Ali. Blog
304 subscribers
335 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Videolarni konvertlash uchun yangi, pullik dastur olishga to'g'ri keldi. Lekin imkoniyatlari menga yoqdi: mp4 fayl tarkibida 2ta audio kanalni va subitrlarni saqlab qolish imkoniyati bor ekan.

Demak, ertadan ingliz tili alohida, rus tili alohida joylanmaydi. Bitta videofayl tarkibida ikkala til ham mavjud bo'ladi, subitrlari bilan birga

@TheAliBlog
Putin 9-may paradini qoldiribdi. Zo'r ish bo'libdi. O'zi shu kun nishonlanishi menga yoqmaydi.

Ha, o'sha urush davrida ota-bobolarimiz bizni erkinligimiz uchun janga kirgan bo'lishi mumkin (aslida Rossiyani himoya qilish uchun xolos), ularni halok bo'lgani chindan achinarli holat ham, lekin urush tugaganiga 75 yil bo'ldi axir? 75 yildan beri o'zimizni xursand qilib, aldab kelaveramizmi, ruslarni g'alabasi uchun?

Yoki biror marta Amir Temurning Boyazid Yildirim ustidan qozongan g'alabasini nishonlaganmizmi? Yoki xonliklar o'rtasida bo'lgan urush natijalarini nishonlaganmizmi? Bo'ldida, axir!

@TheAliBlog
O'zimizni hovlimizdagi jimitdekkina tomorqamizga ekin ekmaganimiz uchun jarimaga tortishlari mumkinmikan, tavba? O'zi shu tomorqani o'rniga bruschatka bostirib yuborish kerak, deb aytgandim, bulargaπŸ˜’

@TheAliBlog
Ha, haliyam uxlamadim. Kanalga fayllar joylash bilan bandman. Shunaqa, fidoyi adminman))

Umuman olganda, bir kunda bir marta 8 soat uxlagan bilan, baribir qolgan 16 soatni qayeridadir charchoq seziladi. Shuning uchun bir kunda ikki mahal 4 soatdan uxlayman doim. Yoki 3 soatdan 3 mahal uxlagan ham yaxshi. Vaqt tezroq o'tadi. Karantin tugab qolar balki uyg'ongunimcha)

@TheAliBlog
Tushunmadim? Umrimda birovga birinchi bo'lib sms yozgan odam bo'lmasam(reklama masalasidan tashqari), menga kim spam berishi mumkin? Tavba... πŸ˜’

@TheAliBlog
Hali uchastkamizdagi ko'chatlarni sug'orishga chiqqanda terib chiqdim) Tuz bilan rosa bo'beradida endi)

G'o'ra diydi bizda, ko'p joylarda dovuchcha, dovcha diyarkan, hich tushunmimanda)

@TheAliBlog
Ali. Blog
Tushunmadim? Umrimda birovga birinchi bo'lib sms yozgan odam bo'lmasam(reklama masalasidan tashqari), menga kim spam berishi mumkin? Tavba... πŸ˜’ @TheAliBlog
Chamasi, "Militsiya Uzb" kanalini admini spam berganga o'xshaydi. Netflixni reklamasi bo'yicha savolimga javob kelavermagach, yana bir yozib ko'raymi, desam, qora ro'yhatda bo'pqopmanπŸ˜’ Odamlarga pul beraman desang spam beradiya, tavba

@TheAliBlog
Ba'zida ovqat yeyotganingda qanaqadir og'riq sezsang (masalan, aynan ovqat yeyotganingda tishing og'risa, labing yorilgan bo'lsa, milk qatlami shilinib, achishayotgan bo'lsa), og'riqsiz ovqatlangan kunlaringni entikib eslaysan. Og'riqsiz ovqatlanayotganlar dunyodagi eng baxtli insonlar bo'lib ko'rinadi. Men ham shu kunlarni ko'rarmikanman, deb o'ylaysan. Og'riq yo'qolganida ovqatni sekin-sekin chaynab, bor mazasini his qilib yeyishni dilinga tugib qo'yasan.

Og'riq o'tib ketgan kunlarda esa, tushlikka nima ovqay yeganing esinga kelmay yuraverasan.

@TheAliBlog
Odamlarga hech tushunmaymanda. Feysbukda guruhlarda bir oyda kim qancha trafik sarflashganini skrinshotlari bilan maqtanib yotishibdi. Xo'sh, sarflabsan ham, nima o'zgaradi? Bu sen zo'rsan, degani emas, seni hududingda aloqa sifati yaxshi degani.

Chap tarafdagi rasmda kompyuterda oxirgi 30 kunlikda sarflagan trafigim va uni qaysi dasturlar sarflagani. Asosan video-o'yin yuklab olishga sarflangan. O'ng tomondagi rasmda esa oxirgi 1 oyda telefonimdan qancha sarflaganim. Asosan Netflix'ga ketgan.

Ikkala internetim ham sim-kartadan ketadi. Wifi-modem orqali ishlataman. Xo'sh, kim zo'r ekan, endi?

@TheAliBlog
1-2 savollariga javob olib bo'lib, yozishmalarni tozalab qo'yadigan uyatchan yigitlar ko'payibdi.

Xafa bo'lish yo'q, bloklab qo'yyapman birato'la. Meniyam yozishmalarim tarixida chiqib berishi yoqmaydi chunki

@TheAliBlog
Bugun ertalab uchastkamizni tomorqasiga sabzavot ko'chatlarini ekib chiqqandim: pomidor, bulg'or qalampiri, chili qalampir, karam degandek. Dehqonchilik rulesπŸ€˜πŸ€“.

Haya, aytgancha, pomidor sabzavot hisoblanmaydi, meva hisoblanadi. Sababini bilmayman.

@TheAliBlog
Yaqin oshnalar bilan hordiq chiqarishda choyxona-kafe-restoranlarga uncha qiziqmaymiz odatda. Qish kunlaridan tashqari vaqtlarda tabiat qo'yniga chiqib, o'zimiz ovqat tayyorlashni yoqtiramiz.

Hozir o'sha kunlarni sog'indimπŸ₯Ί Haftada bir marta shunaqa yig'inimiz bo'lardi doim...

@TheAliBlog
Agar kompyuterxonalarni reyd qilib, otishma o'yin o'ynayotganlarni syomka qilishsa, ular insonni qotillikka undovchi vaxshiyona o'yinlar o'ynash bilan band. Agar bu o'yin FutbolTVga translatsiya qilinsa, bu - kibersport.

@TheAliBlog
Shu seriallarni orqasidan karantin tugagunicha ispan tili bilan arab tilini ancha-muncha o'rganib olsam kerak, bu ketishda))

@TheAliBlog
2-3 soatcha uxlab qolibman. Tushimda esa 2-3 yillik voqealar sodir bo'ldi. Juda uzoooq tush ko'rganimdan uxlayotganim ham esimdan chiqib ketibdi)

@TheAliBlog
Melisalar ham oshirib yuborishadida. Bitta odam bilan (deputat bo'lsayamda) 50 minut tortishib o'tiradimi hech zamondayam? Raz aybdor bo'lsa, shartta qo'liga kishan sol, nomard, nima qilasan kamerani oldida tortishib turaverib? Yoki qarshilik qilsa kuching yetmaydimi? Kuching yetmasa nima qilib forma kiyib yuribsan?

@TheAliBlog
Akam "sochingni tekislab qo'yaman" deb aldab, armiyaga ketyotganlarga o'xshab 15ta kam kalga olib tashlabdi sochimni😫 Yana "eng katta tishida olyapman" emish😣πŸ₯Ί

Ertalab Beatlesdagilarga o'xshab turuvdim, hozir Abdullajonni armiyaga ketyotgan akasiga o'xshab qopman

@TheAliBlog
O partijano, portami via
Bella chao, bella chao, bella chao chao chao

O partijano, portami via
Kemi sento di morir. . .

Ispancha qo'shiqlarniyam o'rganvolyapman) Money Heist kinosidan bunidi. Sizlar ham eslab qolib turinglar, serial davomida sizlarga ham yoqib qoladi hali)

*Italyancha qo'shiq ekan

@TheAliBlog
​Tahlil.

Bugun telegram kanallardan birida bir video tarqalibdi. Emishki, koronavirusdan o'lim topgan yurtdoshimizni ko'mishga olib kelishganida, mayitdan nur taralayotgan ekan. Agar yaxshilab razm solib qarasangiz, bu hech qanaqa nur emas. Hatto kompyuter effekti ham deb bo'lmaydi. Telegram kanallari adminlaridan bo'lar-bo'lmas videolarni "mo'jiza" deya tarqatmasliklarini so'rab qolgan bo'lardim. Dindorlarning hissiyotlari bilan o'ynashish yaxshilikka olib kelmaydi.

@TheAliBlog
Bugun shunchaki hechnima yozgim kelmadi...

deb yozgim keldi

@TheAliBlog