Temiryo‘lchi yoshlar
3.23K subscribers
20K photos
1.33K videos
228 files
6.56K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
#bilasizmi

✔️ Qonunchilikka koʻra, 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan toʻliq qoplab berilishi belgilangan.

🗓 Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi.

⚠️ Ushbu qoida byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada toʻlovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#profilaktika

📌Joriy yilning 16-yanvar kuni “Termiz MTU” UKda temir yo‘l izlariga yaqin joylashgan maktablarda Havfsiz hudud profilaktik tadbirini tashkil etish maqsadida Termiz temir yo‘l masofa korxonasi mas'ul xodimlari Termiz tumanida 22-maktabda “DIQQAT TEMIR YO‘L” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda maktab o‘quvchilariga temir yo‘lda baxtsiz hodisalar to‘g‘risida keng tushunchalar berilib, temir yo‘llarni belgilanmagan joylaridan kesib o‘tmaslik, temir yo‘llarda turgan poyezd vagonlari ustiga chiqmaslik va temir yo‘l izlariga begona jismlarni qo‘ymaslik to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi hamda bunday salbiy harakatlar ayanchli oqibatlarga olib kelishi tushuntirib o‘tildi.

Manba:
https://t.me/termizmtu_yoshlari

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#kun_tarixi

📘1992-yil 17-yanvar — Oʻzbekiston va Vyetnam davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Chiptalarni elektron rasmiyashtiring

Hurmatli yo‘lovchilar, mahalliy yo‘nalishlardagi “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi uchun 18-yanvar sanasiga joylar mavjud. Chiptalarni elektron tarzda eticket.railway.uz va Uzrailwaytickets ilovasi orqali xarid qilishingiz mumkin. Chiptalar 45 kun oldindan sotuvda mavjud!

Chiptalarni elektron xarid qilishda siz chipta.railway.uz sayti va Android va iOS ilovalari orqali xarid qilishingiz mumkin.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
📨Murojaat uchun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

📌2024 yil 17 yanvar kuni Harakat xavfsizligi kuni munosabati bilan "Qarshi MTU" UK rahbariyati va "O'zbekiston temir yo'llari" AJ yetakchilar kengashi raisi o'rinbosari "Qarshi MTU" UK ga tasarrufidagi PCh-14 korxonasi va Qashqadaryo stansiyasiga tashrif buyurishdi hamda ishchi xodimlar bilan suhbat tashkil qilinib, muammo va takliflar tinglandi. Kun davomida "Qarshi MTU" UK boshlig'i tadbirkorlar bilan uchrashib yangi kelishuvlar haqida muzokara olib borildi va istiqbolli rejalar belgilab olindi.

🖇️Manba: https://t.me/rjukarshi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
“O‘ZBEKISTON” LOKOMOTIV DEPOSIDA RAQAMLASHTIRISH ISHLARI BILAN YAQINDAN TANISHILDI

Kuni kecha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining tashishlar va logistika bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Kamildjanov, lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i Sh.T. Tulyaganov boshchiligida kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi.
Majlis davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.G‘. Narzullayevning burug‘iga asosan lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi bosh muhandisi lavozimiga tayinlangan J.S. Ergashev va “O‘zbekiston” lokomotiv deposi boshlig‘i lavozimigi tayinlangan E.G‘. Omonqulov yig‘ilish qatnashchilariga tanishtirildilar.

Undan so‘ng, korxonada raqamlashtirishga oid olib borilgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, A.A.Kamildjanov va Sh. T.Tulyaganov korxonada joriy etilgan axborot tizimlar bilan birma-bir tanishdilar.

Tashrif yakunida, boshqaruv raisining o‘rinbosari A.A.Kamildjanov zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish orqali raqamlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdilar.
#kun_tarixi

📌 1535-yil 18-yanvar Francisko Pisarro Lima shahriga asos soldi

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Barcha aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda nogironligi boʻlgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoitlar yaratiladi

🖇Manba:
https://t.me/huquqiyaxborot

Davomi pastda👇🏻

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube