Ali. Blog
304 subscribers
334 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Shakar arzonlabdi. Oldingi safar olganimdan 10 ming so'm arzonga oldim 1 kiloni. Qoplab olib qo'yadigan joyi menimcha. Pulinglarni kriptovalyutaga tikmasdan shakarga tikinglar))

@TheAliBlog
Donald Tramp 2024-yilgi saylovda o'z nomzodini qo'yishini e'lon qildi va o'zining prezidentlik rejalari haqida qisqacha gapirib berdi. Ular orasida noqonuniy immigrantlarni quvib chiqarish, xitoyga xomashyo qaramligidan qutulish, ayollar sportida erkaklar qatnashmasligi (elgebete) va hokazo rejalar bor.

Oldin ham aytganimdek, Trampning qadriga vaqtida yetmagandik, endi yana qayta saylansa, dunyoda ham tinchlik hukmron bo'lar, balki))

@TheAliBlog
Kechadan boshlab video-o'yinlar magazinlarida "Black Friday" chegirmalari boshlandi. Uyerda yuzlab o'yinlarni 10 foizdan 80 foizgacha arzonlashtirilgan narxlarda sotib olishingiz mumkin.

Ko'zga ko'ringan o'yinlarni narxlari haqidana aytsam, GTA Vni $11.5ga (50%), RDR2ni $12ga (65%), Cyberpunk 2077ni $14ga sotib olishingiz mumkin. Yana o'zinglar bir qator magazin aylanib, narxlarni ko'rib chiqishingiz mumkin, boshqa o'yinlar uchun. 1,5 dollarlik o'yinlar ham turibdi))

Afsuski, Miles Morales chegirmaga tushmadi hech qaysi magazinda))) Shuni kutib yurgandim endi)) Ehh, chegirmasiz bo'lsa chegirmasizda) Nasib qilsa 1-2 kunda strimni boshlaymiz)

@TheAliBlog
Nega bizda "Black Friday" atamasini "Qora Juma" deb tarjima qilishdan, yoki o'zimizdagi chegirmalarga shu atamani ishlatishdan tiyilishlarini tushunmayman.

Juma so'ziga qora so'zi qo'shilsa, bu Juma yomon kun, degani bo'lmaydiku? 😬 Sizlar qanday fikrdasizlar?
Miles Moralesni 2 soatcha o'ynab zapisni yoqib yozib ketyotuvdim. Qarasam mikrofonni nastroykadan o'chirib qo'ygan ekanman🥲

Aytgancha, o'yinga gap yo'q. Grafika udar!

@TheAliBlog
"Voice AI" proyekti haqida eshitib qoldim. Bu dastur sizni ovozingizni mashxur shaxslarni yoki kino-multfilmlardagi personajlar ovozi bilan alishtirib qo'yadi. Dasturni voice.ai saytidan bepul yuklab olishingiz mumkin.

Men Barack Obama, Rick va Mortydagi Morty, Donald Tramp ovozlarini sinab ko'rdim. Inglizcha gapirsagiz anchagina o'xshatib berarkanu, o'zbekcha gapirganda ba'zi tovushlar tushib qoladi yoki g'alati so'zlarga almashib qoladi)) Harqalay, dastur hali ishlab chiqarilish bosqichida ekan.

@TheAliBlog
Qasoskorlardagi Tor Odinson ri bilan bizga tanish bo'lgan Chris Hemsworthda Alzgeymer hastaligiga olib boruvchi kasallik aniqlanibdi. Ya'ni, bora-bora Alzgeymerga chalinib, skleroz bo'lib qolarkan. Aktyor Tor obraziga yakun yasashga tayyorligini bildirgan.

Umuman, Torning oxirgi kinosi bachkana chiqqanini hisobga olsak, bu qahramonni MCUdan olib tashlasak ham bo'laveradi o'zi.

@TheAliBlog
"Ah, shit, here we go again..."

Shunaqa ongsizlar jamiyatdan hali beri yo'qolmasa kerak. O'z fikri yo'q, boshqalarni fikri bilan yashaydigan dolbayoblar.

Bu serialni tarjimasi bo'yicha ko'plab jangu-jadallarni boshdan o'tkazdim, blogimni kuzatib boradiganlar bilsa kerak)

Eng qizig'i bu serialga ziyoli musulmonlar qatlami hecham e'tiroz bildirmagan. Faqatgina serialni o'zi ko'rmagan, boshqalarni aytgani bo'yicha fikrlaydiganlar janjal qilgan xolos.

Bunday dolbayob bo'lmanglar, qisqasi.

@TheAliBlog
Тру.
Ko'zinglar tushdimi-yo'qmi, bilmadimu, yaqinda yana bitta xabar ko'pchilikni hayratda qoldirdi. Onlayn mahalla vebsaytini yaratish uchun byudjetdan 8 milliard 400 million so'm ajrarilibdi. Bu umuman aql bovar qilmaydigan darajadagi summa. Sobiq dasturchi sifatida, dasturchilardan tanishi bor odam sifatida aytishim mumkinki, birorta rosa kuchli jamoaga feysbukni yoki telegramni qayta yasab berishini so'rasangiz ham sizdan buncha so'rashmaydi))

Shu masalada jurnalist Ibrat Safo quyidagilarni yozibdi:

"Дастурчи Wahid Abduhakimov Ўзбекистонда online-mahalla.uz сайти яратилиши учун давлат томонидан 755 минг доллар (8 миллиард 400 миллион сўм) тендерсиз тўланганини ёзибди. “Сайт мусордан фарқи йўқ. Биз бир неча ой аввал ҳудди шундай сайтни $600га ясаб берган эдик”, дейди у.

Сайтни яратган Realsoft компанияси сайтига кирсангиз, уларнинг мижозлари Президент администрациясидан тортиб кўплаб вазирлику банклар эканини кўрасиз. Қизиқ, улар аввалги хизматлар учун ҳам шу каби маблағларни тўлаганми? Компания 20 йилдирки шу ишни қиляпмиз деган, лекин компаниялар рўйхатида у 2015 йил рўйхатдан ўтгани қайд этилган. Компания эгаси саҳифасида вазирлар билан ҳам суратлари бор.

Айтишник бўлмасам-да, сайт яратилиши учун 755 минг доллар сарфланмаслигини биламан. Ҳатто 75 минг, ё 7 минг доллар ҳам кўп. Айниқса бундай оддий сайтлар учун. Хўш, нега бунча кўп пул тўланди? Балки Коррупцияга қарши кураш агентлиги ўрганиб кўрар? Ёки Realsoft бу астрономик маблағ нимага сарфлангани ҳақида ҳисобот берар?"

Shunaqa gaplar, do'stlar, bu vatanda pullar, yo'g'ey, inson aziz!

@TheAliBlog
Bundan roppa-rosa 82 yil oldin Amerikaning Kaliforniya shtatida mexmon bo'lib turgan xitoylik oilada yangi chaqaloq dunyoga keldi. Chaqaloqqa Bryus Li ismini qo'yishdi.

Bundan roppa-rosa 10 yil oldin litseydagi 2 nafar do'stim bilan Bryus Lining 72 yilligi uchun o'zbekcha xujjatli film tayyorlamoqchi bo'lganmiz. U vaqtlari internet bemalolchilik bo'lmagan, shu sabab Bryus Li haqidagi ma'lumotlarni qogozga chiqarib olgandim. Videolarni bir oshnamni 240x320 o'lchamda oladigan sensor displeyli Samsung telefonida olganmiz. Lekin afsuski, ish sifati o'zimizga yoqmagani uchun tashlab qo'yganmiz((

Videofayllar haligacha kompyuterim arxivida saqlanib kelmoqda. Qachonlardir katta odam bo'pketsam balki e'lon qilarman))

@TheAliBlog
Uzuq-yuluq gaplarga ko'ra Disney hozirda qora tanli "Oppog'oy" remeyki ustida ishlayapti ekan🥲

@TheAliBlog
@Durov'ning aytishicha Fragment.com platformasini yaratish uchun 5ta odam 5 hafta mexnat qilibdi. O'sha 5ta odamni ichida Durovning o'zi ham bor.

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Salom, do'stlar. Bugundan youtube kanalimda "Spider-man: Miles Morales" video-o'yinining strimini boshlayapman. Nega bunaqa cho'zilib ketganini o'sha videoni o'zini ko'rib tushunib olasizlar))

Mana bu video esa, video-o'yin tarkibidagi "Previously on" hikoyasi bo'lib, tushunarliroq bo'lishi uchun birato'la dublyaj qilib qo'ydim))

Video-o'yinni mana bu manzilda tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/06A76Wsf_J0
1-2 kun oldin Elon Mask Apple kompaniyasi Twitterni App Store'dan o'chirib tashlash bilan tahdid qilgani haqida yozgandi.

Kuni kecha Elon Mask Applening bosh ofisiga borib, Tim Kuk bilan uchrashib, muammoni hal qilganini aytdi. Aniqrog'i, muammoni emas, anglashilmovchilikni. Chunki, Elon Maskga ko'ra, Tim Kuk Apple Twitterni App Storedan olib tashlashni umuman o'ylamaganini aytgan.

@TheAliBlog
Oxirgi ko'rgan kino-seriallarim.

Yaqinda Netflix ishlagan Wednesday serialini ko'rib tugattim. Menga yoqdi. Seriallar odamlar orasida yashayotgan maxluqlar jamiyati haqida. "Hotel Transilvania"ni ko'rgandirsizlar, odamlar orasida bo'ri-odamlar, vampirlar va hokazo maxluqlar yashab yurishadi. Wednesday serialida ham shunaqa.

The Addams Family multfilmini ko'rganimdayoq Wednesday personajiga qiziqishim ortgandi. Chunki Wednesday ham introvert personaj)) Xullas, qo'rqinchli filmlardan 1 tomchi qo'shilgan detektiv serial.

Ushbu yildagi Marvel proyektlari yakunlanib, bizni deyarli xursand qila olmadi va o'zimni DCda sinab ko'rmoqchi bo'ldim. Kuni kecha Chrostopher Nolan ishlagan, Christian Bale ijrosidagi Betmen trilogiyasini (Batman Begins, The Dark Knight, The Dark Knight Rises) ko'rib chiqdim va aytishim mumkinki, bu trilogiya menga yoqdi.

Endi yangi DC universedagi filmlarni ham ko'rib chiqmoqchiman. Aytgancha, yaqinda Black Adamni ko'rgandim, yaxshi kino chiqibdi harqalay. Superqahramonlar haqida film ko'rsam, oxirgi Marvel proyektlariga solishtiryapman va hammasiyam ulardan yaxshi bo'lib chiqaveryapti o'zi)))

@TheAliBlog
Mayls Morales o'yining strimini oxirgi qismi joylandi. Endi bemalol boshidan ko'rib chiqib, o'yin syujetida bahra olishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=UpBuYCcDDPw
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'yindan kichik parchani o'zbekcha ovozlashtirdim. Yoqqan bo'lsa videoga o'tib layk-payk degandek))

https://www.youtube.com/watch?v=J1vMPo8jsaw
Endryu Teytning ukasi Tristan Teyt akasining Islomga kirishiga munosabat bildirar ekan, shunday dedi:

" -Akam musulmonlar va nasroniylarni solishtirishda juda zo'r masalani keltirgandi. Ya'ni, siz nasroniylar yurtiga borib Iso yoki Maryam haqida bo'lmag'ur gaplarni baland ovozda erkin gapira olishingiz, boshqa nasroniylarni ham juda bo'lmaganda pul evaziga Iso yoki Maryam haqida bo'lmag'ur gapirtira olishingiz mumkin. Lekin musulmonlarning payg'ambari, ularning xudosi haqida musulmon davlatda ekaningizda yoki musulmon ishtirok etayotgan davrada zarracha yomon gapira olmaysiz va ularning o'zlari ham hech qachon bunday gapirishmaydi. Agar gapirsangiz, kimdir kamida yuzingizga tushirishi aniq. Chunki bu narsa musulmonlarni g'azabini keltiradi.

Lekin akam qoldirib ketgan yana bir jihati bor. Dunyoda shunday odamlar borki, ularni yonida Iso yoki Maryam haqida bo'lmag'ur gap gapirsangiz, bu uchun ham yuzingizga tarsaki yeyishingiz mumkin. Va bu odamlar ham musulmonlardir."

@TheAliBlog
Andijonda qor yog'ishi munosabati bilan svet o'chdi🤗 Ya'ni, qorni ilk zarralari hali yerga tushib ulgurmasidan baraka topkurlar svetni o'chirib qo'yishdi. Chunki qor qalinlashib ketsa elektr simlarida nosozlik keltirib chiqarishi mumkin edi🫡

Shunday qilib, uyingda endi na svet bor, na gaz bor, kayfingni sur ey o'zbek🥱 Meanwhile, qaysidir xoramilarni uyida abetga qaysi 128 yulduzli restorandan ovqay aytish masalasi ko'rilayotgan bo'lishi mumkin)) You get the point

@TheAliBlog
DC filmlari haqida yana fikrlarim.

Xo'sh, Christian Bale ijrosidagi trilogiya menga yoqqanini aytgandim. Lekin yangi DC universe filmlariga o'tganimdan keyin, DC filmlariga munosabatim o'zgardi. Ya'ni, salbiy tomonga o'zgardi. DC filmlarida o'sha Betmen trilogiyasi yaxshi chiqqandir xolos balki?🤔

Hozircha 2ta film ko'rdim xolos: Man of Steel va Superman vs Batman. Supermen filmida syujet juda tushunarsiz bo'lib ketgan. Voqealar birdaniga boshlanib ketadi. Qahramon birdan paydo bo'ladi, xavf ham birdaniga paydo bo'ladi. Anovi qiz bilan esa, qachon sevishib qolishga ulgurganiga haligacha tushunmayapman, 1-2 marta ko'rishgan xolos bo'lsa🤔

Yana superqahramonlar filmlarida uchramaydigan jihat bor: asosiy jang vaqtida butun boshli shaharni vayron qilib tashlashadi. Ya'ni, bunga Supermenni o'zi ham befarqdek. Shahardagilarni saqlab qolishga harakat ham qilmaydi. Unga o'sha, 1-2 ko'rishib yoqtirib qolgan qizi muhim xolos😒 Butun shahar shunchaki vayron bo'lmaydi, juda ko'plab odamlar o'ladi. Va qahramonimiz ularga e'tibor ham bermaydi. Ya'ni, jangni boshqa joyga ko'chirishga urinmaydi ham, qutqarmaganiga yarasha.

Keyingi filmda Betmen paydo bo'ladi. Ben Affleck ijrosidagi Betmen menga umuman yoqmadi. Logika yo'q. Christian Bale trilogiyasida juda ko'p narsani mohiyati ochib berilgan, Betmenda esa tushunish qiyin. Keyin aslida uy xizmatchisi bo'lishi kerak bo'lgan Alfred bu filmda Lucius Fox obrazi bilan chatishtirilgan. Ya'ni, u ham xizmatkor, ham texnika mutaxasisi☹️ .

Supermen bilan janggi uchun Betmen o'ziga yangi sovut tayyorlaydi, qalinroq metalldan. Lekin kulgimni qistatgan joyi o'sha sovutida ham boshini og'iz va bet qismi ochiq turadi🤦‍♂️ Logika yo'q shuyerda. Himoya uchun sovut yasaganidan keyin to'liq qoplashi kerak edi. Yoki og'zidan jarohat olmasligiga ishonchi komil bo'lganmi🤔

Kiyimlar masalasida gap ketganida DC universeda umuman logika yo'q, rostdan ham. Ya'ni, ayol superqahramonlarga nazar tashlaylik. "Oversexualized" bo'lib yotibdi ayol personajlari. Wonder Woman personaji aslida jangari ayol. Lekin yelka, qo'llari, oyoqlari butunlay ochiq holatda. Doimgidek logika yo'q. DCdagi erkaklar butun tanani yopib turadigan kiyim kiysa, ayol qahramonlar negadir yarim-yalang'och kiyinishadi. Ochiq joylaridan jarohat olmaydi)) Bu narsa balki komikslarni ko'proq sotish uchun qo'llangan usul bo'lgandir, lekin film ishlaganda buni mantiqqa ham moslash kerak edi. Masalan, supermen va supergirl personajlarining kiyimlarini solishtirib ko'ringlar))

Ayollarga kiyim tanlash masalasida Marvel oldinda ekaniga amin bo'ldim. To'g'ri, Marvel komikslarida ham ayol qahramonlar "oversexualized" bo'lib ketgan. Harqalay MCU filmlarida bu jihatiga alohida e'tibor berishgan. Natasha Romanoff, Kapitan Marvel, Scarlet Witch, Walkyrie, Shuuri, She-Hulk, Gamorra, Wasp, Hela va hokazo ayol personajlarni hammasi yopiq kiyimda. To'g'ri, qaysidir qismi ochiq bo'lishi yoki qomatiga o'ta yopishib turgan bo'lishi mumkin, lekin harqalay keladigan jarohatlarni ochiq kutib oladigan darajada emasda)) Aynan Wonder Woman bilan solishtiradigan bo'lsak, yaqindagina chiqqan Tor 4 filmidagi "Mighty Thor" - Jeyn Fosterni kiyimiga e'tibor bering. U ham jangari ayol. Lekin yelkasi ham, oyoqlari ham berkitilgan sovut kiyadi.

Xullas, DC filmlari jaa unchalik emas ekan menimcha)) 2tagina filmdan shu xulosaga keldim. DCni reytingizni o'sha Betmen trilogiyasi ko'tarib turadi, shekilli))

@TheAliBlog