Ali. Blog
304 subscribers
335 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Naushnik masalasida menga o'xshab qiynalib qolmaslik uchun layfhak. Prujinani ruchkadan topasiz. Buyog'iga "izolenta" bo'lmasa, skoch ham bo'laveradi)

@TheAliBlog
Yana bir kepqoldi. "Bir siltam kam" deyiladigan yigitlar masalasida.

O'zi hali uylanmagan yigit boshqalarga aql o'rgatyapti demanglaru, odamlarni kuzatib g'ashim keladi. Ba'zi yigitlarni ko'rib bular erta-indinga erkak bo'lib yetishishidan xabari bormikan, deb o'ylab qolaman. Karantin vaqtida misolni ham ko'chadan olmasdan, shu internetni o'zidan olamiz. "Pont"lardan. Inglizcha aytganda Punk.

Bir yigit senga ishi tushib nimanidir so'ramoqchi bo'lib yozadi. Undan batafsil ma'lumotlarni olib, yordam bermoqchi bo'lasan, yordam berasan ham. Keyin esa BAM! Anovi shilta smslarni hammasini o'chirib tashlaydi, qarasang "history cleared" turadi.

To'g'rida, ertaga men bu yozishmalarni skrinshotlarini "Markaziy Studiya"dagilarga ko'rsatib rosa sharmandasini chiqarishim mumkinku axir!

Hech tushunmaymanda, hurmatsizlikdan boshqa narsa emas bu! Agar telegramdagi bosh sahifada ortiqcha kontaktlar chiqib turishi yoqmasa, ochib balo bormidi?

Yana ba'zi befaxmlar oddiy harflarga qiron kelgandek gulli-gulli naqshinkor harflarda yozadi. Aniqrog'i shunaqaga o'girib beradigan programmasi bor. Shuni hammaga maqtanishi kerak. Erkak kishi sal jiddiyroq ko'rinishni o'rganishi kerak. Lekin baribir tushunmayman, shunaqa naqshli belgilar bilan yozishdan maqsad nima o'zi? Punk. Boshqa narsa emas.

Ho'p, bunaqa dasturi yo'qlarni orasida ham shunaqa jimjimador yozgisi qistaydiganlar uchrab turadi. Azaldan yoqmay kelgan, negaki odnoklassniki davridan beri bor bu kasallik. BiTTa HaRfNi KaTTa BiTTaSiNi KiChKiNa HarFDa YoZiB ZuuuR ko'rinmoqchi bo'ladi, mlya!

Imlo xatolarsiz yozilmaganga yarasha erkakka o'xshab yozishni o'rganinglar! Ukalaringiz bo'lsa o'rgatinglar.

Rosa jizzakiligim tutib ketadi birdaniga. Rostiyamda, qilgan ishini qaranglar endi buni. Men ham bloklab qo'yaqoldim lekin.

@TheAliBlog
Chirchiqdagi karantin zonasida 2002-yil qiz farzandli bo'libdi.

2002-yil degani 18 yosh deganimas hali. Balki kuzda tug'ilgandir, balki, dekabrdadir? Gap buyoqda emas, gap u qiz nechi yoshida turmushga uzatilganida. Chunki u endigina turmush qurish yoshiga yetib kelyapti. Lekin allaqachon farzandli bo'lib bo'lgan. I mean, hozir 2003-yil qizlar turmushga chiqadigan paytmi?

@TheAliBlog
Uxlashdan oldin telegramdagi xabarlarni, bloggerlarni yozganlari, trendga chiqqan videolarni ko'rib chiqaman doim. Shunaqa qilmasam, yana mingtadan oshib ketadida, ochgim ham kelmay qoladi)

Kun davomida faqat shaxsiy xabarlarni o'qiyman xolos. Begona guruhlarga qo'shilmaganman, qo'shilganlarimda ham zarur gaplarni o'qib chiqaman. Ha aytgancha, kontaktga qo'shib olib, allambalo guruhlarga qo'shib tashlaydiganlarni ham bloklab chiqishni yoqtiraman.

Yarim tundan oshgan bo'lsa ham uxlashga shoshilmayapman. Baribir ertaga bizni buyuk ishlar kutayotgani yo'q.

@TheAliBlog
Shartta o'rnimdan turib birnimalar qip tashlaydigandek, dunyodagi adolatsizlikka qarshi shartta urush e'lon qilib yuboradigandek adrenalin olyapman serialdan😁

@TheAliBlog
Netflixdan filmlarni yuklab oladigan dastur topdim. Faqat oylik to'lovi bor ekan. Kamiga Netflix'da aktiv akkaunt ham kerak ekan. Agar uddalay olsam, haligi kanal ochish haqidagi fikrimni amalga oshiraman.

@TheAliBlog
Videoni yuklab oldim nihoyat. Bitta faylni o'zida barcha dublyajlari va subitrlari bor. Juda zo'r. Lekin hajmi juda katta. Buni men yuklayolmayman ham, odamlar ham yuklab ololmaydi.

Konverterlar orqali kichraytirishda esa, subitrlardan voz kechishga to'g'ri kelyapti. 5ta videokonverterni sinab ko'rdim, hech birida subitrni videoga pechatlab o'tib ketish imkoniyati bo'lmayapti. Subitrdan voz kechishni iloji yo'q, chunki juda ko'plab kino-seriallarda asosiy til (ingliz/rus)dan tashqari qo'shimcha tillarda ham gapirishlari (arabcha, shvedcha, turkcha, italyancha, fransuzcha va hokazo) dublyaj qilinmaydi. Buni tushunish uchun faqat subitr yordam beradi tomoshabinga.

Izlanishdaman.

@TheAliBlog
Menimcha uddaladim. Hozircha hech nima yuklamayman, 2-3 kunlik materiallarni tayyorlab olib, keyin boshlayman. Shunda ham kanalga ulanib olish esdan chiqmasin:

@UzNetflix

100ta odam kirsa kanalni berkitamiz, shoshilinglar, deydiyu😂
Kichik jiyanim Muhammad Aziz. Yaqinda 1 oylik bo'ldi)
Ali. Blog
Menimcha uddaladim. Hozircha hech nima yuklamayman, 2-3 kunlik materiallarni tayyorlab olib, keyin boshlayman. Shunda ham kanalga ulanib olish esdan chiqmasin: @UzNetflix 100ta odam kirsa kanalni berkitamiz, shoshilinglar, deydiyu😂
(Bu postni hind aktyori Shohruxxon hammayog'i qontalash bo'lib turgan holda, azartga kirib, qizishib, dushmaniga ohirgi ogohlantirish berayotgan mimika va ovozida ayilayotgani tasavvur qilinsin)

Kanalni ochib, huddi o'zim ko'rib bo'lgan seriallarimni keyingi mavsumi chiqishini kutib qiynalganimdek, sizlarni ham o'shalarni kutib azoblanishga majbur qilaman😈

@TheAliBlog
Shit! Dollar ko'tarilishi haqidagi prognozni kecha o'qigandimku axir! Bor pulimga dollar sotvolmaymanmi, onlayn konversiya orqali!

Ehh, 5 ming so'm foydaya😩

@TheAliBlog
*salutes*
It's been an honor to serve with you, Professor.🤝

See you next season 😣😩
@uzNetflix proyektiga jiddiy kirishdim negadir. Ehtiyot bo'linglar😎
Qizilni bosib qo'ysang ham hadeb telefon qilaveradigan, z bo'lganingdan oxiri telefonni ko'tarsang "bezovta qilmadimmi ishqilib?" deydiganlarga nima desam bo'larkin, a?

Birinchi marta telefon qilganingdayoq qizilni bosgan bo'lsam, uni tasodifan bosib yuborganimdan emas, yo gaplashgim kelmayotganidan, yoki gaplashadigan vaziyatda emasligimdan qizilni bosgan bo'laman, xumpar!

@TheAliBlog
Nega ayrim yigitlar "Asal Honey"ga qiziqishlarini tushunmay o'tib ketsam kerak. Chiroyliroq qiz bo'lganida ham mayli ekan.

@TheAliBlog
Anovi tirranchani yog'ochdan yasalgan avtomatini ko'rdinglarmi? Qaysi avtomat u? Fantaziya qilib ishlangan avtomatdan ham dabdalaku ko'rinishi?

Yoshligimda o'rikni shoxidan yasagan FAMAS (aka Clarion) avtomatim ham bundan ko'ra realniroq ko'rinardi. Deputatni o'g'li bo'lsang, 1:1 ko'chirilgan variantini sotvolmaysanmi, nomard?

@TheAliBlog
Qanaqadir ayb ish qilib qo'yib, kechirim so'rab chiqqan videosida "bilmasdan qilib qo'ydim" desa yotvolib kulgim keladida)).

@TheAliBlog
Yana bir videoda yosh yigit bilan qiz mashinada o'yinga tushib ketyaptiyu, qiz beo'xshov harakatlar bilan qo'lidagi pistoletni maqtanyapti. Hatto to'g'ri ushlashni eplolmayapti, tushunyapsizmi?

Bu qanaqa punk bo'ldi endi? Pistoletni qo'lida ushlab maqtanish qanaqadir obro' olib keladigandek ko'rinadimi? Krutoyroq ko'rinadimi?

Peshonasiga oddiy revolverni tirasang ishtonini ho'llab qo'yishi aniqku, qaysi fahm-farosat bilan maqtanchoqlik qilyapti bular, hech tushunmadim.

Raz shunchalik maqtanging kelsa qovurilgan kartoshkani yeyotganingni videoga olib maqtan, ana avtoritet! Bizni uyda kartoshka qolmagan, mlya!

@TheAliBlog
Boshqa ko'zoynak taqadiganlar ham maska taqib yurishsa ko'zoynagi parlanib ketarmikan, yoki faqat mendami?

Kun bo'yi maskada yurganlar qanday nafas olarkin a? Men 5 daqiqaga mahallaga chiqib kelgunimcha nafasim qaytib ketti.

Undan keyin, virusdan oldin ham modaga qora maska taqib yurganlar qanday chidashgan ekan? Yoki "basharang xunuk bo'lganidan keyin chidaysanda" deb yuraverishganmikan))

@TheAliBlog
Bugundan boshlab @uzNetflix kanalining marketingi bilan shug'ullanaman. Auditoriyani ko'paytirish kerak tezroq, shunda soqqani g'amlashni boshlaymiz boshqalarga o'xshab)

Reklama sotib olish uchun qaysi kanallarni tavsiya qilasizlar? Reklama chiqaverib bezor qiladigan kanal bo'lmasligi kerak lekin
Videolarni konvertlash uchun yangi, pullik dastur olishga to'g'ri keldi. Lekin imkoniyatlari menga yoqdi: mp4 fayl tarkibida 2ta audio kanalni va subitrlarni saqlab qolish imkoniyati bor ekan.

Demak, ertadan ingliz tili alohida, rus tili alohida joylanmaydi. Bitta videofayl tarkibida ikkala til ham mavjud bo'ladi, subitrlari bilan birga

@TheAliBlog