TerDPI rasmiy telegram sahifasi
9.61K subscribers
25.4K photos
2.52K videos
224 files
8.14K links
Termiz davlat pedagogika institutining ilmiy-tahliliy hamda maʼnaviy-maʼrifiy telegram kanaliga xush kelibsiz!
https://t.me/Azizbek_Xasanov_Baxtiyarovich

https://instagram.com/terdpi_rasmiy

Murojaat bot: https://t.me/TerDPI_rektoriga_murojaat_bot
Download Telegram
"Texno Park" va oliygoh o‘quv binosi qurilish ishlari o‘rganildi

Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan yirik loyihalardan biri — Termiz tumanidagi "Yangi O‘zbekiston" massivida barpo etilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va sanoat obyektlaridir. Massivda turar-joylar, ijtimoiy infratuzilma bilan bir qatorda sanoat zonasi va "Texno Park" loyihalari qurilishi jadal davom etmoqda.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumaniga tashrif buyurib, "Yangi O‘zbekiston" massiviga tutash hududda barpo etilayotgan "Texno Park" hamda Termiz davlat pedagogika institutining 1 500 o‘rinli o‘quv binosi qurilish jarayonlarini o‘rgandi. Loyihalar bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, mas’ullar ishtirokida davlat dasturlari va boshqa loyihalar doirasidagi qurilish ishlari, sohada belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. Tarmoq va hududlar bo‘yicha mas’ullar amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi.

Loyihalarda ishlarni jadallashtirish, sifatni ta’minlash, reja-grafiklar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, shuningdek har bir obyektda shaharsozlik, ekologik va boshqa belgilangan talablarga qat’iy rioya qilish vazifalari topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
5❤‍🔥1👌1


💪Qadrli sport ixlosmandlari!

👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓

🎓Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida muntazam ravishda o‘tkazilib kelinayotgan “Talabalar ligasi” va "Rektor kubogi" doirasida sport musobaqalarining stol tennisi sport turi bo'yicha fakultetlararo - institut bosqichi 25-noyabr kuni o'tkazilishini maʼlum qilamiz!

🏓🏓🏓🏓🏓
🧾25-noyabr, 2025-yil;
Soat: 15:00;
📍Instituti asosiy binosi;

⁉️⁉️⁉️⁉️
Musobaqada qatnashish istagidagi talabalar jamoa "Talabnoma"sini taqdim etishlari so'raladi.


➡️Barcha talabalarni faollikka chaqiramiz!

✍️  TerDPI matbuot xizmati

Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#volontyorlik
#mehr_ulashib

🇺🇿 Termiz davlat pedagogika instituti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti qoshida tashkil etilgan "Mehrlab" inklyuziv volontyorlik guruhi tomonidan 3-dekabr - "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Termiz tumanida yashovchi bir nechta oilalar holidan xabar olindi.

✍️  TerDPI matbuot xizmati

Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7🏆1
#talabalar_ligasi
#rektor_kubogi

🎓Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida muntazam ravishda o‘tkazilib kelinayotgan “Talabalar ligasi” va "Rektor kubogi" doirasida sport musobaqalarining yengil atletika sport turi bo'yicha fakultetlararo - institut bosqichi o'tkazildi.

✍️  TerDPI matbuot xizmati

Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🏆1