾

@TheAliBlog
Gap topa olmagandan keyin qisib o'tirovirsada. Yo'q, albatta haqorat qilib qo'yish kerak bular.

Hullas kimdir "o'zbek so'mini oyoqosti qilganlarga 15 sutkamas, bir umr qamoq jazosi berish kerak" deb post qoldirgan ekan, anovi pul sochgan qizni nazarda tutib.

Shu postga yozgan izohimga bir molfaxm javob yozibdida, lekin oxirigacha argument keltirib berolmadi baribir😡

@TheAliBlog
Odam uxlagani ham qo'rqib qoldi, vey. Bir haftadan beri shu ahvol: kunni qaysi paytida uxlasam ham qo'rqinchli tush ko'ryapman😩

Qo'rqinchli tush bo'lib, ajinalar yoki shunga o'xshashlar haqida emas, odamni o'takasini yorvoradigan voqealar haqida.

Eng qizig'i, ko'chaga chiqmay qo'yganimni ta'sirimi, bilmadim, 10-15 kundan beri tushlarim faqat o'zimizni mahallalarda ro'y beryapti, shunga haqiqat deb o'ylayapman shekilli🤔 Xullas, g'alati ishlar bo'lyaptida


@TheAliBlog
Feysbukda yulduz uyiga 10-15 kishilik jamoasi bilan instagramda konsert berayotgani tanqid ostiga olayotganida monovi opa tarafini olib chiqibdi. Balki uyam tanqid qilayotgandir, ochig'i 3 marta o'qib chiqishga harakat qildim)

Ispancha qo'shib yozaman endi, oz-ozdan😁

@TheAliBlog
Anovi til o'rgatadigan dasturni haftalik reytingida 14-o'rinda turibman ekan. Bronze League deyilganiga qaraganda 1-o'rindan keyin Silver Leaguega o'tilsa kerak. Lekin yaxshi dastur ekan, ancha muncha so'zlarni bilvolyapman. Yeslichcho qiziqqanlar bo'lsa, manovi link orqali yuklavolinglar, shunda sizlargayam, mengayam 1 haftalik reklamasiz rejimda ishlab berarkan))

https://invite.duolingo.com/BDHTZTB5CWWKSJW2YMPKSJ7RO4

@TheAliBlog
Anjanda chang bo'roni boshlanyapti. Buxoro tomonlardan pochta keldi shekilli)

@TheAliBlog
Anovi iQuiz degan kanaldagi testlarni 100% to'g'ri yechsangam 1-o'ringa chiqolmasang endi😒 5 millionni kim olarkin unda😫

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pablo Eskobar sovuq qotgan qizini isinishi uchun pullarini yoqqani haqidagi afsonani eshitganmisiz?

Narcos serialida shu voqeani ham tiklashgan ekan. Voqealar rivojini @uzNetflix kanalida kuzatib boring))

@TheAliBlog
Ali. Blog
Rus bosqinchilariga atab butxonani ta'mirlab berishlari, davlat tilini bilmagan hukumat vakillariga jarima qo'llanilishiga o'rislarni (yoki o'zini o'ris sanaydiganlarni) jiddiy qarshiliklariga nisbatan biror jo'yali fikr bildira olmaymanu, manovi qo'shiqni… – Гимн Узбекской ССР - "Ассалом, рус халқи, буюк оғамиз" [Русский…
Avvaliga o'rislar bizni bosib olgani uchun butxona qurib beramiz, keyin o'rislarni o'rniga jang qilganimiz uchun bog' qurib beramiz. Davomida nima?

Assalom, rus xalqi, buyuk og'amiz!
Barhayot dohiyimiz Lelin jonajon, jonajon!
Ozodlik yo'lini siz ko'rsatdingiz!
Sovetlar yurtida o'zbek topdi shon!

@TheAliBlog
https://t.me/UzNetflix/90

Demak, demokratiya tamoyillariga asosan, Messiah serialini o'zbekcha subitrlashtirib chiqaman.

Aslida Money Heist ko'proq ovoz oladi deb kutgandim, mayli u serialni ikkinchi boshlay qolamiz. Aslida esa, ikkinchi o'rinni Caliphate olgan ekan. Jaa 100 foiz demokratiya bo'lsayam o'zimizdan ketib qolmaylik))

@TheAliBlog
Anovi hamma reklama qilayotgan iQuiz degan kanaldagilar va'da qilgan 5 million so'mni yutib olmoqchiman🤓

@TheAliBlog
Ba'zida shunaqangi hodisalarni ko'rasanki, baqirib so'kib berging, biron nimani ag'dar-to'ntar qilging keladi. Hozir shunaqa video ko'rdim.

Prezident "Sahovat va ko'mak" degan aksiyani e'lon qilibdi. Endi imkoni borlar hayriya qilib, ehtiyojmandlarga nimadir olib beriladimi, yoki byudjet to'ldiriladimi, shunaqa narsa xullas. Asabni buzadigani bunda emas.

Asabni buzadigan joyi bunisi bo'ldi: har xil odamlar, har xil joyda turib "Men prezidentimiz chaqiruviga labbay deyman, sahovat va ko'makka 1 million so'm hayriya qilaman, sizchi?" deb, anovi mahallaga ko'tarib kelinadigan saylov sandiqchasiga pul tashlab kamerani oldida... Hullas hozir o'zimdagi emotsiyalarni ta'riflab berolmayman. Shunchalik odamlar ham bo'ladimi🤬😩

Riyokorlikdan boshqa narsa emas bu. Undan ko'ra Aqida opa o'tkazayotgan aksiya (@pokizainson) ming marta yaxshi.

A, aytgancha, men prezident chaqiruviga labbay deyolmayman, sababi 1 yarim oydan beri uydan chiqmay o'tiribman🖕😡

@TheAliBlog
Kanaldagi post orqali bittagina kimdir Duolingo dasturini yuklab olibdi, natijada menga ham 1 haftalik Plus varianti berildi, u odamga ham.

Siz ham vaqtingizni bekor o'tkazmasdan til o'rganing:
https://invite.duolingo.com/BDHTZTB5CWWKSJW2YMPKSJ7RO4

🤓

@TheAliBlog
Negaligini bilmaymanu, ertalab uyg'onsam svet yo'q ekan. Kechagi yomg'irni ta'sirimi, desam, saharlik vaqtida svet bor edi. Karantin qoidalari yumshatilibdi, deb endi svetni ham o'chirib qo'yishlari qoluvdi.

Elektrosetdagilar bizni ko'chaga haydayapti, menimcha🤔

@TheAliBlog
Bronza ligasida (eng quyi liga) 3-o'ringa chiqib oldim. Ancha so'zlar o'rgandim, hatto ba'zi so'zlarni ulab gap ham tuza olyapman.

Dastur sizga so'zlarni eslab qolishdan tashqari talaffuz qilishni o'rgatib, talaffuzingizni tekshiradi, so'zlarni yozdirib, to'g'ri yoza olishingizni tekshiradi. Xullas, ajoyib.

Dasturda 100ga yaqin tillarni o'rganish mumkin (rus, ispan, turk, nemis, italyan, arab va hokazo). Vaqtingizni bekorga sarflamay siz ham o'rganing.

Dasturni yuklash ekranida shunday so'zlar chiqadi "Duolingoda 15 daqiqa ishlash bir tilni o'rganishga yordam beradi. Ijtimoiy tarmoqda sarflangan 15 daqiqa qanday foyda keltiradi?"

Manovi link bilan yuklavolinglar, ikalamizgayam foyda bo'lsin😁
https://invite.duolingo.com/BDHTZTB5CWWKSJW2YMPKSJ7RO4


@TheAliBlog