Ali. Blog
304 subscribers
335 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Ali. Blog
UzMobayl nomerim o'z-o'zidan pullik sms xizmatga ulanib qolgan. Operatorni javobi esa kulgili, internetda qanaqadir reklamani ustiga bosganim uchun ulanib qolgan emish. Uzmobayl nomerim esa aslida modemni ichida ishlaydi doim. Yana kimdadir shunaqa holat kuzatilyaptimi?
Mana bu holat esingizdami? Bu holatning tagiga yetdim) Uzmobayl tizimidagi "lazeyka" sababli ustomonlar soqqani bosib yotishibdi, yoki uzmobayl ham bundan manfaatdor va xabardor.

Demak, qisqacha tushuntirsam, bunaqa o'z-o'zidan yoqilib qoluvchi xizmatlar chindan ham turli saytlardagi reklamalar sabab yoqilib qolarkan. Misol uchun, aytaylik birorta bepul saytga kirdingiz. Kino ko'rgani, yangiliklar o'qigani, istalgan maqsadda, lyuboy saytga kirdingiz. Ba'zi saytlar 1-klikni qabul qilmay, ekranni qayeriga bossangiz ham, yangi oyna ochib, reklama yo'naltirgan manzilga olib ketadi. Aynan mana shunaqa manzilda bu xizmalar o'zining web saytiga sizning raqamingizni registratsiya qilib qo'yadi.

Ya'ni, internetda ekaningizda, bu saytlar siz internetga qaysi raqamdan kirayotganingizni ko'ra olarkan. (Web dasturlashdan chiqib ketganimga 6 yillar bo'ldi chamasi, shunaqa yangiliklar chiqib ketganmi, yoki oldin ham bormidi?) Bu degani, avtoklik orqali falonsayt.uz/xizmatga_ulash?raqam=998991112233 ga o'xshash holatda ochilgan sahifaga o'tib ketadi. Bu bilan raqamingizni o'zlarini bazasiga va katta ehtimol bilan aloqa operatorining ham bazasiga kiritib qo'yaverishadi. Qarabsizki, siz xizmatga ulangansiz.

Bularni qilib bo'lgandan keyin, endi bu saytni boshqa saytlarga reklamasini joylashtirish qoladi xolos. Buning uchun minglab servis saytlar bor. Yirik saytlar mana shu servislarni saytiga ulash orqali soqqani bosishadi. A, shu reklamalarni berayotgan anavi debillar ham soqqani rosa bosadi demak.

Xullas, buyerdagi eng katta aybdor baribir aloqa kompaniyalari bo'lib qoladi. Ular tizimdagi xatoliklarini to'g'rilashlari, yoki, agar u xatolik bo'lmasdan, atay ochib berilgan koridor bo'lsa, bunaqa dolbayoblikni yig'ishtirishlari kerak.

@TheAliBlog
Sog'likni Saqlash Vaziri 20 yil oldin tibbiyotimiz jar yoqasida qolganini, odamlar juda uzoqdagi poliknikalarga qatnaganini, o'sha poliknikalarda ham sharoit bo'lmaganini, 2016-yildan keyin birdaniga hammasi zo'r bo'pketganini gapiribdi. Konstitutsiya targ'ibotida. Kasallarni oldiga 30 yildan beri eshakda qatnab yurgan hamshira opaning videosiga hali 1 oy ham bo'lmadi🙂. Ya'ni, o'sha opa 2016-yildan keyin ham 7 yil davomida eshakda qatnab yurgan. Yashasin yurtboshimiz!

@TheAliBlog
Bollivud qiroli SRK ijrosidagi katta shov-shuv bo'lgan Pathaan filmi kecha internet saytlariga sifatli versiyada chiqdi. Kinoteatrdagi parchalarni tiktokda ko'rganimdayoq ancha qiziqib qolgan edim. Kecha yuklab olib, inglizcha subtitr bilan ko'rib o'tiraman degandim, subtitr bilan ko'rish qiyin ekan. Odatda 1ta monitorimda kino qo'yib, 2-sida ishimni qilib o'tiraman. Bu kinoda esa, eshitib tushuna olmas ekanman (chunki hindcha), subtitrni o'qish kerak).

1-2 kunda TVda ham dublyajini qilib chiqarishsa kerak, balki internet studiyalari dublyaj qilib bo'lishgandir ham. Lekin asl tilida ko'rish menga ko'proq yoqib qoldi, Hindcha kinolarni ham.

Kino sobiq maxfiy xizmat xodimi bo'lgan Pathaan ismli odam haqida. Kechadan beri yarim soatini ko'rdim xolos, lekin intrigaga boy ekan, rosa qiziqtiryapti)) Tavsiya qilaman.

@TheAliBlog
Shu kunlarda Tiktok CEOsi bo'lgan Shou Zi Chewning Amerika kongressi oldidagi eshituvi bo'lib o'tmoqda ekan. Eshituvdan parchalarni ko'rdim, jarayon juda kulgili. Yemagan ayblovlar bilan tiktokni aylamoqchi bo'lishyaptiyu, lekin o'xshamayapti.

Aytishlaricha, bunda Meta kompaniyasining qo'li bor emish. Tiktok sababli Metaga qarashli instagramda faollik avvalgiday bo'lmay qolgan. Shu sababli Metaning cho'ntagidagi kongressmenlar tiktokka hujum qilishmoqda. Bu jarayonni tiktokdagilar kulgiga olishmoqda. Kuzatamiz)

@TheAliBlog
🥲🥲🥲
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Sariq Devni Minib" asarini kinosini olgan rejissor Sarvar Karimov "Hokim Buva" degan serial suratga olibdi. Serial aynan qachondan, qaysi platforma/kanalda qo'yilishi haqida hozircha ma'lumot yo'q, lekin treylerdan juda qiziq serialga o'xshadi. O'zbek serial ko'ramiz shekilli endi🥹

@TheAliBlog
Monovi xorami itemgan dolbayob Xorazm viloyatida Adliya boshlig'i bo'lgan ekan. Detdomdagi voyaga yetmagan bolalarni bir necha oy davomida zo'rlab kelgan. Detdom rahbariga pul/sovg'alar berish orqali.

Bu ishni ko'rgan dolbayob sud esa, shu xoramiga 1,5 yil uy qamog'i jazosini beribdi. Buni o'ldirish kerak, demayman. O'ldirmasdan, qamoqqa tiqish kerak. Qamoqdagilar o'zlari eplab olishadi.
Bir necha kun oldin Last of Us o'yinining PC versiyasi reliz qilingandi. Reliz kunidanoq internet noroziliklarga to'lib ketdi. Chunki o'yinda juda ko'p xatoliklar, baglar bor ekan. PC versiyaga mukammal o'girilmaganidan norozi bo'lishmoqda. O'yin chiqqaniga hali 1 hafta bo'lmasidan, allaqachon 2-patch (tuzatishlar bo'yicha obnovleniya) chiqib ulgurdi.

Hozircha o'yin sotvolmaslik qarorim 2 karra to'g'ri ish bo'libdi demak))

@TheAliBlog
Internerda tarqalgan xabarlarga ko'ra, armiyadagi askarlar Artel kompaniyasida ishlashga majburlanish holatlari bor ekan. Aynan qanday ishlar ekanini bilmadimu, lekin ro'yhatda Artel binolarini qo'riqlash bor emish. "Namunali xizmat o'tagan"larga duxovka, mikroto'lqinli pech degandek sovg'alar berilganmish)) Hademay batafsil ma'lumotlar tarqalsa kerak)

@TheAliBlog
Bilayn bahorgi aksiya sifatida 1TB internet paketni 150 ming so'mga beryapti ekan. Faqat trafikni keyingi oyga cho'zib bo'lmaydi, 1 oyda ishlatib olish kerak) Trafik faqat Beeline Uzbekistan ilovasidan olinishi mumkin, sms yoki kod bilan olib bo'lmaydi.

1 Terabayt! 😢

@TheAliBlog
Audio
Qaysidir maktab direktori o’qituvchilarni Open Budget uchun ovoz yig’ishga majbur qilyapti. Yig’maganlarga dars soatlari ham berilmas ekan. Boshqacha gaplashilar ekan…

UPD:
Bu Navoiy viloyati Navbahor tumani Qalqon ota MFY 9-maktab deb aytishmoqda.

@trolluz
Tarmoqda hamma Mirshakar Malades deb yotganini sababi)

Bepul taklifnoma olganlar emish)

@TheAliBlog
🙂🙂🙂
Kecha twitterda bir videosini ko'rgandim, bir arava yogurt yig'ib olib, ularni tarkibida qaysidir modda borligi sabab xarom ekanini aytgandi. Bu modda xaromligi bo'yicha ishonchli manba keltirmagan.

Bu videoni orqasidan o'sha yogurt ishlav chiqaruvchilari yoki sotuvchi supermarketlar ariza qilishi tabiiy edi.

@TheAliBlog
🙂🙂🙂
Bepul AI rasmlar generatsiyasi!

Butun internetda Midjourney rosa trend bo'lmoqda anchadan beri. Shunchaki sifatlarni yozib, sun'iy intellekt uni generatsiya qilib berishi va chiqqan natijadagi kadrlar odamni hayron qoldiradi. Faqat bitta chatoq tomoni bor: Midjourney foydalanuvchilarga faqat 25 marta generatsiya qilish imkonini beradi, uyog'iga pullik obunalarga ulanishingiz kerak.

Xullas, 3-4 kun oldin yangi AI generator bilan tanishdim. Leonardo.AI Shu sayt orqali ro'yhatdan o'tishingiz mumkin. Foydalanish qo'llanmalarini youtubedan izlang. Ushbu AI instrument Midjourney kabi Discord orqali emas, o'zini sayti orqali ishlaydi.

Ushbu AI instrument bepul, lekin limitlari bor. Har kuni 150ta token beriladi. 1ta rasm generatsiyasi 1 token. Shuningdek generatsiyasi uchun qo'shimcha funksiyalar yoqilganida generatsiya narxi oshib boradi. Har holda har kuni yangi tokenlar berilishini hisobga olsak, ishlatish uchun qulay variantga aylanadi. Quyidagi rasmda men O'rgimchak-Odamni o'rta asrlarda, o'rta osiyo jangchisi sifatida tasvirlashni so'ragan edim.

Shuningdek, o'zbek qizlarining tasvirini twitter sahifamda ulashganman, rosa ko'pligi uchun telegramga yuklamayman, twitterga o'tib ko'rishinglar mumkin: twitter.com/TheharryAli

@TheAliBlog
Bugundan rasman to'liq Beeline abonentiga aylandim))

Xabaringiz bo'lsa kerak, salkam 5 yildan beri internet uchun uzmobayl ishlatar edim. Lekin kompaniya xizmatidan doim norozi bo'lib kelgandim, shunchaki trafik arzonligi uchun ishlatardim. Lekin 5 yil davomida internet paketlar narxi umuman arzonlamadi😑. Oldinlari qimmatchi bo'lgan Bilaynni narxlari arzonlab, uzmobayldan salkam o'tib ketti ham. Undan tashqari chegirma paketlari odamni ko'zini o'ynatyapti))

Shuningdek, Uzmobaylda o'z-o'zidan qaysidir xizmatga ulab qo'yib, pul yechib soqqa qilishlariga boshqa toqat qilolmadim. Oxirgi marta 2-3 kun oldin ham shunaqa bo'ldi. Bilayn nomerimda esa, bu holat kuzatilmagan shu vaqtgacha. Shunday qilib, e bore dedimda bugun internet modemim uchun ham bilayn simkarta sotib oldim.

Anovi 1TB trafik yodingizdami? Uni lotoreyaga o'xshash bepul o'yindan yutib olganizdan keyin sotib olish mumkin ekan. Har kuni 3 marta urinib ko'rish mumkin, sovrinlar orasida chegirmali paketlar, xatto bepul paketlar ham bor. Sovg'a chiqmagdigan variant yo'q umuman. Eng kamida bepulga 2023 daqiqa berarkan)) Eng baland sovg'asi esa, Mi-Fi modem ekan. Bilayn ishlatsanglar, Beeline Uzbekistan orqali har kuni shu o'yinda qatnashib turinglar 3 martadan. Balki tekinga modemli bo'pqolarsizlar))

@TheAliBlog
Kecha telegram kanallarda chiqqan Ozoda Nursaidovaning referendum targ'ibotida chiqishini ko'rdinglarmi? Ko'rmagan bo'lsanglar oldin o'shani topib ko'ringlar.

Keyin esa, 9 yil oldin Ozodlikka bergan intervyusini ko'ringlar:
https://www.ozodlik.org/amp/25369936.html
🙂🙂🙂

@TheAliBlog
Chingiz Xon zamonaviy shaxardagi ko'rinishi. Promptni ChatGPT yozib berdi va Leonardo AI generatsiya qilib berdi))

Mezza narsa ekan bu AI instrumentlar))