Ali. Blog
304 subscribers
335 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Bugun tepada aytilgan serialni 13 qismini ko'ribman. Kecha 1-mavsumni boshlab uxlagan bo'lsam, bugun 1-mavsumni tugatib, 2-sini yarmiga yetib qo'ydim.

Uxlash kerak, to'g'ri. Lekin serial juda-juda qiziq ketyaptida axir?

@TheAliBlog
Tashqarida yomg'ir yog'ib, xonam chivinga to'lib ketibdi. Ertalabgacha hammayog'im momataloq bo'lib ketsa kerak

@TheAliBlog
Hech tushunmayman, odamlar ishlatgan trafigi bilan maqtanishlarini. Feysbukdagi ko'plab guruhlarda bir oyda sarflangan trafik skrinshotlarini maqtanish urfga kira boshlabdi. Ko'p trafik sarfladang sen zo'rsan, degani emas, sen markazda yashaysan degani, kompaniya seni hududinga ko'proq e'tibor qaratadi degani.

Ko'plab tanishlarim bor, agar iloji bo'lsa internetga pulni ayamaydi, lekin foydasi yo'q. Chunki hududida hech bir kompaniyaning interneti aytarli darajada yaxshi ishlolmaydi.

Mana men. Internet cheksiz. Lekin tezlik past bo'lsa, nima keragi bor, to'g'rimi? Eh, bu masalada gapirishni foydasi yo'q, operatorlarga aql kirmaydi baribir.

@TheAliBlog
Kechadan beri naushnikni bitta qo'limda mahkam tortib ishlatyapman. Bu ketishda yo naushnikni birato'la uzib olaman, yoki qo'lim charchaydi.

@TheAliBlog
Kino, serial, multfilm va hokazolar ko'rishdagi harakterim shunaqaki, bir soniyasini ham o'tkazib ko'rmayman.

1,5 soatlik kinoni ayrim tanishlarim 10-15 minutda ko'rib chiqib, "zo'r kino ekan rostdan ham" deb bezrayib tursa bo'g'ib qo'ygim kelardi.

@TheAliBlog
Rejalashtiriladigan o'g'rilik syujetidagi filmlarning oxirgi daqiqalarida tomoshabinning yuragi hapqirib keta boshlaydi. Sababi aynan shu daqiqalarda tovlamachilarning o'g'irlik yakunidan keyingi ishlari, hayoti qanday o'tayotgani, pulni qanday taqsimlashgani, u pullarni nimalarga sarflashgani kabi kadrlar ko'rsatiladi.

Bu yo'nalishdagi kinolarni juda ko'p ko'rganman, lekin endi men uchun eng sevimli yakun aynan shu - Money Heist serialiniki bo'ladi.

Qiziq, nega o'zbek filmlarida kriminal janrdagi kinolar faqat mafia haqida bo'ladi? Birortq rejali o'g'irlik haqida olinmagan? Bunaqa senariy yozishga aqli yetadiganlar yo'qmi bizda? Yoki yuqoridagilardan qo'rqisharmikan?

I mean, Jahongir Poziljonov ishlagan shu tipdagi kino bor, lekin unda odamlarni shuv tushirishadi xolos, birorta manbani o'marishmaydi. Uyat.

Maslahatim, serialni birorta bepul saytdan qidirib bo'lsa ham ko'ringlar albatta.

P/s: Netflix'dan yuklab olish yo'lini topib, kanal ochsammikan?
Netflix. 17-aprel bepul taqdim etilgan muddat tugar ekan😢

@TheAliBlog
Eski zapchastlarim turadigan qutidan topdim. Ukam ishlatib, telefonga ulanadigan joyini bukib, simini uzib yuboribdi shekilki, ovozni to'liq chiqarmayapti. Well, injenerlikka qiziqaman lekin. Dexqoncha usulda qilamiz)

@TheAliBlog
Ishlatilgan telefon sotib olgan ko'pchilik biladiki, shunday toifa odamlar bor: har qancha telefonni ayamay ishlatsa ham, korobkasi ichidagi naushnikka biror marta tegilmagan bo'ladi.

Well, men ham shunaqa toifadanman, umuman olganda. Telefonimni sentyabr oyida sotib olgan bo'lsam, biror marta uni o'zini naushnigini ishlatishni o'ylamaganman, sababi bir tarafini bo'yindan aylantirib o'tishi yoqmasdi menga. Lekin hozirgi vaziyatda ishlatilmasa bo'lmaydi)

Inglizchasiga aytganda "there's always something up my sleeve"))

@TheAliBlog
Naushnik masalasida menga o'xshab qiynalib qolmaslik uchun layfhak. Prujinani ruchkadan topasiz. Buyog'iga "izolenta" bo'lmasa, skoch ham bo'laveradi)

@TheAliBlog
Yana bir kepqoldi. "Bir siltam kam" deyiladigan yigitlar masalasida.

O'zi hali uylanmagan yigit boshqalarga aql o'rgatyapti demanglaru, odamlarni kuzatib g'ashim keladi. Ba'zi yigitlarni ko'rib bular erta-indinga erkak bo'lib yetishishidan xabari bormikan, deb o'ylab qolaman. Karantin vaqtida misolni ham ko'chadan olmasdan, shu internetni o'zidan olamiz. "Pont"lardan. Inglizcha aytganda Punk.

Bir yigit senga ishi tushib nimanidir so'ramoqchi bo'lib yozadi. Undan batafsil ma'lumotlarni olib, yordam bermoqchi bo'lasan, yordam berasan ham. Keyin esa BAM! Anovi shilta smslarni hammasini o'chirib tashlaydi, qarasang "history cleared" turadi.

To'g'rida, ertaga men bu yozishmalarni skrinshotlarini "Markaziy Studiya"dagilarga ko'rsatib rosa sharmandasini chiqarishim mumkinku axir!

Hech tushunmaymanda, hurmatsizlikdan boshqa narsa emas bu! Agar telegramdagi bosh sahifada ortiqcha kontaktlar chiqib turishi yoqmasa, ochib balo bormidi?

Yana ba'zi befaxmlar oddiy harflarga qiron kelgandek gulli-gulli naqshinkor harflarda yozadi. Aniqrog'i shunaqaga o'girib beradigan programmasi bor. Shuni hammaga maqtanishi kerak. Erkak kishi sal jiddiyroq ko'rinishni o'rganishi kerak. Lekin baribir tushunmayman, shunaqa naqshli belgilar bilan yozishdan maqsad nima o'zi? Punk. Boshqa narsa emas.

Ho'p, bunaqa dasturi yo'qlarni orasida ham shunaqa jimjimador yozgisi qistaydiganlar uchrab turadi. Azaldan yoqmay kelgan, negaki odnoklassniki davridan beri bor bu kasallik. BiTTa HaRfNi KaTTa BiTTaSiNi KiChKiNa HarFDa YoZiB ZuuuR ko'rinmoqchi bo'ladi, mlya!

Imlo xatolarsiz yozilmaganga yarasha erkakka o'xshab yozishni o'rganinglar! Ukalaringiz bo'lsa o'rgatinglar.

Rosa jizzakiligim tutib ketadi birdaniga. Rostiyamda, qilgan ishini qaranglar endi buni. Men ham bloklab qo'yaqoldim lekin.

@TheAliBlog
Chirchiqdagi karantin zonasida 2002-yil qiz farzandli bo'libdi.

2002-yil degani 18 yosh deganimas hali. Balki kuzda tug'ilgandir, balki, dekabrdadir? Gap buyoqda emas, gap u qiz nechi yoshida turmushga uzatilganida. Chunki u endigina turmush qurish yoshiga yetib kelyapti. Lekin allaqachon farzandli bo'lib bo'lgan. I mean, hozir 2003-yil qizlar turmushga chiqadigan paytmi?

@TheAliBlog
Uxlashdan oldin telegramdagi xabarlarni, bloggerlarni yozganlari, trendga chiqqan videolarni ko'rib chiqaman doim. Shunaqa qilmasam, yana mingtadan oshib ketadida, ochgim ham kelmay qoladi)

Kun davomida faqat shaxsiy xabarlarni o'qiyman xolos. Begona guruhlarga qo'shilmaganman, qo'shilganlarimda ham zarur gaplarni o'qib chiqaman. Ha aytgancha, kontaktga qo'shib olib, allambalo guruhlarga qo'shib tashlaydiganlarni ham bloklab chiqishni yoqtiraman.

Yarim tundan oshgan bo'lsa ham uxlashga shoshilmayapman. Baribir ertaga bizni buyuk ishlar kutayotgani yo'q.

@TheAliBlog
Shartta o'rnimdan turib birnimalar qip tashlaydigandek, dunyodagi adolatsizlikka qarshi shartta urush e'lon qilib yuboradigandek adrenalin olyapman serialdan😁

@TheAliBlog
Netflixdan filmlarni yuklab oladigan dastur topdim. Faqat oylik to'lovi bor ekan. Kamiga Netflix'da aktiv akkaunt ham kerak ekan. Agar uddalay olsam, haligi kanal ochish haqidagi fikrimni amalga oshiraman.

@TheAliBlog
Videoni yuklab oldim nihoyat. Bitta faylni o'zida barcha dublyajlari va subitrlari bor. Juda zo'r. Lekin hajmi juda katta. Buni men yuklayolmayman ham, odamlar ham yuklab ololmaydi.

Konverterlar orqali kichraytirishda esa, subitrlardan voz kechishga to'g'ri kelyapti. 5ta videokonverterni sinab ko'rdim, hech birida subitrni videoga pechatlab o'tib ketish imkoniyati bo'lmayapti. Subitrdan voz kechishni iloji yo'q, chunki juda ko'plab kino-seriallarda asosiy til (ingliz/rus)dan tashqari qo'shimcha tillarda ham gapirishlari (arabcha, shvedcha, turkcha, italyancha, fransuzcha va hokazo) dublyaj qilinmaydi. Buni tushunish uchun faqat subitr yordam beradi tomoshabinga.

Izlanishdaman.

@TheAliBlog
Menimcha uddaladim. Hozircha hech nima yuklamayman, 2-3 kunlik materiallarni tayyorlab olib, keyin boshlayman. Shunda ham kanalga ulanib olish esdan chiqmasin:

@UzNetflix

100ta odam kirsa kanalni berkitamiz, shoshilinglar, deydiyu😂
Kichik jiyanim Muhammad Aziz. Yaqinda 1 oylik bo'ldi)
Ali. Blog
Menimcha uddaladim. Hozircha hech nima yuklamayman, 2-3 kunlik materiallarni tayyorlab olib, keyin boshlayman. Shunda ham kanalga ulanib olish esdan chiqmasin: @UzNetflix 100ta odam kirsa kanalni berkitamiz, shoshilinglar, deydiyu😂
(Bu postni hind aktyori Shohruxxon hammayog'i qontalash bo'lib turgan holda, azartga kirib, qizishib, dushmaniga ohirgi ogohlantirish berayotgan mimika va ovozida ayilayotgani tasavvur qilinsin)

Kanalni ochib, huddi o'zim ko'rib bo'lgan seriallarimni keyingi mavsumi chiqishini kutib qiynalganimdek, sizlarni ham o'shalarni kutib azoblanishga majbur qilaman😈

@TheAliBlog
Shit! Dollar ko'tarilishi haqidagi prognozni kecha o'qigandimku axir! Bor pulimga dollar sotvolmaymanmi, onlayn konversiya orqali!

Ehh, 5 ming so'm foydaya😩

@TheAliBlog