TerDPI rasmiy telegram sahifasi
9.49K subscribers
25.5K photos
2.53K videos
224 files
8.18K links
Termiz davlat pedagogika institutining ilmiy-tahliliy hamda maʼnaviy-maʼrifiy telegram kanaliga xush kelibsiz!
https://t.me/Azizbek_Xasanov_Baxtiyarovich

https://instagram.com/terdpi_rasmiy

Murojaat bot: https://t.me/TerDPI_rektoriga_murojaat_bot
Download Telegram
#profilaktik_tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni talablari ijrosini ta’minlash maqsadida institutda talaba-yoshlar va pedagoglar ishtirokida profilaktik targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni institut profilaktika inspektori, kapitan S.Amanov hamda Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Sh.Kamoliddinov olib bordi.

Uchrashuvda “Tillar” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ch.Nodirov, tyutorlar va talabalar faol qatnashdilar.

Davra suhbati davomida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, narkojinoyatlarning huquqiy javobgarligi hamda ularning oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar o‘z savollariga javob oldilar.

Tadbir yoshlar ongida sog‘lom va xavfsiz hayot tarzini mustahkamlashga xizmat qildi.

✍️  TerDPI matbuot xizmati

Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan tadbirlar amalga oshiriladi


“Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–229-son, 24.11.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko'ra, 2026-yil 1-martga qadar:

🔹 Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan tadbirlar amalga oshiriladi;

🔹 Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha maxsus komissiya tuziladi.

✳️ Maxsus komissiyaga quyidagi vakolatlar beriladi, jumladan:

▪️ tabiiy changlanish kuchaygan paytda sanoat korxonalari, transport, issiqlik ta'minoti va boshqa sohalarda cheklovlarni joriy qilish;

▪️ transportlar harakatini cheklash;

▪️ atmosfera havosi sifatiga salbiy ta'sir qiluvchi moddalar yoqqan issiqxona va boshqa obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki to'liq to'xtatish;

▪️ Toshkent shahridan boshqa hududlarga ko'chirilishi majburiy bo'lgan sanoat korxonalari va sanoat zonalarini belgilash;

▪️ qurilish ishlarini amalga oshirishga cheklov va ularga talablar joriy qilish, shu jumladan qurilish vaqtida changni bartaraf etuvchi uskunalarni o'rnatish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zida ko‘p ming yillik tarix va qadriyatlarni mujassam etgan, zamonaviy me’morchilik an’analari asosida kundan-kunga chiroy ochib borayotgan bu ulug‘ zamin dunyo sivilizatsiyasida o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab bormoqda”,

- dedi Prezidentimiz.

Xususan, “Boqiy shahar” majmuasi barpo etilgani, 40 dan ziyod muqaddas ziyoratgohlar obod bo‘lgani, “Samarqand” xalqaro aeroporti yangidan qurilgani, o‘nlab xalqaro brend mehmonxonalar ish boshlagani viloyat turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqdi.

Samarqand so‘nggi yillarda siyosiy, iqtisodiy, turizm va biznes markaziga, ko‘plab yirik xalqaro tadbirlar, forum va anjumanlar uchun muloqot maydoniga aylandi.

Shu yilni o‘zida bu yerda 40 dan ortiq nufuzli xalqaro anjuman tashkil etilgani, ayniqsa, yaqinda UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi o‘tkazilgani chindan ham ulkan voqea bo‘ldi.

Umuman, turizm va unga turdosh sohalarga 1 milliard dollar investitsiya kiritilgani uchun viloyatga sayyohlar oqimi 2016-yilgidan 7 karra o‘sdi, turizm xizmatlari eksporti 600 million dollarga yetdi.

Facebook|Instagram|X
🟦🟦🟦🟦🟦

❗️ Yurtimiz Konstitutsiyasi jamiyatimiz taraqqiyoti, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning muhim poydevoridir. Ushbu hujjatning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini chuqur yoritish maqsadida Talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar hamda tayanch doktorantlar oʻrtasida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi e'lon qilinadi.

✔️ Ishtirok etish shartlari:

➡️ Maqola mavzuga mos va ilmiy uslubda yozilgan bo‘lishi
➡️Hajmi: 3–5 bet (A4, Times New Roman 14, 1.5 interval)
➡️ Muallif haqida qisqa ma’lumot ilova qilinishi
➡️ Ish original bo‘lishi (plagiat qabul qilinmaydi)



📆 Tanlovga maqolalar 1-dekabr kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🔗Maqolalar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limiga elektron shaklda taqdim etiladi

✉️ @Zuxriddin_Jumayev, +998903773441

➡️ Tanlov nizomi


✍️  TerDPI matbuot xizmati

Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
#Ilmiy_kengash

TerDPIda navbatdagi Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi


Termiz davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilish avvalida anʼanaga muvofiq, Ilmiy daraja hamda ilmiy unvon olgan professor-o'qituvchilarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Kengash raisi A.Xasanov tomonidan ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan professor-oʻqituvchilariga tegishli ixtisosliklari bo'yicha diplom hamda esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.

Shundan soʻng kun tartibidagi asosiy hamda turli masalalarda shu kunga qadar bajarilishi lozim bo'lgan amaliy ishlarning natijalari muhokama qilindi.

Yigʻilish yakunida kun tartibiga qoʻyilgan masalalar hamda yil yakuniga qadar bajarilishi lozim bo'lgan maqsadli ko'rsatgichlarning ijrosi yuzasidan Kengash a'zolari tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

✍️  TerDPI matbuot xizmati

Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏1
#Huquqiy_axborot

⚡️ Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan
normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati


Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

1.Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Havola:
https://lex.uz/uz/docs/-7835258
11.11.2025-yil
O‘RQ-1095-son

2.Oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiyani (Parij, 2019-yil 25-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida Havola:
https://lex.uz/uz/docs/-7834551
11.11.2025-yil
O‘RQ-1094-son


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari

1.Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Havola:
https://lex.uz/docs/-7818774
03.11.2025 yil
PF-207-son

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

1.“Kelajak merosi” xalqaro mukofoti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Havola:
https://lex.uz/uz/docs/-7821954
08.11.2025-yil
711-son

2.Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Havola:
https://lex.uz/docs/-7819675
07.11.2025-yil
705-son

3. 2025-2026-yillarda mamlakatimizda qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini targʻib etish ishlarini yanada jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Havola:
https://lex.uz/uz/docs/-7815890
04.11.2025-yil
691-son

4.Yangiyer shahar texnikumi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Havola:
https://lex.uz/uz/docs/-7812222
04.11.2025-yil
692-son

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar

1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining buyrugʻi
Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining hududiy va tuman (shahar) darajasidagi boʻlinmalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
Havola:
https://lex.uz/uz/docs/-7835116
11.11.2025-yil
3702-ro‘yxat raqami


✍️
  TerDPI matbuot xizmati

Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Forwarded from Edu.uz
Yangi temir yo‘l liniyasi Urgutning iqtisodiy rivoji va farovonligiga kuchli sur’at beradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Samarqand – Urgut” yangi temir yo‘l liniyasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari jamoatchilik vakillari bilan birga poyezdda Urgutga bordi hamda tuman faollari bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.

Safar chog‘idagi suhbatda davlatimiz rahbari Samarqandda bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlarning odamlar hayotidagi ijobiy aksi yaqqol ko‘zga tashlanayotgani, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari sifatida tarbiyalash haqida so‘z yuritdi. Urgutgacha tortilgan temir yo‘liga tutash yerlarni o‘zlashtirish, ularda qishloq xo‘jaligi madaniyatini yuksaltirish, ta’lim sohasida, shu jumladan, qo‘shni davlatlar bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2😍1