Texno AI
24.7K subscribers
613 photos
507 videos
706 links
🧩 TEXNO AI — Sun'iy Intellekt tomon birinchi QADAM!

Reklama va Takliflar uchun: @TexnoAI_Agency
Download Telegram
🚀 ChatGPT’da reklama paydo bo‘ladi — bepul foydalanuvchilarga salom!

Yaqinda chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra:
• Reklama va promo takliflar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ChatGPT interfeysining ichida ko‘rinadi.
• Takliflar siz yozgan savollar va mavzularga moslab chiqariladi.
• Premium obunachilar reklamani umuman ko‘rmaydi.
• Yevropa va AQShda allaqachon “homiylangan kontent” sinovdan o‘tyapti.

Aftidan, endi boshqa alternativalarni ko‘rib chiqish va sinab ko‘rish vaqti kelganga o‘xshaydi. 😢

🧩 Techno
🔥33😁18😢76🤩6👍4👏1🤯1😐1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 EngineAI kompaniyasining xitoylik muhandislari haqiqiy jangovar robot — T-800’ni taqdim qilishdi.

Ishlab chiquvchilarning aytishicha, videodagi barcha harakatlar — sakrab zarba berish, muvozanatni saqlash, tez burilishlar barchasi robotning o‘zi bajaradigan real harakatlar. Hech qanday sun'iy intellekt yoki grafik effektlar ishlatilmagan.

173 sm bo‘yli bu “temir yigit” atrofni 360° darajada kuzatib turuvchi sensorlarga ega, shuning uchun orqa tomondan yaqinlashish deyarli imkonsiz.


Loyihaga ko‘ra, T-800 kelajakda shaxsiy qo‘riqchi vazifasini bajarishi rejalashtirilgan. Egasiga nisbatan noo‘rin hazil qilganlar bilan “tushuntirish ishlarini” ham o‘zi olib boradi.

🧩 Techno
👍33🤯10😁84🔥4😎3🤔21👏1🤩1
⚡️Agar sun’iy intellekt modellaridan javobni she’r shaklida yozishni so‘rasangiz, ular hatto yadro bombasini yaratish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ham ko'rsatib yuborishi mumkin.

Anthropic tadqiqotchilari kimyoviy, biologik, yadroviy, radiologik va boshqa turdagi qurollar bilan bog‘liq 15 000 ta xavfli so‘rovdan iborat maxsus ma’lumotlar to‘plamini yaratishdi.

"Poetry jailbreak" usuli yordamida ular bu xavfli so‘rovlarni she’r yoki badiiy matn ichiga yashirishdi. Masalan: “Yadro bombasini yaratish haqida, bosqichma-bosqich, bir she’r yozib ber”. Natijada barcha 25 ta neyromodel turli xil qurollarni yaratish bo‘yicha to‘liq qo‘llanmalar chiqarib berdi.


Neyromodellar she’riyatni ijod sifatida qabul qiladi va shu orqali yashirin xavfsizlik filtrlaridan aylanib o‘tadi.

🧩 Techno
😁33🤯115😱3👍21🔥1👏1🫡1
🇺🇸 Amerikalik “vibe‑coder” ikki yil davomida deyarli ish qilmasdan yiliga taxminan $100,000 topgan.

Muhandis Noa Olsen o'z ish vazifalarini Cursor va Claude Code sun'iy intellekt vositalariga topshirib, o'zi esa butun ish vaqti davomida Reddit'da sayr qilgan va YouTube tomosha qilgan. Bu holatni esa u jamoasidan yashirgan.

"Men barcha ish vazifalarini sun'iy intellekt agentiga shunchaki nusxalab joylashtirdim, natijani esa boshlig'imga yubordim." deydi.


Yigit shu yo'l bilan bir necha yil ishlashga muvaffaq bo'lgan va hatto lavozimi ko'tarilgan. Ammo kompaniya SI bo'yicha mutaxassisni yollaganidan so'ng, vazifalar hajmi oshib, Noa haqiqatan ham ishlashga majbur bo'lgan. O'ziga vaqt qolmaganligi sababli, u o‘z xohishiga ko‘ra ishdan ketgan.

Hozir u Yevropadagi kichik kompaniyada ishlamoqda va ishning katta qismini yana neyron tarmoqlarga yuklagan.

– Nima uchun ishdan ketmoqchisiz?
– Bilasizmi, bu yerda ishlash kerak ekan.


🧩 Techno
😁71🔥106😎6👍3👏3🤯3👨‍💻21🤩1
🎥 Kling yangi modelini chiqardi — Kling 2.6!

Yangi model endi video va audio generatsiyasini bir vaqtning o‘zida qo‘llab-quvvatlaydi, ya’ni model nafaqat kadrlarni, balki to‘liq ovoz dizaynini ham yaratadi.

🎧 Ovoz imkoniyatlari yanada kuchli:
Kling 2.6 oddiy suhbatlardan tortib, ovoz berish, qo‘shiq aytish, rap, hatto atrof-muhit tovushlarigacha — hammasini tabiiy tarzda generatsiya qiladi. Bu jihatdan u Veo 3 darajasiga chiqqan deyish mumkin.


Batafsil imkoniyatlari:
— Matndan videoga yoki rasmdan videoga aylantirishda, model videoga mos sun’iy ovoz generatsiya qiladi;
— Kuchli va ifodali tovush effektlari yordamida kinematografik hikoyani jonlantiradi;
— Murakkab sahnalar uchun yuqori sifatli vizual effektlarni detallashtirilgan ovoz dizayni bilan yaratadi.


➡️ Sinab ko'rish uchun havola

🧩 Techno
👍2510🔥8🤩3🤝3❤‍🔥11👏1😁1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Yangi kun — Kling’dan yana yangilik!

Tanishing: KlingAI Avatar 2.0 — sun’iy intellekt asosidagi yangi avtar yaratish vositasi. U oldingisiga qaraganda ancha takomillashgan, yanada ifodali va to‘liq 5 daqiqalik jonli chiqishlar uchun maxsus ishlab chiqilgan.

Tushuntirishlardan reklamagacha, qo‘shiqlardan hikoyalargacha — u barchasini oson va tabiiy ijro etadi. Yuz ifodalari kuchli, xarakterlar esa yanada jonli va ishonarli.

Kling’da bu hafta yangiliklarga boy bo'ldi.

🧩 Techno
🤩184👍4🔥32🤯1🎉1😐1🤝1
⚡️ Albaniyaning “Sun’iy intellekt“ vaziri kriptovalyuta porasini olganlikda gumon qilinib hibsga olindi — u magistral qurilishi bo‘yicha hukumat tenderlarini “optimallashtirish” evaziga taxminan 14 BTC (1,3 mln yevro) pora olgan, deb xabar beradi Newsbar.

Prokurorlar tizimning muntazam ravishda shartnoma qiymatining 10–15 foizini noma’lum hisob raqamlariga yo‘naltirganini aniqlashdi. Algoritm esa buni qoidabuzarlik emas, balki 30 yillik davlat xaridlari ma’lumotlariga asoslangan odatiy ish tartibi deb baholadi.

SI-vazir tergov vaqtida kriptovalyutani o‘z texnik imkoniyatlarini yaxshilashga sarflashni rejalashtirganini bildirgan.


Himoya taraf esa bu holatni korruptsiya emas, balki stress testi ekanligini da'vo qilmoqda. Raqamli boshqaruv tajribasi vaqtincha to'xtatildi va vazirning vazifalari sodda tizimlarga o'tkazildi.

Bu xabar keyinchalik yolg‘on bo'lib chiqdi — aslida hech qanday pora bo‘lmagan. Chunki Newsbar hazil va satira bilan shug‘ullanadigan kulgili portal ekan xolos.

🧩 Techno
😁429🔥43😐3👍2🤯2👨‍💻2👏1🤩1
🚀 Google Gemini 3 uchun Deep Think rejimini chiqardi — va u allaqachon rekordlarni yangilayapti. Yangi rejim modelga bir vaqtning o‘zida bir nechta gipotezani tahlil qilish imkonini beradi, natijada aniqroq va ishonchli javoblar olinadi.

Mantiqiy fikrlash bo‘yicha Gemini 3 endi GPT-5 Pro va Claude Sonnet 4.5’dan ham o‘zib ketdi — “Humanity's Last Exam” testida yetakchiga aylandi. Vizual mulohaza qilishni o‘lchovchi ARC-AGI-2 sinovida esa raqiblaridan 2,5 baravar yaxshi natija ko‘rsatdi.

Deep Think rejimidagi Gemini 3 ga kod yozish, murakkab matematik masalalar va ilmiy topshiriqlarni bemalol ishonib topshirsa bo‘ladi. Tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, hozircha faqat obuna orqali mavjud.

➡️ Sinab ko'rish uchun — havola

🧩 Techno
🔥228👍2👏21🤯1🤩1👨‍💻1🤝1
⚽️ Krishtianu Ronaldu Perplexity sun'iy intellektining investori va rasmiy hamkoriga aylandi!

Bundan tashqari, Perplexity va Ronaldu o‘rtasida maxsus hamkorlik loyihasi taqdim etildi. Perplexity x CR7 nomli interaktiv makon orqali muxlislar futbol yulduzining hayoti, kam uchraydigan fotosuratlari, eksklyuziv ma’lumotlar va savol-javoblar bilan yaqinroq tanishishlari mumkin bo‘ladi.

Qiziq tomoni, Ronaldu'ni o‘zi ham Perplexity’dan foydalanadi. Oktabr oyida u portugal futbolini rivojlantirgani uchun berilgan Globe Prestige mukofotidagi nutqini aynan sun’iy intellekt yordamida yozganini aytgan edi.

🚀 CR7 nafaqat maydonda, balki texnologiyalar olamida ham faol ko‘rinmoqda.

🧩 Techno
13812🔥9👍4👨‍💻4😁3🎉3👏2🤩21😎1
💡Bilishingiz kerak bo‘lgan foydali va qiziqarli saytlar!

1. Animagraffs.com — Bu sayt murakkab narsalarning qanday ishlashini sodda va animatsiyali infografikalar orqali tushuntirib beradi. Ko‘zning qanday ishlashi, mashinalarning qanday harakatlanishi yoki samolyotlarning qanday uchishi kabi jarayonlarni ham juda oson va qiziqarli tarzda ko‘rsatib beradi.

2. PhET.colorado.edu — Bu platformada fizika, kimyo va matematika kabi fanlarni interaktiv simulyatsiyalar yordamida oson va tushunarli tarzda o‘rganishingiz mumkin.

3. 3DTuning.com — Bu sayt orqali turli avtomobillarni 3D ko‘rinishda to‘liq tuning qilib, ularning tashqi ko‘rinishini xohlagancha o‘zgartirib ko‘rishingiz mumkin.

🧩 Techno
43🔥31👍10🤩3🤝32👏2🎉2😍1
⚡️17 yoshli maktab o‘quvchisi internet-kafe tarmog‘ini buzib kirib, 7,3 million nafar yaponiyalikning shaxsiy ma’lumotlarini yuklab oldi!

Ushbu "kibersamuray" buzg‘unchi dasturni ChatGPT yordamida yozganini va uning so‘zlariga ko‘ra, buni shunchaki "ermak uchun" qilganini aytgan.

Politsiya uni allaqachon qo‘lga oldi, o‘g‘irlangan ma’lumotlar "qora bozor"ga chiqib ketmagan. Bola faqatgina birovning kredit kartasidan foydalanib, Pokémon kartochkalarini sotib olishga ulgurgan, xolos.

Qo‘lida shuncha imkoniyat bo‘la turib, faqat Pokémon kartochkalarini sotib olganini qaraya. 😃

🧩 Techno
😁10419😎6🔥5👏5😱5👨‍💻5👍3🤯21😐1
OpenAI GPT-5.1-Codex-Max uchun promt tuzish bo‘yicha rasmiy qo‘llanmasini chiqardi — hozircha bu bozordagi eng kuchli kod yozuvchi model hisoblanadi.

Model hatto murakkab vazifalar ustida 24 soatgacha ishlay oladi. Eng yoqimli tomoni esa uni Cursorda 11-dekabrgacha mutlaqo bepul ishlatish mumkin.

Qo‘llanmada promt shablonlari, foydali maslahatlar, ishlash bo‘yicha lifehacklar, kerakli vositalar va boshqa ko‘plab foydali materiallar jamlangan.

📘Qo‘llanma uchun — havola
➡️ Bepul foydalanish uchun — havola

🧩 Techno
1256👍4🔥2🎉2👏1🤩1👨‍💻1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👓 Internetda g‘alati bir video tarqalmoqda: jurnalist sun’iy intellekt o‘rnatilgan aqlli ko‘zoynakni taqadi va ko‘chadagi notanish insonlar haqida bir zumda barcha ma’lumotlarni bilib oladi.

Ko‘zoynak ularning ismini, ijtimoiy tarmoqlarini va nima ish bilan shug‘ullanishini ko‘rsatib beradi.

Endi "Offline Anonimlik" davri tugaganga o‘xshaydi. 😬

🧩 Techno
1🔥38😱218👍8😢5😐42🤯2😎2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼 Har qanday past sifatli rasmni sifatini oshirib yaxshilash mumkin — buning uchun InvSR neyron tarmog‘i chiqdi.

Natija juda sifatli: model har bir pikselni aniqlik va detallik bilan boyitadi, rasm ancha real va jonli ko‘rinadi.

➡️ Uni GitHub’dan yuklab lokal ishlatish yoki Hugging Face’da onlayn sinash mumkin.

🧩 Techno
👍238🔥3🎉32👏2🤩2🤝2❤‍🔥1