Ali. Blog
304 subscribers
335 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Netflixdan filmlarni yuklab oladigan dastur topdim. Faqat oylik to'lovi bor ekan. Kamiga Netflix'da aktiv akkaunt ham kerak ekan. Agar uddalay olsam, haligi kanal ochish haqidagi fikrimni amalga oshiraman.

@TheAliBlog
Videoni yuklab oldim nihoyat. Bitta faylni o'zida barcha dublyajlari va subitrlari bor. Juda zo'r. Lekin hajmi juda katta. Buni men yuklayolmayman ham, odamlar ham yuklab ololmaydi.

Konverterlar orqali kichraytirishda esa, subitrlardan voz kechishga to'g'ri kelyapti. 5ta videokonverterni sinab ko'rdim, hech birida subitrni videoga pechatlab o'tib ketish imkoniyati bo'lmayapti. Subitrdan voz kechishni iloji yo'q, chunki juda ko'plab kino-seriallarda asosiy til (ingliz/rus)dan tashqari qo'shimcha tillarda ham gapirishlari (arabcha, shvedcha, turkcha, italyancha, fransuzcha va hokazo) dublyaj qilinmaydi. Buni tushunish uchun faqat subitr yordam beradi tomoshabinga.

Izlanishdaman.

@TheAliBlog
Menimcha uddaladim. Hozircha hech nima yuklamayman, 2-3 kunlik materiallarni tayyorlab olib, keyin boshlayman. Shunda ham kanalga ulanib olish esdan chiqmasin:

@UzNetflix

100ta odam kirsa kanalni berkitamiz, shoshilinglar, deydiyuπŸ˜‚
Kichik jiyanim Muhammad Aziz. Yaqinda 1 oylik bo'ldi)
Ali. Blog
Menimcha uddaladim. Hozircha hech nima yuklamayman, 2-3 kunlik materiallarni tayyorlab olib, keyin boshlayman. Shunda ham kanalga ulanib olish esdan chiqmasin: @UzNetflix 100ta odam kirsa kanalni berkitamiz, shoshilinglar, deydiyuπŸ˜‚
(Bu postni hind aktyori Shohruxxon hammayog'i qontalash bo'lib turgan holda, azartga kirib, qizishib, dushmaniga ohirgi ogohlantirish berayotgan mimika va ovozida ayilayotgani tasavvur qilinsin)

Kanalni ochib, huddi o'zim ko'rib bo'lgan seriallarimni keyingi mavsumi chiqishini kutib qiynalganimdek, sizlarni ham o'shalarni kutib azoblanishga majbur qilaman😈

@TheAliBlog
Shit! Dollar ko'tarilishi haqidagi prognozni kecha o'qigandimku axir! Bor pulimga dollar sotvolmaymanmi, onlayn konversiya orqali!

Ehh, 5 ming so'm foydaya😩

@TheAliBlog
*salutes*
It's been an honor to serve with you, Professor.🀝

See you next season 😣😩
@uzNetflix proyektiga jiddiy kirishdim negadir. Ehtiyot bo'linglar😎
Qizilni bosib qo'ysang ham hadeb telefon qilaveradigan, z bo'lganingdan oxiri telefonni ko'tarsang "bezovta qilmadimmi ishqilib?" deydiganlarga nima desam bo'larkin, a?

Birinchi marta telefon qilganingdayoq qizilni bosgan bo'lsam, uni tasodifan bosib yuborganimdan emas, yo gaplashgim kelmayotganidan, yoki gaplashadigan vaziyatda emasligimdan qizilni bosgan bo'laman, xumpar!

@TheAliBlog
Nega ayrim yigitlar "Asal Honey"ga qiziqishlarini tushunmay o'tib ketsam kerak. Chiroyliroq qiz bo'lganida ham mayli ekan.

@TheAliBlog
Anovi tirranchani yog'ochdan yasalgan avtomatini ko'rdinglarmi? Qaysi avtomat u? Fantaziya qilib ishlangan avtomatdan ham dabdalaku ko'rinishi?

Yoshligimda o'rikni shoxidan yasagan FAMAS (aka Clarion) avtomatim ham bundan ko'ra realniroq ko'rinardi. Deputatni o'g'li bo'lsang, 1:1 ko'chirilgan variantini sotvolmaysanmi, nomard?

@TheAliBlog
Qanaqadir ayb ish qilib qo'yib, kechirim so'rab chiqqan videosida "bilmasdan qilib qo'ydim" desa yotvolib kulgim keladida)).

@TheAliBlog
Yana bir videoda yosh yigit bilan qiz mashinada o'yinga tushib ketyaptiyu, qiz beo'xshov harakatlar bilan qo'lidagi pistoletni maqtanyapti. Hatto to'g'ri ushlashni eplolmayapti, tushunyapsizmi?

Bu qanaqa punk bo'ldi endi? Pistoletni qo'lida ushlab maqtanish qanaqadir obro' olib keladigandek ko'rinadimi? Krutoyroq ko'rinadimi?

Peshonasiga oddiy revolverni tirasang ishtonini ho'llab qo'yishi aniqku, qaysi fahm-farosat bilan maqtanchoqlik qilyapti bular, hech tushunmadim.

Raz shunchalik maqtanging kelsa qovurilgan kartoshkani yeyotganingni videoga olib maqtan, ana avtoritet! Bizni uyda kartoshka qolmagan, mlya!

@TheAliBlog
Boshqa ko'zoynak taqadiganlar ham maska taqib yurishsa ko'zoynagi parlanib ketarmikan, yoki faqat mendami?

Kun bo'yi maskada yurganlar qanday nafas olarkin a? Men 5 daqiqaga mahallaga chiqib kelgunimcha nafasim qaytib ketti.

Undan keyin, virusdan oldin ham modaga qora maska taqib yurganlar qanday chidashgan ekan? Yoki "basharang xunuk bo'lganidan keyin chidaysanda" deb yuraverishganmikan))

@TheAliBlog
Bugundan boshlab @uzNetflix kanalining marketingi bilan shug'ullanaman. Auditoriyani ko'paytirish kerak tezroq, shunda soqqani g'amlashni boshlaymiz boshqalarga o'xshab)

Reklama sotib olish uchun qaysi kanallarni tavsiya qilasizlar? Reklama chiqaverib bezor qiladigan kanal bo'lmasligi kerak lekin
Videolarni konvertlash uchun yangi, pullik dastur olishga to'g'ri keldi. Lekin imkoniyatlari menga yoqdi: mp4 fayl tarkibida 2ta audio kanalni va subitrlarni saqlab qolish imkoniyati bor ekan.

Demak, ertadan ingliz tili alohida, rus tili alohida joylanmaydi. Bitta videofayl tarkibida ikkala til ham mavjud bo'ladi, subitrlari bilan birga

@TheAliBlog
Putin 9-may paradini qoldiribdi. Zo'r ish bo'libdi. O'zi shu kun nishonlanishi menga yoqmaydi.

Ha, o'sha urush davrida ota-bobolarimiz bizni erkinligimiz uchun janga kirgan bo'lishi mumkin (aslida Rossiyani himoya qilish uchun xolos), ularni halok bo'lgani chindan achinarli holat ham, lekin urush tugaganiga 75 yil bo'ldi axir? 75 yildan beri o'zimizni xursand qilib, aldab kelaveramizmi, ruslarni g'alabasi uchun?

Yoki biror marta Amir Temurning Boyazid Yildirim ustidan qozongan g'alabasini nishonlaganmizmi? Yoki xonliklar o'rtasida bo'lgan urush natijalarini nishonlaganmizmi? Bo'ldida, axir!

@TheAliBlog
O'zimizni hovlimizdagi jimitdekkina tomorqamizga ekin ekmaganimiz uchun jarimaga tortishlari mumkinmikan, tavba? O'zi shu tomorqani o'rniga bruschatka bostirib yuborish kerak, deb aytgandim, bulargaπŸ˜’

@TheAliBlog
Ha, haliyam uxlamadim. Kanalga fayllar joylash bilan bandman. Shunaqa, fidoyi adminman))

Umuman olganda, bir kunda bir marta 8 soat uxlagan bilan, baribir qolgan 16 soatni qayeridadir charchoq seziladi. Shuning uchun bir kunda ikki mahal 4 soatdan uxlayman doim. Yoki 3 soatdan 3 mahal uxlagan ham yaxshi. Vaqt tezroq o'tadi. Karantin tugab qolar balki uyg'ongunimcha)

@TheAliBlog
Tushunmadim? Umrimda birovga birinchi bo'lib sms yozgan odam bo'lmasam(reklama masalasidan tashqari), menga kim spam berishi mumkin? Tavba... πŸ˜’

@TheAliBlog