Ali. Blog
304 subscribers
335 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hogwarts Legacy o'yinida gippogrif minadigan kunlarga yetib keldim)
Internet uchun Uzmobayl ishlatardim odatda. Chunki bunga o'rgangan vaqtimda uzmobaylda trafik narxi eng arzoni edi. Lekin mana oradan 4 yil o'tdi hamki, internet paketlar narxi 1 tiyinga ham arzonlamadi. Sifatni ham yaxshilangani sezilmaydi.

Shu sabab internet uchun ham bilayndan foydalanishni o'ylab turibman. Hech bo'lmaganda uyga simli internet o'rnatilgunicha. Uyam 1-2 oyda bo'pqoladiganga o'xshab turibdi))

Bilaynda Juma aksiyalari bilan haftaning har Juma kunlarida katta chegirmalar bilan internet trafik olish mumkin ekan. Undan tashqari oddiy internet paketlarga ham 50% chegirma bo'layotganini ko'rib qoldim hozir. Chegirma qachongacha ekanini aniq bilmayman. Har xolda Uzmobaylda sarflayotgan pulimga kamida 50 foiz ko'proq trafik ishlatishim mumkin ekan)

@TheAliBlog
Kuni kecha youtubedagi yirik kanallardan biri bo'lgan "Chotki TV" kanalida marhum vayner Farhodning do'sti Ulug'bek bilan intervyu chiqardi. Ish vaqtimda 2-monitorimda biror nima ko'rib ish qilganim uchun kecha shu intervyuni ko'rib chiqqandim. Va bu intervyu tarmoqda sezilarli e'tirozlarga sabab bo'lmoqda.

Mehmon bilan yaqin do'stining o'limi haqidagi suhbatga son-sanoqsiz reklamalar tiqib tashlangani ko'pchilik tomonidan jiddiy e'tirozga uchramoqda. Hozirda hayp bo'lgan mavzu orqali soqqani maksimal bosish uchun 1-2 emas, 10ga yaqin reklama tiqib tashlangan. Videoreklamalardan tashqari intervyu davomida ekranga chiqib keladigan rasmli reklamalar ham bor.

Ming afsuski, bunaqa dolbayoblik o'zbek xalqiga yangilik emas. Chunki Farhodning o'limidan keyin juda ko'plab youtube/instagram/tiktokdagi sahifalar bu mavzu haqida bo'lar-bo'lmas ma'lumotlar berish orqali ham yaxshigina auditoriya yig'ib oldi, ham prosmotrlarni zo'r qilib oldi.

Old-skullar bo'lsa, balki eslar, 2013-2014-yillarda odnoklassnikida "Munisa Rizayeva" degan guruhlar juda ko'paygan va bunday guruhlar 1-2 kundayoq bir necha o'ng minglab odam yig'ib ulgurar edi. Bu o'sha vaqtlarda tarqagan Munisaning videosi bilan bog'liq bo'lgan.

Chindan ham, Chotki TVning bu ishini oqlab bo'lmaydi, lekin bu kanal har doim mana shu yo'nalishda faoliyat yuritgani sabab, bunga hayron qolmasa ham bo'ladi. Shuningdek, Chotki TVda intervyu oladigan odam instagram akkauntida 8 soatda 1 million prosmotr yig'ilganini maqtanib post ham qo'ygan emish))

Aslida esa, odamlar Farhod bilan bo'lgan voqealar haqida aynan Ulug'bekdan eshitish uchungina videoni ko'rishgan, bu Chotki TV ishlagan video bo'lgani uchun emas.

@TheAliBlog
"Last of Us" serialining 1-mavsumi tugadi, o'yinning 1-qismi kompyuterlar uchun reliz qilinishiga 11 kun qoldi.

Serialni ko'rib chiqdim. Oldin o'yinni o'ynamagan bo'lsamda, serial uncha zo'r chiqqandek tuyulmadi, o'yin yaxshiroq bo'lsa kerak, degan hayol kelaverdi. Lekin serialdagi personaj bir-biriga oiladek bog'lanib qolishlari oxirida yaxshi ochib berilgan. Serialning menga yoqmagan tomonlaridan biri bu voqealar 1 qismlik qilib ishlangan, huddi multseriallardagidek. Qanaqadir muammo, qanaqadir sarguzasht 1 qism davom etadi, keyingi qismda boshqa narsa sodir bo'ladi. KinoPub kanali bu narsani serialni yaxshi tomonlaridan biri sifatida sanagan bo'lsa, menga bu yoqmagan tomonlaridan biri bo'ldi.

Shuningdek, haliyam eski fikrimda sodiq qolaman: serial davomida ko'z o'rganib qolgan bo'lsayam, Elli roliga Bella Ramsey umuman nomunosib tanlangan.

Endi xotirjam bo'lib, o'yinni o'ynab ko'rib, voqealarni chuqurroq his qilib ko'rsak bo'ladi. O'yin narxi $49,99 ekan. O'zimga ramazon sovg'asi qilmoqchiman)) Hogwarts Legacyni tug'ilgan kunimga sovg'a qilgandim o'zimga))

Aytgancha, Hogwarts Legacyni syujetini haligacha tugatib ulgurmadim) O'yinga hozirgacha 36 soat sarflabman. Bu o'yinni o'ynash davomida "loot"ga chuqur yondoshgan o'yinlarga qiziqishim ortdi: ko'chadan har xil narsalar terib, ulardan biror nimalar yasab, shunaqa qilinadiku, shu narsa. Bu narsa RDR2 o'yinida juda zo'r chiqqan edi (batafsil alohida yozarman). Hogwartsdan keyin shu o'yinni qayta o'rnatib o'ynayman, degan edim, menimcha tugatgunimcha Last of Us reliz qilinadi yoki reliz qilinganida ham tugatib bo'lmayman)) Last of Us o'yini ham mana shunaqa lootlarga chuqur kirishgan o'yinlardan biri ekan. Shu tomonlama ham qiziqishim baland bo'lib turibdi))

@TheAliBlog
30-Aprel kuni referendum ekan. Hammayoqda referendumda qatnashish propagandasi ketmoqda.

Referendum bu yangi konstitutsiyani qabul qilish uchun xalq roziligini olish. Saylov. Asosiy maqsadi esa, ko'pchilik bilganidek "nollashtirish" uchun.

Yangi konstitutsiyada 1-2 yaxshi moddalar ham bor ekan, albatta va aynan mana shu moddalar orqali xalqni konstitutsiyani qabul qilishga chorlashmoqda.

Lekin aytingchi, amaldagi konstitutsiyamizdagi shuncha moddalar shundoq ham ishlamaydigan hozirgi holatimizda o'sha gullar bilan bezalgan yangi moddalar hayotimizni yaxshilay oladimi?😬

@TheAliBlog
Masalan, mana shu ham propagandaning bir ko'rinishi. Yangi konstitutsiyaga ovoz beringlar, rastamojkani ochamiz, deb odamlarni miyasiga quyishmoqda. Dardi mashina, gaz-svet kabi juda oddiy narsalar bo'lgan xalqimiz esa, afsuski, bunaqa va'dalarga uchishiga ishonmaslikni iloji yo'q.

Xo'sh, hozirgi konstitutsiyada monopoliyaga ruxsat berilganmi unda? Jinoyat-pinoyat kodekslaridayam monopoliyaga oid qonunlar bo'lsa kerak, axir? (Aniq bilmayman o'zim).

Xalqni monopoliyadan qutqarish uchun endi albatta konstitutsiyani yangilash shartmi?

Bir postga ko'zim tushib qoldi: "Referendumda yangi konstitutsiyani yoqlash orqali 'nollashtirish'ni amalga oshirib beradigan aholining ertaga nimadandir nolishga haqqi yo'q, bu narsani o'zinglar yaratyapsizlar"

@TheAliBlog
O'yinga 46 soat sarflanganidan so'ng nihoyat asosiy "story"ni tugatdim)) Hali qanchadan qancha 2-darajali missiyalar bor. Aniqroq aytsam, o'yin progressini 38 foiz tugatdim)) O'yin haqida batafsil taqriz keyinroq.

@TheAliBlog
Yangi yilni joizmas deb yurgan odamlar Navro'zni nishonlamasligi kerak. Chunki Yangi yil diniy bayram emas, Navro'z esa, diniy bayram. Zardo'shtiylik dinining bayrami)

@TheAliBlog
Ertaga ko'tarilib qanaqadir katta lavozimlarda ishlaganinglarda ham mana shunaqa dolbayoblardan bo'lmanglar. Yangi konstitutsiyaga ovoz beramizmi, bermaymizmi, baribir qabul qilinishi 99 foiz aniq bo'pturgan narsa, lekin buyerda gap ertaga mana bu dolbayoblar va'da qilayotgan o'zgarishlar bo'lmasligi ham 99 foiz aniq ekanida.

Xo'sh, o'zgarishlarni mana shu xoinlardan talab qilib olamizmi ertaga? Yaxshilab fikrlanglar. Hech bo'lmaganda vijdoningiz oldida yuzingiz oppoq bo'lsin.

@TheAliBlog
The Last of Us video-o'yinining PC versiyasi roppa-rosa 1 haftadan keyin reliz qilinadi. Lekin hozircha o'yinni sotib olish fikridan voz kechdim. O'yin uchun tavsiya etilgan xarakteristikani ko'rib shunga amin bo'ldimki, kompyuterim bu o'yinni ham eng past grafikada ochib berishdan boshqasiga yaramas ekan) Hogwarts Legacyda qanaqa qotganini ko'raverganimdan keyin, hozircha o'yinlar sotib olishni to'xtatib, kompyuterni upgrade qilishni asosiy masala qilib belgilab oldim.

O'tgan yili RTX3070ga pulim yetib turgan joyida "olsam birato'la RTX3080 Ti olaman" deb o'zimcha oliftalik qilib, pul to'plashda davom etib, oxiri hammasini ishlatib qo'ygandim) Hozirgi sarf-harajatlarimdan kelib chiqqan holda esa, 3070 bo'lsa ham olaverishga qaror qildim. O'zimga hayitlikka sovg'a qilaman) Nasib qilsa, albatta))

Undan keyin narxlar o'tgan yilgidan anchagina pastlab kettiku, harqalay, a? Mayningdagi muammolar, RTX40 seriyasini bozorga kirib kelishi, degandek.

@TheAliBlog
Telegramda turli kanallarda ba'zi o'quvchilarni fitfilyon dollar grant yutvolibdi, degan shov-shuvli xabarlari tarqaganida, uydagilar "senam harakatingni qilsang bo'maydimi shunaqa narsalarga? Fitfilyon dollar teshib chiqadimi?" deb gapirishgandi))

O'zim ham hayron bo'lgandim, qanday bunaqa katta summada grant yutbolish mumkin, startaplar ham buncha yutolmayaptiku, deb) Bu o'sha odam qabul qilingan universitetlarda o'qish uchun berilgan grantlari yig'indisi ekan. Chet elda qaysidir universitetni yillik kontrakti 50 ming dollar bo'lsa, 4 yil o'qish uchun 200 ming dollar yutvolgan, deb tushunilarkan demak) A shunaqa universitetlardan 10-15tasiga topshirib qo'ysa uje bir necha million grant yutvolgan qahramonga aylanarkan)

Baribir faqat 1tasida o'qiydi xolos. Katta summalar bilan odamlarni qo'rqitmanglar unaqa. Bizam erkin nafas olaylik uyda)

@TheAliBlog
Ali. Blog
UzMobayl nomerim o'z-o'zidan pullik sms xizmatga ulanib qolgan. Operatorni javobi esa kulgili, internetda qanaqadir reklamani ustiga bosganim uchun ulanib qolgan emish. Uzmobayl nomerim esa aslida modemni ichida ishlaydi doim. Yana kimdadir shunaqa holat kuzatilyaptimi?
Mana bu holat esingizdami? Bu holatning tagiga yetdim) Uzmobayl tizimidagi "lazeyka" sababli ustomonlar soqqani bosib yotishibdi, yoki uzmobayl ham bundan manfaatdor va xabardor.

Demak, qisqacha tushuntirsam, bunaqa o'z-o'zidan yoqilib qoluvchi xizmatlar chindan ham turli saytlardagi reklamalar sabab yoqilib qolarkan. Misol uchun, aytaylik birorta bepul saytga kirdingiz. Kino ko'rgani, yangiliklar o'qigani, istalgan maqsadda, lyuboy saytga kirdingiz. Ba'zi saytlar 1-klikni qabul qilmay, ekranni qayeriga bossangiz ham, yangi oyna ochib, reklama yo'naltirgan manzilga olib ketadi. Aynan mana shunaqa manzilda bu xizmalar o'zining web saytiga sizning raqamingizni registratsiya qilib qo'yadi.

Ya'ni, internetda ekaningizda, bu saytlar siz internetga qaysi raqamdan kirayotganingizni ko'ra olarkan. (Web dasturlashdan chiqib ketganimga 6 yillar bo'ldi chamasi, shunaqa yangiliklar chiqib ketganmi, yoki oldin ham bormidi?) Bu degani, avtoklik orqali falonsayt.uz/xizmatga_ulash?raqam=998991112233 ga o'xshash holatda ochilgan sahifaga o'tib ketadi. Bu bilan raqamingizni o'zlarini bazasiga va katta ehtimol bilan aloqa operatorining ham bazasiga kiritib qo'yaverishadi. Qarabsizki, siz xizmatga ulangansiz.

Bularni qilib bo'lgandan keyin, endi bu saytni boshqa saytlarga reklamasini joylashtirish qoladi xolos. Buning uchun minglab servis saytlar bor. Yirik saytlar mana shu servislarni saytiga ulash orqali soqqani bosishadi. A, shu reklamalarni berayotgan anavi debillar ham soqqani rosa bosadi demak.

Xullas, buyerdagi eng katta aybdor baribir aloqa kompaniyalari bo'lib qoladi. Ular tizimdagi xatoliklarini to'g'rilashlari, yoki, agar u xatolik bo'lmasdan, atay ochib berilgan koridor bo'lsa, bunaqa dolbayoblikni yig'ishtirishlari kerak.

@TheAliBlog
Sog'likni Saqlash Vaziri 20 yil oldin tibbiyotimiz jar yoqasida qolganini, odamlar juda uzoqdagi poliknikalarga qatnaganini, o'sha poliknikalarda ham sharoit bo'lmaganini, 2016-yildan keyin birdaniga hammasi zo'r bo'pketganini gapiribdi. Konstitutsiya targ'ibotida. Kasallarni oldiga 30 yildan beri eshakda qatnab yurgan hamshira opaning videosiga hali 1 oy ham bo'lmadi🙂. Ya'ni, o'sha opa 2016-yildan keyin ham 7 yil davomida eshakda qatnab yurgan. Yashasin yurtboshimiz!

@TheAliBlog
Bollivud qiroli SRK ijrosidagi katta shov-shuv bo'lgan Pathaan filmi kecha internet saytlariga sifatli versiyada chiqdi. Kinoteatrdagi parchalarni tiktokda ko'rganimdayoq ancha qiziqib qolgan edim. Kecha yuklab olib, inglizcha subtitr bilan ko'rib o'tiraman degandim, subtitr bilan ko'rish qiyin ekan. Odatda 1ta monitorimda kino qo'yib, 2-sida ishimni qilib o'tiraman. Bu kinoda esa, eshitib tushuna olmas ekanman (chunki hindcha), subtitrni o'qish kerak).

1-2 kunda TVda ham dublyajini qilib chiqarishsa kerak, balki internet studiyalari dublyaj qilib bo'lishgandir ham. Lekin asl tilida ko'rish menga ko'proq yoqib qoldi, Hindcha kinolarni ham.

Kino sobiq maxfiy xizmat xodimi bo'lgan Pathaan ismli odam haqida. Kechadan beri yarim soatini ko'rdim xolos, lekin intrigaga boy ekan, rosa qiziqtiryapti)) Tavsiya qilaman.

@TheAliBlog
Shu kunlarda Tiktok CEOsi bo'lgan Shou Zi Chewning Amerika kongressi oldidagi eshituvi bo'lib o'tmoqda ekan. Eshituvdan parchalarni ko'rdim, jarayon juda kulgili. Yemagan ayblovlar bilan tiktokni aylamoqchi bo'lishyaptiyu, lekin o'xshamayapti.

Aytishlaricha, bunda Meta kompaniyasining qo'li bor emish. Tiktok sababli Metaga qarashli instagramda faollik avvalgiday bo'lmay qolgan. Shu sababli Metaning cho'ntagidagi kongressmenlar tiktokka hujum qilishmoqda. Bu jarayonni tiktokdagilar kulgiga olishmoqda. Kuzatamiz)

@TheAliBlog
🥲🥲🥲
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Sariq Devni Minib" asarini kinosini olgan rejissor Sarvar Karimov "Hokim Buva" degan serial suratga olibdi. Serial aynan qachondan, qaysi platforma/kanalda qo'yilishi haqida hozircha ma'lumot yo'q, lekin treylerdan juda qiziq serialga o'xshadi. O'zbek serial ko'ramiz shekilli endi🥹

@TheAliBlog