Ali. Blog
304 subscribers
335 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Kechki payt bo'lishiga qaramay, uzmobayl interneti negadir yaxshi ishlayapti... Juda shubxali...

@TheAliBlog
To'g'ri, karantinda ancha zerikib qoluvdik. Uchko'prikda hokimni yaloqilari jurnalistni qo'lini qayrib, otdeleniyaga olib borishgani bu holatda juda zo'r mavzu bo'ldi. Yaxshi bo'ldi demoqchi emasman. Yomon ish bo'lgan. Shunchaki bu ish karantinda zerikib o'tirganimizda voqealar rivojini kuzatishga arziydigan hodisa bo'ldi.

@TheAliBlog
Netflix muallifligidagi "Bodyguard" serialini ko'ryapman kechadan boshlab. Hozir oxirgi seriyasiga keldim. Odamni to'lqinlantirvoradigan chiqibdi ommale. Sevgi-muhabbat masalasida emas. Yaqin kunlarda kanalga joylayman, shunda sizlar ham bilib olasizlar.

@TheAliBlog
Money Heist (Mani Hayst) serialida foydalanilgan niqoblar Ispaniyalik surrealist-haykaltarosh Salvador Dalining yuz ko'rinishidan kelib chiqqan holda ishlangan.

@TheAliBlog
O'zbekiston Google'ga soliq solmoqchi bo'lishi juda kulguli holat. Aslida, agar Google istasa O'zbekistonga soliq solishi mumkin.

Chunki butun yer shari bo'ylab o'tgan suvosti kabellarining umumiy 12 foizi Google'ga qarashli yoki sherikchilikda egalik qiladi. Bu degani, agar Google istasa O'zbekistonni internetdan uzib qo'yishi mumkin.

@TheAliBlog
Feysbukdagi qaysidir guruhda kimdir "Navoiy televideniyasi yoshlarni fahshga boshlamoqchimi? Soat 22:22da olingan surat" deb bir qizni korridorda yopiq cho'milish kiyimida yurgan rasmini joylabdi.

Soat kechki 22:22da yoshlar uxlab bo'lgan bo'lishi kerakmasmi o'zi?

Soat kechki 22:22da "Otalar so'zi" qo'yilishi kerakmi yoki?

Qizku cho'milish kiyimida, ustiga sochiq tashlab olgan. Lekin buniyam fahshga buradiganlarni pervert (o'zbekchasiga buzuqi bo'lsa kerak) deyishadi.

Ta'qiqlash bilan hech narsaga erishib bo'lmaydi. Tarbiyani kuchaytirish kerak.

Aytaylik, oddiy misol. Yosh bola gugurt o'ynagisi kelayotgan bo'lsa, uydagi hamma gugurtlarni yig'ishtirib, umuman gugurt ishlatmay yashaysizmi yoki bolaga "manovi gugurt xavfli narsa, qo'ling kuysa rosa og'riydi" deb tushuntirasizmi?

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hey, hozir g'alati bo'pqolaman men. UzMobayl kechadan beri umuman parot qimasdan ishlayapti. Odamdi qiynamasdan komissiya kelyotgan bo'sa aytib qo'yorilar😫

@TheAliBlog
Taxminan yarim yildan beri telefonim ekranida Billie Eilishni rasmi turardi. Bugun shuni o'zgartirib, professorni rasmini qo'yib oldim. Salute, El Profesor!
Blin blin blin! Zo'r kino ekan, komediya ekan, qiz ketvorgan ekan deb tursam.... Ujas kinoga aylanib kettiyu🥶 To'satdan boshlanib qolganidan tipirchilab telefonimni otvordim hatto😣

Kinoni davomini ko'rishga yuragim betlamayapti endi🥺

@TheAliBlog
Tovba, yarim kechasi qo'rqib yotishga qiziqadiganlar ko'pakan, ko'pchilik kinoni nomini so'rab yozibdi)

The Babysitter

Kinoni nomi shu. Netflix ishlagan. Boshqa saytlarda bor-yo'qligini aniq bilmayman.

@TheAliBlog
Netflix masalasida ruslardan ko'ra turklar ancha oldinda ekan. Masalan, shu vaqtgacha Netflix ruslar ishtirokida olgan birorta kino yoki serialga ko'zim tushmadi, lekin turklar ishtirokida juda ko'plab kino va seriallar ishlangan.

Undan tashqari, yevropaning bir qancha mashxur seriallari ham ruschaga dublyaj qilinmagan, lekin negadir turkcha dublyaj qilingan juda ko'pi. Demak, biz ham o'zbek pozitsiyasini mustahkamlab olishimiz mumkin. I mean, tarjima qilishga arziydigan kontent tiqilib yotibdi. Undan keyin, o'zbeklar ishtirokida serial yoki kino ishlashsa, qaynona-kelin mojarolari, er-xotinni xiyonati haqidagi seriallardan ko'ra ming marta qiziqroqlarini ishlay olishlariga ishonaman.

@uzNetflix
Aytgancha, anovi Hovli degan serial ham bor ekan Netflixda. Faqat turkcha dublyajda, lekin inglizcha-ruscha subitrlari bilan. "The Yard" nomi. Oxirgi marta TVda serial ko'rganimda shuni ko'rgandim, adashmasam. Rostdan qiziq edida axir)

@TheAliBlog
Ertadan Ramazon oyi boshlanadi. Faqat iltimos, ro'za tutayotganingizni boshqalarga sezdirish uchun har xil rasm qo'yvolib, postlar yozib odamni g'ashiga tegmanglar. Farzni bajarishi bilan maqtanadiganlarni jinim suymaydi ochig'i. Shunchaki kundalik yumushlar bilan band bo'lib yuraveringlar, tamom.

@TheAliBlog
Shu iplos Muhammadjon Obidov degan odamdan qutulmas ekanmizda. Hokimni orqasini o'pib yuradigan jurnalist. Oddiy jurnalistmas kamiga, qanaqadir uyushmani rahbari.

Xitoydagi uyg'urlarni qayta tarbiyalash lageriga borib, "uyg'urlar o'z ixtiyori bilan boryapti, hech qanaqa qiynoq yo'q uyerda", degan maqolasidan beri yoqmaydi shu odam.

Anovi xorami hokimni tarafini olib chiqqanda ("janozasini o'qidingmi, deganda muammo hal qilindimi demoqchi bo'ladi doim, ko'pchilik biladi buni" degan) battar asabim buzilgandi.

Alimovni kanalida yozilishicha, haligi uchko'prik hokimini yaloqisi bitta opani qo'lini qayrib, ishkal qilganidan keyin opaga qarshi "delo" tayyorlab qo'ygan ham ekan, "opani o'zi haqorat qilgan" degan ma'noda.

Odam shunchaligam pastkash bo'lishi mumkinmi axir? Kimgadir yoqaman deb o'zini subutini to'kishdan tap-tortmaydigan erkaklar (aslida hezalak u) borligiga achinib ketaman.

@TheAliBlog
Spotify degan servis bor. Huddi youtubega o'xshash, faqat u audiolar uchun. Shu iplos sayt negadir bizda ishlamaydi. VPN bilan kirish kerak. Ta'qiq qo'yilganmi yoki saytni rahbariyati o'zi shunaqa belgilaganmi, bilmadim. Rosa ko'p ishim tushadi lekin negadir

@TheAliBlog
Har safar yuvinib chiqqanimdan keyin fenga alam bilan qarab qo'yyapman. Sochimni sog'indim😫

@TheAliBlog
Hamma kelishvolganmi bilmadim, birdaniga 20tacha odamdan ramazon muborak, juma muborak degan xabarlar kelishni boshladi. Hammasi 2-3 minutni ichida bo'layotgan narsa, qizig'i🤔

Iltimos, qaysidir kanaldagi ko'nglingizga yoqib qolgan postni boshqalar bilan baham ko'rishni istasangiz ham, aynan menga yubormanglar. Yoqmaydi shu narsa. Yo'q, men ham musulmonman, Allohga shukr, lekin qaysidir kanal admini o'z obunachilarini tabriklab yozgan postni menga yuborishingiz bu meni tabriklayotyaningizni bildirmaydi. Hayronman, ko'pchilikka jo'natib mazza qilasizlarmi, yoki qanaqadir maqtanchoqlik bormi (chin dildan tabriklash niyatida jo'natilmasligi aniq bu narsa).

Shunday qilib, hammaga hayrli tong. Yaxshi dam olinglar. (iye 🤔)

@TheAliBlog
"i" harfini "e" qilib yozadiganlarni ko'rsam jahlim cheqadi.

@TheAliBlog
https://t.me/davletovuz/8832

Davletovuz kanalida yozilishicha internet xizmati ko'rsatuvchi chet el saytlari soliq to'lashni boshlashibdi. Ularni orasida Google va Netflix ham bor.

Google... Bir tomondan kulgili, ha mayli.

Netflix ham soliq to'lovchi sifatida qayt etilishiga qaraganda, O'zbekiston bozoriga kirib kelishni rejalashtirayotgan bo'lsa kerak. Dublyaj studiyasi yoki yozma tarjimonlar kerak bo'ladigan bo'lsa otni qamchilash kerak.

@TheAliBlog
James Fridman degan mashxur fotoshopchi-blogger bor. Twitter orqali ko'pchilik o'z rasmini jo'natib, o'zgartirib berishini so'raydi, Jeyms esa kulgili tarzda o'zgartirib beradi doim) Anchadan beri kuzatib kelardim. Hozir youtubeda ko'rib qoldim, o'zini kanali bor ekan. Manovi videoni bir ko'ringlar:

https://youtu.be/nvedH13F7LU
Nihoyat, meni telefonimga ham obnovleniya kelibdi. "One UI 2" bilan Android 10ni o'rnatarkanman. Birinchi marta ishlatayotgan telefonimga boshqalarda bor obnovleniya kelishi.

Masalan, Xiaomi 6Pro ishlatib yurganimda, telefonim MIUI9 versiyasida edi. Holbuki o'sha vaqtda hatto arzonroq Mi 4X modellari ham MIUI10ga yangilanib bo'lgandi.

Sabrim chidamayapti. Hoziroq yangilayman)

@TheAliBlog