Ali. Blog
304 subscribers
335 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Ertadan Ramazon oyi boshlanadi. Faqat iltimos, ro'za tutayotganingizni boshqalarga sezdirish uchun har xil rasm qo'yvolib, postlar yozib odamni g'ashiga tegmanglar. Farzni bajarishi bilan maqtanadiganlarni jinim suymaydi ochig'i. Shunchaki kundalik yumushlar bilan band bo'lib yuraveringlar, tamom.

@TheAliBlog
Shu iplos Muhammadjon Obidov degan odamdan qutulmas ekanmizda. Hokimni orqasini o'pib yuradigan jurnalist. Oddiy jurnalistmas kamiga, qanaqadir uyushmani rahbari.

Xitoydagi uyg'urlarni qayta tarbiyalash lageriga borib, "uyg'urlar o'z ixtiyori bilan boryapti, hech qanaqa qiynoq yo'q uyerda", degan maqolasidan beri yoqmaydi shu odam.

Anovi xorami hokimni tarafini olib chiqqanda ("janozasini o'qidingmi, deganda muammo hal qilindimi demoqchi bo'ladi doim, ko'pchilik biladi buni" degan) battar asabim buzilgandi.

Alimovni kanalida yozilishicha, haligi uchko'prik hokimini yaloqisi bitta opani qo'lini qayrib, ishkal qilganidan keyin opaga qarshi "delo" tayyorlab qo'ygan ham ekan, "opani o'zi haqorat qilgan" degan ma'noda.

Odam shunchaligam pastkash bo'lishi mumkinmi axir? Kimgadir yoqaman deb o'zini subutini to'kishdan tap-tortmaydigan erkaklar (aslida hezalak u) borligiga achinib ketaman.

@TheAliBlog
Spotify degan servis bor. Huddi youtubega o'xshash, faqat u audiolar uchun. Shu iplos sayt negadir bizda ishlamaydi. VPN bilan kirish kerak. Ta'qiq qo'yilganmi yoki saytni rahbariyati o'zi shunaqa belgilaganmi, bilmadim. Rosa ko'p ishim tushadi lekin negadir

@TheAliBlog
Har safar yuvinib chiqqanimdan keyin fenga alam bilan qarab qo'yyapman. Sochimni sog'indim😫

@TheAliBlog
Hamma kelishvolganmi bilmadim, birdaniga 20tacha odamdan ramazon muborak, juma muborak degan xabarlar kelishni boshladi. Hammasi 2-3 minutni ichida bo'layotgan narsa, qizig'i🤔

Iltimos, qaysidir kanaldagi ko'nglingizga yoqib qolgan postni boshqalar bilan baham ko'rishni istasangiz ham, aynan menga yubormanglar. Yoqmaydi shu narsa. Yo'q, men ham musulmonman, Allohga shukr, lekin qaysidir kanal admini o'z obunachilarini tabriklab yozgan postni menga yuborishingiz bu meni tabriklayotyaningizni bildirmaydi. Hayronman, ko'pchilikka jo'natib mazza qilasizlarmi, yoki qanaqadir maqtanchoqlik bormi (chin dildan tabriklash niyatida jo'natilmasligi aniq bu narsa).

Shunday qilib, hammaga hayrli tong. Yaxshi dam olinglar. (iye 🤔)

@TheAliBlog
"i" harfini "e" qilib yozadiganlarni ko'rsam jahlim cheqadi.

@TheAliBlog
https://t.me/davletovuz/8832

Davletovuz kanalida yozilishicha internet xizmati ko'rsatuvchi chet el saytlari soliq to'lashni boshlashibdi. Ularni orasida Google va Netflix ham bor.

Google... Bir tomondan kulgili, ha mayli.

Netflix ham soliq to'lovchi sifatida qayt etilishiga qaraganda, O'zbekiston bozoriga kirib kelishni rejalashtirayotgan bo'lsa kerak. Dublyaj studiyasi yoki yozma tarjimonlar kerak bo'ladigan bo'lsa otni qamchilash kerak.

@TheAliBlog
James Fridman degan mashxur fotoshopchi-blogger bor. Twitter orqali ko'pchilik o'z rasmini jo'natib, o'zgartirib berishini so'raydi, Jeyms esa kulgili tarzda o'zgartirib beradi doim) Anchadan beri kuzatib kelardim. Hozir youtubeda ko'rib qoldim, o'zini kanali bor ekan. Manovi videoni bir ko'ringlar:

https://youtu.be/nvedH13F7LU
Nihoyat, meni telefonimga ham obnovleniya kelibdi. "One UI 2" bilan Android 10ni o'rnatarkanman. Birinchi marta ishlatayotgan telefonimga boshqalarda bor obnovleniya kelishi.

Masalan, Xiaomi 6Pro ishlatib yurganimda, telefonim MIUI9 versiyasida edi. Holbuki o'sha vaqtda hatto arzonroq Mi 4X modellari ham MIUI10ga yangilanib bo'lgandi.

Sabrim chidamayapti. Hoziroq yangilayman)

@TheAliBlog
Bitta gapni 48ga bo'lib yozadiganlarni yomon ko'raman. Uzun matnda qo'rqadimi nima balo?
Bugun ertaroq uxlamoqchiman. Ertalab sahar 10da turganimdan beri umuman uxlamabman. Charchadim, axir😞

@TheAliBlog
Xullas, bir qancha kinolar ko'rib, ispan tilini ham o'rganishim kerakligini tushundim. Chunki Osiyo davlatlarini hisoblamaganda, butun dunyo bo'yicha ingliz tilidan keyin 2-o'rinda turar ekan, shu tilda so'zlashadigan aholi bo'yicha. (Osiyoni hisoblamaslikka sabab, aslida butun dunyo bo'yicha 2- va 3-o'rinlarni Mandarin (xitoy) tili va Hind tili band qilgan).

Undan tashqari, ispan tilidagi kontent shu qadar ko'p, juda qiziqlari borki, agar tilni o'rganmasangiz ulardan quruq qolish hech gap emas.

Bir akaxon aytgandi, odam o'z ona tilidan tashqari yana kamida 2ta tilni bilsa umuman qiynalmaydi deb. Men ingliz tilini bilaman xolos. Rus tili avtomatik tarzda hisobga o'tmaydi, chunki bu ham 15ta kam davlat tili, o'zini madaniyatli, ziyoli deb hisoblaydigan beparosatlarni hammasi ona tili bo'lmasa ham shu tilda gapiradi, harqalay.

Demak, karantindan keyingi ulkan rejalar qatoriga til o'rganishni ham qo'shib qo'ysam bo'ladi. Onlayn qo'llanmalarda o'rganaman desam, umuman qiyin ekan. Kimdir tushuntirib turmasa bo'lmas ekan, boshlang'ich darajada.

Xullas, adios, muchachos! 😎

@TheAliBlog
Bo'm-bo'sh zalga qiziqchilar chiqvolib latifa aytsa g'alati bo'larkan🤔 Avaz Oxun to'xtamay latifa aytyapti, zalda umuman tomoshabin yo'q, bo'm-bo'sh. Men hijolat bo'lyapman negadir😐

@TheAliBlog
Sal avval uyg'onib ketib, ko'zimni to'liq ochishga erinib, agar soat 9dan o'tgan bo'lsa tomorqadan xabar olish kerak, deb soatni bilish uchun qo'lim bilan krovatim tagini paypaslay boshladim.

Qolgani esimda yo'q, yana uxlab qolibman.

@TheAliBlog
Uzmobayldagilar yangi o'rnatib ketgan 4G antenna uchastkamizdan 50-60 metr nariroqda xolos. Tomorqaga qaragani chiqqanimda tezlik shunaqa ekan. Alam qisin

@TheAliBlog
Bugun Netflix kanalimdan umidlar katta. Xudo xohlasa obunachilarni ko'paytiramiz. Ko'proq qo'shilishini tilab qolaman. Soqqa qilayda axir men ham.

@TheAliBlog
Allaqachon ko'rib bo'lgandirsizlar, bitta churvaqani tug'ilgan kuni bilan tabriklash uchun "dorr-dorr tarqal-tarqal"lar kelibdi.

"Karantin sabab tug'ilgan kuniga hech kim kelmagan bolakayni IIB xodimlari kelib tabrikladi"🤦‍♂🤦‍♂🤦‍♂

Meni tug'ilgan kunimda karantin bo'lmasa ham hech kim kelmagandi, hechnima bo'lmadiyu mana🤔

Boshqalar karantinda mahallasida yursa ham "boshqalar qilmayotgan ishni qila olishi bilan maqtanyapti bu iplos" deb, 15 sutkaga qamab qo'yishni bilishadi, lekin bunaqa qoidalar pogoni borlarni o'ziga aloqador emas shekilli🤬

Meni bir narsa qiziqtiryapti, o'sha churvaqa aslida kim ekan? Birorta tuman otdeleniya rahbarini jiyanimikin? Masalan, o'sha videoni ko'rib, meni xo'rligim keldi. Ayam o'shanaqa mushak otilib turadigan tort pishirib berolmagan, meni tabriklashga uchastkovoylar kelmagan, ko'nglim o'ksib ketyapti😩 Ularniyam 15 sutkaga opkiringlar, adolat bo'lsin!

P/s: tug'ilgan kunimni nishonlashni o'zim xohlamayman.

@TheAliBlog
Tarjimaga muhtoj bo'lmagan jumlalarni tarjima qilishlari yoki eplab tarjima qila olishmagani hecham yoqmaydi.

Bugun 3-4ta bloggerlar kanallarida Yuriy Dud ishlagan yangi video haqida o'z mulohazalarini yozib o'tishibdi. Gap bu haqida emas. Hammasi AQShning IT poytahti Kremniy vodiysi deyotgani g'ashimni keltiryapti.

Kremniy vodiysi? Really? Eshitgan odam bu Amerikada emas, Rossiyada bo'lsa kerak, deb o'ylamaydimi? Undan keyin joy nomlari tarjima qilinmasligini hammadan ham ko'ra bloggerlar bilishi kerak emasmi? 😐 Yoki Toshkent haqida gap ketsa, inglizlar uni "Stone city" deb atashadimi? Hechamda. Shunday ekan, odamni kulgisini qitiqlashni nima keragi bor, Kremniy vodiysi bilan? 🤦‍♂

Silicon valley - Silikon vodiysi deyilsa ham bir chiroyli jumla chiqadi. Ha deganda ruslarni izidan boraverish yaxshi emas axir😒

@TheAliBlog
Bir tomondan o'ylab qaralsa, tongi soat 3da uyg'onishdan ko'ra, soat 3gacha uxlamay o'tirish ancha osonroq, nazarimda.

@TheAliBlog
Shu tarbiyaviy kinochalarni agar to'liq mukammal qila olishmasa, birato'la olishmasada shu. Aktyorlarni soxtaligidan tashqari, voqealar rivoji ham odamga erish tuyuladi.
Ha mayli, u Silicon valleyni qo'ya turaylik. Bu o'rislar odamni ismini ham tag-tugi bilan boshqacha qilib yuborishadi. Bizdagi o'rislarni orqasidan qolmaydiganlar ham ularni orqasidan ergashadi, doimgidek.

Gap Shimoliy Koreya rahbari haqida ketyapti. Karischasiga ham, inglizchasiga ham uni ismi Kim Jong-un edi, aslida. Qanaqasiga bu ismni Kim Chen-inga o'zgartirish mumkin? Unaqa talaffuz ham qilinmaydi hatto🤔

Bunaqa ishkal Kim Jong-unni otasi bilan ham bo'lgan. U odamni ismi Kim Jong-il bo'lgan. O'rislar uchun esa Kim Chen-ir. Biznikilar o'rislar nima desa shuni qiladi. Men inglizlar ortidan ergashaman. Ashnaqa gaplar. Tushunib bo'lmaydi hecham.

@TheAliBlog