Temiryo‘lchi yoshlar
3.22K subscribers
20.1K photos
1.35K videos
229 files
6.59K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
“O‘ZBEKISTON” LOKOMOTIV DEPOSIDA RAQAMLASHTIRISH ISHLARI BILAN YAQINDAN TANISHILDI

Kuni kecha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining tashishlar va logistika bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Kamildjanov, lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i Sh.T. Tulyaganov boshchiligida kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi.
Majlis davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.G‘. Narzullayevning burug‘iga asosan lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi bosh muhandisi lavozimiga tayinlangan J.S. Ergashev va “O‘zbekiston” lokomotiv deposi boshlig‘i lavozimigi tayinlangan E.G‘. Omonqulov yig‘ilish qatnashchilariga tanishtirildilar.

Undan so‘ng, korxonada raqamlashtirishga oid olib borilgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, A.A.Kamildjanov va Sh. T.Tulyaganov korxonada joriy etilgan axborot tizimlar bilan birma-bir tanishdilar.

Tashrif yakunida, boshqaruv raisining o‘rinbosari A.A.Kamildjanov zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish orqali raqamlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdilar.
#kun_tarixi

📌 1535-yil 18-yanvar Francisko Pisarro Lima shahriga asos soldi

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Barcha aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda nogironligi boʻlgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoitlar yaratiladi

🖇Manba:
https://t.me/huquqiyaxborot

Davomi pastda👇🏻

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Oʻzbekiston Respublikasida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–20-son, 12.01.2024-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga koʻra, 2024-yildan:


🔹nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun madaniy meros obyektlarida ularga shikast yetkazmagan holda pandus, plintus va liftlar hamda koʻzi ojizlar uchun madaniy meros obyektlarining kichraytirilgan oʻlchamdagi maketlari oʻrnatiladi va ular toʻgʻrisida Brayl alifbosidagi maʼlumotlar joylashtiriladi;

🔹temir yoʻl va jamoat transportlarida hamda barcha aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda nogironligi boʻlgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoitlar, maxsus koʻtarilish panduslari va qulay zina tutqichlari oʻrnatiladi hamda kema aravachalari (nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus aravacha) qoʻyiladi;

🗓 2027-yil 1-yanvarga qadar:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida I va II guruh nogironligi boʻlgan 1000 nafar shaxsga Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq 500 ming soʻmdan oshmagan qismi;

eshitish qobiliyatini yoʻqotgan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun surdogidlar tayyorlash kurslari xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

🔘 2024-yil 1-apreldan 2026-yil 1-aprelgacha mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlar mehmonxonaning kamida 3 ta xonasini nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlasa, shuningdek, eshitishi va koʻrishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar oʻrnatsa, ularga har bir maxsus jihozlangan xona uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya beriladi:

▫️yulduzli toifadagi mehmonxonalarga – 2 million soʻm;
▫️yulduzli toifa olmagan mehmonxonalarga – 1 million soʻm.

📋 Qaror bilan Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va ularning sayohat qilishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

🔘 Dasturda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:


🔸2024-yil 1-martdan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun Uzbekistan.travel yagona milliy turistik axborot portalidan foydalanish imkoniyatini yaratish;

🔸respublikaning har bir hududida nogironligi boʻlgan bolalar uchun milliy hunarmandchilik terapiyasi faoliyatini tashkil etish;

🔸avia, temir yoʻl hamda avtobus biletlarini xarid qilish boʻyicha onlayn platformalarda eshitish va koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslarning tegishli ehtiyojlariga muvofiq eʼlonlar uchun taktil hamda ovozli funksiyali displeylarni joriy qilish.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Iqtisod

📊Yuridik shaxslar uchun elektr-energiyasi narxlari

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#profilaktika

📌"O'zbekiston temir yo'llari" AJ Yo'l xo'jaligi boshqarmasiga qarashli Temir yo'l monitoringi va diagnostika markazida korxonasida "Terrorizm va diniy ekstremizm oqimlari va zararli g’oyalarga hamda, Onlayn qumorbozlikga qarshi kurashish" shiori ostida profilaktik uchrashuv o'tkazildi. Ushbu uchrashuvga Toshkent mintaqasi  To‘qimachi temir yo‘l bekatida xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmasi XTB XPG katta leytenanti Namozov Jonibek Abdumuminovich, korxona boshlig‘i B.B.Fayzullayev, kasaba uyushmasi qo‘mita raisi B.B.Rasulev, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi A.A.Xoliqov va jami 25 nafar korxona ishchi xodimlari qatnashdi.  Ushbu tadbirda leytenanti J.A. Namozov so'zga chiqib  korxona ishchi xodimlariga mavzu yuzasidan tushuntirish ishlari olib bordi. Mavzu yuzasidan korxonamiz ishchi xodimlari tegishli xulosalarini chiqardi. O'tkazilgan vaqti 18.01.2024-yil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#kun_tarixi

🚘1978 -yil 19-yanvar "Volkswagen Käfer" avtomobili ishlab chiqarishdan
toʻxtatildi


🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Temiryo‘lchi № 3_2024.pdf
3.4 MB
#gazeta

"TEMIRYO‘LCHI" gazetasining 2024 yil 18 yanvar kungi 3 (6481)-soni mutolaa uchun havola qilinadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “OKMK” AJ: Temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va istiqbolli loyihalar muhokamasi
17-yanvar kuni O‘zbekistonda temir yo‘l transporti sohasini isloh qilish doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” (OKMK) AJ rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi ...BATAFSIL OQ'ISH BU YERDA⬅️

АО «Узбекистон темир йуллари» и АО «АГМК»: Обсуждение развития железнодорожной инфраструктуры и перспективных проектов
17 января состоялась встреча руководства АО «Узбекистон темир йуллари» с руководством АО «Алмалыкский горно-металлургический комбинат» (АГМК) в рамках реформирования сферы железнодорожного транспорта в Узбекистане ...ПОДРОБНЕЕ ЧИТАТЬ ЗДЕСЬ⬅️

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|Twitter|
#tadbir

🔰Bektemir tumanidagi “Quyuv-mexanika zavodi”da “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida targ’ibot tadbiri tashkillashtirildi.

🔰Unda Bektemir tumanida Din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis O.Saydaliyev, din vakillari, IIO FMB TQKB xodimlari hamda korxona xodimlari ishtirok etdilar.

🔰Yoshlarni radikal oqimlardan asrash, ularni ekstremistik, terroristik va boshqa salbiy illatlarning qurboniga aylanishini oldini olish haqida ma’ruza qilindi.

🔰Tadbirda bugungi globallashuv jarayonida turli yot g'oyalarning zararlaridan saqlanish, yoshlardagi ma’naviy bo‘shliqni ilm-u ma’rifat bilan to‘ldirish, ularni turli yot g‘oyalar tajovuzidan himoyalashda barcha birdek mas'ul ekanligini his qilishi kerakligi ta'kidlandi.

🖇️Manba: https://t.me/bektemirhokimligi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#yoshlar

🔎Siz qaysi hududda yashaysiz?

🗺️Butun O’zbekiston bo’ylab yoshlar hayoti hamda yoshlar siyosati sohasida qanday yangiliklar bo’layapdi? Ushbu savollarga javob topishni istasangiz pasdagi havola orqali o’z hududingizni tanlang!

Qoraqalpog’iston Republikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashaqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toshkent viloyati
Farg’ona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahari

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#kun_tarixi

🚘1909 yil - Yangi tashkil etilgan avtomobil ishlab chiqaruvchi General Motors (GM) Oakland Motor Car kompaniyasini sotib oldi, keyinchalik u GMning uzoq yillik Pontiac bo'limiga aylanadi.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#qonun

❗️“PRAVA” NECHA YOSHDAN BERILADI ?

📄 Vazirlar Mahkamasining 12,04,2022-yil kungi 172-son qaroriga asosan, transport vositasini boshqarish huquqiga ega boʻlishi uchun oʻrganuvchi oʻquv muddati yakunida quyidagi yoshga toʻlgan boʻlishi kerak:

“A” toifasi uchun — 16 yoshga;

“B” va “C” toifalari uchun — 18 yoshga;

“BE” va “CE” toifalari uchun — 19 yoshga;

“D” va “DE” toifalari hamda tramvay va trolleybuslar uchun 21 yoshga.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube