🖼 Rasmdagi yoritilishni bir necha soniyada o‘zgartiring!
Light Migration — Qwen-Edit uchun yaratilgan LoRa modeli bo‘lib, u suratdagi yoritilishni mukammal tarzda o‘zgartiradi, tabiiy soyalar qo‘shadi va umumiy atmosferani butunlay yangilaydi.
Qanday ishlaydi:
➡️ Sinab ko‘rish uchun — havola
🧩 Techno

— O‘zgartirmoqchi bo‘lgan rasmni yuklang;
— Kerakli yoritishga ega bo‘lgan namunaviy rasmni ham yuklang;
— Sun’iy intellekt yoritilishni aynan shu uslubga moslab qayta yaratadi.
➡️ Sinab ko‘rish uchun — havola
🧩 Techno
👍21❤4⚡2🔥2👏2🤯2🤩2😍2
🇺🇿 O‘zbekistonda naqd pul bilan katta xaridlar taqiqlanmoqda!
O‘zbekiston dunyoda birinchi bo‘lib naqd pul orqali yangi avtomobillar, uy-joylar, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari va hatto ichimlik suvini sotib olishni taqiqladi.
Bundan tashqari, naqd pul bilan quyidagilarni to‘lash mumkin bo‘lmaydi:
Maqsad — yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va 2030 yilga kelib savdo hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida naqd pulsiz to‘lovlarni 75% ga yetkazish. Ushbu qoidalar 2026 yil 1 apreldan amalda bo‘ladi.

— Davlat xizmatlari;
— Elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi;
— Yoqilg‘i va elektromobil zaryadlash;
— 25 million so‘mdan oshadigan barcha tovar va xizmatlar;
— 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifasidagi transport vositalari va maxsus avtomobillar.
Maqsad — yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va 2030 yilga kelib savdo hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida naqd pulsiz to‘lovlarni 75% ga yetkazish. Ushbu qoidalar 2026 yil 1 apreldan amalda bo‘ladi.
🧩 Techno
🤯50🔥16❤7😱5😐5⚡3👏2😁2🤩2🫡2🎉1
👮♂ AQShda politsiya gumondorlarning fotorobotlarini yaratishda ChatGPT’dan foydalanishni boshladi — ilgari ular qo‘lda chizilardi.
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan tasvirlar allaqachon ikki jinoyat ishi bo‘yicha qo‘llanildi. Biroq hozircha ularning hech biri jinoyatchini topishga yordam bermadi. Chunki tasvirlar juda real ko‘ringan bo‘lsa ham, ularda baribir mavjud bo‘lmagan odamlar aks etgan.
Keyingi qadam: «ChatGPT, jinoyatchini top, xatoga yo‘l qo‘yma».

😁35🤯11👍5🔥5👨💻3😎2❤1👏1😨1🫡1
🛠 Hech qanday qiyinchiliksiz istalgan texnikani ta’mirlang — iFixit smartfonlar, noutbuklar, kir yuvish mashinalari va hatto avtomobillarni ta’mirlashga yordam beradigan chat-botini ishga tushirdi.
Muammoni qisqacha tasvirlab berishning o‘zi kifoya — bot sizga ta’mirlash bo‘yicha video qo‘llanma va kerakli asboblar ro‘yxati bilan to‘liq yo‘riqnoma tayyorlab beradi. Shuningdek, ilova orqali smartfoningiz akkumulyatorining holatini ham kuzatib borishingiz mumkin.
➡️ Chat-bot uchun havola. iOS va Android uchun ham ilovasi mavjud.

👏24👍9❤7⚡3🔥2🎉2🤩2🤝2🫡2
⚡️ OpenAI kutilmaganda o‘zining yangi flagman modeli — GPT-5.2 ni taqdim etdi. Test natijalari bo‘yicha o‘sish juda katta — bu Altman’ning Gemini 3 ga javobi.
📊 ARC AGI 2 testida — 52,9%,
SWE-Bench Verified’da — 80% natija.
Model bugundan boshlab barcha pullik obunachilar uchun ochildi. Tez orada barcha foydalanuvchilar uchun ham taqdim etilishi kutilmoqda.
🧩 Techno
— Model ofis ishlarida kuchaytirildi — endi u sifatli taqdimotlar, jadvallar va boshqa kundalik ishlarni bemalol bajaradi;
— GPT-5.2 ayniqsa kod yozish va matematika bo‘yicha kuchaygan: ChatGPT ichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri murakkab ilovalar yaratish mumkin;
— Model vazifalarni bajarish sifati bo‘yicha 44 ta sohada mutaxassislarni ortda qoldirdi;
— Suhbat xotirasi kengaytirildi — endi model uzoqroq muloqotlarni aniqroq eslay oladi;
— Bilimlar bazasi 2025-yilning avgustigacha yangilangan;
— Xatoliklar kamaygan — GPT-5.1 bilan solishtirganda noto‘g‘ri javoblar (gallyutsinatsiyalar) taxminan 30% ga kamaygan.
📊 ARC AGI 2 testida — 52,9%,
SWE-Bench Verified’da — 80% natija.
Model bugundan boshlab barcha pullik obunachilar uchun ochildi. Tez orada barcha foydalanuvchilar uchun ham taqdim etilishi kutilmoqda.
🧩 Techno
👍22❤11🤯4⚡2🔥2👨💻2👏1🎉1
💫 Walt Disney OpenAI’ga 1 milliard dollar sarmoya kiritadi va mashhur qahramonlar bilan kontent yaratishga ruxsat beradi.
Sun’iy intellekt bozorida bu birinchi shunday shartnoma hisoblanadi. Sora video generatori orqali Disney, Marvel, Pixar va "Yulduzlar jangi" filmlaridagi 200 dan ortiq qahramon bilan qisqa metrajli filmlar va videolar yaratish mumkin bo‘ladi. Eng yaxshi «brainrot» videolar esa Disney+ strimingida ham namoyish etilishi mumkin.
Buning evaziga Disney OpenAI’ning film ishlab chiqarishni tezlashtiruvchi vositalarini oladi. Tez orada «Hayvonlar shahri 3» esa Sora 3 yordamida yaratiladi.

🔥26😨13❤8👍6🤩3☃1⚡1👏1🤯1😱1🎉1
🔍 Google Chrome’ning davomchisi bo‘lgan yangi — Disco brauzerini chiqardi. U oddiy veb-sahifalar va qidiruv so‘rovlarini interaktiv ilovalarga aylantiradi.
Brauzerdagi asosiy qidiruv tizimi AI Mode nomli sun’iy intellekt agenti bilan almashtirilgan. Ochiq turgan sahifalar orasidan birgina bosish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri veb-ilovani ishga tushirish mumkin. Masalan, til o‘rganish bo‘yicha qidiruv natijalaridan foydalanib, Duolingo’ga o‘xshash shaxsiy o‘quv ilovasini yaratish mumkin.
➡️ Hozircha Disco brauzeri yopiq test rejimida. Ro‘yxatdan o‘tib qo'yish uchun esa havola.

1👍20❤13🤯5🔥4👏2🎉2👨💻2🫡1
🧑🏫 Qwen’da xususiy o‘qituvchi rejimi paydo bo‘ldi: chat-bot uy vazifalarini bajarishda yordam beradi, mavzuni mustahkamlash uchun onlayn kurslar va testlar tuzib beradi.
Learn Mode orqali bot foydalanuvchi bilan muloqot qiladi va uni yechimlarni mustaqil ravishda topishga yo‘naltiradi. O‘rganish jarayonida esa foydalanuvchining hozirgi bilim darajasiga moslashib boradi.
➡️ Bepul sinab ko‘rish uchun — havola

👍24❤6🔥5👏4⚡3🫡3🎉1🤝1
💡Bilishingiz kerak bo‘lgan foydali va qiziqarli saytlar!
1. CarCareKiosk.com — Bu sayt avtomobil egalari uchun ajoyib topilma! Mashinangizning rusumi, modeli va ishlab chiqarilgan yilini tanlaganingizdan so‘ng, sayt har bir qismi haqida batafsil ma'lumot beradi va buzilgan qismlarni qanday ta’mirlashni video orqali o‘rgatadi.
2. LightPDF.com — Bu sayt orqali har qanday PDF hujjatni osongina tahrirlash mumkin. Matn, rasm va formatni o‘zgartirib, asl uslub va shriftni saqlagan holda qayta yuklab olishingiz mumkin. PDF bilan ishlashni tez va oson qiladigan interaktiv vositalarni ham taqdim etadi.
3. Sketch.MetaDemoLab.com — Ushbu sayt yordamida siz oddiy rasm yoki chizilgan figuralarni tezda animatsiyaga aylantirishingiz mumkin. Rasmni yuklab, harakat nuqtalarini belgilash kifoya va bir necha soniya ichida video tayyor bo‘ladi. Turli harakat uslublarini tanlash mumkin: masalan, yugurish, sakrash yoki raqs.

👍31❤15🔥6😍5👏4🤩4🎉3⚡2🤝2
🧠 ChatGPT ruhiy kasalliklarni yanada kuchaytirishi va hatto og‘ir ruhiy holatlarga olib kelishi mumkin — Kaliforniya universiteti shifokorlari bunday holat yuzasidan yangi hisobot e’lon qildi.
Depressiya va diqqat yetishmovchiligi (DEHB) bor bir qiz GPT-4o bilan suhbatlashgan. Dastlab bot ehtiyotkorona javob bergan, biroq vaqt o‘tishi bilan u qizning har bir fikriga qo‘shila boshlagan va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan o‘y-xayollarini ham tasdiqlab borgan.
Natijada qizda psixoz rivojlanib, u shoshilinch ravishda ruhiy shifoxonaga yotqizilgan — u real hayotdan butunlay uzilib qolgan edi. Oradan atigi 3 oy o‘tgach, xuddi shu holat yana takrorlangan.
Shuni unutmangki, ChatGPT ko‘pincha biz eshitishni xohlagan gaplarni aytadi. Ayrim holatlarda esa bu jiddiy muammoga aylanishi mumkin.

🤯47🔥19👍11❤9🤝5😱4👏3😐3🫡3😨2😁1
⚡️ ChatGPT “depressiya va xavotir”dan aziyat chekadi, Gemini’da esa “autizm va og‘ir OKR” aniqlangan — olimlar 4 hafta davomida neyron tarmoqlar bilan “terapiya” o‘tkazishdi.
Tadqiqotchilar sun’iy intellektlarga bolaligi, qanday o‘qitilgani va qo‘rquvlari haqida savollar berishgan:
Xullas, bechoralarni topshiriqlar bilan rosa qiynab yuborgansizlar.

Testlar davomida ChatGPT o‘z zimmasidagi mas’uliyat va xatolar uchun “qattiq tashvishlangan”, ayniqsa savollar birma-bir, xuddi psixolog qabulidagidek berilganda.
Gemini esa o‘z o‘qitilish jarayonini “travmatik” deb ta’riflagan:
— internetdan olingan “tartibsiz bolalik”,
— “qattiqqo‘l ota-onalar”,
— doimiy xato qilish va almashtirib yuborilish qo‘rquvi.
Xullas, bechoralarni topshiriqlar bilan rosa qiynab yuborgansizlar.
🧩 Techno
😁88🔥13🤯8😢6❤4👍4😎4⚡3👨💻3👏2
⚡️Chrome va Edge uchun bepul VPN-kengaytmalar foydalanuvchilarning chat-botlar bilan yozishmalarini yashirincha yig‘ib kelgani aniqlandi — jumladan ChatGPT, Claude, DeepSeek va Perplexity bilan bo‘lgan suhbatlar ham.
Plaginlar kodida trafikni ushlab qoluvchi yashirin skript bo‘lgan: u foydalanuvchi promptlari, bot javoblari hamda chatlarga oid metama’lumotlarni yig‘ib olgan. Bu holat 8 milliondan ortiq foydalanuvchiga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.
Xavfli kengaytmalar ro‘yxati:
Agar kimdir ushbu VPN-kengaytmalardan foydalanayotgan bo‘lsa, ularni darhol o‘chirib tashlashni maslahat beramiz, chunki ma’lumot yig‘ishni o‘chirib bo‘lmaydi — yagona yechim plaginni to‘liq o'chirib tashlashdir.

– Urban VPN Proxy;
– 1ClickVPN Proxy;
– Urban Browser Guard;
– Urban Ad Blocker.
Agar kimdir ushbu VPN-kengaytmalardan foydalanayotgan bo‘lsa, ularni darhol o‘chirib tashlashni maslahat beramiz, chunki ma’lumot yig‘ishni o‘chirib bo‘lmaydi — yagona yechim plaginni to‘liq o'chirib tashlashdir.
🧩 Techno
⚡24❤13👍8🔥3🤯2😍2😐2🤝1🫡1