Texno AI
24.6K subscribers
613 photos
507 videos
706 links
🧩 TEXNO AI — Sun'iy Intellekt tomon birinchi QADAM!

Reklama va Takliflar uchun: @TexnoAI_Agency
Download Telegram
📚 Kitob ixlosmandlari uchun ajoyib topilma: BookGraph — sizdagi kitoblar asosida aqlli xarita tuzadi va yana qaysi kitoblarni o‘qish mumkinligini tavsiya qiladi.

Shunchaki sevimli kitoblaringiz ro‘yxatini yuklaysiz, servis esa ular orasidagi umumiy janrlar, mavzular va mualliflar bo‘yicha bog‘liqliklarni ko‘rsatadi. Eng qulay jihati, sizga yoqishi mumkin bo‘lgan yangi kitob g‘oyalarini ham taklif qiladi. Interfeysi qulay va interaktiv: qidirish, filtrlash va kutubxonangiz xaritasini "vizual ko‘rish" mumkin. Xizmat to‘liq bepul.

➡️ Sinab ko'rish uchun — havola

🧩 Techno
🔥21👍86👏31🤩1😍1🫡1
⚡️ Sun’iy intellekt Time jurnali talqiniga ko‘ra «Yil odami» bo‘lishi mumkin — hozircha u Polymarket platformasidagi taxminlarda eng yuqori o‘rinda turib, Sam Altman va hatto Donald Trumpni ortda qoldirmoq.

Bu hayratlanarli tuyulishi mumkin, lekin tarixda bunaqasi bo‘lgan. Time jurnali 1982-yilda “Yil odami” nomini insonga emas, shaxsiy kompyuterga bergan.

🧩 Techno
😐25👍65🤯4😁32🔥1👏1😱1
🚀 YouTube endi messenjerga aylanishi mumkin — Google yangi eksperiment boshlayotganini e’lon qildi: foydalanuvchilar videolarni almashishlari va ularni mobil ilovada muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi.

Ushbu funksiya YouTube’dagi barcha kontent turlariga tatbiq etiladi: standart videolar, Shorts va jonli efirlar ham.


Shuningdek, Google yuborilgan xabarlar avtomatik tarzda jamoa qoidalariga muvofiqligi tekshirilishi mumkinligini bildiradi, ayniqsa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan kontent aniqlansa.

Nima deb o'ylaysiz, bu funksiya foydalimi yoki keraksiz? 🤔

🧩 Techno
👍34🤯11🔥8😐52😢2🎉21😁1🤔1🤩1
⚡️ Nano Banana Pro taqdim etildi — hozircha bu eng kuchli rasm yaratish modeli va to‘liq sun’iy intellekt asosidagi fototahrirlash vositasi!

Yangi model Gemini 3 Pro bazasida ishlaydi va bir necha soniya ichida buzulishlarsiz, juda real tasvirlar yaratadi. Shuningdek, matn generatsiyasi ham ancha sifatli bo‘lgan. Rasmni tahrirlash imkoniyatlari avvalgi Nano Banana versiyasiga qaraganda bir necha baravar yaxshilangan.

Model hozircha Gemini chat-botida bepul mavjud, tez orada AI Studioda ham paydo bo‘ladi.

Ana endi haqiqiy “Fotoshop qotili” bo‘ldi.

🧩 Techno
28👍11👏5🤯4🤩3🔥21🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💬 ChatGPT endi to‘liq messenjerga aylandi — OpenAI barcha foydalanuvchilar uchun guruhli chatlarni ishga tushirdi.

Endi bot bilan do‘stlar davrasida yoki hamkasblar bilan birgalikda muloqot qilishingiz mumkin. Guruhga faqat havola orqali qo‘shilasiz, har bir suhbat uchun alohida sozlamalar o‘rnatish mumkin, masalan bot faqat siz uni tilga olganingizdan keyin javob beradi.

Bir guruhda 20 nafargacha kishi bo‘lishi mumkin. ChatGPT suhbatni kuzatib boradi va faqat zarur paytda aralashadi.

Endi faqat qo‘ng‘iroqlarni qo‘shish qoldi.

➡️ Buni funksiyani hoziroq ChatGPT ilovasi yoki saytida sinab ko‘rishingiz mumkin.

🧩 Techno
🔥254👍43😁2🎉2🤩2👏1🤝1
🚀 Talabalar uchun ajoyib yangilik: NotebookLM endi Nano Banana Pro yordamida taqdimotlar va infografikalar yaratishni o‘rgandi.

Tadqiqotlar to‘plamini bir necha soniyada slaydlarga aylantirish, dizaynini sozlash va kerakli ma’lumotlarni tanlash mumkin. Sun’iy intellekt matnni o‘zi tahlil qiladi, mazmunli hikoya tuzadi va vizuallarni ham o‘zi yaratadi.

Pro obunachilar bu funksiyani allaqachon sinab ko‘rishi mumkin. Yaqin haftalarda esa barcha foydalanuvchilarga ham ochiladi.

🧩 Techno
👍196🔥4👏31🎉1🤩1
🎄Yangi trend: Yangi yil archa o‘yinchog‘i!

Nana Banana sun’iy intellektidan foydalanib, o‘z rasmingizni yoki biror mahsulotni 3D bayram o‘yinchog‘iga aylantirishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi oddiy bosqichlarni bajaring:

1️⃣ Gemini’ni oching;
2️⃣ Create Image modelini tanlang;
3️⃣ Rasmingizni yuklang va pastdagi promtdan foydalaning.

📃 Promptni izohga joylab qo'yganman, bemalol nuxslab ishlatishingiz mumkin!

⚠️ Eslatma: Rasm aniq, sifatli bo‘lsin va unda butun tana ko‘rinib turishi kerak! Ushbu namunaviy rasmlarning barchasi Nano Banana Pro yordamida yaratilgan.

➡️ Gemini orqali darhol sinab ko‘rishingiz mumkin.

🧩 Techno
35🔥12👍4👏3😱32🤩2🎉1😎1
⚡️ Nano Banana Pro sun'iy intellekti endi uy vazifalari va imtihon savollarini siz uchun yechadi!

Shunchaki topshiriqni suratga olib yuboring va sun’iy intellekdan javobi ko‘rsatilgan tayyor rasmni yaratib berishini so‘rang.

Ko‘rinishidan, o‘qish uchun bahona qolmadi.

🧩 Techno
🤯3916👍7🔥65🎉2👏1🤔1😱1
⚠️ OpenAI ayrim foydalanuvchilardan ChatGPT’dan foydalanish uchun pasport ma’lumotlarini so‘ray boshladi: bu talab allaqachon ba’zilarida paydo bo‘lgan.

Kompaniya shaxsni tasdiqlovchi hujjat fotosini yuborishni yoki kameraga qarab yuzni tasdiqlashni so‘ramoqda. Bu hamma uchun emas, tizim sizning bot bilan yozishmalaringizni “bolalarga oid” deb hisoblaganda ishga tushadi.

Agar shaxsni tasdiqlashni rad etsangiz, 60 kundan keyin profilingiz bloklanishi mumkin.

🧩 Techno
🤯2810👍7🤩3🔥2👏2😁2🤝21🎉1
📊 Nano Banana Pro yordamida istalgan rasmni infografikaga aylantiramiz.

Shunchaki rasmni yuklaysiz va quyidagi promptni yozasiz:
Create an infographic image of [ OBJECT NAME ], combining a real photograph of the object with blueprint-style technical annotations and diagrams overlaid on the image. Include the title " [ OBJECT NAME ]" in a hand-drawn box in the corner. Add white chalk-style sketches showing key structural data, important measurements, material quantities, internal diagrams, load-flow arrows, cross-sections, floor plans, and notable architectural or engineering features. Style: blueprint aesthetic with white line drawings on the photograph, technical/architectural annotation style, educational infographic feel, with the real environment visible behind the annotations all text should be in uzbek


Nano Banana Pro obyektni tahlil qiladi va ustiga sxemalar, chizmalar, o‘lchamlar hamda texnik izohlarni qo‘shib, real fotografiyani haqiqiy infografikaga aylantiradi — xoh bu Registon maydoni bo‘lsin, xoh biror hayvon.

➡️ Sinab ko‘rish uchun — havola

🧩 Techno
1👍3315🔥5🤩5🤯43❤‍🔥2🎉2😍2
⚡️LLM Council — eng kuchli neyron tarmoqlar bir joyda maslahat beradigan yangi xizmat!

OpenAI hammuassisi Andrej Karpathy yangi loyiha — LLM Councilni taqdim etdi. Bu aslida neyron tarmoqlar “kengashi” simulyatori: siz savol yoki muammo kiritasiz, eng ilg‘or modellar birma-bir o‘z yechimini taklif qiladi, bir-biri bilan solishtiradi va umumiy xulosaga keladi.

Bu yerda GPT-5.1, Gemini 3.0 Pro, Claude Sonnet 4.5 va Grok 4 kabi kuchli modellar bitta jamoa sifatida ishlaydi. Yakuniy qarorni esa “kengash raisi” vazifasidagi model tanlaydi — u eng aniq va eng ma’qul deb topilgan yechimni chiqarib beradi.


Qisqasi, siz bergan bitta savolga darrov butun “superjamoa” birgalikda javob izlaydi.

➡️ Sinab ko‘rish uchun — havola

🧩 Techno
👍225🤯4👏3🔥21🤩1🤝1