Texno 24
19 subscribers
1 photo
2 videos
4.37K links
🌏 Axborot texnologiyalari olamida yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor qiluvchi informatsion kanal.

Asosiy hamkorimiz terabayt.uz internet nashri.
Download Telegram
Facebook ham o‘z kriptovalyutasini chiqarmoqchi

Keyingi paytlarda butun dunyo bo‘ylab kriptovalyuta turlari keng tarqalayotganidan xabaringiz bor. Jumladan, Telegram kompaniyasi ham o‘zining kripto-pulini chiqarishni rejalashtirayotgani haqida yozganmiz.

Manbalarning xabar berishicha, endi Facebook kompaniyasi ham o‘z kriptovalyutasini yaratishga qaror qilgan ko‘rinadi. Kompaniya bu yo‘nalishni bir yilcha avval o‘rgana boshlagandi, bugungi kunga kelib esa mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi jamoani ham shakllantirgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘ndan ortiq mutaxassisni jamlagan ushbu jamoa blokcheyn texnologiyalarini o‘rganish bilan shug‘ullanmoqda. Unga Messenger ilovasi uchun mas’ul bo‘lgan vitse-prezident Devid Markus rahbarlik qilayotir.

Kriptovalyutani Facebook ijtimoiy tarmog‘i ichidagi to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘llash uchun foydalanish rejalashtirilmoqda. Bunda Telegram’dagi singari ICO o‘tkazish (ya’ni, cheklangan miqdordagi tokenlarni ommaviy sotuvga chiqarish) ko‘zda tutilmagan.

Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, Facebook o‘z kriptovalyutasini yo‘lga qo‘yishi uchun ham bir necha yil muddat kerak bo‘lishi mumkin. Ehtimol, buning uchun u blokcheyn bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarni xarid qilishiga ham to‘g‘ri kelar.
🌐 www.terabayt.uz

👉 «Texno 24» kanaliga qo'shiling!
Toshkentda Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlari narxlari (2018 yil 12 may)

Ushbu kompaniyaning ko‘pchilik mahsulotlari dunyo bo‘ylab ommalashish barobarida, o‘zbekistonlik foydalanuvchilarning ham e’tiborini jalb etib bo‘lgan. Yurtimizning turli shaharlarida uning servis markazlari ochilayotgani ham kompaniyaga bo‘lgan ishonchni yanada oshirmoqda.

Quyida mazkur kompaniyaning ayrim smartfonlariga va boshqa ayrim mahsulotlariga poytaxtimizda so‘mda belgilangan narxlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Aytish kerakki, bu gadjetlarning har biriga tegishli muddatda kafolat beriladi.

Smartfonlarning narxlari:

Boshqa devayslarning narxlari:

Amazfit Bip orange – 574 000 so‘m Amazfit Bip green, orange – 615 000 so‘m Mi Band 2 Global – 229 600 so‘m Mi TV Box – 656 000 so‘m Xiaomi’ning yuqoridagi smartfonlari va boshqa devayslarini shu narxlarda naqd pulga xarid qilish uchun, Telegram’dagi @terabayt_admin1 profili orqali “Terabayt.uz” sayti menejeriga murojaat qilishingiz mumkin.
🌐 www.terabayt.uz

👉 «Texno 24» kanaliga qo'shiling!
“Prilojeniye Sistemnыy UI ostanovleno” xatosini to‘g‘rilaymiz

Samsung Galaxy qurilmasidan foydalanuvchilar deyarli har kuni “Prilojeniye Sistemnыy UI ostanovleno” da anchayin ko‘ngilsiz muammoga duch keladilar.  Mazkur muammoni bartaraf etish uchun biz taklif etayotgan usullar bilan tanishsangiz  muammodan tezda qutilasiz

Umuman olganda, buning bir nechta yo‘llari mavjud, lekin birinchi va eng muhimidan boshlaymiz.

Quyida keltirilgan yo‘riqnoma bilan yaxshilab tanishing, shunda hech narsa esdan chiqmaydi.

Xo‘sh, “Prilojeniye Sistemnыy UI ostanovleno” xatosini qanday to‘g‘rilaymiz.

Yon tomonda paneldagi Play Market ilova dukonini oching, u bir harakat bilan chiqib keladi,

“Moi prilojeniya i igrы” bo‘limini tanlang.

  “Ustanovlennыye” to‘plamida Google ilovasini toping (u avvallari Google Poisk sifatida tanilgan edi).

Menyu tugmasini bosing, u o‘ng tomonda yuqori burchakda poisk tugmasining yonida turibdi va “Avtoobnovleniye” qarshisidagi belgini olib tashlang.

 Endi yangilangan Google ilovasini o‘chirish lozim, buning uchun “Udalit obnovleniya”, klavishini bosasiz, u “Otkrыt”ning oldida turibdi.

Endi tekshiramiz, yuqoridagi xato g‘oyib bo‘ldimi?

Agar muammo yo‘qolmagan bo‘lsa, garchi bunaqasi juda kam uchraydi, ikkinchi usulni qo‘llab ko‘ring.

“Nastroyki” ilovasini ishga tushiring.

 “Prilojeniya” bo‘limini oching.

Menyu tugmasini bosing, so‘ngra ro‘yxatdagi “Pokazatsya sistemnыye prilojeniya  punktni tanlang.

Ro‘yxatdagi “Interfeys sistemы” ilovasini toping va xotira bo‘limidagi ma’lumotlarni va  keshni ham tozalang.

 

Endi tekshirib ko‘ring, xato yo‘qolmadimi?

Agar bu usul yordam bermagan bo‘lsa, u holda  boshqa chorani qo‘llaymiz.

Telefoningiz sozlamalarini dastlabki holatga qaytarishingiz kerak bo‘ladi, qurilmani zavod parametrlariga keltirasiz. Jarayonni tugatganingizdan keyin xotiradagi barcha shaxsiy ma’lumotlar o‘chib ketadi, shu bois har ehtimolga qarshi kerakli ma’lumotlarning qo‘shimcha nusxasini ham olib qo‘ying.
🌐 www.terabayt.uz

👉 «Texno 24» kanaliga qo'shiling!
Motorola 2016 yildayoq patentlagan buklama smartfon judayam antiqa!

Keyingi paytlarda turli smartfonsozlar o‘zgacha form-faktorga ega mobil qurilmalar yaratish borasida maxfiy poyga o‘ynamoqdalar. Biroq ayrim ma’lumotlarning “sizib chiqishi” sababli ularning ayrim rejalari oshkor bo‘lib qolayotir.

Shu kunlarda ma’lum bo‘lishicha, Motorola Mobility kompaniyasi buklama smartfon ustidagi izlanishlarini hali 2016 yildayoq boshlagan ekan. Kompaniya aynan o‘sha paytda patentlashtirgan qurilma chizmalari bugungi kunlarga kelib – 2018 yilning 11 may sanasida ommaga oshkor etildi.

Motorola’ning bu gadjeti katta displey bilan jihozlangan bo‘lib, devays yoyilgan holatida planshetga aylanadi. Yopiq holatida bo‘lsa u har ikki tomoni ekranli smartfon bo‘ladi.

Yuqoridagi suratlarda ko‘rib turganingizdek, Motorola muhandislari bunday qurilma uchun maxsus funksional g‘ilof ham yaratishgan ekan. U nafaqat uni tashqi shikastlardan asraydi, balki taglik vazifasini ham bajaradi, tag‘in simsiz quvvatlash moslamasi sifatida ham xizmat qiladi.
🌐 www.terabayt.uz

👉 «Texno 24» kanaliga qo'shiling!
Veb-dasturchilar bilan veb-dizaynerlarning farqi nimada?

Ko‘p hollarda ish beruvchilar dasturchilar dizaynni ham yarata oladi, deb o‘ylashadi. Biroq har ishni o‘zining ustasi qilgani ma’qul. Veb-dizayner bilan veb-dasturchilar o‘rtasida farq bormi? Albatta, bor. Keling bu savolga oydinlik kiritamiz.

Veb-dizayner nima qiladi

Maket yaratadi, interfeysni quradi va mijozning veb-sayt bilan o‘zaro hamkorligini o‘ylab topadi — g‘oyani va tarixni chiroyli vizual dizaynga aylantiradi. Xuddi me’mor uyning rejasini tuzgandek, veb-dizayner ham sayt maketini yaratadi va hayotga tatbiq etadi.

Veb-dasturchining o‘rni qanday?

Veb-dasturchi veb-dizaynerning g‘oyasini maketga aylantirib ish mahsulotiga aylantiradi. Uning vazifasi — kelgusi resursning mijoz (frontend) yoki server qismini (bekend) yaratadi. Yana full-stack dasturchisi ham bor — ular to‘liq ish ilovasini, ya’ni bekend’ni ham, frontend’ni ham yaratadi.

Veb-dasturchi sayt dizaynini yarata oladimi?

Yaratadi, Lekin unga ishonish kerak emas. Dizayn bilan o‘zining mutaxassisi shug‘ullangani yaxshi.  

Frontend-dasturchi kim?

Frontend-dasturchi dizayner tayyorlagan maket orqali saytning tashqi ko‘rinishini ishlab chiqadi, ishchi interfeys yaratadi. Odatta, foydalanish uchun HTML tili qo‘llaniladi, CSS, JavaScript va turli freymvorklari bilan.

Bekend-dasturchi kim?

Bekend-dasturchi resursning server qismi bilan shug‘ullanadi.  Bekend bilan shug‘ullangan kishi server mantig‘ini yaratadi, ya’ni qanday qilib ishlashini tushunishi kerak. Ko‘pchillik veb-ilovalar ma’lumotlar bazasini ishlatadi. Shu bois bekend-dasturchi  ommabop SUBD bilan ishlashni bilish kerak.

Full-stack dasturchi?

Full-stack dasturchi veb-dasturchining barcha bilimi va tajribasini egallagan bo‘lishi kerak, ya’ni frontend yo‘nalishida ham, bekend yo‘nalishida ham birday ishlay olishi kerak. Hozirda  full-stack dasturchilari sahifalovchi, mijoz va resursning server qismi, shuningdek ma’lumotlar bazasi va turli freymvorklar bilan ishlay.
🌐 www.terabayt.uz

👉 «Texno 24» kanaliga qo'shiling!
iPhone SE 2: «jonli» suratlar, aniq o‘lchamlari va taqdimot kunigacha ma’lum bo‘ldi!

Apple korporatsiyasi 2016 yili nisbatan hamyonbop va ixcham iPhone SE rusumli smartfonini taqdim etgan edi. Uning kutilmaganda judayam ommalashib ketgani bois, bu yil ikkinchi avlodini ham chiqarishmoqchi.

Kuni kecha taniqli insayder Veniamin Geskin ushbu ayfon uchun tayyorlangan displeyning «jonli» rasmini e’lon qilgan edi. Endi esa, ixcham ayfonning ikkinchi avlodi iPhone X dizaynida ekanini tasdiqlovchi ma’lumotlar turli manbalardan tarqala boshladi.

Ular orasida, jumladan, ayfonlar uchun aksessuarlar ishlab chiqaruvchi Olixar kompaniyasi ham bor. U nafaqat iPhone SE 2 ekranining himoya shishasini ko‘rsatdi, balki olingan ma’lumotlar asosida bu ayfon renderini ham yasadi. Mana, u e’lon qilgan suratlardan biri:

Avval ham xabar qilganimizdek, yangi smartfon korpusining dizayni original iPhone SE modelinikidan farq qilmaydi. Faqat uning ekrani iPhone X dizaynida – romsiz va tepasida “o‘yiq”li bo‘ladi.

Mana shu tepadagi “kemtik”da dinamik, old kamera va yuzni skanerlovchi Face ID tizimi datchiklari joylashadi.

iPhone SE 2 korpusining o‘lchamlari hatto oldingi «avlod»idan ixchamroq ham – 121x55,8 millimetrga teng bo‘ladi. Original iPhone SE korpusi esa 123,8x58,6 millimetrlikdir.

Shuningdek, mashhur insayder Evan Blass yangi ayfonning nomi iPhone SE (2018) bo‘lishini ham e’lon qilgan.

Shuningdek, insayderlarga ko‘ra, ikkinchi avlod iPhone SE smartfoni WWDC 2018 anjumani doirasida, 4 iyun kuni taqdim etiladi.

Hozircha esa yurtimizda ham Apple’ning oldingi modellardagi smartfonlarini xarid qilish imkoni mavjud.
🌐 www.terabayt.uz

👉 «Texno 24» kanaliga qo'shiling!
⁠ Xiaomi smartfonlari uchun qoyilmaqom MIUI 10 deyarli tayyor! («jonli» video)
“Xitoycha Apple”ning eng muhim jihatlaridan biri – o‘z smartfonlari uchun MIUI grafik qobig‘ini takomillashtirib, gadjetlarining proshivkasini muntazam yangilab borishidir. Jumladan, hozirda uning ko‘plab devayslari uchun MIUI 9 operatsion tizimi tarqatilishi bilan birga, uning navbatdagi talqini ham tayyorlanyapti.
🌐 www.terabayt.uz

👉 «Texno 24» kanaliga qo'shiling!
⁠ Afsonaviy brend ikkinchi avlod QWERTY-smartfonining namoyish kunini aytdi
Hali telefonsozlik sanoati va bozoriga Apple iPhone, Samsung Galaxy va boshqalar kirib kelmasidan avval BlackBerry brendi bu borada yetakchilardan biri bo‘lganini ko‘pchilik yaxshi eslaydi. Ammo 2016 yil ikkinchi yarmiga kelib, raqobatga dosh bera olmagan Kanadaning Blackberry kompaniyasi keyinchalik smartfonsozlik sanoatidan chiqib ketgandi.
🌐 www.terabayt.uz

👉 «Texno 24» kanaliga qo'shiling!
⁠ Android-qurilmangizni kesh, tarix va keraksiz fayllardan tozalamoqchimisiz?
Android-qurilmasidan foydalanuvchilar ko‘pincha “Saqlash uchun joy yetmayapti”, xabariga duch keladilar. Vaqti kelib smartfon yoki planshetda juda ko‘p keraksiz xabarlar yig‘ilib qoladi. Xo‘sh, bunday xabarlarni qanday yo‘qatish mumkin? Agar bu ishlarni sizning o‘rningizga qiladigan  ilovani qidirayotgan bo‘lsangiz, unda avvalboshdan ogohlantiramiz, bunday ilovalarning aksariyati vaziyatni yaxshilay olmaydi.
🌐 www.terabayt.uz

👉 «Texno 24» kanaliga qo'shiling!