Ali. Blog
304 subscribers
334 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi video tayyorlashga g'oya keldi, Blenderda. Tayyor bo'lgunicha trend tugab, hammani esidan chiqib ketmaydi deb umid qilaman😬

Aslini olganda, mana shu sabab uchun ham tarmoq uchun juda kam video tayyorlayman. Ya'ni, birorta trend chiqsa, unga video tayyorlagunimcha trend yopilib, yangisi chiqib bo'lgan bo'ladi😑

@TheAliBlog
Sizlarniyam Call of Duty MW2ni yangisini sotib olishga qorninglar og'riyotgan bo'lsa:

https://www.youtube.com/watch?v=XV8vBqNu9nI
Yer aholisi bugun 8 milliard bo'pti.
Bir necha yildan beri Youtubedagi eng ko'p obunachiga ega kanal maqomini saqlab kelgan PewDiePie kanali bugun 2-o'ringa tushdi. 1-o'rinni esa, MrBeast kanali egalladi. 111M < 112M.

Rostdan ham, PewDiePieni davri o'tti endi. O'zi nega oddiy strimerni kanali bunaqa kattalashib ketganini oldin ham tushunmagan edim.

Agar qiziq bo'lsa, MrBeast haqida maqola yozaman.

@TheAliBlog
Bugun Miles Morales o'yini sotuvlari boshlandi. O'yinni hali sotib olmadim, pul tushishini kutyapman)

@TheAliBlog
UzMobayl nomerim o'z-o'zidan pullik sms xizmatga ulanib qolgan. Operatorni javobi esa kulgili, internetda qanaqadir reklamani ustiga bosganim uchun ulanib qolgan emish. Uzmobayl nomerim esa aslida modemni ichida ishlaydi doim. Yana kimdadir shunaqa holat kuzatilyaptimi?
Shakar arzonlabdi. Oldingi safar olganimdan 10 ming so'm arzonga oldim 1 kiloni. Qoplab olib qo'yadigan joyi menimcha. Pulinglarni kriptovalyutaga tikmasdan shakarga tikinglar))

@TheAliBlog
Donald Tramp 2024-yilgi saylovda o'z nomzodini qo'yishini e'lon qildi va o'zining prezidentlik rejalari haqida qisqacha gapirib berdi. Ular orasida noqonuniy immigrantlarni quvib chiqarish, xitoyga xomashyo qaramligidan qutulish, ayollar sportida erkaklar qatnashmasligi (elgebete) va hokazo rejalar bor.

Oldin ham aytganimdek, Trampning qadriga vaqtida yetmagandik, endi yana qayta saylansa, dunyoda ham tinchlik hukmron bo'lar, balki))

@TheAliBlog
Kechadan boshlab video-o'yinlar magazinlarida "Black Friday" chegirmalari boshlandi. Uyerda yuzlab o'yinlarni 10 foizdan 80 foizgacha arzonlashtirilgan narxlarda sotib olishingiz mumkin.

Ko'zga ko'ringan o'yinlarni narxlari haqidana aytsam, GTA Vni $11.5ga (50%), RDR2ni $12ga (65%), Cyberpunk 2077ni $14ga sotib olishingiz mumkin. Yana o'zinglar bir qator magazin aylanib, narxlarni ko'rib chiqishingiz mumkin, boshqa o'yinlar uchun. 1,5 dollarlik o'yinlar ham turibdi))

Afsuski, Miles Morales chegirmaga tushmadi hech qaysi magazinda))) Shuni kutib yurgandim endi)) Ehh, chegirmasiz bo'lsa chegirmasizda) Nasib qilsa 1-2 kunda strimni boshlaymiz)

@TheAliBlog
Nega bizda "Black Friday" atamasini "Qora Juma" deb tarjima qilishdan, yoki o'zimizdagi chegirmalarga shu atamani ishlatishdan tiyilishlarini tushunmayman.

Juma so'ziga qora so'zi qo'shilsa, bu Juma yomon kun, degani bo'lmaydiku? 😬 Sizlar qanday fikrdasizlar?
Miles Moralesni 2 soatcha o'ynab zapisni yoqib yozib ketyotuvdim. Qarasam mikrofonni nastroykadan o'chirib qo'ygan ekanman🥲

Aytgancha, o'yinga gap yo'q. Grafika udar!

@TheAliBlog
"Voice AI" proyekti haqida eshitib qoldim. Bu dastur sizni ovozingizni mashxur shaxslarni yoki kino-multfilmlardagi personajlar ovozi bilan alishtirib qo'yadi. Dasturni voice.ai saytidan bepul yuklab olishingiz mumkin.

Men Barack Obama, Rick va Mortydagi Morty, Donald Tramp ovozlarini sinab ko'rdim. Inglizcha gapirsagiz anchagina o'xshatib berarkanu, o'zbekcha gapirganda ba'zi tovushlar tushib qoladi yoki g'alati so'zlarga almashib qoladi)) Harqalay, dastur hali ishlab chiqarilish bosqichida ekan.

@TheAliBlog
Qasoskorlardagi Tor Odinson ri bilan bizga tanish bo'lgan Chris Hemsworthda Alzgeymer hastaligiga olib boruvchi kasallik aniqlanibdi. Ya'ni, bora-bora Alzgeymerga chalinib, skleroz bo'lib qolarkan. Aktyor Tor obraziga yakun yasashga tayyorligini bildirgan.

Umuman, Torning oxirgi kinosi bachkana chiqqanini hisobga olsak, bu qahramonni MCUdan olib tashlasak ham bo'laveradi o'zi.

@TheAliBlog
"Ah, shit, here we go again..."

Shunaqa ongsizlar jamiyatdan hali beri yo'qolmasa kerak. O'z fikri yo'q, boshqalarni fikri bilan yashaydigan dolbayoblar.

Bu serialni tarjimasi bo'yicha ko'plab jangu-jadallarni boshdan o'tkazdim, blogimni kuzatib boradiganlar bilsa kerak)

Eng qizig'i bu serialga ziyoli musulmonlar qatlami hecham e'tiroz bildirmagan. Faqatgina serialni o'zi ko'rmagan, boshqalarni aytgani bo'yicha fikrlaydiganlar janjal qilgan xolos.

Bunday dolbayob bo'lmanglar, qisqasi.

@TheAliBlog
Тру.
Ko'zinglar tushdimi-yo'qmi, bilmadimu, yaqinda yana bitta xabar ko'pchilikni hayratda qoldirdi. Onlayn mahalla vebsaytini yaratish uchun byudjetdan 8 milliard 400 million so'm ajrarilibdi. Bu umuman aql bovar qilmaydigan darajadagi summa. Sobiq dasturchi sifatida, dasturchilardan tanishi bor odam sifatida aytishim mumkinki, birorta rosa kuchli jamoaga feysbukni yoki telegramni qayta yasab berishini so'rasangiz ham sizdan buncha so'rashmaydi))

Shu masalada jurnalist Ibrat Safo quyidagilarni yozibdi:

"Дастурчи Wahid Abduhakimov Ўзбекистонда online-mahalla.uz сайти яратилиши учун давлат томонидан 755 минг доллар (8 миллиард 400 миллион сўм) тендерсиз тўланганини ёзибди. “Сайт мусордан фарқи йўқ. Биз бир неча ой аввал ҳудди шундай сайтни $600га ясаб берган эдик”, дейди у.

Сайтни яратган Realsoft компанияси сайтига кирсангиз, уларнинг мижозлари Президент администрациясидан тортиб кўплаб вазирлику банклар эканини кўрасиз. Қизиқ, улар аввалги хизматлар учун ҳам шу каби маблағларни тўлаганми? Компания 20 йилдирки шу ишни қиляпмиз деган, лекин компаниялар рўйхатида у 2015 йил рўйхатдан ўтгани қайд этилган. Компания эгаси саҳифасида вазирлар билан ҳам суратлари бор.

Айтишник бўлмасам-да, сайт яратилиши учун 755 минг доллар сарфланмаслигини биламан. Ҳатто 75 минг, ё 7 минг доллар ҳам кўп. Айниқса бундай оддий сайтлар учун. Хўш, нега бунча кўп пул тўланди? Балки Коррупцияга қарши кураш агентлиги ўрганиб кўрар? Ёки Realsoft бу астрономик маблағ нимага сарфлангани ҳақида ҳисобот берар?"

Shunaqa gaplar, do'stlar, bu vatanda pullar, yo'g'ey, inson aziz!

@TheAliBlog
Bundan roppa-rosa 82 yil oldin Amerikaning Kaliforniya shtatida mexmon bo'lib turgan xitoylik oilada yangi chaqaloq dunyoga keldi. Chaqaloqqa Bryus Li ismini qo'yishdi.

Bundan roppa-rosa 10 yil oldin litseydagi 2 nafar do'stim bilan Bryus Lining 72 yilligi uchun o'zbekcha xujjatli film tayyorlamoqchi bo'lganmiz. U vaqtlari internet bemalolchilik bo'lmagan, shu sabab Bryus Li haqidagi ma'lumotlarni qogozga chiqarib olgandim. Videolarni bir oshnamni 240x320 o'lchamda oladigan sensor displeyli Samsung telefonida olganmiz. Lekin afsuski, ish sifati o'zimizga yoqmagani uchun tashlab qo'yganmiz((

Videofayllar haligacha kompyuterim arxivida saqlanib kelmoqda. Qachonlardir katta odam bo'pketsam balki e'lon qilarman))

@TheAliBlog
Uzuq-yuluq gaplarga ko'ra Disney hozirda qora tanli "Oppog'oy" remeyki ustida ishlayapti ekan🥲

@TheAliBlog
@Durov'ning aytishicha Fragment.com platformasini yaratish uchun 5ta odam 5 hafta mexnat qilibdi. O'sha 5ta odamni ichida Durovning o'zi ham bor.

@TheAliBlog