Ali. Blog
304 subscribers
335 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
​"Harry Potter: Quidditch Champions" video-o'yini haqida.

Spoyler: tester sifatida qabul qilinmadim.

Demak, Warner Bros kompaniyasi Unbroken studiyasi bilan hamkorlikda Harry Potter olamidagi eng mashxur sport bo'lgan quidditchga bag'ishlangan o'yin ustida ishlamoqda. Hogwarts Legacy o'yinida aynan mana shu asosiy narsa qo'shilmagani va supurgida uchish mexanikasi ko'ngildagidek emasligi odamni biroz xafa qilgan edi. Aslidaku, buni alohida o'yin qilmay, Hogwarts Legacy tarkibiga qo'shishsa ham bo'lardi. Lekin buni alohida, onlayn o'yin sifatida ishlab chiqishmoqda ekan.

Nega menga taklifnoma yuborilgan? Hogwarts Legacy o'yinidagi akkauntimni Wizarding Worlddagi akkauntimga ulash uchun WBGames saytidan ro'yhatdan o'tgan edim. WBGames sayti esa, barcha foydalanuvchilari uchun yangi o'yinning testeri bo'lishga taklifnoma yuborgan. Taklifnoma orqali o'tib, maxsus so'rovnomada ishtirok etish, qaysi janrdagi o'yinlarni qancha vaqt o'ynagani kabi ma'lumotlarni kiritish kerak edi. Balki, men kiritgan o'yinlar talabga javob bermagandir, balki shunchaki foydalanuvchilar random tanlangandir, bunisidan xabarim yo'q, lekin testerlarni hammasiga maxsus taklifnoma yuborib bo'linibdi, menga esa kelmadi))

Playtest 21-22-aprel kunlari bo'lib o'tarkan xolos. Shuningdek, alohida kelishuv shartlariga muvofiq tarzda testerlar yopiq test rejimidagi o'yin haqidagi ma'lumotlarni tashqariga sizdirishlari qat'iyan ma'n etilarkan. Bu degani, o'yin haqidagi batafsul ma'lumotlarni hali-beri olmas ekanmiz) Nimayam qilardik, kutamiz))

@TheAliBlog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tiktokda Qora Blogerlar degani chiqib, ovoz o'zgartirib, maska taqib, hukumatni tarafini olib, tepadagilarni orqasini o'pib video chiqarishayotgan ekan. Ovoz filterini to'g'rilab, joyiga qaytarib qo'ydimπŸ˜‘

@TheAliBlog
Chumoli-Odam filmi torrent saytlarga chiqibdi) Uje ertaga TVda dublyajini qo'yishsa kerak)

@TheAliBlog
Xullas, meni kiydirmoqchi bo'lishdi))

O'tgan kuni mikrofon modelini yasab, renderlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimga joylagandim. Shundan keyin kecha instagramdan bitta chet ellik komment yozgan ekan, "ishlaring menga yoqdi, NFT qilib sotib olmoqchiman, qiziqsang aloqaga chiq" debdi. Ha tayyor ishlarimga klient chiqadiyu, men qiziqmaymanmi, albatta DMdan yozdim unga)) Renderlar bilan zo'r ishlamasligimni aytib, chindan ham sotib olmoqchimisan, deb so'radim. U instagramdagi 3ta postimni tashlab, shularni NFT qilib OpenSeaga joyla, sotib olaman, dedi. Shundayligicha joylamay mayli, pulini oqlab qo'ysin deb, 4K render qildim. 2 soatdan ko'proq vaqt kettiπŸ˜‘ Xullas, NFT qilib joyladim va unga NFTlarni linkini yubordim.

Bu skam bo'lishi mumkinligini 50/50 sezardim, lekin bu sxemani oxirida firibgarlar qanday yutishi mumkinligini tushunmayotgandim baribir. Chunki Opensea akkauntimda sotilgan/sotib olingan/xaridorgim NFTlarim yo'q, avval umuman joylamaganman va sotib olishlarda qatnashmaganman. ETH koshelogimni esa, olib qo'ya olmasligi aniq, buning uchun 12ta kalit so'zni to'g'ri ketma-ketlikda yoza olishi kerak bo'ladi) Olib qo'yganidayam unda pul yo'qku, deb o'yladim. Demak, kiydirib ketadigan joyi bo'lmasa, balki rostdir deb ishongim keldi o'zimniyam. To'g'risiyamda, apgreyd qilishim kerakku men ham))

Xullas, u xabarimni o'qib, onlayn bo'ptur, xaridni tasdiqlavorishing kerak, dedi. Men onlaynman, dedim. Keyin 3-4 minutdan keyin pulni o'tkazolmayapman, bunaqa xatolik chiqyapti, deb skrinshot tashladi. Skrinda openseani sahifasida "Serverimizda birbalo xatolik bo'ldi, xatolik kodi: birbalo" qabilidagi gaplar yozilgandi. Va supportni emailini berib, support bilan bog'lanib ayt, xaridor NFTlarimni sotib ololmayapti, deb, hal qilib berishsin, dedi.

Men o'zing yoz degandim, buni sen yozishing kerak, hal qilib berishlari uchun, dedi. Hay mayli, deb, OpenSea saytidan supportga bog'lanib, shunaqa-shunaqa degandim, darrov javob yuborishdi. Xaridorlar xarid bilan muammo bo'lishini aytishlari keng tarqalgan skam usullaridan biri, biz umuman sotuvchilardan sotishni tasdiqlashlari yoki komissiya uchun pul o'tkazishlarini so'ramaymiz, degan ma'noda.

O'sha xabarni skrinshot qilib, instagramdan anavi go'rso'xtaga yubordim, "agar skam bo'lmasa, hammasi joyida ekan, o'tkazaver, deb" shu bo'yi javob yozmadi u.

Keyin boshqalar aytganidan keyin e'tibor beribman, u support bilan bog'lan, deb bergan emaili oddiy gmaildan ochilgan pochta ekan. Yani support@opensea.io emas, opensea.iohelpdeskcentre@gmail.com . Odamlar shu emailni ko'rsatib, skamligi aniq demak, deyishdi. Men baribir tushunmayapmanku, qanday kiydirishlarini, nimaga erishishlari mumkinligini. Shunga qiziqib o'sha emailga xabar yozdim, xaridor sotib olishga harakat qilayotganida shunaqa xato chiqyapti, deb.

Keyin o'sha emaildan javob kelibdi, "bunaqa xatolik yuzberganidan juda afsusdamiz, sotuvni xavfsizligini ta'minlash uchun falon hisob raqamiga 0.4 ETH gaz solig'i to'lashingiz kerak" deb. Ana endi bu skam qanday ishlashini tushunvoldim)) Demak, kattaroq summaga NFTni sotib olmoqchiman, lekin o'tkaza olmayapman, bunaqa xato chiqyapti, deyishadi, xatolikni hal qilish uchun "support"ga yozsang, gaz solig'i to'lashing kerak deyishadi. 0.4ETH bu 700 dollardan ko'proq degani. Balki summani kamroq qilishganida, bu skam ko'proq ish berar, shunda ham men bilan emas))

Aytgancha, gaz solig'i degan narsa bu blokcheynda qatnashayotgan maynerlar uchun xizmat haqi, deb tushunsa bo'ladi. Mayning qilayotganlar mana shu gaz solig'ini bo'lishib olishadi. Har bir tranzaksiyadan ushlangan komissiya mingga, millionga bo'linib ketadi faqat. Juda-juda kam miqdorda xizmat haqi olishadi, lekin tranzaksiyalar davomli bo'lgani sari, shunaqa kam xizmat haqidan ko'p marta olishadi. Va maynerlar shundan pul qilishadi. Bu NFT blokcheyniga oid mayningdagi holat uchun.

Xullas, shunaqa skammerlardan ogoh bo'linglar)

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tiktok uchun videoπŸ˜‘πŸ˜‘

Layk bosib, komment yozib, procheeni bosib qo'yish uchun link: https://vt.tiktok.com/ZS83f7F7p/
Bugun referendum kuni. Albatta chiqinglar. Chiqmaganinglar "ha" deb ovoz berganinglarga teng bo'ladi, shuni unutmanglar. Kelajak avlod oldida vijdoningiz qiynalmasligi uchun ham chiqinglar.

@TheAliBlog
πŸ™‚πŸ™‚πŸ™‚
3-4 kun oldin Tarantino ishlagan "Django Unchained" (Ozod Django) filmini ko'rib chiqib, rostakamidan kayf qilvorgandim. Shuni kim ko'rmagan bo'lsa, albatta ko'rib chiqinglar. Hali beri bunaqa kayf bera oladigan kino ko'rmasliklaring aniq chunki)) Shuningdek, kinoni yaxshilab e'tibor berib, yaxshilab tushunib ko'rishinglar ham kerak. Tarantino ishlagan eng zo'r film shu bo'lsa, ajablanmayman) Chunki boshqa 1-2 kinolarini ko'rganimda menga unchalik yoqmagan edi. Bunisida esa, rostakamiga mazza qilib ko'rdim)

@TheAliBlog
Millionni navbatdagi konsertida Mirkomil ham jamoani tark etibdi.

@TheAliBlog
Davletovning aytishicha, hajga ketayotganlarga notbuk+printer hisobida ehson qilish sharti qo'yilmoqda ekan. Bizdagi haj safarining narxi boshqalarnikidan tengka-teng qimmatligi kamlik qilib turgandi o'ziπŸ™‚

@TheAliBlog
G'alati ishlar bo'lyapti:

https://t.me/OlimjonHaydarov/5855
Forwarded from ACTIVIST
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rahmat ❀️
Bir necha kundan beri Jahongir degan yigitga tayinlangan 3 yillik qamoq jazosi tarmoqda keng muhokama qilinmoqda. Agar haliyam xabardorlar bo'lmasa, sizlarga qisqacha mazmunini tushuntirib beraman:

- Jahongir degan o'smir yigit youtubeda bir nashidani (diniy mazmundagi xirgoyi) eshitib qolib, sinfdoshlar guruhiga linkini yuborgan. Bu aynan qachon bo'lganini aniq bilmayman, lekin ancha avval bo'lgan.
- Jahongirni IIBga suhbatga chaqirishadi, sabab qilib mahallada o'g'irlik bo'lganini, o'g'rilardan biri 2-siga "Joxon" deb murojaat qilgani aytiladi.
- Jahongir IIB bo'limida ekanida uni telefoni titkilanib, sinfdoshlar guruhiga yuborilgan link aniqlanadi va shu bilan unga qamoq ehtiyot chorasi qo'llaniladi. Shundan beri ochiq osmonni ko'rmagan yigitga 8-may kuni sud 3 yillik qamoq jazosi tayinlaydi.

Buyerda IIB xodimlarining ishiga qanday yondoshgani haqida ortiqcha gapirmoqchi emasman. Ular qanday ishlashini xalqimiz juda yaxshi bilishsa ham kerak. Lekin telegramda kimgadir yuborilgan linklarni ham birma-bir ochib, tekshirib ko'riladigan bo'lsa, unda mana shundan havotir olsak arziydi. Xohlaymizmi, yo'qmi, yaqin do'stlardan iborat guruhlarimizda turli gap-so'zlar bo'ladi doim. Va ulardagi hatto qandaydir linklar ham qamalib ketishga sabab bo'layotgan bo'lsa, unda IIB bo'limiga chaqirishganida, uyerga borishdan oldin telefoningizni uyingizdagilar ham topa olmaydigan qilib yashirib ketishni, telegramingizga 2 bosqichli autentifikatsiyani yoqib qo'yishni tavsiya qilaman.

Nega uydagilar ham topolmaydigan qilib berkitish kerak? Kuni kecha Toshkentdagi sobiq bir imom, jamoatchilik faoli bo'lgan odamni ham IIBga suhbatga chaqirishgan. U telefonini tashlab kirib ketgan va haligacha chiqmagan. Uni uyidagilarga esa, "telefonini opkelinglar" degan buyruq yuborilganπŸ˜‘

Buyoqda shuncha porno-kontent tarqatayotgan, shaxsi aniq bo'lgan shuncha odamlar turib, bitta nashidani linki uchun bir yigit qamalib ketayotgani bu jonajon yurtimizda muxtaram yurtboshimiz tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan dindorlarga yaratib berilayotgan keng ko'lamli imkoniyatlarning darajasini hammamizga bildirib turadi. O'zingizni ehtiyot qilinglar, yozishmalaringizni esa, yanada ko'proq ehtiyot qilinglar.

@TheAliBlog
Ko'pchilik maqtaganidan keyin "The Covenant" filmini ko'rib chiqdim kecha. Film syujeti zo'r ishlangan, mazza qilib, chalg'imasdan ko'radigan kino bo'lgan.

Film insoniylik va vijdon tuyg'ulari haqida desa ham bo'ladi. Hammangizga ko'rishni tavsiya qilaman.

@TheAliBlog
Super Mario Bros multfilmi chiqibdi, ko'ringlar. Illumination Entertainment yomon multik ishlamagan hali.

@TheAliBlog
Ali. Blog
Bir necha kundan beri Jahongir degan yigitga tayinlangan 3 yillik qamoq jazosi tarmoqda keng muhokama qilinmoqda. Agar haliyam xabardorlar bo'lmasa, sizlarga qisqacha mazmunini tushuntirib beraman: - Jahongir degan o'smir yigit youtubeda bir nashidani (diniy…
Sobiq imomni chaqirishlaridan maqsad, u ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylayotgan bir qancha videolar diniy qo'mita ekspertizasiga yuborilgan ekan.

Ekspertiza javobiga ko'ra, bu videolarda ekstremistik ruhdagi, adovat qo'ziydigan va hokazo g'oyalar mavjud bo'lmagan.
LEKIN
2022-yilda Vazirlar mahkamasi degan joy bir qaror chiqargan ekanki, u qarorga ko'ra diniy mazmundagi har qanday materiallar tarmoqda e'lon qilinishidan oldin diniy qo'mitadan maxsus ruxsatnoma olinishi kerak ekan😐.

Konstitutsiyada davlat din ishlariga aralashmaydi deyilgan, a buyoqda dinni ustidan birato'la nazorat o'rnatib, buni vazirlar mahkamasi qarori bilan mustahkamlab qo'yishibdi.

Tiktokdagi shuncha blogerlar, domla-blogerlarchi unda?πŸ˜‘

Chet tilini o'rganinglar va farzandlaringizga o'rgatinglar!!!

@TheAliBlog
John Wick 4 chiqibdi internetga. Sifatli versiyasi)
Maktabni bitirganimga 13 yil to'libdiπŸ˜‘ Vaqtni tez o'tib ketishini qaranglar)

@TheAliBlog
Referendum o'tdi. 7 yildan 2 marta saylanish imkoniyati cho'ntakda turibdi. Buyog'i endi Karimov davridagi diktaturaga qaytaversak bo'ladi, deganimi?

To'g'ri, Karimov davrini yaxshilaydigan odamlardan biriman o'zim. Lekin u davrdagi eng asosiy yomon taraf bu organ xodimlarining qonundan yuqorida ishlashlari edi. O'zlariga yoqmay qolgan odamni qamab yuborish hech gap emasdi.

Oxirgi vaziyatlarda shu narsa yana tiklanayotgandek tuyulmayaptimi, sizlarga? Har qanday diniy material yuborganlarni jarimaga tortish yoki ma'muriy qamoqqa tiqish tadbirlarini uje eshitmagan odam qolmadi. Referendumdan oldin shunaqa narsa bo'luvmidi? Menimcha yo'q.

Toshkentda 21 Surxondaryolik yigitni IIBga olib borib, o'lasi qilib kaltaklashgan. Oqibatda yigit o'lgan. IIB xodimlari esa, yigit qochishga harakat qilib, 4-qavatdan sakragani va qo'l-oyog'i sinib, kasalxonaga olib borilgani, kasalxonada o'lganini aytishgan. Yaxshiyam vijdonli doktorlar bor ekan, Olimjon Haydarov o'sha shifokorlardan biri bilan gaplashganida yigit hech qanaqa qo'l-oyog'i sinmagan holda kelganini, ko'krak qafasi qisilib, ichki qon ketishdan o'lganini aytib bergan, videolarni taqdim qilgan. Bu xabardan keyin endi o'sha shifokorlar ham biror jinoyati uchun IIBga olib ketilmasa go'rga edi.

Shuningdek, 2ta avtoblogerni shunchaki o'ziga yoqmagan gap aytgani uchun 1 kun ichida sud qilib, qamab yuborishgan.

Kechki payt kompyuterxonada reyd qilib, hammani tashqariga olib chiqishgan va shunchaki qo'lini cho'ntagidan chiqarmay gaplashgan yigitni qo'lini qayirib, kishan taqib, IIBga olib ketishgan.

Xavfli vaziyatda yashayapmiz do'stlar. Qonuniy huquqlarimizni ham talab qila olmay qolishimiz mumkin hali. Tepada aytganimdek, Karimov diktaturasi davridagidek pisib yurishni boshlamasak bo'ldi edi. O'zingizni va yaqinlaringizni asrang. Til o'rganing, ITni o'rganing. Va keting.

@TheAliBlog
Metroda bir qizga tegajog'lik qilayotganini videoga olib, "prank🀣" deb internetga joylangan video bugun twitterda rosa muhakama bo'ldi. Izlanishlar davomida videodagi nusxalarning shaxsini aniqlab berdimπŸ˜‘

@TheAliBlog