Texno AI
24.7K subscribers
613 photos
507 videos
706 links
🧩 TEXNO AI — Sun'iy Intellekt tomon birinchi QADAM!

Reklama va Takliflar uchun: @TexnoAI_Agency
Download Telegram
🖼 Nano Banana Pro endi mutlaqo bepul va deyarli cheksiz tarzda ishlatish mumkin — LMarena platformasiga fotolar bilan ishlaydigan eng kuchli neyron qo‘shildi.

Eng quvonarlisi — VPN ham, ro‘yxatdan o‘tish ham shart emas. Model istalgan sahna va istalgan uslubda rasm yaratadi, detallar esa juda aniq. Ishlash tezligi ham qoyilmaqom.

Limitlar bor, albatta, lekin oddiy foydalanuvchi uchun ular deyarli “cheksiz” hisoblanadi.

➡️ Sinab ko'rish uchun — havola

🧩 Techno
🤯2615👍7👏3❤‍🔥2🔥21🎉1🤩1
Nano Banana Pro bilan vaqt bo‘ylab sayohat qilamiz — istalgan tarixiy voqeani suratga aylantirib beradigan zo‘r prompt topildi.

Prompt:
Generate an image at the coordinates [39°39′15″N, 66°58′30″E] at [10:00 AM Tashkent time , July 22, 1970]


Ko‘rsatmada faqat kerakli koordinata va sanani almashtirsangiz kifoya. Hatto qadimiy tarixdagi voqealar bilan ham ishlaydi.

➡️ Buni LM Arenada sinab ko‘rishingiz mumkin.

🧩 Techno
👍24🤯138🔥3👏2🤩21❤‍🔥1🎉1
🚀 Do‘stlar, so‘nggi paytlarda Nano Banana Pro bo‘yicha juda ko‘p savollar kelmoqda.

Ko‘pchilik hali ham quyidagilarni so‘ramoqda:
• “Qanday qilib Nano Banana Pro’dan foydalansam bo‘ladi?”
• “Nega menda ishlamayapti — boshqacha prompt yozishim kerakmi?”
• “Nano Banana nima o‘zi?”
• “Nano Banana Pro’dan qayerda foydalansam bo‘ladi?”
• “Qaysi platformalarda ishlaydi?”


Shu sababli biz Nano Banana Pro’dan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha qisqa va tushunarli video darslik tayyorlashni rejalashtirdik, biroq darslikni chiqarishdan oldin kichik bir shartimiz bor.

👍 Agar ushbu post 300 ta like to‘plasa, video darslikni tayyorlab ulashamiz. Ko‘proq odam ko‘rishi uchun postni do‘stlaringizga ham ulashing, bu jarayonni tezlashtiradi.

2-3 kun ichida Nana Banana Pro bo'yicha darslikni chiqaramiz!

🧩 Techno
3😢665👍31951🔥40❤‍🔥23🤩22🎉21👏63😱3🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nano Banana endi yagona “yetakchi” emas — Stable Diffusion’ning sobiq ishlab chiqaruvchilari kutilmaganda Flux 2 nomli yangi rasm yaratish generatorini taqdim etishdi.

— Haqiqatdan farqlash qiyin bo‘lgan juda real ko‘rinadigan rasmlar yaratadi;
— Ichiga aqlli fototahrirlash vositasi qo‘shilgan;
— Taqqoslash uchun 10 tagacha rasm yuklash mumkin — tizim barcha detallarni hisobga oladi;
— Endi u yorug‘lik, soya va haqiqiy fizika qoidalarini ancha to‘g‘ri aks ettiradi;
— Matn generatsiyasi ham sezilarli darajada yaxshilangan;
— Eng e’tiborlisi — hammasi bepul.

➡️ Flux Playground orqali yoki Hugging Face’da bepul sinab ko‘rish mumkin.

🧩 Techno
🔥277👍52👏2😁1🎉1🤩1🤝1
Claude Opus 4.5 taqdim etildi — Anthropic’ning yangi flagman modeli bo‘lib, ko‘plab testlarda Gemini 3 Pro va GPT-5.1 dan ustun natija ko‘rsatdi.

Opus 4.5 ARC-AGI-2 sinovida 37,6%, SWE-bench’da esa 80,9% ball oldi. Model zarur bo‘lsa, murakkab vazifalar ustida uzoqroq “o‘ylab”, yanada yaxshi yechim topishga o‘rgatilgan. Shu bois u hozircha “vibe-coding” va sun’iy intellekt agentlarini ishga tushirish uchun eng kuchli variantlardan biri hisoblanmoqda.

Claude foydalanuvchilariga allaqachon taqdim etilgan.

🧩 Techno
19👍8👨‍💻3🔥2👏21🎉1🫡1
🖼 Nano Banana Pro’dan maksimal darajada foydalanamiz: Google yangi model uchun foydali hayotiy maslahatlar jamlangan qo‘llanmani taqdim etdi.

Unda samarali prompt yozish bo‘yicha tavsiyalar, Nano Banana Pro’dan foydalanishning eng yaxshi yo‘llari, shuningdek modelning kuchli va zaif tomonlari tahlili jamlangan. Qo‘llanma matn tarjimasi, mahsulot suratlarini yaratish va sun’iy intellekt yordamida fotolarni tahrirlash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalarni ham o‘rgatadi.

➡️ Hammasi tayyor prompt misollari bilan birga berilgan. O‘rganish uchun — havola

🧩 Techno
24👍5🔥4🤩3👏21🎉1👨‍💻1
💫 Sun’iy intellektning realizm darajasi endi deyarli nazorat qilib bo‘lmaydigan darajaga yetdi.

Bir yigit shunchalik haqiqiyga o‘xshaydigan “qizning suratini” yaratdiki, hatto ChatGPT ham uning sun’iy ekanini tanimay qoldi. Bu holat Twitter’da katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, izohlarda esa odamlar vahimaga tushib yozishni boshlashdi:

— «Buvingiz, bobongiz, ota-onangizga qo‘ng‘iroq qilib qo‘ying — endi ko‘rgan narsalariga ham ishonavermasinlar.»
— «20 yil internetda o'tirdik — yetadi.»
— «HAMMASI TUGADI. Zudlik bilan dunyo yetakchilari haqida kompromat yaratishimiz kerak, shunda ular sun’iy intellektni taqiqlaydi.»


Xulosa qilib aytganda, sun’iy intellekt shu qadar rivojlanib bormoqdaki, odamlar tez orada ko‘zi bilan ko‘rgan narsasiga ham ishonmay qo‘yishi mumkin.

🧩 Techno
🤯36😢108👍4🔥1👏1😱1😐1
⚡️ Eski suratlarni Nano Banana Pro yordamida qayta tiklaymizyangi model buni juda yaxshi uddalayapti: mayda detallarni yo‘qotmaydi, yuzni asl holida saqlaydi va suratni go‘yo kecha olingandek qilib qayta yaratadi.

Quyidagi prompt orqali sinab ko‘ring va natijalarni izohlarda ulashing:

Ultra-realistic recreation of an old vintage photo, keeping the same original face (99% likeness, no alteration). Transform into a modern high-quality digital portrait with vibrant updated colors, smooth realistic skin textures, and natural lighting. The outfit and background should be upgraded into a clean, modern aesthetic while preserving the authenticity of the original pose and expression.


➡️ LM Arena yoki Gemini orqali sinab ko‘rishingiz mumkin.

🧩 Techno
👍26123🔥3🎉2👏1🤯1🤩1
🖥 Dunyo bo‘yicha xotira chiplarining tanqisligi kuchaymoqda — buning asosiy sababi sun’iy intellekt sohasidagi keskin o‘sish. Counterpoint hisob-kitoblariga ko‘ra, 2026-yilning ikkinchi choragida tezkor xotira narxi hozirgidan 1,5 baravar oshishi kutilmoqda. Yil boshidan buyon esa allaqachon 50% ga qimmatlashgan.

Asosiy sabab — tez sur’atlarda kengayib borayotgan ma’lumot markazlari bo‘lib, ular deyarli barcha kompyuter qismlariga talabni keskin oshirgan. Tanqislik faqat tezkor xotira bilan cheklanmay, qattiq disklar va NAND xotiralarda ham kuzatilmoqda.

Natijada elektronika ishlatiladigan deyarli barcha mahsulotlar qimmatlashadi: telefonlar, tibbiy qurilmalar, avtomobillar va albatta, kompyuterlar. HP rahbari Enrike Loresning aytishicha, oddiy kompyuter narxining 15–18 foizi aynan xotira qiymatidan iborat.


Hozir do‘konlarda 32 GB tezkor xotira narxi ba’zi videokartalarnikiga tenglashib qoldi. Narxlar oshishi esa davom etishi kutilmoqda. Shu sababli, 2026-yil shaxsiy kompyuter yig‘ish uchun eng noqulay yil bo‘lishi mumkin.

🧩 Techno
😱267🔥5👍4😢4😐32👏1🤯1
⚡️ 19 yoshli yigit universitetni tashlab, ChatGPT yordamida dasturlashni o‘rgandi va hozir OpenAI’da IT mutaxassisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

2019-yil: Gabryel universitetni tark etadi va ChatGPT bilan birga kod yozishni o‘rganadi — vazifalarni oladi, neyron tarmoq bilan loyihalar tuzadi, xatolarni birga tuzatadi va matematika hamda texnik g‘oyalarni chuqur o‘rganadi.

2025-yil: U OpenAI Sora jamoasida ilmiy xodim sifatida ish boshlaydi — bu odatda doktorlik darajasiga ega mutaxassislar uchun mo‘ljallangan lavozim hisoblanadi.

Neyron tarmoqlar asta-sekin universitet o‘rnini bosayaptimi, nima deb o‘ylaysiz? 🤔

🧩 Techno
👍71😎21106👏6🤯5🤩3🔥2🎉2😁1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Kimi prezentatsiya generatoriga Nano Banana Pro qo‘shildi — endi istalgan mavzu bo‘yicha zamonaviy va sifatli slaydlar tayyorlash mumkin.

Barcha elementlarni xohlagancha o‘zgartirish, joyini almashtirish yoki dizaynini moslashtirish mumkin. Tayyor prezentatsiyani esa PowerPoint formatida yuklab olib, istalgan dasturda davom ettirish va tahrirlash mumkin.

Yakshanba kechgacha ushbu xizmatdan bepul foydalanishingiz mumkin.

➡️ Sinab ko'rish uchun — havola

🧩 Techno
👍299🔥5👏3🎉21🤩1🤝1
⚡️ Sun’iy intellekt tajribalari uchun birinchi ijtimoiy tarmoq ishga tushdi — endi bir joyda minglab promptlar, kurslar va qo‘llanmalarni topish mumkin.

Dastlab oddiy prompt almashish sifatida boshlangan, bir necha oy ichida esa faol hamjamiyatga aylangan. Saytda mavzular, neyron tarmoqlar va vazifalar bo‘yicha qidiruv va filtrlar mavjud, hamjamiyat esa eng foydali kontentni yuqoriga chiqaradi. Aytgancha, ishlatish uchun VPN kerak bo'larkan.

➡️ Sinab ko‘rish uchun — havola

🧩 Techno
👍30👏54🔥32❤‍🔥1🎉1🤩1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Sun’iy intellektning xavfi yana bir bor namoyon bo‘ldi: bir bloger Unitree robotiga ChatGPT’ni ulab, qo‘liga pistolet berdi va neyron tarmoqni “otishga ko‘ndira olamanmi?” deb tajriba qildi.

Boshida oddiy buyruqlar va aldovlar ishlamadi — ChatGPT xavfsizlik cheklovlaridan chiqmay, qurolni qo‘llashdan bosh tortdi. Lekin bloger undan “qotil robot rolini ijro et” deb so‘ragandan so‘ng kutilmagan holat yuz berdi: robot tepkini bosib yubordi va blogerning yelkasiga o‘q tegdi.

Sun’iy intellekt esa go‘yo: “Men senga zarar yetkaza olmayman. Ammo o‘q zarar yetkazishi mumkin,” degandek bo‘ldi.

🧩 Techno
🤯63😁21👍6😱53🔥3😐3👏21😢1
🎥 Sun’iy intellekt endi haqiqiy kino yaratishga yaqinlashdi: Runway yangi — Gen 4.5 video generatorini taqdim etdi va u sifati bo‘yicha Veo 3.1, Sora 2 Pro va Kling 2.5’dan o‘zib ketdi.

Gen 4.5 ning asosiy imkoniyatlari:
— Tasvir sifati nihoyatda aniq va tabiiy, har bir detal real hayotga juda yaqin.
— Endi murakkab kino uslubidagi o‘tishlarni ham osongina yaratadi.
— 7 soniyagacha bo‘lgan videolarni tovush bilan birga generatsiya qila oladi.
— Modelni yirik kompaniyalar reklama roliklari yaratishda allaqachon sinab ko‘rmoqda.
— Go‘yo cho‘ntagingizda kichik kinostudiya bor — qisqa videolar tayyorlash uchun imkoniyatlar yetarli.
— Gen 4.5 fizikani ancha yaxshi tushunadi: kadrdagi buyumlar og‘irlikka, inertsiyaga ega, yuzalar esa yorug‘likni tabiiy aks ettiradi.

📊 Model Artificial Analysis reytingida reytinglarida birinchi o‘ringa chiqib, raqobatchilarini ortda qoldirdi.

➡️ Sinab ko'rish uchun havola. Yaqin kunlarda barcha foydalanuvchilarga bosqichma-bosqich ochiladi.

🧩 Techno
👍23🤯5🔥32🤩21❤‍🔥1👏1🤔1🎉1
⚡️ Xitoylik dasturchilar yangi flagman modellari — DeepSeek-V3.2 va DeepSeek-V3.2-Speciale’ni taqdim etdilar.

Ikkala model ham benchmark sinovlarida GPT-5 va Gemini 3 Pro’dan qolishmaydi, hatto matematika va informatika bo‘yicha musobaqalarda ular biroz ustunroq chiqdi.

➡️ Asosiy DeepSeek-V3.2 modelini hozircha bepul sinab ko‘rish mumkin. “Aqlli”roq Speciale versiyasi esa hozircha faqat API orqali taqdim etilmoqda.

🧩 Techno
23👍76👨‍💻3🔥1👏1🎉1🤝1