Ali. Blog
304 subscribers
335 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Agar kompyuterxonalarni reyd qilib, otishma o'yin o'ynayotganlarni syomka qilishsa, ular insonni qotillikka undovchi vaxshiyona o'yinlar o'ynash bilan band. Agar bu o'yin FutbolTVga translatsiya qilinsa, bu - kibersport.

@TheAliBlog
Shu seriallarni orqasidan karantin tugagunicha ispan tili bilan arab tilini ancha-muncha o'rganib olsam kerak, bu ketishda))

@TheAliBlog
2-3 soatcha uxlab qolibman. Tushimda esa 2-3 yillik voqealar sodir bo'ldi. Juda uzoooq tush ko'rganimdan uxlayotganim ham esimdan chiqib ketibdi)

@TheAliBlog
Melisalar ham oshirib yuborishadida. Bitta odam bilan (deputat bo'lsayamda) 50 minut tortishib o'tiradimi hech zamondayam? Raz aybdor bo'lsa, shartta qo'liga kishan sol, nomard, nima qilasan kamerani oldida tortishib turaverib? Yoki qarshilik qilsa kuching yetmaydimi? Kuching yetmasa nima qilib forma kiyib yuribsan?

@TheAliBlog
Akam "sochingni tekislab qo'yaman" deb aldab, armiyaga ketyotganlarga o'xshab 15ta kam kalga olib tashlabdi sochimni😫 Yana "eng katta tishida olyapman" emish😣🥺

Ertalab Beatlesdagilarga o'xshab turuvdim, hozir Abdullajonni armiyaga ketyotgan akasiga o'xshab qopman

@TheAliBlog
O partijano, portami via
Bella chao, bella chao, bella chao chao chao

O partijano, portami via
Kemi sento di morir. . .

Ispancha qo'shiqlarniyam o'rganvolyapman) Money Heist kinosidan bunidi. Sizlar ham eslab qolib turinglar, serial davomida sizlarga ham yoqib qoladi hali)

*Italyancha qo'shiq ekan

@TheAliBlog
Tahlil.

Bugun telegram kanallardan birida bir video tarqalibdi. Emishki, koronavirusdan o'lim topgan yurtdoshimizni ko'mishga olib kelishganida, mayitdan nur taralayotgan ekan. Agar yaxshilab razm solib qarasangiz, bu hech qanaqa nur emas. Hatto kompyuter effekti ham deb bo'lmaydi. Telegram kanallari adminlaridan bo'lar-bo'lmas videolarni "mo'jiza" deya tarqatmasliklarini so'rab qolgan bo'lardim. Dindorlarning hissiyotlari bilan o'ynashish yaxshilikka olib kelmaydi.

@TheAliBlog
Bugun shunchaki hechnima yozgim kelmadi...

deb yozgim keldi

@TheAliBlog
Narcos Tuyo
Rodrigo Amarante
Narcos serialining intro qo'shig'i. Odamni tinchlantiradigan ekan rosa. Tavsiya qilaman.

@TheAliBlog
Pulni sochgandan keyin pul socha oladiganlarga o'xshab harakat qilgan deb o'ylaysizlarmi? Yerdagi pulni bittalab terib olgan. Hecham tushunmayman, pistolet ushlab, pul sochib, kamerani oldida o'zini pizdes qilib ko'rsatishdan maqsad nima ekan? Umuman, bunaqa ishlar bilan faqat punklarni ko'ziga pizdes ko'rinish mumkin.

Uzr, chataq so'zlar ishlatvordim)

@TheAliBlog
Alimov aytganidek, o'sha noshukrlarni kambag'alligiga sabab aynan o'sha noshukrligi.

Samarqanddagi yana bir shallaqi kelinni videosini ko'rdim. "15ta tuxum, qoraygan makaron, yarim kilo shakar berdi xolos" deb to'polon qilyapti. Mahalla raisi "yana nima qilib berish kerak?" deb so'rasa, "Mahalla nima qilib berishi kerak o'zi, ana shuni qilib bersin" deb shallaqilik qilyapti.

Shunaqalarni chakkasiga qarsillatib bir tushirsangda, oddiy suvni eplab icha olayotganiga ham shukr qilishni boshlasa.

Videoni ko'rgan sarim battar asabim buzildi. Xurmarli yigitlar, shimni ichida nimadir harakatga kelayotganiga qarab emas, bitta oilani ro'zg'orini eplay oladigan darajaga chiqqaninglarda uylaninglar. Eplay oladigan darajada emasmidan, unda nega uylanmoqchisan? Pul topish uchun qo'lingdan nimadir kelishi kerak. Buning uchun yo xunar o'rganasan yoki o'qiysan. Boshqa iloji yo'q. Aks holda ayollar shunaqa shallaqi bo'lib boraverishadi (ayrimlari)

@TheAliBlog
Hammayoqda benzin mavzusi. Amerika pul berib bo'lsa ham neftdan qutulmoqchi ekan, chunki neftni saqlash qimmatga tusharkan. Internetda bizda benzin arzonlarmikan unda, degan savol qiziqtiryapti hammani.

Bo'ladigan narsalarni gapirsanglarchi.

@TheAliBlog
O'zbekistondagi kibersport tashkiloti tashkiloti bilan MY5 o'rtasida qanaqadir hamkorlik yo'lga qo'yilibdi. Menimcha kibersportni translatsiya qilish bo'yicha bo'lsa kerak.

Agar kibersport deganda faqat otishma o'yinlarni nazarda tutishmasa, masalan, Need For Speed Heat o'yini bo'yicha bemalol bellasha olaman)

@TheAliBlog
Kechki payt bo'lishiga qaramay, uzmobayl interneti negadir yaxshi ishlayapti... Juda shubxali...

@TheAliBlog
To'g'ri, karantinda ancha zerikib qoluvdik. Uchko'prikda hokimni yaloqilari jurnalistni qo'lini qayrib, otdeleniyaga olib borishgani bu holatda juda zo'r mavzu bo'ldi. Yaxshi bo'ldi demoqchi emasman. Yomon ish bo'lgan. Shunchaki bu ish karantinda zerikib o'tirganimizda voqealar rivojini kuzatishga arziydigan hodisa bo'ldi.

@TheAliBlog
Netflix muallifligidagi "Bodyguard" serialini ko'ryapman kechadan boshlab. Hozir oxirgi seriyasiga keldim. Odamni to'lqinlantirvoradigan chiqibdi ommale. Sevgi-muhabbat masalasida emas. Yaqin kunlarda kanalga joylayman, shunda sizlar ham bilib olasizlar.

@TheAliBlog
Money Heist (Mani Hayst) serialida foydalanilgan niqoblar Ispaniyalik surrealist-haykaltarosh Salvador Dalining yuz ko'rinishidan kelib chiqqan holda ishlangan.

@TheAliBlog
O'zbekiston Google'ga soliq solmoqchi bo'lishi juda kulguli holat. Aslida, agar Google istasa O'zbekistonga soliq solishi mumkin.

Chunki butun yer shari bo'ylab o'tgan suvosti kabellarining umumiy 12 foizi Google'ga qarashli yoki sherikchilikda egalik qiladi. Bu degani, agar Google istasa O'zbekistonni internetdan uzib qo'yishi mumkin.

@TheAliBlog
Feysbukdagi qaysidir guruhda kimdir "Navoiy televideniyasi yoshlarni fahshga boshlamoqchimi? Soat 22:22da olingan surat" deb bir qizni korridorda yopiq cho'milish kiyimida yurgan rasmini joylabdi.

Soat kechki 22:22da yoshlar uxlab bo'lgan bo'lishi kerakmasmi o'zi?

Soat kechki 22:22da "Otalar so'zi" qo'yilishi kerakmi yoki?

Qizku cho'milish kiyimida, ustiga sochiq tashlab olgan. Lekin buniyam fahshga buradiganlarni pervert (o'zbekchasiga buzuqi bo'lsa kerak) deyishadi.

Ta'qiqlash bilan hech narsaga erishib bo'lmaydi. Tarbiyani kuchaytirish kerak.

Aytaylik, oddiy misol. Yosh bola gugurt o'ynagisi kelayotgan bo'lsa, uydagi hamma gugurtlarni yig'ishtirib, umuman gugurt ishlatmay yashaysizmi yoki bolaga "manovi gugurt xavfli narsa, qo'ling kuysa rosa og'riydi" deb tushuntirasizmi?

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hey, hozir g'alati bo'pqolaman men. UzMobayl kechadan beri umuman parot qimasdan ishlayapti. Odamdi qiynamasdan komissiya kelyotgan bo'sa aytib qo'yorilar😫

@TheAliBlog
Taxminan yarim yildan beri telefonim ekranida Billie Eilishni rasmi turardi. Bugun shuni o'zgartirib, professorni rasmini qo'yib oldim. Salute, El Profesor!