Tez News | Расмий канал
150K subscribers
15.4K photos
244 videos
15.6K links
Янгиликлар Tez News (teznews.uz)дан бошланади!

Реклама бўйича:
Telegram — @sales_house_uzb
Телефон — +998901273330
Download Telegram
Qariyb 1,5 million dollarlik “pora ishi”ga Toshkent shahar hokimligi xodimi ham qatnashgani ma’lum bo‘ldi

Chilonzor tumani hokimligi bo‘lim boshlig‘i 50 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotganda qo‘lga tushgan edi. Bu ishga Toshkent shahar hokimligi xodimi ham aralashgan, deb xabar berdiXabar.uz”.

Aytilishicha, shu yilning 22- iyun kuni huquqni muhofaza qiluvchi organga Chilonzor tumanidagi 1 gektar futbol maydoni (bir sotixi 14.000 AQSH dollaridan baholanib) jami 1 million 400 ming AQSH dollariga sotish rejalashtirilayotgani, mazkur “savdo” boshida Toshkent shahar hokimligi Kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.A. (1968 y.t.) va Chilonzor tuman hokimligi investisiya va turizmni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i X.Sh. (1985 y.t.) turgani haqida tezkor ma’lumot kelib tushadi.

Dastlabki surishtiruvda “yer egalari” shu joyga qiziqqan tadbirkordan 50 ming AQSh dollarini avval (“zakalat” tariqasida), qolganini bir hafta ichida, ya’ni hujjatlar tayyor bo‘lganidan so‘ng berishni talab qilishayotgani aniqlanadi.

Holat bo‘yicha shu yilning 24 iyun kuni DXX Toshkent shahar boshqarmasi va poytaxt prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazgan tadbirda B.A. 50.000 AQSH dollarini olgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlanadi.

Qo‘lga olingan pullarni Chilonzor tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘i X.Sh.ga olib borib berishi lozimligini aytganidan so‘ng tezkor tadbir davom ettiriladi va ertasi kuni X.Sh. “hamkori” B.A.dan 50.000 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtda u ham qo‘lga olinadi.

Ayni paytda holat bo‘yicha pora olish (JK, 20-modda) va pora olish-berishda vositachilik qilish (JK, 212-modda) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda gumondorlar hibsda.

@teznewsuz
“Maktablarga sharoit yaratishda hokimlarga juda ko‘p masala bog‘liq” – Sherzod Shermatov

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Toshkent shahridagi yangi ta’mirlanayotgan maktablar haqida videoroliklar e’lon qilingandan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda “qachon viloyatlarda bo‘ladi?” degan ma’noda yozilgan izohlarga javob qaytardi.

“Mana, birgina Namangan viloyati misolida bo‘lgan o‘zgarishlarni ushbu videoda ko‘rishingiz mumkin. Namangan viloyati hokimi tomonidan xalq ta’limi tizimiga alohida e’tibor qaratilishi natijasida oxirgi 2 yilda sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan:

1) 2018–2019-yillarda 9 ta yangi maktab qurildi, 85 tasi ta’mirlandi, ularga ajratilgan mablag‘lar 2015–2016-yillardagiga qaraganda 4 barobardan ortiq (viloyatlar hokimliklari maktablar qurilishi bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi, shuning uchun joylardagi qurilish sifati nazorati ularda).

2) 183 ta maktab burjuyka pechlaridan xalos bo‘ldi (bu tajribadan kelib chiqib, qolgan viloyatlar ham maktablarda to‘liq burjuykani yo‘qotishni va’da berishgan edi, lekin hali joylarda uchrab turibdi. Ular ham shu o‘quv yiligacha tugatiladi deb umid qilamiz).

3) 165 ta maktab ichimlik suvi bilan ta’minlandi (afsuski, ba’zi viloyatlarda suvni tashib keltirish xarajatlarini ham maktab jamoasiga yuklab qo‘yish holatlari mavjud ekan).

4) barcha ta’mirtalab maktab hojatxonalarini yangidan qurish yoki ta’mirlash uchun homiylar biriktirildi (afsuski, ba’zi viloyatlarda bu masala maktab jamoasining o‘ziga yuklab qo‘yilmoqda).

Hokim maktab muammosini yechishga haqiqatda yordam berishga harakat qilsa, joylardagi ta’lim mas’ullari muammolarni berkitishga emas, balki hokimga aytib, ularning birgalikda yechimini topishga harakat qiladilar.

Agar ta’lim mas’ullarini eshitib, maktablarda kamchilik bo‘lsa, mablag‘ bilan yordam berish o‘rniga hokimlar o‘zing hal qil deydigan bo‘lsa, unda joylardagi ta’lim mutasaddilari muammoni berkitishga yoki o‘qituvchi va ota-onalardan noqonuniy pul yig‘ish orqali mavjud muammolarni hal etishga harakat qiladilar.

Albatta, Namangan maktablarida hamma masala hal bo‘ldi, degan fikrdan ancha yiroqmiz. Hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. O‘zim avval borgan maktablarning hali anchasiga mablag‘ yetmaganligi tufayli ta’mirlanmaganligiga ham guvoh bo‘ldim. Sababi, ajratilgan mablag‘lar undan-da yomon maktabning ta’miriga yo‘naltirilgan. Ko‘p masala iqtisodiy ahvolimiz va moliyaviy resurslarga bog‘liqligi hammamiz bilamiz.

Shuning uchun hokimlarimiz va sektor rahbarlari joylardagi maktablarimiz sharoitlarini yaxshilashga haqiqiy yordamlarini ayamaydilar deb umid qilamiz”, – deb yozgan Shermatov.

@teznewsuz
Surxondaryoda “Malibu” va “VAZ 2101” ishtirokida bo’lgan YTHda ikki kishi vafot etdi

Qiziriq tumanida “Malibu” va “VAZ 2101” avtomashinalari o‘rtasida avtohalokat sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki kishi vafot etgan, deya xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Surxondaryo viloyatida 29-iyun kuni soat 23:30 da 31 yoshli haydovchi Z.T. boshqaruvidagi “Malibu” Qiziriq tumani “Zarbdor” mahallasi hududidan oʼtuvchi 4R 100 avtomobil yo‘lining 81-kilometrida qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 56 yoshli O‘.X.ning boshqaruvida bo‘lgan “VАZ 2101” bilan to‘qnashadi. Z.T boshqaruvidagi avtomashina harakat yo‘nalishidan chiqib ketib, old o‘ng tomoni bilan O‘.X. boshqaruvidagi mashinaning old chap tomoni bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan.

Natijada “VАZ 2101”da yong‘in chiqadi. Haydovchi O‘.X. va old o‘rindig‘ida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 50 yoshli А.J.lar yong‘in natijasida avtomashina salonida qolib ketib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qiziriq tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Uchko‘prikda “Cobalt” va “Damas” ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

@teznewsuz
Indoneziyaning Surabaya shahri meri shifokorlar oldida tiz cho‘kib, uzr so‘radi

Indoneziyaning Surabaya shahri meri Tri Rismaxarini koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda ishtirok etgan shifokorlar bilan uchrashuvda tiz cho‘kib yig‘ladi, deb xabar beradi Jakarta Post. U epidemiya paytida duch kelgan qiyinchiliklari uchun shifokorlardan uzr so‘ragan.

Ta’kidlanishicha, Rismaxarini Indoneziya Tibbiyot uyushmasi (IDI) va mahalliy hokimiyat vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Tadbir davomida Surabaya shahridagi Doktor Soetomo kasalxonasining pulmonologi shifoxona COVID-19 bemorlari bilan to‘lib toshganini aytgan. Bundan tashqari, shaharda virus tarqalishi tezlashmoqda.

Shundan so‘ng Tri Rismaxarini o‘rnidan turib, zalga chiqqan va tiz cho‘kib, “Iltimos, bizni ayblamang”, – deya kechirim so‘ragan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Indoneziyada 56 385 kishi koronavirus bilan kasallangan. 2 876 bemor vafot etgan, 24 806 kishi sog‘aygan.

@teznewsuz
O‘zbekistonda qayd etilgan jinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan 42 foizga ko‘paygan

O‘zbekistonda 2020-yilning dastlabki 5 oyida 17 271 ta jinoyat qayd etildi. Ya’ni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 100 taga ko‘paygan. Bu haqda Yuksalish harakati xabar beradi.

Jumladan, bezorilik holatlari soni 2,5 barobarga, firibgarlik, poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoyatlar 2 barobarga oshgan. Bosqinchilik va o‘g‘irlik jinoyatlari ham ko‘paygan.

Hududlar kesimida jinoyatlarning oshishi Toshkent shahri, Farg‘ona, Samarqand, Andijon va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Shu yilning o‘tgan 5 oyida Farg‘ona viloyatida 2 575 ta jinoyat qayd etildi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobar ko‘p. Ushbu hududda hisobot davrida o‘g‘irlik va talonchilik 2,5 barobarga oshgan

Avvalroq, Farg‘onada o‘g‘rilik sodir etgan voyaga yetmaganlarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi.

@teznewsuz
Toshkentda savdoga chiqarilgan yer mulki auksionda 12,7 milliard so‘mga sotildi

Toshkent shahri Uchtepa tumani, Dilkash 2-uyda joylashgan, boshlang‘ich narxi 750 million so‘m bo‘lgan sobiq zavod hududi hamda mazkur binodagi tekstil ishlab chiqarish uskunalari uchun savdolar yakunlanib, auksion g‘olibi aniqlandi, deb xabar berdi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.

Ma’lum qilinishicha, 15 nafar ishtirokchi o‘rtasida o‘tgan onlayn auksionda mulk narxi 796 qadamga oshirilib, 12,7 milliard so‘mga sotilgan.

Avvalroq Toshkentda E-IJRO AUKSION tarixidagi eng qimmat yer uchastkasi 22 milliard so‘mlik narxda savdoga chiqarilgani ma’lum qilingan edi.

@teznewsuz
O‘zbekistonda yana 124 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda1-iyul, soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 124 taga ko‘payib, 8627 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqida SSV xabar beradi.

Yangi kasallanish holatlarining 85 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 24 nafari Toshkent shahrida shundan 13 nafari aholi orasida, 2 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida shundan 4 nafari aholi orasida, 7 nafari Xorazm viloyatida ulardan 4 nafari aholi orasida, 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolardan 5682 nafari sog‘aygan. 2919 nafar bemor davolanmoqda. Vafot etganlar soni 26 nafarni tashkil etmoqda.

@teznewsuz
O‘zbekistonda 55 nafar koronavirusga chalingan fuqaro sog‘aydi

Poytaxtdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 1 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 53 nafar, jami 55 nafar koronavirusga chalingan bemor sog‘aydi, deb xabar beradi SSV.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3424 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolardan 5737 nafari sog‘aygan. 2864 nafar bemor davolanmoqda.26 nafar bemor vafot etgan.

@teznewsuz
O‘zbekistonda yana 44 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 1-iyul, soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44 nafarga ko‘payib, 8671 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqida SSV xabar beradi.

Yangi kasallanish holatlarining 14 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 11 nafari Toshkent shahrida shundan 9 nafari aholi orasida, 8 nafari Sirdaryo viloyatida, 2 nafari Buxoro viloyatida, 9 nafari Samarqand viloyatida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolardan 5737 nafari sog‘aygan. 2908 nafar bemor davolanmoqda. Vafot etganlar soni 26 nafarni tashkil etmoqda.

@teznewsuz
O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 9 000ga yaqinlashdi

O‘zbekistonda 2-iyul, soat 10:00 holatiga ko‘ra, yana 123 kishida koronavirus aniqlanib, kasallik qayd etilganlar soni 8904 nafarga yetdi. Bu haqida SSV xabar beradi.

Yangi kasallanish holatlarining 101 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 12 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari Namangan viloyatida 6 nafari aholi orasida, qolgan 3 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda 5847 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 3030 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 16 nafari og‘ir, 9 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

teznewsuz
O‘zbekistonda yana 121 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 3-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9199 nafarga yetdi, deb xabar beradi SSV.

Yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 48 nafari Toshkent shahrida, shundan 16 nafari aholi orasida, 4 nafari Toshkent viloyatida ulardan 3 nafari aholi orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda 3138 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 16 nafari og‘ir, 8 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. Sog‘ayganlar 6034 nafarni tashkil etadi.

@teznewsuz
Qirg‘izistonning sobiq muftiysi Chubak hoji Jalilov vafot etdi. U pnevmoniyaga chalingandi

Batafsil — https://bit.ly/38OGrne
⚡️O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 61 nafarga yetdi

Batafsil — https://bit.ly/2C88TVc
⚡️O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 13 ming nafardan oshdi

Batafsil — https://bit.ly/2DsvT1x
Koronavirus pandemiyasi tufayli odamlar ochlikdan o‘lishi mumkinligi taxmin qilindi.

Batafsil — https://bit.ly/3eq99fv
O‘zbekistonda dollar kursi 10 200 so‘mga yaqinlashdi.

Batafsil — https://bit.ly/3086dz5
Olimlar vaqt o‘tishi bilan inson koronavirusni qayta yuqtirishi mumkinligini aniqladi.

Batafsil — https://bit.ly/2C5r7a1
Toshkentda bir kechada 200 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi.

Batafsil — https://bit.ly/3fsfuIJ
Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidentini Bastiliya ishg‘ol etilgan kun bilan tabrikladi.

Batafsil — https://bit.ly/3j2mUEA
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov vafot etdi

Batafsil — https://bit.ly/3iXglDk
“Suyunchi” va dafn marosimi uchun nafaqa pullari elektron tarzda beriladi — Adliya vazirligi DXA.

Batafsil — https://bit.ly/3erWnwX