TerDPI rasmiy telegram sahifasi
9.54K subscribers
25.4K photos
2.53K videos
224 files
8.17K links
Termiz davlat pedagogika institutining ilmiy-tahliliy hamda maʼnaviy-maʼrifiy telegram kanaliga xush kelibsiz!
https://t.me/Azizbek_Xasanov_Baxtiyarovich

https://instagram.com/terdpi_rasmiy

Murojaat bot: https://t.me/TerDPI_rektoriga_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Vazir “Talabalar shaharchasi”dagi yotoqxonalar va umumiy ovqatlanish joylari holati bilan tanishdi

2025-yil 5-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Toshkent shahridagi “Talabalar shaharchasi”da joylashgan talabalar yotoqxonalari va umumiy ovqatlanish joylarida amalga oshirilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.

Tashrif doirasida vazir yotoqxonalardagi qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, xususan, isitish tizimlarining barqarorligi, elektr va suv taʼminoti, issiq suv bilan taʼminlash holatini oʻrgandi. Shuningdek, yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishi, evakuatsiya yoʻlaklarining ochiqligi, yongʻin oʻchirish vositalarining tayyor holda boʻlishi ham tekshirib chiqildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/108417

#vazir_oʻrganish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2
❗️❗️❗️❗️❗️

👌Yoshlar akademiyasi tomonidan
     
🚀Loyihalar tanlovi!

Yoshlar, diqqat! Eng ijodiy va innovatsion g‘oyalar sohiblarini bir joyga to‘playdigan loyiha tanlovi bo‘lib o‘tadi!

📆Sana: 6-dekabr
🕒Vaqt: 14:00
📍 Manzil: Termiz davlat pedagogika instituti
🏢IT Inkubatsiya markazi

Tanlovda sizni kutadi:     
🔷Eng yaxshi loyihalar taqdimoti
🔷Innovatsion fikr almashinuvi
🔷Qimmatli tavsiyalar
🔷G‘oliblarga sovrinlar va sertifikatlar

Kimlar qatnashishi mumkin?
🔹G‘oyasi borlar
🔹Loyihasi borlar
🔹Ilm-fan va innovatsiyaga qiziquvchilar
🔹O‘z imkoniyatini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan barcha yoshlar!

Kel, o‘z g‘oyang bilan kelajakni o‘zgartir! 💡

👌Terdpi_yoshlar_akademiyasi sizni kutmoqda!
📞Murojaat uchun:@eshemov1
+998910780204

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
👌@terdpi_yoshlar_akademiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🤩1😍1🏆1
Forwarded from Edu.uz
#tanlov

“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovining yangi mavsumiga tayyorgarlik!


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamkorligida tashkil etilgan tanlovning ilk mavsumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Mazkur tashabbusning mantiqiy davomi sifatida tanlovning navbatdagi mavsumiga tayyorgarlik boshlandi.

Shu munosabat bilan, yosh izlanuvchi-tadqiqotchilar va talabalarni o‘z ilmiy faoliyatlari bo‘yicha sodda va ommabop tilda maqolalar tayyorlab, e’lon qilish hamda tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan, keng jamoatchilikka ilmiy bilimlarni tushunarli va ommabop tarzda yetkazishga xizmat qiladigan eng yaxshi materiallar mualliflarini aniqlash va rag‘batlantirishdir.

Tanlovga hujjatlar topshirish 2026-yil may oyida bo‘lib o‘tadi, shuning uchun hozirdanoq tayyorgarlikni boshlang!

📝 Ishtirok etish uchun nima qilish kerak?

2025/2026-o‘quv yili davomida ilmiy-ommabop gazeta yoki jurnallarda maqolangizni e’lon qiling;
e’lon qilingan material (PDF shaklda) va ma’lumotingiz bilan may oyining 1–10-sanasida tanlovga ariza topshiring.

Tanlovda oliygohlarda faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar, izlanuvchilar va talabalar ishtirok etishi mumkin.

G‘oliblar quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇 1-o‘rin — BHMning 25 baravari;
🥈 2-o‘rin — BHMning 20 baravari;
🥉 3-o‘rin — BHMning 15 baravari.


Siz ham o‘z ilmiy faoliyatingizni keng ommaga taqdim etishni istaysizmi? Unda maqolangizni tayyorlang va tanlovda ishtirok eting!

📃Tanlov nizomi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍1
#maxsus_kurs

Jismoniy va san'at fakultetida “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va Islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

⭐️Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarida Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li, tashqi siyosat, demokratik islohotlarning mazmun-mohiyati va xalqaro maydondagi o‘rni talabalarga batafsil tushuntirildi.

Mashg‘ulot davomida:
🟠 Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqi asosiy manba sifatida tahlil qilindi;
🟠 O‘zbekistonning global miqyosdagi pozitsiyasi va olib borilayotgan islohotlar yoritildi;
🟠 Diniy-ma’rifiy sohadagi yutuqlar, ta’lim, ilm-fan, gender tenglik va yoshlar siyosati bo‘yicha tushunchalar berildi;
🟠 Global xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, Orolbo‘yi muammolari, iqlim o‘zgarishi kabi masalalarda O‘zbekiston tashabbuslari muhokama qilindi;
🟠 Raqamli rivojlanish, sun’iy intellekt va innovatsion jarayonlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

🤝 Kafedra o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekistonning AQSH, Koreya, Yevropa va Sharq mamlakatlari bilan olib borayotgan global sheriklik siyosati haqida ham fikrlar berildi. Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari talabalarda Yangi O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi va xalqaro nufuzini chuqur anglashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

✍️  TerDPI matbuot xizmati

Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🔱 “8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” hamda Konstitutsiyamizning 33 yilligi munosabati bilan Jismoniy madaniyat va san’at fakultetida “Konstitutsiya – faxrimiz” mavzusida rasmlar tanlovi hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🫥 Tadbir davomida Tasviriy san’at yo‘nalishi talabalari tomonidan Konstitutsiyaga bag‘ishlangan ijodiy rasmlar namoyish etildi. Shuningdek, Musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etilib, tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbir talabalarda Konstitutsiyamizga hurmat, shuningdek, ijodkorlik va ma’naviy-ma’rifiy faollikni oshirishga xizmat qildi.

✍️  TerDPI matbuot xizmati

Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Tillar fakultetida “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va Islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

⭐️Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarida Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li, tashqi siyosat, demokratik islohotlarning mazmun-mohiyati va xalqaro maydondagi o‘rni talabalarga batafsil tushuntirildi.

Mashg‘ulot davomida:
🟠 Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqi asosiy manba sifatida tahlil qilindi;
🟠 O‘zbekistonning global miqyosdagi pozitsiyasi va olib borilayotgan islohotlar yoritildi;
🟠 Diniy-ma’rifiy sohadagi yutuqlar, ta’lim, ilm-fan, gender tenglik va yoshlar siyosati bo‘yicha tushunchalar berildi;
🟠 Global xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, Orolbo‘yi muammolari, iqlim o‘zgarishi kabi masalalarda O‘zbekiston tashabbuslari muhokama qilindi;
🟠 Raqamli rivojlanish, sun’iy intellekt va innovatsion jarayonlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

🤝 Kafedra o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekistonning AQSH, Koreya, Yevropa va Sharq mamlakatlari bilan olib borayotgan global sheriklik siyosati haqida ham fikrlar berildi. Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari talabalarda Yangi O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi va xalqaro nufuzini chuqur anglashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

✍️  TerDPI matbuot xizmati

Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
#Olima_ayollar_klubi

OLIMA AYOLLAR KLUBI RAHBARI TASHABBUSI BILAN ILMIY–INNOVATSION SEMINAR O‘TKAZILDI

Termiz davlat pedagogika instituti Olima ayollar klubi raisi tashabbusi bilan yosh talaba va magistrantlarni ilmiy–innovatsion faoliyatga jalb etish maqsadida seminar tashkil etildi.

⚡️Seminarning asosiy yo‘nalishlari va natijalari:

🟠Seminar davomida ilmiy loyiha amalga oshirish jarayonida uchraydigan muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etishning amaliy yo‘llari va strategiyalari tushuntirildi.
🟠Ishtirokchilar o‘z loyihalari bo‘yicha savollar bilan chiqib, mutaxassislar va klub raisidan aniq amaliy yo‘riqnomalar oldilar.
🟠Seminarda ilmiy-tadqiqot metodologiyasi, loyihani moliyalashtirish manbalari, loyiha boshqaruvi va natijalarni tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🟠Tadbir talaba va magistrantlar uchun ilmiy faoliyatni yanada samarali tashkil etish, startap va innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish hamda ilmiy hamkorlikni kengaytirish nuqtai nazaridan muhim amaliy tajriba bo‘ldi.

🎲Seminar ishtirokchilari uchun bu uchrashuv ilmiy faoliyatni yanada samarali yo‘lga qo‘yish va innovatsion fikrlashni rivojlantirishda muhim tajriba bo‘ldi.

✍️  TerDPI matbuot xizmati

Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM