Temiryo‘lchi yoshlar
3.23K subscribers
20K photos
1.33K videos
228 files
6.55K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" imzolandi

Batafsil

Подписана "Дорожная карта" по реализации проекта строительства железной дороги Китай – Кыргызстан – Узбекистан

Подробнее

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Forwarded from DAS UTY
👍👍👍👍👍👍👍👍👍

💼"DAS UTY" MChJga Biznes-tahlilchi lavozimiga tanlov e'lon qilinadi!

🔵Temir yo'l transporti sohasida biznes-tahlilchiga qo'yiladigan talablar:

Temir yo'l sohasining o'ziga xos xususiyatlarini bilish: sohaning asosiy jarayonlari, bozor strukturasi va sohaning asosiy muammolarini tushunish.

📈 Analitik talablar: analitik ma'lumotlarni tahlil qilish, tendensiyalarni aniqlash, modellar va prognozlarni yaratish qobiliyati.

👨‍💻 Texnik talablar: ma'lumotlarni tahlil qilish vositalarini bilish (masalan, SQL, Python, R), BL-tizimlari bilan ishlash qobiliyati, statistika asoslarini bilish.

⚙️ Biznes jarayonini tushunish: biznes ehtiyojlarini aniqlash, jarayonlarni optimallashtirish, samaradorlikni oshirish va ma'lumotlarga asoslangan biznes qarorlarini qabul qilish qobiliyati.

💬 Kommunikativ muloqot talablari: biznes vakillari, IT bo'limi va loyihaning boshqa vakillari bilan samarali muloqot qilish, ularning ehtiyoj hamda hohish istaklarini tushunish va tahlil natijalarini tushunarli tarzda taqdim etish qobiliyati.

🌾 Temir yo'l ma'lumotlari bilan ishlash tajribasi: temir yo'l sohasidagi ma'lumotlarining o'ziga xos xususiyatlarini bilish, yuklarni tashish, logistika, infratuzilma va boshqa ma'lumotlar bilan ishlash tajribasi.

🧠 Analitik fikrlash: tanqidiy fikrlash, katta hajmdagi ma'lumotlardan asosiy fikrlarni ajratib ko'rsatish, muammolarni aniqlash va ularning yechimlarini topish qobiliyati.

🫥Natijaga yo'naltirish: belgilangan maqsadlarga erishish va intilish, biznes uchun amalda qo'llaniladigan xulosalar va tavsiyalar berish qobiliyati.

🎓 Ma'lumoti: Temir yo'l transporti sohasida oliy ma'lumotga ega bo'lishi, shuningdek, Biznes-tahlil, iqtisodiyot, matematika, statistika yoki shu sohaga tegishli ma'lumotga ega bo'lish.

‼️Tanlovda ishtirok etuvchilarni ro'yxatga olish 2024-yil 14-iyun sanasiga qadar davom etadi‼️

☎️Murojaat uchun: 97-137-33-77

🩵Telegram🩷Instagram ❤️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_zakovat
#_4 savol

Astronomik asboblar yordamida Yer sayyorasining shakli bo’yicha tadqiqotlar o’tkazilishidan ancha yillar oldin, muqaddas Qur’oni Karimning Noziot surasida yerning shakli X ga o’xshash qilib yaratilganligi aytilgan. Vikipediyaga ishonadigan bo’lsak X ning o’lchami 21 sm gacha bo’ladi, vazni 1,5-2,0 kg atrofida.


⁉️🧮Diqqat savol: X ni bir xil harf bilan boshlanuvchi ikkita so’z bilan yozib bering.

Javobni  https://t.me/temiryolchiyoshlarbot ga yozing.

Savol yo‘llangandan so‘ng 60 daqiqa ichida berilgan 1-to‘g‘ri javob hisobga olinadi.

Viktorinani o‘tkazish Nizomi bilan batafsil tanishib chiqish.
Nizom



🎯Savol yo’llash tartibi  bilan batafsil tanishib chiqish.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Yoshlar ovozi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Online_zakovat
#_4_savolga_javob
#JAVOB

❗️Online zakovat viktorinasi iyun oyining 4-savoliga belgilangan nizomga asosan 60 daqiqa vaqt ichida Toshkent yuk vagon deposi Jizzax TXSH murabbiysi Norboyev Dilshod Alisher o’g’li birinchi bo'lib javob berdi. 👏👏👏 

To'g'ri javob: Tuyaqush tuxumi


📎 Javob yo‘llagan barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!!!

Navbatdagi savol chorshanba kuni, soat 12-00 da e'lon qilinadi.

Viktorinani o‘tkazish Nizomi bilan batafsil tanishib chiqish.
🎯Savol yo’llash tartibi  bilan batafsil tanishib chiqish.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#futbol

⚡️“Toshkent mexanika zavodi” AJda “BOSHQARUV RAISI KUBOGI-2024” futbol musobaqasi gʻoliblari aniqlandi.

🎗Natijalar:


🏆 “TMZ” AJ “Boshqaruv raisi kubogi” sohibi

🥇1-oʻrin - “179”  boʻlim jamoasi (3 000 000 soʻm )

🥈2-oʻrin - “11” sex jamoasi (2 000 000 soʻm)

🥉3-oʻrin - “158” boʻlim jamoasi boʻldi (1 500 000 soʻm) .

📌 Musobaqa gʻoliblari “Toshkent mexanika zavodi” AJ rahbariyati, kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoa ramziy kubok, 1-2 va 3-oʻringa sazovor boʻlgan jamoalar diplom va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent transport texnikumi (Jamshid To'ychiyev)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024
#Professional_taʼlim
#Texnikum

2024/2025-o‘quv yili uchun Toshkent temir yo’l texnikumi kunduzgi, sirtqi, dual va ushbu o'quv yilidan ilk bor kechki ta'lim shakllarida quyidagi kasb va mutaxassisliklar bo'yicha qabul e‘lon qiladi:

🟢 Temir yo‘l transportida elektrlashtirish va elektr ta'minoti (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim)
🟢 Temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanika (Kuduzgi va sirtqi ta'lim)
🟢 Harakatni tashkil etish va boshqarish (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim)
🟢 Temir yo‘l ko‘priklari va tonnellaridan texnik foydalanish (Kuduzgi va sirtqi ta'lim)
🟢 Lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim)
🟢 Temir yo‘l vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim)
🟢 Temir yo‘l transportida simli aloqa tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish (Kuduzgi va sirtqi ta'lim)
🟢 Temir yo‘l transportida radioaloqa tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish (Kuduzgi va sirtqi ta'lim)
🟢 Temir yo'l transportida axborot xavfsizligini ta'minlash va axborotlashtirish (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim)
🟢 Temir yo‘l transportida elektron tizimlar va jihozlar (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim)
🟢 Temir yo‘l qurish, yo‘l va yo‘l xo‘jaligi; (Kuduzgi va sirtqi ta'lim)
🟢 Temir yo‘l transporti mijozlariga servis xizmat ko‘rsatish (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim)
🟢 Buxgalteriya hisobi va audit (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim)
🟢 Temir yo'l transportida yuk va tijorat ishlari (Sirtqi va dual ta'lim)
🟢 Temir yo'l transportida harbiylashtirilgan himoyani tashkil etish (Sirtqi va dual ta'lim)
🟢 Temir yo'l transporti kuzatuvchisi (Sirtqi va dual ta'lim)
🟢 Harakat tarkibiga xizmat ko'rsatish va ta'mirlash chilangari (Dual ta'lim)
🟢 Harakatlanuvchi tarkib (elektrovozlar, elektropoyezdlar) elektr jihozlarini ta'mirlash elektr chilangari (Dual ta'lim)
🟢 Temir yo'llardan texnik foydalanish va ta'mirlash (Dual ta'lim)
🟢 Buxgalter (Dual ta'lim)
🟢 Xodimlarni boshqarish (Dual ta'lim)

Texnikumda kunduzgi ta'limda o’qish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi "Virtual markaz" interaktiv xizmatlar portali (https://my.uzbmb.uz/) orqali 05-25 iyun kunlari ro’yxatdan o’tiladi.

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Geydar Aliyev ko’chasi, 89-uy
Murojaat uchun telefonlar: (71) 299-05-67; (71) 299-05-59

🕊Toshkent temir yo'l texnikumi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ҳокимлардан тортиб ҳарбийларгача: “Манфаатлар тўқнашуви тўғрисида”ги қонун кимларга таъсир қилади?

Давлат фуқаролик хизматининг сиёсий гуруҳига кирувчи лавозмлардан ташқари барча давлат органлари, давлат муассасалари ва унитар корхоналари, давлат мақсадли жамғармалари ҳамда устав фондида давлат улуши 50 фоиз миқдорда ва ундан ортиқ бўлган акциядорлик жамиятлари, шунингдек ҳарбий лавозимлар учун ҳам татбиқ этилади. Қонун кучга киргач бу тоифадаги яқин қариндош бўлган давлат хизматчилари бир ташкилотда ёки ўзаро бўйсинув остида ишлай олмайдилар.

👉 https://kun.uz/kr/36373374

Kun.uz расмий канали
Президент Шавкат Мирзиёев “Муборак Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида”ги қарорни имзолади.

Қарорга кўра, 2024 йилда Қурбон ҳайитининг биринчи куни 16 июнь – якшанбага тўғри келиши муносабати билан юртимизда 16 июнь Қурбон ҳайити байрами сифатида нишонланади.

Қурбон ҳайитининг биринчи куни дам олиш кунига тўғри келиши муносабати билан ушбу дам олиш куни 17 июнь – душанба кунига кўчирилади, 18 июнь – сешанба куни барча ходимлар учун қўшимча дам олиш куни бўлади.

Маҳаллий давлат ҳокимияти органлари, масъул вазирлик ва идораларга муборак Қурбон ҳайитини халқимизнинг миллий анъана ва урф-одатларига уйғун ҳолда ўтказиш учун тегишли чора-тадбирларни амалга ошириш, юртдошларимиз учун муборак Қурбон ҳайити кунларида мўътабар зиёратгоҳлар ва тарихий қадамжоларга зиёратларни ташкил этиш мақсадида қулай шароит ва имкониятлар яратиш топширилди.

Facebook|Instagram|X