Ali. Blog
304 subscribers
335 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Odamlarga hech tushunmaymanda. Feysbukda guruhlarda bir oyda kim qancha trafik sarflashganini skrinshotlari bilan maqtanib yotishibdi. Xo'sh, sarflabsan ham, nima o'zgaradi? Bu sen zo'rsan, degani emas, seni hududingda aloqa sifati yaxshi degani.

Chap tarafdagi rasmda kompyuterda oxirgi 30 kunlikda sarflagan trafigim va uni qaysi dasturlar sarflagani. Asosan video-o'yin yuklab olishga sarflangan. O'ng tomondagi rasmda esa oxirgi 1 oyda telefonimdan qancha sarflaganim. Asosan Netflix'ga ketgan.

Ikkala internetim ham sim-kartadan ketadi. Wifi-modem orqali ishlataman. Xo'sh, kim zo'r ekan, endi?

@TheAliBlog
1-2 savollariga javob olib bo'lib, yozishmalarni tozalab qo'yadigan uyatchan yigitlar ko'payibdi.

Xafa bo'lish yo'q, bloklab qo'yyapman birato'la. Meniyam yozishmalarim tarixida chiqib berishi yoqmaydi chunki

@TheAliBlog
Bugun ertalab uchastkamizni tomorqasiga sabzavot ko'chatlarini ekib chiqqandim: pomidor, bulg'or qalampiri, chili qalampir, karam degandek. Dehqonchilik rules🤘🤓.

Haya, aytgancha, pomidor sabzavot hisoblanmaydi, meva hisoblanadi. Sababini bilmayman.

@TheAliBlog
Yaqin oshnalar bilan hordiq chiqarishda choyxona-kafe-restoranlarga uncha qiziqmaymiz odatda. Qish kunlaridan tashqari vaqtlarda tabiat qo'yniga chiqib, o'zimiz ovqat tayyorlashni yoqtiramiz.

Hozir o'sha kunlarni sog'indim🥺 Haftada bir marta shunaqa yig'inimiz bo'lardi doim...

@TheAliBlog
Agar kompyuterxonalarni reyd qilib, otishma o'yin o'ynayotganlarni syomka qilishsa, ular insonni qotillikka undovchi vaxshiyona o'yinlar o'ynash bilan band. Agar bu o'yin FutbolTVga translatsiya qilinsa, bu - kibersport.

@TheAliBlog
Shu seriallarni orqasidan karantin tugagunicha ispan tili bilan arab tilini ancha-muncha o'rganib olsam kerak, bu ketishda))

@TheAliBlog
2-3 soatcha uxlab qolibman. Tushimda esa 2-3 yillik voqealar sodir bo'ldi. Juda uzoooq tush ko'rganimdan uxlayotganim ham esimdan chiqib ketibdi)

@TheAliBlog
Melisalar ham oshirib yuborishadida. Bitta odam bilan (deputat bo'lsayamda) 50 minut tortishib o'tiradimi hech zamondayam? Raz aybdor bo'lsa, shartta qo'liga kishan sol, nomard, nima qilasan kamerani oldida tortishib turaverib? Yoki qarshilik qilsa kuching yetmaydimi? Kuching yetmasa nima qilib forma kiyib yuribsan?

@TheAliBlog
Akam "sochingni tekislab qo'yaman" deb aldab, armiyaga ketyotganlarga o'xshab 15ta kam kalga olib tashlabdi sochimni😫 Yana "eng katta tishida olyapman" emish😣🥺

Ertalab Beatlesdagilarga o'xshab turuvdim, hozir Abdullajonni armiyaga ketyotgan akasiga o'xshab qopman

@TheAliBlog
O partijano, portami via
Bella chao, bella chao, bella chao chao chao

O partijano, portami via
Kemi sento di morir. . .

Ispancha qo'shiqlarniyam o'rganvolyapman) Money Heist kinosidan bunidi. Sizlar ham eslab qolib turinglar, serial davomida sizlarga ham yoqib qoladi hali)

*Italyancha qo'shiq ekan

@TheAliBlog
Tahlil.

Bugun telegram kanallardan birida bir video tarqalibdi. Emishki, koronavirusdan o'lim topgan yurtdoshimizni ko'mishga olib kelishganida, mayitdan nur taralayotgan ekan. Agar yaxshilab razm solib qarasangiz, bu hech qanaqa nur emas. Hatto kompyuter effekti ham deb bo'lmaydi. Telegram kanallari adminlaridan bo'lar-bo'lmas videolarni "mo'jiza" deya tarqatmasliklarini so'rab qolgan bo'lardim. Dindorlarning hissiyotlari bilan o'ynashish yaxshilikka olib kelmaydi.

@TheAliBlog
Bugun shunchaki hechnima yozgim kelmadi...

deb yozgim keldi

@TheAliBlog
Narcos Tuyo
Rodrigo Amarante
Narcos serialining intro qo'shig'i. Odamni tinchlantiradigan ekan rosa. Tavsiya qilaman.

@TheAliBlog
Pulni sochgandan keyin pul socha oladiganlarga o'xshab harakat qilgan deb o'ylaysizlarmi? Yerdagi pulni bittalab terib olgan. Hecham tushunmayman, pistolet ushlab, pul sochib, kamerani oldida o'zini pizdes qilib ko'rsatishdan maqsad nima ekan? Umuman, bunaqa ishlar bilan faqat punklarni ko'ziga pizdes ko'rinish mumkin.

Uzr, chataq so'zlar ishlatvordim)

@TheAliBlog
Alimov aytganidek, o'sha noshukrlarni kambag'alligiga sabab aynan o'sha noshukrligi.

Samarqanddagi yana bir shallaqi kelinni videosini ko'rdim. "15ta tuxum, qoraygan makaron, yarim kilo shakar berdi xolos" deb to'polon qilyapti. Mahalla raisi "yana nima qilib berish kerak?" deb so'rasa, "Mahalla nima qilib berishi kerak o'zi, ana shuni qilib bersin" deb shallaqilik qilyapti.

Shunaqalarni chakkasiga qarsillatib bir tushirsangda, oddiy suvni eplab icha olayotganiga ham shukr qilishni boshlasa.

Videoni ko'rgan sarim battar asabim buzildi. Xurmarli yigitlar, shimni ichida nimadir harakatga kelayotganiga qarab emas, bitta oilani ro'zg'orini eplay oladigan darajaga chiqqaninglarda uylaninglar. Eplay oladigan darajada emasmidan, unda nega uylanmoqchisan? Pul topish uchun qo'lingdan nimadir kelishi kerak. Buning uchun yo xunar o'rganasan yoki o'qiysan. Boshqa iloji yo'q. Aks holda ayollar shunaqa shallaqi bo'lib boraverishadi (ayrimlari)

@TheAliBlog
Hammayoqda benzin mavzusi. Amerika pul berib bo'lsa ham neftdan qutulmoqchi ekan, chunki neftni saqlash qimmatga tusharkan. Internetda bizda benzin arzonlarmikan unda, degan savol qiziqtiryapti hammani.

Bo'ladigan narsalarni gapirsanglarchi.

@TheAliBlog
O'zbekistondagi kibersport tashkiloti tashkiloti bilan MY5 o'rtasida qanaqadir hamkorlik yo'lga qo'yilibdi. Menimcha kibersportni translatsiya qilish bo'yicha bo'lsa kerak.

Agar kibersport deganda faqat otishma o'yinlarni nazarda tutishmasa, masalan, Need For Speed Heat o'yini bo'yicha bemalol bellasha olaman)

@TheAliBlog
Kechki payt bo'lishiga qaramay, uzmobayl interneti negadir yaxshi ishlayapti... Juda shubxali...

@TheAliBlog
To'g'ri, karantinda ancha zerikib qoluvdik. Uchko'prikda hokimni yaloqilari jurnalistni qo'lini qayrib, otdeleniyaga olib borishgani bu holatda juda zo'r mavzu bo'ldi. Yaxshi bo'ldi demoqchi emasman. Yomon ish bo'lgan. Shunchaki bu ish karantinda zerikib o'tirganimizda voqealar rivojini kuzatishga arziydigan hodisa bo'ldi.

@TheAliBlog
Netflix muallifligidagi "Bodyguard" serialini ko'ryapman kechadan boshlab. Hozir oxirgi seriyasiga keldim. Odamni to'lqinlantirvoradigan chiqibdi ommale. Sevgi-muhabbat masalasida emas. Yaqin kunlarda kanalga joylayman, shunda sizlar ham bilib olasizlar.

@TheAliBlog
Money Heist (Mani Hayst) serialida foydalanilgan niqoblar Ispaniyalik surrealist-haykaltarosh Salvador Dalining yuz ko'rinishidan kelib chiqqan holda ishlangan.

@TheAliBlog